CHORSHANBA, 2025.06.25, 12:53
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
saodat asri qissalari
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:50 | Сообщение # 126
Группа: Удаленные





Allohim, bizga lutf marhamating ila
muomala qilgin va barchamizni afv
aylagin.
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:53 | Сообщение # 127
Группа: Удаленные





Alloh taolo marhamat qiladi: «Mo‘min
va mo‘minalarga ular biron gunoh
qilmasliklaridan turib ozor beradigan
kimsalar
ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z
ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 58).
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:53 | Сообщение # 128
Группа: Удаленные





Alloh taolo marhamat qiladi: «Mo‘min
va mo‘minalarga ular biron gunoh
qilmasliklaridan turib ozor beradigan
kimsalar
ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z
ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 58).
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:54 | Сообщение # 129
Группа: Удаленные





Ya’ni, iymon ahliga hech bir gunoh-
jinoyat
qilmasalar-da ozor beradigan kimsalar
o‘z
ustlariga yolg‘on, bo‘hton va ulkan
gunohni yuklab olgan bo‘ladilar.
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:55 | Сообщение # 130
Группа: Удаленные





«Ey iymon keltirganlar, (sizlardan
bo‘lgan) bir
qavm, boshqa bir (mo‘min) qavmdan
masxara
qilib kulmasin, ehtimol (o‘sha masxara
qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar. Yana
(sizlardan bo‘lgan) ayollar ham (boshqa
mo‘mina) ayollar ustidan masxara qilib
(kulmasinlar) – ehtimolki, (o‘sha
masxara
qilingan ayollar) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar.
O‘zlaringizni (ya’ni, bir-birlaringizni)
mazax
qilmanglar va bir-birlaringizga laqablar
qo‘yib
olmanglar. Iymondan keyin fosiqlik bilan
nomlanish (ya’ni, mo‘min kishining
yuqorida man qilingan fosiqona ishlar
bilan nom
chiqarishi) naqadar yomondir. Kim
tavba qilmasa, bas, ana o‘shalar zolim
kimsalardir» (Hujurot surasi, 11)
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:55 | Сообщение # 131
Группа: Удаленные





Ya’ni, kimki masxaralab kulish, mazax
qilish va
laqab qo‘yishdan tavba qilmas ekan, ana
o‘sha
kimsalar o‘zlarini azobga giriftor
qilganlari sababli haqiqiy zolimlardir.
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:56 | Сообщение # 132
Группа: Удаленные





Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar:
«Qiyomat kunida Alloh nazdida eng
yomon
darajali kimsa – beodobligi-
uyatsizligidan saqlanish maqsadida odamlar tark
qilgan yoki
odamlar o‘z holiga tashlab qo‘ygan
kishidir» (Muttafaqun alayh).
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:56 | Сообщение # 133
Группа: Удаленные





Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar:
«Musulmonga musulmonning nomusi,
moli va
qoni haromdir. Taqvo shudir. Musulmon
birodarini haqorat qilishi kishining yomonligiga
yetarli dalildir» (Termiziy rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:57 | Сообщение # 134
Группа: Удаленные





Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Musulmon musulmonning
birodaridir, unga zulm
qilmaydi, uni tahqirlamaydi, yordamsiz
tashlab
qo‘ymaydi». So‘ng: «Taqvo mana bu yerdadir»,
deya ko‘kslariga uch marta ishora
qildilar va:
«Musulmon birodarini haqorat qilishi
kishining
yomonligiga yetarli dalildir», dedilar (Muslim rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:57 | Сообщение # 135
Группа: Удаленные





Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu
anhudan rivoyat
qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam
aytdilar: «Musulmonni so‘kish fosiqlik,
o‘ldirish esa kufrdir» (Muttafaqun alayh).
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:57 | Сообщение # 136
Группа: Удаленные





Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat
qiladilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamga: «Falonchi
ayol kechalari namoz o‘qib, kunduzlari
ro‘za tutadi. Biroq tili yomon, qo‘shnilariga
behayolik
bilan ozor beradi», deyishgan edi, u zot
sollallohu
alayhi vasallam: «Unda yaxshilik yo‘q, u
do‘zaxda», dedilar (Hokim rivoyati, sahih hadis).
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:58 | Сообщение # 137
Группа: Удаленные





Boshqa bir sahih hadisda:
«Mayyitlaringizning
yaxshiliklarini zikr qilinglar,
yomonliklaridan
tilingizni tiyinglar», deyilgan (Hokim
rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:58 | Сообщение # 138
Группа: Удаленные





Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar:
«Kimda-kim bir kishini «kofir» yoki
«Allohning dushmani» desa va u
bunday bo‘lmasa, aytgani
o‘ziga qaytib tushadi» (Muttafaqun alayh).
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:59 | Сообщение # 139
Группа: Удаленные





Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar:
«Meni yuqoriga olib chiqishgach, bir
qavm
yonidan o‘tdim. Ularning tirnoqlari misdan bo‘lib, o‘z yuzlari va ko‘kraklarini
timdalar edilar. «Ey
Jabroil, ular kim?» deb so‘ragan edim,
«Ular
odamlarning go‘shtlarini yeydigan va
nomuslariga tajovuz qiladigan kimsalardir», deya
javob berdi» (Abu Dovud rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:59 | Сообщение # 140
Группа: Удаленные





