CHORSHANBA, 2025.06.25, 05:39
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 2 из 10
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 9
  • 10
  • »
saodat asri qissalari
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 20:54 | Сообщение # 26
Группа: Удаленные





Muhammad ibn Muborak Suvariy
aytadilarki: "
Xushxulqingni tunda izxor qil bu ish
kunduzi izhor
qilganingdan yaxshiroqdir. Chunki
kunduzi xushxulqliging maxluqlar uchun
kechqurungi
intilish olamlar Parvardigori uchundir"
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 20:55 | Сообщение # 27
Группа: Удаленные





Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu
riyokorning
uchta alomati bölishini bayon
qilganlar:"Yolg'iz özi
bölsa dangasalik qiladi, odamlar
davrasida serg'ayrat böladi, odamlar maqtagan
ishni
köpaytirib qoralagan ishni kamaytiradi"
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 20:55 | Сообщение # 28
Группа: Удаленные





Fuzayl ibn Iyoz aytganlar:"Odamlar
sababli bir
ishni tark etish riyo odamlar sababli bir
ishni qilish
- shirkdir. Alloh seni shu ikkisidan omon
saqlashi esa ixlosdir"
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 20:56 | Сообщение # 29
Группа: Удаленные





Alloh taolodan bizni amallarimiz
sözlarimiz va
barcha holatlarimizda ixlosli etmog'ini
söraymiz".
Alloh barcha Musulmonlarni gunohlarini
mag'firat ayla...Amin
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:11 | Сообщение # 30
Группа: Удаленные





«(Ey Muhammad alayhissalom), (turli
gunoh-
ma'siyatlar qilish bilan) o‘z jonlariga
jinoyat qilgan bandalarimga ayting:
«Allohning
rahmat-marhamatidan noumid bo‘lmangiz!
Albatta, Alloh (O‘zi xohlagan
bandalarining) barcha gunohlarini
mag‘firat qilur. Albatta,
Uning O‘zigina mag‘firatli,
mehribondir» (Zumar surasi, 53).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:11 | Сообщение # 31
Группа: Удаленные





«...Rahmatim - mehribonligim esa
hamma
narsadan kengdir» (A'rof surasi, 156).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:12 | Сообщение # 32
Группа: Удаленные





Abu Hurayra roziyallohu anhudan
rivoyat
qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam
aytdilar: «Allohning yuzta rahmati
bo‘lib, undan bitta rahmatni jinlar, insonlar, hayvonlar
va
hashoratlar orasiga tushirdi. Ana o‘sha
bitta
rahmat bilan ular bir-biriga rahm
qiladilar, shafqatli bo‘ladilar. Va shu rahmat bilan vahshiy
hayvon o‘z bolasiga mehribon bo‘ladi.
Alloh
to‘qson to‘qqizta rahmatni olib qoldiki,
ular bilan
qiyomat kunida bandalariga rahm qiladi» (Muttafaqun alayh).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:12 | Сообщение # 33
Группа: Удаленные





Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning
shunday deganlarini eshitganman:
«Alloh taolo
aytdi: «Ey Odam farzandi, rahmatimdan umidvor
bo‘lar ekansan, sen tarafingdan sodir
bo‘lgan
narsalarni kechiraman va hech parvo
qilmayman. Ey Odam farzandi, agar
gunohlaring osmonga yetsa-da, so‘ng mendan mag‘firat
so‘rasang, seni
mag‘firat qilaman va hech parvo
qilmayman. Ey
Odam farzandi, agar sen Menga yer
qobig‘icha xato bilan kelsang, so‘ng Menga biron
narsani
sherik qilmagan holingda yo‘liqsang,
senga yer qobig‘icha mag‘firat bilan
peshvoz
chiqaman» (Termiziy, Ibn Moja rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:13 | Сообщение # 34
Группа: Удаленные





Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
o‘limi
yaqinlashib qolgan bir yigitning oldiga
kirib,
«O‘zingni qanday his qilyapsan?» deb so‘radilar.
U: «Yo Rasululloh, Allohdan umid
qilyapman va
gunohlarimdan qo‘rqyapman», dedi.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Mana shunday holatda banda qalbida bu ikkisi
jam
bo‘lsa, Alloh unga umid qilayotgan
narsasini
berib, qo‘rqayotgan narsasidan omon
saqlaydi», dedilar» (Termiziy, Ibn Moja rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:14 | Сообщение # 35
Группа: Удаленные





Abu Hurayra roziyallohu anhudan
rivoyat
qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam
aytdilar: «Alloh azza va jalla: «Men
bandamning Men haqimdagi o‘yidaman va Meni zikr
qilgan
vaqtda Men u bilan birgaman»,
dedi» (Buxoriy,
Muslim rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:14 | Сообщение # 36
Группа: Удаленные





Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytdilar:
«Yaxshi gumon ibodatning
go‘zalligidandir» (Abu Dovud, Ibn
Hibbon
rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:14 | Сообщение # 37
Группа: Удаленные





Jobir roziyallohu anhu Payg‘ambar
sollallohu
alayhi vasallamning o‘limlaridan uch
kun oldin:
«Sizlarning har biringiz Alloh azza va
jalla haqida yaxshi gumon qilgan holingizdagina
vafot
etingiz», deganlarini eshitganini
aytganlar
(Muslim, Abu Dovud, Ibn Moja rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:14 | Сообщение # 38
Группа: Удаленные





Jobir roziyallohu anhu Payg‘ambar
sollallohu
alayhi vasallamning o‘limlaridan uch
kun oldin:
«Sizlarning har biringiz Alloh azza va
jalla haqida yaxshi gumon qilgan holingizdagina
vafot
etingiz», deganlarini eshitganini
aytganlar
(Muslim, Abu Dovud, Ibn Moja rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:15 | Сообщение # 39
Группа: Удаленные





Rivoyat qilishlaricha, Arsh tarafdan bir
jarchi
«falonchi o‘g‘li falonchi qaerda?» deb
nido qiladi.
Bu ovozni eshitgan har bir kishining
hushi boshidan uchadi. Alloh azza va jalla
o‘sha
kishiga: «So‘ralayotgan sensan.
Osmonlaru
yerning Yaratuvchisiga ro‘baro‘
bo‘lishga shoshil», deydi. Butun maxluqotlar Arsh tomonga
tikilib qoladi. Haligi kishi Alloh azza va
jallaning
huzurida hozir qilinadi. Alloh azza va
jalla unga
maxluqotlardan to‘sib turadigan nurini tushiradi-
da, so‘ng unga: «Bandam, dunyo
hayotidagi har
bir amalingni ko‘rib, kuzatib turganimni
bilmasmiding?» deb so‘raydi. Banda:
«Bilardim, ey Rabbim», deydi. «Bandam, Menga
osiylik
qilgan kimsalarga azobim va intiqomim
borligini
eshitmaganmiding?». «Eshitgandim, ey
Rabbim». «Ey bandam, Menga osiylik qilding?»
«Ey Rabbim,
shunday bo‘lgan edi». «Bandam, bugun
Meni nima qiladi deb o‘ylayapsan?». «Ey
Rabbim meni
afv etasan, deb o‘ylayapman». «Bandam, nimaga
asoslanib meni afv etadi, deb
o‘ylayapsan?» «Ey
Rabbim, chunki Sen mening gunoh
qilayotganimni ko‘rib, uni yashirgan
eding». «Seni afv etdim, kechirdim. O‘ylagan
narsangni ro‘yobga chiqardim.
Kitobingni o‘ng tarafingdan
olgin. Unda nimaiki yaxshilik bo‘lsa, uni
qabul
qildim va nimaiki yomonlik bo‘lsa, uni kechirdim.
Men saxiy, karim zotdirman», deydi
Alloh taolo. Parvardigoro, mag‘firat
qilishni yaxshi
ko‘rmaganingda edi, osiy kimsalarga
muhlat bermasding. Afv va karaming
bo‘lmaganda edi,
dillar osoyish topmasdi. Ey Allohim,
albatta, Sen afv qilguvchisan, bizni afv
qil. Ey Allohim, bizga rizo nazari bilan
boq va bizni pokiza bandalaring qatorida qil,
jafokashlar
orasida qilma. Ey Allohim, bizning orzu-
umidlarimizni ro‘yobga chiqar, barcha
holatlarda
ham amallarimizni o‘ngla. Roziligingga eltuvchi yo‘llarni qulay et, bizni
yaxshiliklarga yo‘lla,
bizga dunyoda ham, oxiratda ham
yaxshilik ato
et va bizni do‘zax azobidan saqla.
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:16 | Сообщение # 40
Группа: Удаленные





Alloh taolo shunday deydi: «... Albatta,
Allohdan bandalari orasidagi olim-
bilimdonlar qo‘rqur» (Fotir surasi, 28).
Ushbu oyat borasida aytilgan tafsirlar
quyidagicha: Ibn Abbos roziyallohu
anhumo: «Alloh taolo bu bilan: «Qudratim,
izzatim va
saltanatimni bilgan bandalarimgina
Mendan
qo‘rqadi», deydi», deganlar.
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:17 | Сообщение # 41
Группа: Удаленные





Alloh taolo shunday deydi: «... Albatta,
Allohdan bandalari orasidagi olim-
bilimdonlar qo‘rqur» (Fotir surasi, 28).
Ushbu oyat borasida aytilgan tafsirlar
quyidagicha: Ibn Abbos roziyallohu
anhumo: «Alloh taolo bu bilan: «Qudratim,
izzatim va
saltanatimni bilgan bandalarimgina
Mendan
qo‘rqadi», deydi», deganlar.
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:17 | Сообщение # 42
Группа: Удаленные





Ushbu oyat borasida aytilgan tafsirlar
quyidagicha: Ibn Abbos roziyallohu
anhumo:
«Alloh taolo bu bilan: «Qudratim,
izzatim va
saltanatimni bilgan bandalarimgina Mendan
qo‘rqadi», deydi», deganlar. Mujohid va
Sha'biy aytadilar: «Alloh taolodan
qo‘rqqan kishigina olimdir». Robe' ibn
Anas aytganlar: «Kimki Allohdan
qo‘rqmas ekan, u olim emas».
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:17 | Сообщение # 43
Группа: Удаленные





«Biz nozil qilgan hujjatlar va hidoyatdan
(Muhammad alayhissalomning haq
Payg‘ambar
ekanligi haqidagi) narsalarni odamlarga
Kitobda (Tavrotda) ravshan qilib
berganimizdan keyin yashiradigan kimsalarni, shubhasiz, Alloh
la'natlagay va la'natlovchi zotlar
(farishtalar va mo‘minlar)
la'natlagaylar» (Baqara surasi, 159). Bu
oyat yahudiy ulamolari xususida nozil
bo‘lgan. Ibn Abbos roziyallohu anhumoning aytishicha,
insonlar va jinlardan boshqa barcha
narsalar
la'natlaydi.
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:18 | Сообщение # 44
Группа: Удаленные





Ibn Mas'ud roziyallohu anhu aytganlarki,
ikki
musulmon bir-biriga la'nat aytadigan
bo‘lsa, bu
la'nat Muhammad sollallohu alayhi
vasallamning haq payg‘ambar ekanliklarini va u
zotning
sifatlarini yashirgan yahudiy va
nasroniylarga
qaytadi.
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:18 | Сообщение # 45
Группа: Удаленные





«Eslang, (ey Muhammad), Alloh Kitob
berilgan kimsalardan «Albatta, u
(Kitobni) odamlarga ochiq bayon
qilursizlar va yashirmaysizlar!»
deb ahd-paymon olgan edi. So‘ng ular
bu ahd- paymonni ortlariga tashladilar va uni
ozgina
qiymatga sotdilar. Ularning bu oldi-
sotdilari
naqadar yomon ish bo‘ldi» (Oli Imron
surasi, 187). Vohidiy aytishlaricha, bu oyat Madina
yahudiylari haqida nozil bo‘lgan. Alloh
Tavrotda
ulardan Muhammad sollallohu alayhi
vasallamning haq payg‘ambar ekanligi,
sifatlari va yuborilish zamoni-yu, makonini
bayon
qilishga, uni yashirmaslikka ahd-
paymon olib: «Uni odamlarga ochiq
bayon qilursizlar va
yashirmaysizlar», deb aytgan. Bu Alloh taoloning yahudiy ulamolaridan
Kitoblaridagi narsalarni odamlarga
bayon qilib
berishlari xususida olgan ahdu
paymonidir.
Ularning Kitobida esa Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning ham zikrlari kelgan, degan
edi
Hasan Basriy. «Uni ozgina qiymatga
sotdilar», degani, ular ilmli
bo‘lganlari uchun ilmsiz johil kimsalardan
narsalar olardilar. Shu arzimas dunyoviy
narsadan mahrum bo‘lib qolishdan
qo‘rqib
ahdlarini buzdilar. «Ularning bu oldi-
sotdilari naqadar yomon ish bo‘ldi» oyati karimasi haqida Ibn Abbos
roziyallohu anhumo: «Ularning
savdolari
jirkanchli bo‘lib, ziyon ko‘rishdi», degan
edilar. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam aytdilar: «Kimki Allohning Yuzi qasd qilinadigan
ilmni
faqat biron dunyoviy narsaga yetishish
uchun
o‘rganadigan bo‘lsa, qiyomat kunida
jannatning hidini ham topmaydi» (Abu Dovud
rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:19 | Сообщение # 46
Группа: Удаленные





Do‘zaxga yuzi bilan sudraladigan uch
kishi
haqidagi hadis «Riyo» bo‘limida
keltirilgan edi.
Ulardan biriga: «Olim, deb aytishlari
uchun ilm o‘rganding, bu narsa aytildi», deyiladi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytganlarki: «Kimdan bilgan narsasi
haqida
so‘ralsa-yu, uni yashirsa, qiyomat kuni
Alloh u kimsani olovdan bo‘lgan yugan bilan
yuganlab
qo‘yadi» (Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sendan
foydasiz ilmdan panoh berishingni so‘rayman»,
deb duo qilardilar (Muslim rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:20 | Сообщение # 47
Группа: Удаленные





Usoma ibn Zayd roziyallohu anhumodan
rivoyat
qilinadi, u kishi Rasululloh sollallohu
alayhi
vasallamning shunday deganlarini
eshitdi: «Qiyomat kunida bir kishi olib kelinib,
do‘zaxga
uloqtiriladi. Uning ichak-chovoqlari
osilib, yoyilib
ketadi-da, xuddi eshak tegirmon
atrofida aylanganidek, ularga o‘ralashib qoladi. Do‘zax
ahli uning atrofiga to‘planishadi va: «Ey
falonchi,
senga nima bo‘ldi? Axir sen yaxshilikka
buyurib
yomonlikdan qaytarmasmiding?» deb so‘rashadi. U: «Sizlarni yaxshilikka
buyurardim-u,
o‘zim qilmasdim. Yomonlikdan
qaytarardim-u, o‘zim qaytmasdim»,
deydi» (Buxoriy, Muslim
rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:20 | Сообщение # 48
Группа: Удаленные





Ibn Mas'ud roziyallohu anhu aytadilar:
«Kim ilm
o‘rganib unga amal qilmasa, ilm faqat
uning
kibrini ziyoda qiladi».
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:21 | Сообщение # 49
Группа: Удаленные





Hilol ibn A'lo aytganlar: «Ilm talab qilish
qiyin, uni
yodlash talab qilishdan qiyin, unga amal
qilish
yodlashdan qiyin, unda salomat qolish
amal qilishdan ham qiyinroqdir». Alloh
taolodan barcha balolardan salomat
saqlashini va O‘zi yaxshi ko‘rgan, rozi
bo‘lgan
narsalarga muvaffaq qilishini so‘raymiz.
Albatta, U saxiy va karim zotdir.
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:22 | Сообщение # 50
Группа: Удаленные





LA HAVLA VALA QUVVATA ILLA BILLAH
ALIYYUL A'ZIM...Kuch va quvvat buyuk
va oliy Allohnikidir.
 
  • Страница 2 из 10
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 9
  • 10
  • »
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz