Дата: SESHANBA, 2013.01.01, 12:10 | Сообщение # 176
Группа: Удаленные
Hazrat Alining (r.a.) vasiyati Hazrati Ali (r.a.) o’g’li Hazrati Hasanga vasiyat qilgan edilar: -Bilmagan narsang haqida so’zlama; -vazifang bo’lmagan ishga kirishma, har ishni ahliga qoldir; -falokat kelishidan qo’rqqan yo’lingni tark et, zero bir ishda falokat sezilganda, unit ark etmoq qo’rquv bilan olg’a surmoqdan hayrlidir; -o’zingdan kuchli zolimlar orasida sabr etmoqqa o’rgan, zero, haqsizlik qarshisida haq uchun sabr etmoq eng yaxshi axloqdir; -kishi dunyoda oxirati uchun nima hozirlagan bo’lsa, ertaga shu narsaga erishadi; -so’z ahli bo’lishdan ko’ra ish ahli bo’lgin.
Дата: SESHANBA, 2013.01.01, 12:11 | Сообщение # 177
Группа: Удаленные
Hazrati Umarning o‘gitlari “Shu yulduzlar ilmidan sizga quruqlik va suv qoronHuliklarida yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘ladigan darajada, tarix ilmidan esa xalqaro munosabatlardan xabardor etadigan miqdorda o‘rganingiz. Qur’onga Hilof, ilmga manba bo‘ling. Allohdan kunlik rizqingizni so‘rang. Gunohlariga pushaymon qiladiganlar bilan oshno bo‘ling. Zero, ularning qalbi har narsadan yupqadir. Allohdan qo‘rqqan kimsa jahl qilmaydi va xohlagan har ishini bajaravermaydi. Agar oxirat bo‘lmasa edi, dunyoni bu tarzda ko‘rmas edingiz. Haqdan ayrilmangki, sizga haq egalarining joyi ko‘rsatilgay. Har doim faqat haqiqat bilan hukm eting...»
Дата: SESHANBA, 2013.01.01, 12:12 | Сообщение # 178
Группа: Удаленные
Soib ibn al-Musayyabdan: «Umar ibn Hattob odamlarga o‘n sakkizta serhikmat kalimalarni qoldirganlar». Aytdilar: — Biror kishini biror ishda senga itoat qilishda Allohga gunohkor bo‘lgani uchun jazolasang, uning itoatsizligi o‘sha ishda sening Allohga itoat qilishingdek bo‘lsa, bas, uni jazolamaysan. — Birodaringdan sen o‘ylagandek foyda kelishi uchun uning ishini eng yaxshi o‘rinlat. — Bir musulmonning og‘zidan chiqqan so‘zni yomonga yo‘yma, sen u so‘zni yaxshilikka yo‘yish-ga harakat qil. — Kim o‘zini tuhmat qilinadigan o‘rinda ko‘rsatsa, unga nisbatan yomon gumon qiladiganlarni malomat qilmasin. — Kim o‘z sirini berkitsa, yaxshilik uning qo‘lidadir. — O‘zingga sodiq do‘stlar tanla, ular panohida yashaysan, chunki ular kengchilikda ziynat, qiyinchilikda qalqondirlar. — O‘zingga doim rost so‘zlarni ixtiyor qil, agar seni rostlik o‘ldirsa ham. — Foydasiz narsaga urinma. — Hali bo‘lmagan ishdan so‘rama, chunki bo‘lgan ishdan unga ortmaysan. — Sening najotingga xayrxoh bo‘lmagan kishidan hojatingni so‘rama. — Yolg‘on qasam ichishni yengil sanama, uning sababidan Alloh seni halok qilur. — Fojirlar ila hamsuhbat bo‘lma, ularning fujurlaridan o‘rganasan. — Dushmaningdan uzoq bo‘l. — Do‘stingdan ehtiyot bo‘l, ishonchlisi mustasno. Allohdan qo‘rqqangina ishonchli bo‘lur. — Qabrlar oldida odob bilan tur. — Itoat vaqtida o‘zingni xor tut. — Gunoh oldida najot arqonini mahkam ushla. — Ishingda Allohdan qo‘rqqanlar ila maslahatlash. Zero, Alloh: «Allohdan olim bandalari qo‘rqadi» (Fotir, 28, mazmuni), deb marhamat qilgan».
Дата: SESHANBA, 2013.01.01, 12:12 | Сообщение # 179
Группа: Удаленные
Umar ibn Hattob o‘g‘illari Abdullohga (har ikkalasidan ham Alloh rozi bo‘lsin) yozgan ekanlar: «Ey o‘g‘ilcham, Allohdan qo‘rqqin. Zero, kim Allohdan qo‘rqsa, Alloh uni saqlaydi. Unga kim tavakkal qilsa, Alloh kifoya qiladi, kim Unga shukr aytsa, Alloh unga ne’matni ziyoda qiladi. Taqvo sening ko‘z qorachig‘ing, qalbing jilosi bo‘lsin. Shuni yaxshi bilginki, kim Alloh huzuridan savob umid qilmasa, unga ajr ham yo‘qdir. Kimda shafqat bo‘lmasa, unda mol-dunyo bo‘lmas, xulqi yo‘qda tirishqoqlik (yangilik) bo‘lmas. Hazrati Umar, roziyallohu anhu, aytadilar: — To kishida zaiflikdan bo‘lmagan muloyimlik, ko‘pollikdan bo‘lmagan kuch-qudrat topilmasa, bu ish (boshliq bo‘lish) o‘z samarasini bermaydi.
Дата: SESHANBA, 2013.01.01, 12:13 | Сообщение # 180
Группа: Удаленные
Usmon ibn Affonning o‘gitlari Badr ibn Usmon, roziyallohu anhu, amakilaridan rivoyat qiladi: “Usmon ibn Affon, roziyallohu anhu, xalifa etib saylangach, masjidga chiqdi. Nihoyatda xafahol va yuzlari so‘lHin edi. Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, minbarlariga chiqib, Allohga hamd, Payg‘ambarimizga salovot aytgach, shunday dedi: — Siz o‘tkinchi bir hayot uyidasiz va umringizning qolgan qismi ham o‘tishini kutmoqdasiz. Shu holda hanuz o‘lim kelmay turib, ishlarning eng afzalini qilib olishga shoshiling. Bir qarabsizki, kutilmagan bir soatda ushlanib qolasiz. Unutmangki, bu dunyo yolg‘on va aldov ustiga bino bo‘lgan. “Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo‘ymasin va sizlarni aldamchi (shayton) Alloh (kechiraveradi, degan aldov) bilan aldab qo‘ymasin” (Luqmon, 33, mazmuni). Sizdan avval o‘tgan kimsalarning holidan ibrat oling. So‘ng sa’y-harakat qiling va Haflatda qolmang. Zero, siz Haflatga tushib qolsangiz hamki, ishlaringizni hisob-kitob qilishda sira Haflatga tushilmaydi. Dunyoda ekinlar ekib-o‘rgan, baland koshonalar qurgan va uzoq vaqt zavqu safo surgan dunyoning o'g'illari, birodarlari bugun qaerda? Dunyo ularni yutib yubormadimi? Jalil Alloh dunyoga naqadar ahamiyat bermaganidek, siz ham shunday unga berilmang. Oxirat uchun harakat qiling. Alloh subqanahu va taolo dunyo hayoti haqida shunday tamsil qilgan: “(Ey Muhammad, odamlarga) dunyo hayoti misolini keltiring. xuddi suv kabidirki, Biz uni osmondan yog'dirgach, (bahorda) u sababli yer o‘simliklari (bir-biriga) aralashib (qalinlashib) ketur, so‘ngra (kuzda) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur”.
Дата: SESHANBA, 2013.01.01, 12:15 | Сообщение # 181
Группа: Удаленные
Бир куни Умар розияллоҳу анҳу ўз халифаликларини айланиб юрганларида, елкасида бола кўтариб юрган бир кишини учратиб қолдилар. Уларга қараб туриб, “бир-бирига бунчалик ўхшаш ота-болани ҳали кўрмагандим”, дедилар. У киши эса, эй Амирул мўминийн, Аллоҳга қасамки, бу болани марҳума аёлим туққан” , деди. Халифа ҳайрон қолиб, бўлиб ўтган воқеани сўрадилар. “ Эй Амирул мўминийн, деб сўз бошлади ҳалиги киши, - сафарга чиқишимдан аввал ҳомиладор аёлимга, ҳомилангни Аллоҳга омонат топширдим, дедим. Сафардан қайтмасимдан олдин аёлим вафот этди. Кунлардан бирида Бақий қабристонидан чиқаётган нурни кўриб қолдим. Қўшнимдан эса бу ҳол тунлари шу жойда бўлиб туришини билдим. Мен бу нур аёлим қабридан кўтарилаётганини пайқаб, уни очдим. Марҳума аёлимнинг тиззаларида эса тирик бола турарди! Четдан эса бир овоз менга: “Аллоҳга омонат топширган болангни ол, агар боланинг онасини ҳам омонат топширганингда, уни ҳам тирик топардинг ”, деди. Мен болани олдим, қабр эса дарҳол ўзи ёпилиб қолди”. Ушбу ҳикояни ўқиб туриб, бу нарса Саодат асрида бўлган-да дейишингиз мумкин. Лекин бизнинг замонимизда ҳам шундай воқеалар бўлган. Ҳозир сизга ўзим эшитган бир ҳикояни айтиб бермоқчиман. Тошкентлик бир аёлнинг биттагина қизи бўлган экан. Қиз улғайиб, вояга етгандан сўнг тақдир тақозоси билан уни Бухорога узатадиган бўлибди. Тўйлар чиройли ўтибди. Она ўз нуридийдасини янги уйига қўйиб қайтаётган пайтда, қудаси билан хайрлашаётиб, қизимни сизга, сизни Аллоҳга топширдим, билмаганларини ўргатасиз, дебди. Аёл Тошкентга қайтибди. Бир неча ой ўтгандан сўнг телефон жиринглабди. Телефонда унга тез Бухорога келишларини айтишибди. Бориб не кўз билан кўрсинки, келин тушган уй бутунлай ёниб кетган. Ҳовлида эса фақатгина у Аллоҳга омонат қилган қудаси омон қолган экан, холос. Муҳтарама опа-сингиллар, агар биз барча ишларимизда Аллоҳга таваккал қилсак, яқинларимизни фақатгина Ўзигагина омонат топширсак, балою офатлардан омонда бўламиз, иншааллоҳ!
Дата: SESHANBA, 2013.01.01, 16:47 | Сообщение # 183
Группа: Удаленные
Imomi A’zamni uch dahriy savolga tutdi: -Alloh qachon tug’ilgan? - Qur’onda “U tug’magan va tug’ilmagan” deyiladi. - Xo’p, qachondan bor? - U zamondan oldin ham bor edi, hech bir narsa uning borligiga sabab bo’lmagan. - Misol bilan tushuntir? - Uchdan oldin ikki bor. Ikkidan oldin bir. Birdan oldin esa, hech narsa yoq. Birdan oldin hech qanqa son bo’lmaganidek, haqiqiy ma’noda BI bo’lgan Allohdan oldin hech narsa yo’qdir. - Alloh qayoqqa qarab turadi? - Qorong’u bir honada chiroq qayoqqa qaraydi? Hamma yoqqa. Xuddi shuningdek, yer va osmonlarning nuri bo’lmish Alloh ham hamma yoqqa qaraydi… Imomi A’zamning javoblaridan so’ng ular yana bittadan savol berishdi. Birinchisi: “Bizga Allohni ko’rsat”, dedi. Ikkinchisi: “Jahannamda olov bilan azob beriladi. Holbuki, jinlar olovdan yaratilgan. Olov olovdan ta’sirlanadimi?” deb so’radi. Uchinchisi: “Hamma narsa qazo va qadar bilan bo’ladi, deysan. Demak, har bir odam qiladigan ishlarini majburan qiladi. Shundaymi?” dedi. Shunda Imomi A’zam yerdan bir siqim tuproq olib ularning yuzlariga sochdilar. Ular qoziga shikoyat qilishdi. Qozining so’roviga Imomi A’zam: - Men uchta savolga bitta tuproq sochishim bilan bitta javob berdim. Bitinchi javob: tuproqdan uning ko’zi og’ridi. Ammo og’riqni ko’rolmadi. Bu bilan oddiygina ko’z og’rig’ini ko’rolmas ekan, Allohni ko’rishni da’vo qilmasa ham bo’lishini tushuntirdim. Ikkinchi javob: o’zi tuproqdan yaratilishiga qaramay, tuproqdan ozor ko’rdi. Olovning olovdan ta’sirlanishini angladi. Uchinchisi esa, jabriya farqasidan edi. “Odamlar ishlarini majburan qiladi”, derdi. Insondagi juz’iy irodani unitardi. Ammo mening juz’iy irodamni unutmadi, “tuproqni majburan otdi”, demadi. Mendan shikoyat qilib o’zini yolg’onchiga chiqardi, - dedilar.
Дата: SESHANBA, 2013.01.01, 16:48 | Сообщение # 184
Группа: Удаленные
Buyuk muhaddis Imom Abu Dovud dengizning qirg’og’ida o’tirsalar, uzoqdagi kemada ovozi baland insonning aksa urganini, so’ng “Alhamdulillah” deganini eshitibdilar. “Alhamdulillah” deyilgandan keyin “Yarhamukalloh” deyish vojib. Abu Dovud “Yarhamukalloh” demoqchi bo’lsalar, u odam eshitmaydi. Chunki hazratning ovozlari baland emas, aksa urgan odam esa uzoqda. “Alhamdulillah”ni eshitgan odamga “Yarhamukalloh” deyish vojib bo’lishi uchun ular bir joyda turgan bo’lishlari kerak. Shunda Imom Abu Dovud bir qayiqni 3 dirhamga kira qilib, kemaga borib, haligi aksa urgan odamga “Yarhamukalloh” deb qaytgan ekanlar. Abu Dovud aytadilar: “Shunga qulog’imga bir nido eshitildi: Ey Abu Dovud, 3 dirhamga jannatni sotib olding.”
Дата: SESHANBA, 2013.01.01, 16:49 | Сообщение # 185
Группа: Удаленные
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hali ochiq da’vatga chiqmagan paytlar edi. U zotga imon keltirish bilan musharraf bo‘lganlar soni endi o‘ntaga yetib qolgan. O‘sha imon bilan sharaflanganlarning biri Umar ibn Xattobning singlisi Fotima binti Xattob (r.a.) edi. Fotima Sayd ibn Zayd (r.a.) bilan oila qurgan va ikkalalari ham turmushlarini imon nuri ila saodatlantirishgan edi. (Siz Sayd ibn Zaydni yaxshi taniysiz. U zot (r.a.) hayotlik davrida jannat bilan bashoratlangan o‘n sahobaning birlaridir.) Eru xotin birga-birga ibodat qilishar, Qur’on o‘qishar, o‘rganishar edi. Hazrati Fotima bilan eri Sayd Alloh va Rasuli (s.a.v.) yo‘liga fidoyi ekan, ayni paytda uning akasi Umar u paytda Payg‘ambarning beayov dushmani, o‘taketgan johil, qalbini jaholat zulmati qoplagan bir kimsa edi. Butunlay iskanja va zulm ichida ham, musulmonlarning soni kun sayin ortib borayotganidan boshqa mushriklar qatori o‘sha biz suygan Umar ham ta’rifsiz qo‘rquv va hayratda qoldi. Makka ahli nima qilib bo‘lsa-da, musulmonlarning yo‘lini kesishni o‘ylardi. Nihoyat ular, Muhammadni (s.a.v.) o‘ldiramiz, degan bir to‘xtamga kelishdi. O‘zlaricha reja tuzishdi. Umar ham ularning ichida edi. Va bu qabohatli ishni shu Umar bo‘yniga oldi. Uning quvvatiga, qat’iyyatiga, jasoratiga ishonganlar, masala xal bo‘ldi, deya oldindan hukm chiqarib qo‘yishdi. Umar ibn Xattob darhol yo‘lga tushdi. Qo‘lida qilich. Ne ajabki, Alloh taolo unga yo‘lda qarindoshi Nuaym ibn Abdullohni ro‘baro‘ qildi... Umarning niyatidan xabardor bo‘lgan Nuaym uni butunlay niyatidan qaytarolmasa-da, yo‘lini boshqa tarafga burib, muddatni uzaytirishning uddasidan chiqdi: singlisi Fotima va kuyovi Saidning musulmon bo‘lganini aytib, uni qattiq g‘azablantirdi. Hazrati Habbobdan Kur’on o‘rganishayotgan er-xotin Umar kelganini bilib muallimlarini va Mushaf sahifalarini yashirishdi. So‘ng eshikni ochishdi. Lekin biroz oldin eshik ortidan eshitilgan Qur’on Umarning g‘azabini yangilab ulgurgan edi. - Men sizlarning Muhammadning dinida ekaningizdan xabarim bor, - dedi va kuyovi Saidni kaltaklay ketdi. Fotima (r.a.) erini akasining qo‘lidan qutqarmoqchi bo‘lganida, g‘azabnok quvvatli musht uning ham yuziga tushdi va yorib yubordi. Ko‘ziga o‘lim ko‘rinib turgani holda Fotima Umarga bunday deb hayqirdi: - Sen ayol kishini urishdan uyalmaysanmi? To‘g‘ri, biz musulmon bo‘ldik. Alloh va Rasuliga imon keltirdik. Biz ishonamizki, Allohdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad uning elchisidir. Endi qo‘lingdan kelganini qil! Fotimaning bu so‘zlari o‘ziga o‘lim hukmini chiqarish bilan barobar edi. Ammo Allohning irodasi va hikmatini ko‘ringki, bu qahramonlik Umarning ichiga talotum soldi. Qontalash, lekin jasorat balqib turgan yuz Umardek bag‘ritosh qotilning qalbini titratdi, uning tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘ldi, qilmishiga pushaymon etdi, qalbini yumshatdi. Oradan bir oz o‘tib, Umar shunday dedi: - Boya sizlardan eshitganlarimni menga ham beringlar, bir ko‘ray. Mushafga nisbatan hurmatda bo‘lishini talab qilgan holda Fotima (r.a.) javob berdi: - Akaginam, sen Allohga sherik tutganing uchun nopoksan, holbuki, bu Kitobga faqat pokiza insonlargina qo‘l tekizadi. Tur, oldin tahorat ol! Umar g‘usl qildi. Keyin unga Qur’ondan Toha surasining ba’zi oyatlari yozilgan sahifalarni berishdi. Umar ularni o‘qib, chuqur o‘yga toldi. Yuzida hidoyatning nurlari jilolana boshladi. "Bu qandayin sharafli, qandayin lazzatli kalom! Bundan-da go‘zal, bundan-da shirin so‘z bo‘lishi mumkin emas!" Umarning yumshaganini ko‘rib, Hazrati Habbob ham bekingan joyidan chiqdi. Keyin to‘rtovi Payg‘ambarimizning (s.a.v.) huzuri muboraklariga borishdi. Umar kalimai shahodat keltirdi va... endi biz sevgan Umarga aylandi, saodatli hayotini boshladi. Hazrati Fotimaning (r.a.) jasorati Hazrati Umar ibn Xattob (r.a.) kabi bir zotning islomiyat bilan sharaflanishiga sabab bo‘ldi. Zero, Umarning umri oxirigacha qilgan yaxshiliklari hech bir kamaymasdan Fotima binti Xattobning ham daftariga yoziqlikdir. Fotima (r.a.) eri bilan birga Madinai Munavvaraga hijrat qildi. Umrining so‘ngiga qadar fazilatli yashadi. Akasining xalifa bo‘lganini, adolatli idora qilganini ko‘rish saodatiga muyassar bo‘ldi, Va uning davrida Alloh dargohi sari rixlat etdi. Alloh barchalaridan rozi bo‘lsin! Omin.
Дата: SESHANBA, 2013.01.01, 16:51 | Сообщение # 186
Группа: Удаленные
Janobi Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam o’rni kеlganida tishlarining oqi zo’rg’a ko’rinar darajada tabassum qilganlar. Qahqaha otib aslo kulmaganlar. "Agar sizlar mеn bilganimni bilganlaringizda, oz kular va ko’p yig’lar edilaringiz" (Dorimiy. "Sunan", 2619).[/I] "Muhammadning nafsi yadida bo’lgan Zotga qasam, agar sizlar mеn ko’rganlarni ko’rganlaringda, albatta, oz kular va ko’p yig’lar edilaring!"[/I] Sahobalar so’rashdi: "Yo Rasululloh! Nimani ko’rdingiz?» (Muslim "Sahih", 636).[/I] Janobi Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam marhamat etdilar: "Jannat va jahannamni ko’rdim!" (Muslim "Sahih", 646).[/I] "Yetti toifa kishilar bor, soya bo’lmagan qiyomat kunida Alloh ularni soyalantiradi: odil boshliqni; yoshligi Allohga ibodat bilan o’tganni; chiqqanidan qaytguniga qadar qalbi masjid bilan bog’liq bo’ladigan odamni; Alloh uchun bir-birlariga muhabbat qo’ygan zotlarni - ular Uning uchun to’planadilar, Uning uchun ayriladilar; yolg’iz qolganida Allohni zikr qilib ko’zyosh to’kkanni; chiroyli va obro’li bir ayol o’ziga chaqirganida "Mеn Allohdan qo’rqaman", dеganni; sadaqani yashirin qilgan, hatto o’ng qo’li bеrganida so’l qo’li bilmagan (odamni)" ("Muvatto")[/I]. Bu hadis bir oz farqli lafzlar bilan boshqa hadis kitoblarida ham zikr qilingan (Buxoriy, "Sahih", 620; Muslim, "Sahih", 1712; Tеrmiziiy, 2213; Nasaiy, 5285; A? mad, "Musnad", 9288).
Дата: SESHANBA, 2013.01.01, 16:53 | Сообщение # 187
Группа: Удаленные
Hazrat Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zavjalari Oisha onamiz raziyallohu anho bunday degan erkanlar: «Musulmon kishiga yetadirgan har bir musibat, hattoki badanining biror yeriga kirgan tikan ham, uning gunohiga kafforat bo‘lg‘usidir!». Abu Hurayra raziyallohu anhudan bunday deb naql qiladirlar: «Musulmon kishiga yetadirgan har bir mashaqqat — Dard, tashvish, qayg‘u, aziyat yohud nochorlik, va hattoki (badaniga) kirgan tikan ham, Olloh taolo dargohida uning gunohlariga kafforat bo‘lg‘usidir!» Abdulloh ibn Ka’bning otalaridan naql qilishlariga ko‘ra, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday degan erkanlar: «Mo‘min odam shamolda goh egilib, goh qaddini tiklab olg‘uvchi sabza giyoh monanddir, munofiq ersa, mo‘rtligi sababidan bir qattiq shamoldayoq sinib ketguvchi arz (kedr) og‘oliga o‘xshaydir!» Abu Hurayra raziyallohu anhuning rivoyat qilishlaricha, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday debdirlar: «Mo‘min odam balo-qazolarga toqat etmoqlikda sabza giyoh monanddir. Chunkim, mo‘min har tarafdin shamol esganda egilib, so‘ng yana qaddini tiklab olg‘uvchi sabza giyoh yanglig‘ balo- qazolarga chidab, yengilmag‘aydir. Fojir (osiy) odam ersa, mo‘rt arz og‘ochi kabidir, Olloh taolo uni, istasa, birdaniga sindira olur!». Abu Hurayra raziyallohu anhuning rivoyat qilishlaricha, Hazrat Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday degan erkanlar: «Olloh taolo qaysi bandasiga yaxshilikni ravo ko‘rsa, o‘shanga biror musibatni yuborgaydir».
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.04, 12:26 | Сообщение # 189
Группа: Удаленные
Odam ato yaratilgan kun, JANNAT ichra kiritilgan kun. Xam zaminga tushirilgan kun, "JUMA AYYOM" muborkak bölsin. Olam töla yaralgan shu on, Hayot shun kun tugar begumon, Qiyomat kun bölguvchi zamon, "JUMA AYYOM" MUBORAK BÖLSIN. Miskin uchun erur Hajji tom, Bor duo uchun ijobat maqom. Kunlar ichra sayyidul ayyom, "JUMA AYYOM" MUBORAK BÖLSIN.
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.04, 12:28 | Сообщение # 190
Группа: Удаленные
Анас разияллоҳу анҳудан ривоят этилишига кўра, у Расули Акрам саллаллоҳу алайҳи васалламнинг шундай деганларини эшитдим деган: Аплоҳ таоло буюрдики: "Қулимни энг кўп севгани икки нарсадан маҳрум этганимда (кўзларининг нурини олганимда) у сабр этса (Аллоҳнинг ризосини тиласа), кўзлари эвазига мукофот улароҳ жаннатни бергайман". (Ҳадисни Аҳмад ибн Ҳанбал ва Бухорий ривоят этганлар)
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.04, 23:42 | Сообщение # 192
Группа: Удаленные
БИСМИЛЛАҲИР РОҲМАНИР РОҲИЙМ Аллоҳга ҳамдлар, Унинг расули Муҳаммад ибн Абдуллоҳ, унинг оиласи ва саҳобаларига салавоту саломлар бўлсин. Сўнг ... Ота-онанинг ҳаққи буюк ва динимизда уларнинг мақомлари юксак бўлиб, уларги яхшилик қилиш тавҳиднинг шериги, уларга шукр қилиш Аллоҳ таолога шукр келтиришга боғланган, уларга яхшилик қилиш эса Аллоҳ таоло ҳузурида амалларнинг энг буюги ва суюклисидир. Аллоҳ таоло деди: »ﻻَﻭ َﻪَّﻠﻟﺍ ﺍﻭُﺪُﺒْﻋﺍَﻭ ًﺎﺌْﻴَﺷ ِﻪِﺑ ﺍﻮُﻛِﺮْﺸُﺗ ًﺎﻧﺎَﺴْﺣِﺇ ِﻦْﻳَﺪِﻟﺍَﻮْﻟﺎِﺑَﻭ« "Аллоҳга ибодат қилингиз ва Унга бирон нарсани шерик қилмангиз ва ота-онага яхшилик қилингиз!" (Нисо: 36);
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.04, 23:42 | Сообщение # 193
Группа: Удаленные
БИСМИЛЛАҲИР РОҲМАНИР РОҲИЙМ Аллоҳга ҳамдлар, Унинг расули Муҳаммад ибн Абдуллоҳ, унинг оиласи ва саҳобаларига салавоту саломлар бўлсин. Сўнг ... Ота-онанинг ҳаққи буюк ва динимизда уларнинг мақомлари юксак бўлиб, уларги яхшилик қилиш тавҳиднинг шериги, уларга шукр қилиш Аллоҳ таолога шукр келтиришга боғланган, уларга яхшилик қилиш эса Аллоҳ таоло ҳузурида амалларнинг энг буюги ва суюклисидир. Аллоҳ таоло деди: »ﻻَﻭ َﻪَّﻠﻟﺍ ﺍﻭُﺪُﺒْﻋﺍَﻭ ًﺎﺌْﻴَﺷ ِﻪِﺑ ﺍﻮُﻛِﺮْﺸُﺗ ًﺎﻧﺎَﺴْﺣِﺇ ِﻦْﻳَﺪِﻟﺍَﻮْﻟﺎِﺑَﻭ« "Аллоҳга ибодат қилингиз ва Унга бирон нарсани шерик қилмангиз ва ота-онага яхшилик қилингиз!" (Нисо: 36);
Дата: YAKSHANBA, 2013.01.06, 02:33 | Сообщение # 196
Группа: Удаленные
Bir yigit olamdan utdi uni kumish uchun qabriston tomon yul oldik yelkamizda tobut ob xavo juda sovuq qabriston eshigidan kirar ekanmiz u yerda jasadni gurkov va yangi qazilgan qabr kutib turardi biz qabrga yaqin keldik va jasadni u yerga tushurishga tayorlab men qabr ichiga tushdim qabr ichida 2 ta ilon yotardi men nma qlishimni blmasdim tashqarida tumonat odam shunda ilonlarga qarab oloxdan suradim shu jasadni qabr ichiga quygunimizcha bu yerni tark etinglar ketganimizdan kegn jasadni qanday gunox qlgan bulsa shunga qarab jazolanglar bz xozir jasadni qabr ichiga quyishimizga izim beringlar shu payt zum utmay ilonlar teshik tomon keta boshladi ketayotib bittasini dumi oyog'imga sal tegb ketganini xis qldim ketganlaridan sung jasadni qabr ichiga quyishga kirishdik shu ilon dumi tekkan oyog'im chunonam og'ridiki avzoyi badanim zirqirab og'riyardi kuzlarimdan yosh tuxtamay qoldi men buni bekitishga urindim. Yo ollox bu bola nma gunox qlibdiki unga shu ilonlarni yubording. Jasadni qabrga quyib uyga qaytdik keginchalik bu yigitni eshitdim bu yigit xamr ichuvchilardan ota onaga bexurmatda bulgan balkim shuning uchun olox shu jazoni yuborgandur
Дата: YAKSHANBA, 2013.01.06, 18:28 | Сообщение # 197
Группа: Удаленные
Payg'ambarimiz Muhammad mustafo (s.a.v.) atdilar: "Kimki Jannatni istasa Firdavs Jannatini niyat qilsin. Chunki Jannatlarning eng a'losi va Allohga yaqini Jannat-ul Firdavs dir". Alloh wu jannatladan bizagayam joy ato etgan bölsin inwaAlloh!
Дата: CHORSHANBA, 2013.01.09, 00:39 | Сообщение # 200
Группа: Удаленные
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu riyokorning uchta alomati bölishini bayon qilganlar:"Yolg'iz özi bölsa dangasalik qiladi, odamlar davrasida serg'ayrat böladi, odamlar maqtagan ishni köpaytirib qoralagan ishni kamaytiradi"