Fasl
Mo‘minlarning orasiga nifoq solishdan,
shuningdek, hayvonlarni urishtirishdan
ogohlantirish xususida Payg‘ambar
sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
«Shayton arab yarim orolida o‘ziga namozxonlar
ibodat qilishidan umidini uzdi. Biroq ular
orasiga
nifoq solishidan umidini uzgani
yo‘q» (Muslim
rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 03:00 | Сообщение # 141
Группа: Удаленные





Ikki odam orasiga nizo soladigan va ular
o‘rtasida bir-biriga ozor beradigan
gaplarni
tashiydigan har kimsa shayton
guruhidan
bo‘lgan chaqimchidir, eng yaramas odamdir.
Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam
aytganlarki: «Sizlarga eng yomon, eng
yaramaslaringiz kimlar ekanini xabar
qilayinmi?! Ular chaqimchilik qilib yuruvchilar, yor-do‘stlar
orasini buzuvchilardir» (Imom Ahmad
rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 03:00 | Сообщение # 142
Группа: Удаленные





Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar:
«Chaqimchilar jannatga
kirmaydi» (Muttafaqun
alayh).
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 03:01 | Сообщение # 143
Группа: Удаленные





Chaqimchi – odamlar orasida, «falonchi
sen haqingda undoq dedi, «falonchi
bundoq qildi»
kabi gaplarni tashuvchi kimsadir. Biron
yomonlikdan ogohlantirish uchun yoki
boshqa bir foydani ko‘zlab xabar keltirish
bundan
mustasno.
Jonivorlarni bir-biriga gij-gijlab
urushtirish ham haromdir. Xo‘roz,
qo‘chqor, it va boshqa barcha jonivorlarni urishtirishdan Rasululloh
sollallohu
alayhi vasallam qaytarganlar. Kim bu
ishni qilsa,
Alloh va rasuliga osiy bo‘ladi.
Shuningdek, xotinni eriga, qulni xo‘jayinga qarshi
qayrash
ham harom. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam aytganlarki:
«Xotinni eriga va qulni xo‘jayiniga
qarshi aldab yo‘ldan urgan kimsa bizdan emas» (Abu
Dovud,
Nasoiy, Ibn Hibbon rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 03:01 | Сообщение # 144
Группа: Удаленные





Odamlar orasini isloh etishga targ‘ib
qilish
xususida
«Ularning ko‘p maxfiy suhbatlaridan –
agar
sadaqa berishga yo biron yaxshilik qilishga
yoki odamlar o‘rtasini isloh qilishga
buyurgan bo‘lmasalar – hech qanday
foyda yo‘qdir. Kim
Alloh rizosini istab bu ishlarni qilsa,
unga ulug‘ mukofot berajakmiz» (Niso surasi, 114)
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 03:01 | Сообщение # 145
Группа: Удаленные





Ummu Habiba roziyallohu anho rivoyat
qiladilar:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytdilar:
«Odam farzandining har bir kalomi
o‘ziga ziyondir. Magar yaxshilikka buyurish yo
yomonlikdan qaytarish yoki Allohni zikr
qilish
bundan mustasno» (Termiziy, Ibn Moja
rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 03:02 | Сообщение # 146
Группа: Удаленные





Rivoyat qilinishicha, bir kishi Sufyon
Savriyga
yuqoridagi hadis haqida: «Bu hadis juda
shiddatli
ekanmi?!» deganida, u zot: «Alloh
taoloning: «Ularning ko‘p maxfiy suhbatlarida hech
qanday
yaxshilik yo‘q. Magar sadaqa berishga
yo biron
yaxshilik qilishga yoki odamlar orasini
isloh qilishga...» degan kalomini eshitmaganmisan? Bu
oyatga o‘sha hadis monanddir», deya
javob
berganlar.
Hadisi sharifda aytiladiki: «Yaxshilikni
oshirib yoki yaxshi gapirib odamlar orasini isloh
qiladigan kishi yolg‘onchi
emas» (Buxoriy rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 03:02 | Сообщение # 147
Группа: Удаленные





Ummu Gulsum aytganlar: «Uch o‘rindan
tashqari
odamlar gapiradigan biron narsada
(yolg‘onga)
ruxsat berilganini eshitmadim». Uch
o‘rin – urush, odamlar orasini isloh qilish va erning
xotiniga
yoki xotinning eriga oilani saqlab qolish
uchun
gapirishida ruxsat berilgan. Sahl ibn Sa’d
Soidiy roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamga
Amr ibn Avf qabilasi orasiga sovuqchilik
tushgani xabari keldi. Rasululloh
sollallohu alayhi
vasallam sahobalari hamrohligida ular orasini
isloh qilish uchun yo‘lga
tushdilar» (Buxoriy rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 03:03 | Сообщение # 148
Группа: Удаленные





Rivoyat qilishlaricha, namozga borish,
nizolashganlar orasini isloh qilish yoki
musulmonlar orasida joiz qasam
ichishdan ko‘ra
afzalroq amal yo‘q.
Yana rivoyat qilishlaricha, kimda-kim ikki kishi orasini isloh qilsa, Alloh uning
ishini isloh qiladi,
gapirgan har bir so‘zi evaziga bir qul
ozod
qilganlik savobini beradi va u gunohlari
kechirilgan holda qaytadi.
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 03:04 | Сообщение # 149
Группа: Удаленные





Tavfiq Allohdan
 
→•ZVERI•←Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 03:06 | Сообщение # 150
Группа: Удаленные





Tavfiq Allohdan
 
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz