Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:35 | Сообщение # 101
Группа: Удаленные
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Eng yomon insonlar – ularga bu yuzi bilan, bularga bu yuzi bilan boradigan ikki yuzlamachi kimsalar ekanini ko‘rasizlar» (Muttafaqun alayh).
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:35 | Сообщение # 102
Группа: Удаленные
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimning bu dunyoda ikkita yuzi bo‘lsa, qiyomat kunida uning olovdan ikkita tili bo‘ladi» (Abu Dovud rivoyati).
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:36 | Сообщение # 103
Группа: Удаленные
Rivoyat qilishlaricha, kim ikkita tilli bo‘lsa, Alloh qiyomat kunida unga olovdan ikkita til qilib beradi. «Ikkita tilli» degani, bir toifa odamlar bilan o‘zgacha, boshqa toifa odamlar bilan o‘zgacha gaplashadigan deganidir. Imom Abu Homid Fazzoliy aytganlarki: «Odatda, birovning gapini ikkinchi kishiga: «Falonchi sen haqingda bundoq dedi», deya yetkazuvchi kimsaga «chaqimchi» deyiladi. Biroq chaqimchilik shuning o‘zi bilangina cheklanib qolmaydi. Chaqimchilik – ochilishi karih – sanalgan narsani ochishdir. Yomon ko‘ruvchi kim bo‘lishining farqi yo‘q: gapiruvchimi, gapiriluvchimi yoki gaplashuvchimi. U yoqimsiz narsa nima bilan kashf qilinishi ham farqsizdir: so‘z bilanmi, yozuv bilanmi, ishora bilanmi va hokazo. Chaqimchilik qilingan – tashilgan narsa so‘z bo‘ladimi yoki amal bo‘ladimi, ayb yoki boshqasi bo‘ladimi, barchasi barobardir».
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:37 | Сообщение # 104
Группа: Удаленные
Chaqimchilikning mohiyati sirni fosh qilish va kashf qilinishi karih sanalgan narsani e’lon qilishdir. Inson boshqa insonlardan ko‘rgan har qanday narsasi haqida gapirishdan tilini tiyishi lozim. Gapirsa, musulmonlarga foydali yoki ma’siyatni daf qiladigan narsalarni aytishi mumkin. Kimga birov gap tashib kelib: «Falonchi sen haqingda bundoq dedi», desa, u kishi quyidagi oltita ishni qilishi lozim: 1. Uni tasdiqlamaslik lozim. Chunki u chaqimchi, fosiq bo‘lib, uning gapi e’tiborga olinmaydi. 2. Uni bu ishdan qaytarib, nasihat qilishi va bu ishni qoralashi lozim. 3. Uni Alloh uchun yomon ko‘rishi lozim. Zero, u Allohning huzurida manfur bo‘lib, uni Alloh uchun yomon ko‘rish vojibdir. 4. Gapirilayotgan kishi haqida yomon gumonga bormasligi lozim. Zero, Qur’oni karimda: «Ey mo‘minlar, ko‘p gumon (lar)dan chetlaninglar! Chunki ayrim gumon(lar) gunohdir!» deyilgan (Hujurot surasi, 12). 5. Eshitgan gapi uni josuslik qilishga va gapning tagiga yetish uchun harakat qilishga undamasligi lozim. Chunki yuqoridagi oyatning davomida: «(O‘zgalarning ayblari ortidan) josuslik qilib yurmanglar», deyilgan. 6. Chaqimchi keltirgan gaplarni boshqalarga yetkazmasligi darkor.
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:37 | Сообщение # 105
Группа: Удаленные
Bir kishi Umar ibn Abdulaziz roziyallohu anhuga bir odam haqida nimadir dedi. Umar unga: «Ey sen, agar xohlasang, gapingni tekshirib ko‘ramiz: bordi-yu yolg‘on gapirgan bo‘lsang, unda sen: «Agar sizlarga bir fosiq kimsa biron yomon xabar keltirsa, (u xabarni) aniqlab, tekshirib ko‘ringlar», degan oyatdagi fosiqlardan bo‘lasan. Agar rost gapirgan bo‘lsang, unda sen «g‘iybatchi- yu, gap tashuvchi» kimsalardan bo‘lasan. Xohlasang, afv qilamiz», dedi. Shunda haligi kishi: «Afu aylang, ey Amiral mo‘minin. Endi sira bu ishga qaytmayman», dedi. Bir kishi Sohib ibn Ubbodga yetim molini olishga undovchi varaqa ko‘tarib keldi. Holbuki, uning mol-mulki ko‘p edi. U zot varaqaning orqa tomoniga: «Chaqimchilik garchi rost bo‘lsa ham qabih amaldir. Mayyitni Alloh rahmat qilsin, yetimni o‘nglasin, mol Allohning in’omi, unga ko‘z olaytiruvchini Alloh la’natlasin», deb yozdi. Hasan Basriy hazratlari aytganlarki: «Kim senga bir gapni yetkazsa, bilginki, u sening gapingni ham boshqalarga yetkazadi». «Kim senga gap tashisa, sening gapingni boshqaga tashiydi», degan jumla odamlar orasida keng yoyilgan.
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:38 | Сообщение # 106
Группа: Удаленные
Ibn Muborak rahimahulloh: «Haromi (zinodan bo‘lgan) bola gap yashirmaydi», deb chaqimchilik qiladigan har bir inson haromi bo‘lishi mumkinligiga quyidagi oyatni dalil qilganlar:
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:39 | Сообщение # 108
Группа: Удаленные
Rivoyat qilishlaricha, salafi solihinlardan biri birodarini ziyorat qilganida, birodari u zotga boshqa birodari haqida yomon gaplarni gapiribdi. Shunda u zot: «Ey birodar, g‘iybatni juda cho‘zib yubordingiz va uchta jinoyat sodir etdingiz: menga birodarimni yomon ko‘rsatib qo‘ydingiz, u bilan qalbimni mashg‘ul qildingiz va o‘zingizga bo‘lgan ishonchdan mahrum qildingiz», degan ekan. Bir kishi Ali ibn Husayn roziyallohu anhmoga: «Falonchi sizni haqorat qildi va siz haqingizda bundoq, bundoq dedi», degan ekan, u zot: «Meni uning oldiga olib bor», debdilar. U o‘zini himoya qilsa kerak, deb o‘ylabdi. Haqorat qilgan kishining oldiga yetib borishgach, u zot:
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:39 | Сообщение # 109
Группа: Удаленные
«Ey birodar, agar men haqimda gapirgan gaping haq bo‘lsa, Alloh meni mag‘firat qilsin. Bordi- yu men haqimda gapirgan gaping noto‘g‘ri bo‘lsa, Alloh seni mag‘firat qilsin», degan ekanlar. Abu Lahabning xotini chaqimchilik qilib, gap tashib yurgani uchun Qur’oni karimda «o‘tin orqalagan», deb vasf qilingan. Chaqimchilik adovatga sabab bo‘lgani bois «o‘tin», deb nomlangan. Ma’lumki, o‘tin olovning alangalanishiga sabab bo‘ladi. Aytishlaricha, chaqimchining ishi shaytonning ishidan ham zararliroqdir. Chunki shaytonning amali vasvasa bilan bo‘lsa, chaqimchining amali bevosita bo‘ladi.
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:40 | Сообщение # 110
Группа: Удаленные
Rivoyat qilishlaricha, bir kishi sotilayotgan bir qulni ko‘rib qoldi. Egasi: «Uning chaqimchilikdan boshqa aybi yo‘q», deb jar solar edi. Kishi g‘ulomning aybini pisand qilmadi va uni sotib oldi. Fulom xo‘jayinining uyida bir necha kun turganidan keyin uning xotiniga: «Xojam sizning ustingizga boshqa xotin olmoqchi yoki o‘ynash tutmoqchi. U sizni yaxshi ko‘rmaydi. Agar sizga mehri tushib, o‘ylagan niyatidan qaytishini istasangiz, unda xojam uxlagan paytida ustarani olib, soqolining tagidan bir necha tukni qirib olingda, ularni asrab qo‘ying», dedi. Xotin parishon holda: «Xo‘p», dedi va eri uxlagach, quli o‘rgatgan ishni qilishga jazm etdi. Keyin g‘ulom xo‘jayinining oldiga kelib: «Xojam, bekam o‘ziga o‘ynash tutib, unga juda o‘rganib qolgan. Shuning uchun sizdan xalos bo‘lmoqchi, bu kecha sizni so‘yishga jazm qilgan. Agar gapimga ishonmasangiz, unda kechqurun o‘zingizni uxlaganga solib yoting. Shunda sizni so‘yish uchun qo‘lida biron narsa ko‘tarib kelayotganini ko‘rasiz», dedi. Xo‘jayini unga ishondi. Qorong‘u tushgach, o‘zini uxlaganga solib yotdi. Xotini uning soqoli ostidagi tuklardan qirqib olish uchun ustara ko‘tarib keldi. Soqolidan qirqib olmoqchi bo‘lib, engashgan kuyi qo‘lini erining tomog‘iga cho‘zgan edi, u sakrab turib, ustarani tortib oldi- da, xotinini so‘yib tashladi. Xotinining qarindoshlari bu voqeadan xabar topib, u kishini o‘ldirdi va ikki urug‘ orasida qirg‘in boshlanib ketdi. Birgina chaqimchi, yolg‘onchi qulning kasofati bilan shunday falokat ro‘y berdi. Shu bois Alloh taolo chaqimchini «fosiq» deb nomlagan:
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:41 | Сообщение # 111
Группа: Удаленные
«Ey mo‘minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biron qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizga afsus- nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab- tekshirib ko‘ringlar!» (Hujurot surasi, 6)
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:43 | Сообщение # 112
Группа: Удаленные
Alloh taolo marhamat qiladi: «Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambariga xiyonat qilmangiz va bilgan hollaringizda sizlarga ishonib berilgan narsalarga (ya’ni, dinga va boshqa har qanday omonatlarga) xiyonat qilmangiz!» (Anfol surasi, 27)
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:44 | Сообщение # 113
Группа: Удаленные
Vohidiy rahimahulloh aytadilar: «Bu oyat Abu Luboba xususida nozil bo‘lgan. Bani Qurayza yahudiylari qamal qilingach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishini ularga elchi qilib jo‘natgan edilar. U kishining ahli va farzandlari Bani Qurayza yahudiylarining orasida edi. Ular undan: «Ey Abu Luboba, bordiyu Sa’dning hukm qilishiga rozi bo‘lsak, nima bo‘ladi deb o‘ylaysan?» deya so‘rashdi. Abu Luboba tamog‘iga ishora qildi, ya’ni, so‘yadi, demoqchi bo‘ldi. Bu ishi bilan u Alloh va Rasuliga xiyonat qilgan edi. Abu Lubobaning o‘zi: «Turgan joyimdan qo‘zg‘almay turib, Alloh va Rasulga xiyonat qilganimni bildim», degan edi».
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:45 | Сообщение # 115
Группа: Удаленные
Kalbiy aytadilar: «Alloh va rasuliga xiyonat qilish ularga osiylik qilishdir. Har bir inson Alloh farz qilgan ishlarda omonatdordir, xohlasa xiyonat qiladi, xohlasa ado qiladi, uni Allohdan o‘zga hech kim bilmaydi». Ya’ni, bu va boshqa har qanday omonatga xiyonat qilmaslik darkor.
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:47 | Сообщение # 118
Группа: Удаленные
Anas roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon bizga murojaat qilsalar: «Omonati yo‘q kishining iymoni yo‘q, ahdi yo‘q kishining dini yo‘q», der edilar» (Tabaroniy, Ibn Hibbon rivoyati).
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:47 | Сообщение # 119
Группа: Удаленные
Ya’ni, omonatga xiyonat qiladigan kimsa iymonsiz, ahdiga vafo qilmaydigan kimsa dinsizdir. Har qanday narsadagi xiyonat qabih bo‘lib, ba’zisi yomonroqdir. Ahling va mol- mulkingga xiyonat qilgan kimsa bilan arzimas pulingga xiyonat qilgan kimsa barobar emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Senga omonat qo‘ygan kishining omonatini ado et, senga xiyonat qilgan kimsaga sen xiyonat qilma!» (Termiziy rivoyati).
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:47 | Сообщение # 120
Группа: Удаленные
Boshqa bir hadisi sharifda: «Mo‘min har qanday xislatga tabiatan moyil bo‘lishi mumkin, biroq xiyonat va yolg‘onga moyil bo‘lmaydi», deyilgan (Abu Ya’lo, Bazzor rivoyati).
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:48 | Сообщение # 121
Группа: Удаленные
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh: «Men sherigiga xiyonat qilmagan ikki sherikning uchinchisiman. Agar xiyonat qilsa, ular orasidan chiqib ketaman», deydi» (Abu Dovud rivoyati).
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:48 | Сообщение # 122
Группа: Удаленные
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam duo qilib: «Ey Allohim, menga ochlikdan panoh berishingni so‘rayman, zero, u juda yomon hamxonadir, hamda xiyonatdan panoh berishingni so‘rayman, zotan u juda yomon astar- yopinchiqdir», der edilar (Abu Dovud rivoyati).
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:49 | Сообщение # 123
Группа: Удаленные
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zax ahli beshtadir», deya bir necha toifani zikr qilib: «Arzimagan bo‘lsa-da, o‘zi yoqtirgan narsaga xiyonat qiladigan xoin», deganlar (Muslim rivoyati).
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:49 | Сообщение # 124
Группа: Удаленные
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Alloh yo‘lida qatl etilish barcha gunohlarga kafforat bo‘ladi. Biroq omonat bundan mustasno. Qiyomat kuni bir bandani olib kelishadi. Garchi Alloh yo‘lida qatl etilgan bo‘lsa ham, unga: «Omonatingni ado et», deyiladi. U: «Ey Rabbim, dunyo o‘tib ketgan bo‘lsa, men qanday qilib omonatni ado qilaman», deydi. Uni «Hoviya»ga olib borishadi. Unga omonati ko‘rinadi. U o‘ziga berilgan kundagi shaklda bo‘ladi. Uni ko‘riboq taniydi. Uning izidan «Hoviya»ga tushib, unga yetib boradi-da, yelkasiga ortib, olib chiqa boshlaydi. Endi chiqaman, deganida omonat yelkasidan tushib ketadi. U abadul-abad omonatning izidan pastga tushib ketaveradi». So‘ng: «Namoz omonatdir, tahorat omonatdir, tarozi omonatdir, o‘lchov omonatdir», deb bir qancha narsalarni sanadilar-da: «Bularning eng qattig‘i va’dadir», dedilar (Ahmad, Bayhaqiy rivoyati).
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 02:50 | Сообщение # 125
Группа: Удаленные
Rivoyat qilishlaricha, odamlardan birinchi bo‘lib, ko‘tariladigan narsa omonatdorlik va oxirida qoladigan narsa namozdir. Holbuki, ko‘pchilik namozxonlarda xayr – yaxshilik bo‘lmaydi.