PAYSHANBA, 2025.06.26, 03:40
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 10 из 10
  • «
  • 1
  • 2
  • 8
  • 9
  • 10
saodat asri qissalari
_nevedimka_Дата: DUSHANBA, 2013.09.16, 01:14 | Сообщение # 226
Группа: Удаленные





wow
 
→•ZVERI•←Дата: PAYSHANBA, 2013.09.19, 21:16 | Сообщение # 227
Группа: Удаленные





Assalamu alikum v/r v/b man yana qaydim...
 
→•ZVERI•←Дата: PAYSHANBA, 2013.09.19, 23:07 | Сообщение # 228
Группа: Удаленные





PAYG‘AMBAR UYIMIZGA TASHRIF
BUYURSA...
Bu voqeadan beri kancha vaqt o‘tganini aniq
eslolmayman. Yetti yoki sakkiz yil bo‘ldi
chamasi. Galdagi o‘tirishimizda bitta do‘stimiz
kassetaga yozib olingan she’rni qo‘yib
eshittirdi. She’r rostdan ham juda ta’sirli edi.
Audio tasmada uni o‘qigan kishini men yillar
davomida muallifi o‘zi bo‘lsa kerak, deb o‘ylab
keldim. Oradan bir necha yil o‘tib, xayr uchun
ham sharr uchun ham bir xilda asqotadigan
internet kashf etilgach, uning vositasida mazkur
she’rni yana ko‘p bora eshitdim.
Musulmonchilikka xizmat bo‘lsin degan niyatda
ochilgan ellikka yaqin saytda bu she’rning
inglizchada ham mo‘minlar e’tiboriga havola
etilganining guvohi bo‘ldim. Muallifi xususida
gap ketganda esa kimdir bilmayman desa, yana
birov kimdan birinchi bor eshitgan bo‘lsa
o‘shaning nomini aytar edi. Mana oradan
shuncha vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay she’r
kimga tegishli, muallifi asli qaerlik ekanini
haligacha bilolganim yo‘q. Ammo she’r
haligacha internet tarmog‘i orqali juda
ko‘pchilikka borib ulashayotganidan xabarim
bor.
 
→•ZVERI•←Дата: PAYSHANBA, 2013.09.19, 23:08 | Сообщение # 229
Группа: Удаленные





«Payg‘ambar bizga kelsa...» deb boshlanardi
bu she’r. Muallifni nima qiziqtirayotgani esa
keyingi misralarda oydinlashadi. Agar bir kun
payg‘ambar uyingizga tashrif buyursa... Atigi
bir necha kungagina. Qo‘qqisdan eshigingizni
taqqilatsa nabiy. Qiziq, ne kechardi holingiz?..
Shu shaklda diqqatingizni jalb etadigan she’r
payg‘ambar tashrif buyursa, qay ko‘yga
tushishimizni taxmin qilishda davom etadi:
Xo‘sh, ne qilgan bo‘lardik bizlar, Uni qarshi
olishga shoshgan bo‘larmidik, yoki
hayotimizning bir bo‘lagiga aylangan,
qimmatbaho ashyolarimizni yashirishga urinib,
kechikib ocharmidik eshikni? Payg‘ambar
uyimizda bo‘lgan paytida ham yermidik
hamma vaqt yegan taomlarimizni? Hamma
vaqt aytadigan gaplarimizni aytar, kezadigan
joylarimizda sayr etishga yana davom etarmi
edik? Bizga dunyoning jozibasidan tinmay
bahs etadigan do‘stlarimizni yo‘qlagan
bo‘larmidik yana? Yoki asl yuzimiz ochilib
qolishidan qo‘rqib, hadik bilan yasharmidik?
Keyin bir necha kun o‘tib uyimizni tark etsa
Nabiy, jonimiz achisharmidi yoki bo‘lmasa,
xayriyat qutuldik, degan bo‘larmidik hech
uyalmasdan?
Muallif garchi savol bilan murojaat etayotgan
bo‘lsa-da, holimiz ne kechishini juda yaxshi
tasavvur qilayotgani so‘zlaridan shundoq sezilib
turardi. Misralardan shu narsa anglashilardiki,
she’rdan maqsad holimizni so‘rashgina emas,
balki bugungi holimiz bilan musulmonning asl
qiyofasi o‘rtasidagi farqni ko‘rsatishdan ham
iborat bo‘lib, payg‘ambar qarshisiga chiqa
oladigan yuzimiz yo‘q ekanini bilib qo‘yishimiz
istanilmoqda edi.
Ilk bor eshitganimda meni o‘ziga hamfikr
etolgan misralar edi bular. Yashayotgan hayotim
payg‘ambarimiz hayotiga to‘la mos
tushmasligini juda yaxshi bilar edim chunki.
Rasulullohning hayotida bo‘lgan bir qancha
narsalar mening hayotimda yo‘q edi, buni
bilardim. Uyimda Payg‘ambarning uyida
bo‘lmagan juda ko‘p ashyolar mavjud ekanini
ham inkor etolmasdim. Shu holatimda
Rasululloh kelsa hijolatdan zo‘r bazo‘r nafas
olishimni, uyatdan yuzlarim qizarib, dunyo
menga tor kelishini tasavvur etishim oson edi.
Men yashayotgan va yashashashim kerak
bo‘lgan hayot o‘rtasida juda katta farq borligi
uchun bunday o‘yga borishim juda tabiiy hol edi
o‘shanda. Ammo taqvodorliklariga xavas bilan
qaraydiganim boshqa kishilar ham «Payg‘ambar
bizga kelsa» degan jumla karshisida yerga
qarab o‘y surar holatda ekanliklari meni chuqur
o‘yga toldirdi. Hatto ularning ba’zilari
Payg‘ambarimiz uyimizga kirib biron so‘z
aytishi tura tursin, ichkariga nazar tashlashi
bilanoq kirmasdan teskari qaytardi, deb ishonar
edilar.
 
→•ZVERI•←Дата: PAYSHANBA, 2013.09.19, 23:08 | Сообщение # 230
Группа: Удаленные





Nahot men xavas bilan qaragan, uylari
Rasulullohning nurli xonadoniga biroz bo‘lsa-da
o‘xshashiga ishonganim kishilar shunday o‘yda
bo‘lsalar? Agar ular shunchalik umidsiz
bo‘lsalar bu mavzu qarshisida men qanday qilib
Payg‘ambar uyimga tashrif buyurishiga hatto
kelgan taqdirida ham undan dakki
eshitmasligimga umid qila olarmidim? Uning
o‘zi tugul boshqalar ham yashashimni ko‘rib
dakki berishga jazm eta olayotgan holatim
bilan-a? Kimdir uyimdagi ashyolarni butlarga
o‘xshatib, yana kimdir esa boshqa bir
vaziyatimni ko‘rib tanbeh berayotgan bo‘lsa. Bir
tomondan ular haq deyman o‘zimga o‘zim. Bu
kreslolar qaerdan kelib qoldi o‘zi, bu stol-
stullar, qimmatbaxo mebellar...
Payg‘ambarimizning uyida yo‘q edi-ku ular!
Shunday ekan ularni uyimizga keltirish bilan biz
bid’atlarni ham boshlab kelmayapmizmi?
Vaholanki hadisda «Barcha bid’atlar zalolattir»,
deyilgan, zalolat esa jahannamga yetaklashi
tayin. Ammo shu o‘rinda yana bir o‘y tinchimni
buzib, o‘ylashga majbur etadi, ya’ni bunday
ashyolar payg‘ambarimizning uyida bo‘lmagani
rost, ammo ularga qarata Rasululloh «butlar»
degan ta’rifni hech ishlatgan edimi? Rasululloh
(S.A.V) Ka’badagi butlarni yer bilan bir qilgan
ishini uyimizga kelib qolsa yana takrorlarmidi
rostdan ham?
Boshqa birovlar esa shaxsimizga, aniqroq qilib
aytsak ko‘rinishimizga qarab bizni ayblaydi.
Soqol, salla - to‘nimiz yo‘q bo‘lsa holimizga
voy demakdir. Rasulullohning soqol qo‘ygani va
soqolning fitratdan ekanligini aytgani rostdir,
ammo soqol qo‘ymaslik unga qarshi isyon
ko‘tarish degani emas-ku! Hatto masalaga
haddan tashqari jiddiy yondashib, soqolni iymon
bilan teng qo‘yadigan kitoblar ham bor.
Natijada soqoli bo‘lmagani yoki soqoli falon
kishinikidan qisqa bo‘lganligi uchungina
iymonidan shubhaga tushgan kishilarni ham
ko‘rdi bu ko‘zlarim. Yana xuddi shu ko‘zlarim
bilan hijobni paranjidan farqsiz deb
tushunadigan kishilarga va kitoblarga ham
shohid bo‘ldim va binoan alayh har-xil
dashnomlarga chidab, hijob bilan
Universitetlarda taxsil olib yurgan ba’zi mastura
singillarimiz ularning nazarida gunohkor
sanalishini angladim. Sunnatga uyg‘un hayot
tarzini faqat o‘zlari tushungan shakldagina
to‘g‘ri bo‘lishiga ishongan ba’zilarining
ta’sirida, ayrim musulmon oilalarda ayanchli
voqealar ro‘y berayotganiga ham guvox
bo‘lganman.
Rasululloh(S.A.V) kelsa uyalmaydigan bir uyim
bo‘lsin degan o‘y bilan xonadonini Hazrat
Payg‘ambarni sira xushnud etmaydigan janjal
makoniga aylantirganlar yana xayolimga
tinchlik bermasdi. Sunnatga mos hayot tarzi
tushunchasi oldiga «menimcha» shartini
qo‘ymay turib, xotini va bolalari bilan
tortishuvga borgan, natijada esa farzandlarini
sunnatning dushmaniga aylantirib qo‘yganlarni
eslasam battar jonim achishardi. Hijobni
paranjidan farqsiz deb tushungan ba’zi ayollar
esa, ma’lum vaqt o‘tgach, tazyiq va yov
qarashlardan qutulish maqsadida yopinishni
ham butunlay tark etganlariga befarq bo‘la olish
mumkinmi axir? Shu bilan birga, ba’zi
murshidlar ayrim sunnat amallarga
majburlashlari oqibatida muridlarining bugun
farzlarni ham ado etmaydigan holga tushirib
ko‘yganlarini bilaman. Bunga o‘xshagan
misollar sanasam ado bo‘lmaydi. Ko‘rganlarim,
bilganlarim, eshitganlarim «Payg‘ambar bizga
kelsa» deb atalsa-da, «Payg‘ambar sizga kelsa»
mazmunida bitilgan yukoridagi she’r jo‘rligida
yagona manzarani gavdalantirardi ko‘z
o‘ngimda. Ko‘rayotganigizdek natija to‘g‘ri
chiqmayapti, demak qaerdadir xatoga yo‘l
qo‘yilgani aniq, ammo qaerda? Nima edi bu
xatolik?..
 
→•ZVERI•←Дата: PAYSHANBA, 2013.09.19, 23:09 | Сообщение # 231
Группа: Удаленные





90-yillar o‘rtalarida shu kabi savollar girdobida
gangib yurgan paytimda, qadari iloxiy bu sirning
tagiga yetishimga imkon berdi va o‘qigan
kitoblarim ichidan jalol
+jamol=kamol formulasini, ya’ni dinda jalol-
jamol munosabatini to‘g‘ri qo‘ya bilish juda
muhim ekanligini angladim. Shu bilan birga
qo‘rquv-umid, tanbeh-mujda, hikmat-
rahmat ...kabi juda ko‘p o‘rinlarda mezonni
to‘g‘ri tutish naqadar zarur ekaniga iqror
bo‘ldim. Bu nuqtai nazardan yondashib, biz
kundalik hayotimizda uchrayotgan turli xil
karashlar sunnatning keng yo‘lini kishilarga tor
bitta tuynuk qilib ko‘rsatayotganini fahmlab
yetdim va tuynukdan o‘tolmayotganlar esa
sunnatga xilof yashayotganlar deb
ko‘rsatilayotganini angladim. Qanchalik
noto‘g‘ri edi bu ta’rif!
Chunki sunnat yo‘li ular o‘ylayotgan
tuynukdangina iborat emasdi. Jild-jild xadis
kitoblari vositasida kunimizgacha yetib kelgan
sunnat yo‘li aslida turli fitratdagi kishilar
o‘zlariga mos hayot kechirishlari uchun imkon
beradigan nurli va keng bitta yo‘l ekanini
tushundim. Misol uchun payg‘ambarimizdan
«Eng fazilatli amal kaysinisi?» deb so‘ralganida
u kishi so‘ragan kishilarning ehtiyoj va
iste’dodlarini hisobga olib turlicha javoblar
berganlar. Navqiron bir sahobaga «Olloh yo‘lida
jahd ko‘rsatish», deb javob bersalar, ota-onasi
qaramogida bo‘lgan boshqa biriga «Ota-onaga
yaxshilik qilish», shaklida javob qaytarganlar.
Keksa yoshdagi bir ayolga esa namozdan keyin
qilinadigan tasbihot fazilatli amal sifatida talqin
etiladi. Yana bir o‘rinda esa Rasululloh(S.A.V)
ummati uchun namuna mavqeidagi qizi
Fotimaning uyiga rangli va naqshli bir parda
tutgani uchun kirmagani holda, xuddi shunday
bezakli boshqa xonadonlarga qadam ranjida
etishda ikkilanmagan. Hatto qiziga «U pardani
falon kishilarning uyiga yubor», degan shaklda
ko‘rsatma berganlar. U parda sening uchun
butdir, olib chiqib yoq, deb buyurmaganlar. Shu
kabi juda ko‘p o‘rinlarda Rasululloh(S.A.V)
bay’at etgan kishilarga itoatni anglatar ekan,
«kuchlaringiz yetgan nisbatta» degan shartni
qo‘shganlar va bunga karab ashobi «Olloh
Rasuli bizga o‘zimizdan ko‘ra ham
shafqatlirokdir» deyishdan o‘zini tiyolmagan.
Olimlar sunnat yo‘lini ta’rif etisharkan «minhaj»
ya’ni «keng yo‘l» ta’rifini
ishlatganlar. Darhaqiqat, Payg‘ambarimiz juda
kam kishilargina yura oladigan tor bir yo‘lakni
ko‘rsatmaganlar insoniyatga. Endi esa
yuqoridagi she’rga kaytsak. Uni eshitarkan
xayolimizda «rahmatan lil-a’lamin» bo‘lgan
payg‘ambar o‘rniga, uylarimizga kelganda
nafrat ko‘zi bilan qaraydigan va kirar-kirmasdan
xonadonda taftish ishlarini boshlab yuboradigan,
mehmon bo‘lgan vaqti davomida esa nima ish
qilayotganimizni tinmay so‘rab surishtiradigan,
yeb-ichgan narsalarimiz tugul har kelib-ketgan
bilan qiziqadigan, hatto uylarimizni butxonalarga
o‘xshatib kerak bo‘lsa ayrim buyumlarimizni
otib irg‘itadigan bitta payg‘ambar suvrati
chiziladi. Qarshisida xato qilishdan qo‘rqib
turiladigan, xuddi biror xatomizni ko‘rib qolsa
darrov qalbimizni og‘ritadigan payg‘ambar
suvrati...
Yo‘q, u eshikni taqqilatgani zamon bizning
qalbimizga xuzursizlik bag‘ishlaydigan bir zot
emas. Yoki qo‘liga xipchin olib yuradigan, tili
pichoq kabi keskin ham emas. Aksincha
«qo‘lidan va tilidan hech kimga zarar
bermaydigan» insonlarning eng mukammal
o‘rnagidir u. «Payg‘ambar bizga kelsa» deb
boshlanadigan she’rdagi tasvirlar bilan, hadislar
yordamida va mo‘’tabar kitoblar vositasida
taniganim Payg‘ambar orasida shunchalik katta
farq mavjud bo‘lib, bu narsa meni hayrat
ko‘chasiga yetaklash bilan birga ayrim
o‘rinlarda achchig‘imni keltiradigan darajada
edi. Unda bir paytning o‘zida «rahmat
payg‘ambari» «g‘azab payg‘ambari»ga
aylangan, rahmat manzaralari esa kasvat
rangiga bo‘yalgandek edi nazarimda.
Axir ustiga ortiqcha yuk yuklangan tuyaning
ko‘z yoshlarini muborak qo‘llari bilan artgan
hamda egasiga biroz shafqatli bo‘lish kerakligini
o‘rgatgan u emasmidi? O‘ziga bitta bo‘taloq
hadya etilganida Hazrat Oyshaga «Olloh rafiqdir
va U rifqni (yumshoqlikni) yoqtiradi. Rifq biror
narsaning ichiga kirdimi bas, uni
go‘zallashtiradi» , degan shaklda tarbiya bergan
payg‘ambar (S.A.V) qanday qilib bizga qo‘pol
munosabatda bo‘lishi mumkin? «Mukofotning
kattaligi, baloning kattaligiga ko‘radir» , degan
u nabiy, oxir zamonning og‘ir yuki ostida qolgan
biz sho‘rliklarga qamchi bilan savalar darajada
muomala ko‘rsatishini tasavvur qilib
bo‘ladimi?...
Vaholanki, bu kabi Rasuli Akramning qanday
«rahmat payg‘ambari» bo‘lganligini
ko‘rsatadigan minglab misollar bor hadis va
siyar kitoblarda. Qolaversa Janobi Haqning «Biz
Seni faqatgina olamlarga rahmat bo‘lsin deya
yubordik» oyati jalilasining o‘ziyoq o‘rnak
olishimiz uchun bizga kifoya qiladi.
Yoshligining o‘n yilini payg‘ambar xuzurida
o‘tkazgan Anas bin Molik hayotiga e’tibor
bering. U bolalik qilib xato qilganida, aytilgan
ishni bajarmay esidan chiqarib qo‘yganida
bo‘lsin, o‘ynab qolib ketganida yoki boshqa
nojo‘ya hatti–harakatlari natijasida bo‘lsin o‘n
yillik uzun muddat davomida Rasulullohdan
(S.A.V) biror marta «Attang!» so‘zini
eshitmagan edi.
Bir kuni Rasululloh (s.a.v) Anas ibn Molik (r.a.)
ga shunday nasihat qildilar: «Qalbingda hech
kimsaga nisbatan yomon fikrda bo‘lmasdan
yashashga kuching yetsa shunday yasha. Bu
mening sunnatimdir. Kim mening sunnatimni
hayotga tatbiq qilsa meni sevgan bo‘ladi.
Meni sevgan men bilan jannatda birga
bo‘ladi» .
Uning risolat panohida voyaga yetgan Hazrat Ali
ta’rif etadigan Payg‘ambar esa
quyidagicha: «Har doim yuzlari kulib turar,
tabiati o‘ta muloyim edi. Juda kechirimli,
qahri ham qattiq emasdi. Hech kim bilan
tortishmas, kimsaga bakirib-chakirmas, yomon
biror so‘z so‘ylamasdi. Birovni ayblamas va
qurumsoq yoki qizg‘anchiq ham emasdi.
Yoqtirmagan narsalariga e’tibor bermas va
hech kimni umidsizlikka tushirib ko‘ymasdi.
O‘zini behalovat qilgan narsalarni sezdirmas
edi va hech kimning yuziga aybini aytmasdi,
orqasidan ham gapirmasdi. Birovning aybini
izlash bilan mashg‘ul bo‘lmasdi, hech kimga
uning uchun xayrli hamda savobli bo‘lmagan
so‘zni aytmasdi. Yumshoqlik va sabrni o‘zida
jo etolgan bo‘lib, hech narsa uning jaxlini
chikarmas edi.»
 
→•ZVERI•←Дата: PAYSHANBA, 2013.09.19, 23:09 | Сообщение # 232
Группа: Удаленные





Hazrat Ali bu so‘zlarini Rasululloh (S.A.V) bilan
birga kechirgan o‘ttiz yildan oshiq vaqt
davomida ko‘rganlari asosida aytgan bo‘lsa,
Payg‘ambar(S.A.V) bilan o‘n yil oila hayoti
kechirgan Hazrat Oysha esa uni shunday ta’rif
etadi: «Insonlarning eng go‘zal axloqlisi edi.
Hech yomon so‘z aytmas, bo‘lmag‘ur ishlar
bilan mashg‘ul bo‘lmasdi. Bozorda baqirib–
chaqirmas va yomonlikka yomonlik bilan javob
berishga urinmas edi. Faqat kechirimlilik
qilardi. Insonlarning eng nozik tabiati, go‘zal
xulqlisi va xushmuomalasi edi ul zot. Olloh
yo‘lida jihod qilishning tashqarisida biror
xizmatkor yoki joriya, umuman hech kimga
qo‘l ko‘targan emaslar.»
Shunday edi bizning payg‘ambarimiz. Rahmat
Payg‘ambari. Endi ushbu zot kelib bizning
holimizni parishon kilishini, qo‘pol so‘zlar bilan
ranjida etishini tasavvur qila olasizmi?
Nazarimda bunday o‘ylaydigan kishilardagi
bo‘shlik sahobalar hayotini yaxshi bilmasliklari
natijasida yuzaga kelgan. Ular sahobalarni
tug‘ilishidanoq mukammal, hech noto‘g‘ri ish
qilmagan farishtalar kabi tasavvur qilsalar deb
o‘ylasalar kerak. Shunday bo‘lgach
Payg‘ambar nimaga ham baqirib-chaqirsin,
kimga qo‘pollik qilsin, kimdan xafa bo‘lsin
axir?..
Vaholanki unday bo‘lmagan. To‘g‘ri, o‘z
vaqtida Olloh va uning rasulining(S.A.V) yonini
olib butun dunyoga qarshi urushishga ham
tayyor turgan, islom yo‘lining «saffi avvali»
bo‘lish kabi muazzam bir mavqe egallagan
kishilar sanalishadi ular. Ammo bu ularning
hech qachon xato ish qilmaganliklarini
anglatmaydi. Agar ular xato qilishmaganda
xatolardan boshimiz chiqmayotgan bizlarga yo‘l
ko‘rsatadigan o‘rnak insonlar bo‘la olisharmidi?
Sahobalar orasida johiliyat davrida ham Abu
Bakr(R.A) kabi o‘zlariga dog‘ yuqtirmagan
kimsalar bo‘lgan, biroq bundaylarining soni
barmoq bilan sanarli darajada oz edi. Ularning
aksari johiliyatning eng chuqur botqoqliklaridan
chiqib kelib Islomni topgan kishilar sanalishadi.
Islomdan oldingi Umar bilan Islomdan keyingi
Umar fikrimizga eng yorqin misoldir. Qizini
tiriklayin ko‘mgan Umar, Makkaning eng ko‘p
ichuvchilari orasida bo‘lgan Umar, jahli chiqqan
paytda hech kimning ko‘z yoshiga qarab
o‘tirmagan Umar Islom bilan sharaflangandan
so‘ng tubdan o‘zgargan edi.
Umar yoki Hamza kabi sahobalar
arokxo‘rlarning davrasini tark etib islomni
tanlashlari, bugungi kunda ushbu illatdan qutula
olmayotganlar uchun naqadar go‘zal o‘rnakdir.
Ularga musulmonchilikni tanlash uchun iroda
insoni bo‘lishning darsini beribgina qolmay,
mumtoz insonga aylanishlari uchun hali ham
fursat borligini ma’nan shivirlaydilar va shu
shaklda shaytonning ayyorlik bilan qurgan
umidsizlik tuzog‘iga tushishlaridan ularni saqlab
qolgan bo‘ladilar. Boshka tarafdan esa biz
kabilarga sarxush bo‘lib yurganlar ruhida ham
bir Umar, shoshqaloq bir kishining ruhida esa
Abu Zar, umri shu damda zeb-ziynatlarga
burkanib o‘tayotgan erkatoy birisining ruhida bir
Mus’ab urugi hayotga yo‘l topolmayotgan
bo‘lishi mumkinligini dars beradi.
 
→•ZVERI•←Дата: PAYSHANBA, 2013.09.19, 23:10 | Сообщение # 233
Группа: Удаленные





Sahobalarni hech xato qilmaydigan insonlar deb
o‘ylash bilan Rasululloh(S.A.V) qo‘li bilan
yuzaga kelgan mo‘’jizaviy o‘zgarishlardan ham
ko‘z yumgan bo‘lamiz va bugungi kunda
Rasululloh(S.A.V) keltirgan nur oydinligi ichida
shu kabi o‘zgarishlar amalga oshishini
ta’minlaydigan darslardan benasib qolgan
bo‘lamiz.Biz uchun yana bir guzal o‘rnak
shubhasiz Uxud jangida ro‘y bergan edi.
Jangda Rasulullohning (S.A.V) ko‘rsatmasiga
xilof tarzda qilingan ishlar natijasida amakisi
Hamza, bayroqdori Mus’ab singari bir nechta
mashhur sahobalarning shahid bo‘lishlariga,
o‘zi esa yuzidan yaralanib, tishi singan
bo‘lishiga qaramay, Janobi Haqning Qur’on
orkali buyurgan amriga bo‘ysungan holda
aybdorlarga bir og‘iz ham yomon so‘z
aytmagan edi. Agar Rasululloh(S.A.V) shunday
kilmaganida va jaxl ustida ularga qattiq
munosabatda bo‘lganida edi Qur’onda aytilgani
kabi atrofidagilar bir-bir tarqab ketgan
bo‘lishardi. Unday qilolmasdi ham, chunki U
RAHMAT PAYG‘AMBARI EDI,
YIQILGANLARNING DO‘STI EDI, AKSINCHA
ULARNI YIQITGAN SHAYTONNING
EMAS. Uning faqatgina shu xislatiga qarab ham
musulmon bo‘lganlar bor edi atrofida. Uni
o‘ldirish uchun uchi zaharli qilich bilan masjidga
kelgan, ammo Masjidi Nabaviydan chiqmay
turib musulmon bo‘lgan Umayr bin Vahbning
qalbiga kirgan sir shundan iborat emasmidi?
Hunaynda qatl etish rejasi bilan mashg‘ul
bo‘lgan Shayba bin Usmon uning tabassumli
yuzini ko‘rishi bilan, hamda muborak qo‘llari
ko‘ksiga kelib tekkan zahotiyoq butunlay
boshqa bir insonga aylanib qolmaganmidi?
Yuqoridagi she’rda «Sunnatga uyg‘un
yashamoq» shiori ostida kamchiliklar tilga olinar
ekan muvozanatni saqlay olmaslik bilan galdagi
xatoga yo‘l qo‘yiladi. Muvozanatni buzmaslik
uchun ifrat va tafritga tushmaslik shartdir.
Qudsiy Nabiy (S.A.V) «Oson qilib ko‘rsating,
qiyinlashtirmang», der ekan muvozanatni
saqlashga chaqiradi bizni. Demak osonni qiyin
qilib ko‘rsatganlar ham, osonlikni su’istemol
qilganlar ham bu amrni bajara olishmagan
demakdir. Shayton bu o‘rinda loqayd
insonlarga su’istemol qilish yo‘lini, ruhi
taslimiyatga moyil bo‘lganlarga esa
qiyinlashtirish usulini to‘g‘ri kilib ko‘rsatish bilan
navbatdagi tuzog‘ini qo‘yadi. Shaytonga
aldanmaslik uchun esa Rasuli Akramning
(S.A.V) «Xayrul-umuru avsatuxa» (Ishlarning
xayrlisi o‘rtachasidir) so‘zi bizga yana bir
darslik vazifasini o‘taydi. Bunga amal qilmagan
kishilar o‘zlarini qiyinchiliklarga duchor qilib
yo‘lni adashtirgan nasorolarga o‘xshab
qolishlari extimoldan holi emas. Vaholanki
Payg‘ambarimiz ummatiga loqaydlik qilib
yahudiylarga o‘xshab qolmaslik bilan birga,
nasoroga o‘xshab yurib bo‘lmas yo‘lga
hammani zo‘rlamaslikni ham dars berganlar.
To‘g‘ri usul oxir zamon insoniga oxir zamonga
oid hadislar nuktai nazaridan yondashishda deb
o‘ylayman. Bir marta «Birodarlarimni
sog‘indim» degan edi Rasuli Akram va buni
eshitgan sahobalar «Biz sening birodarlaring
emasmizmi yo Rasululloh» deb so‘raganlarida
«Sizlar mening do‘stlarimsizlar, birodarlarim
oxir zamonning og‘ir imtihonlariga duch
kelgan paytda ham Islomni tark etmagan
mo‘minlardir» deb javob bergan edi. Yana bir
gal saxobalariga «Sizlar shunday zamonda
yashayapsizlarki, buyurilganning o‘ndan birini
tark etgan kishi halok bo‘ladi, ammo shunday
vaqt keladiki, buyurilganning o‘ndan birini
bajargan ham najotga erishadi» degan so‘zlar
ham oxir zamon Payg‘ambariga tegishlidir...
 
→•ZVERI•←Дата: PAYSHANBA, 2013.09.19, 23:11 | Сообщение # 234
Группа: Удаленные





Endi o‘ylab ko‘ring-chi, Payg‘ambar uyingizga
kelsa yuqoridagi she’r tasviri sizda ro‘y berishi
mumkinmidi? Undan og‘ir so‘zlar eshitishdan
qo‘rqar va hatto kelmasligini istar yoxud tezroq
ketishini orzu etib yasharmidingiz? Yoki
bo‘lmasa, «Yo Rasululloh, sizning oramizda
yo‘qligingiz bizni shu ko‘yga tushirdi, endi hech
ketmang yonimizdan», deya yolvorgan
bo‘larmidingiz? Menimcha, hammamiz uni
rahmat payg‘ambari deb bilar va xato-yu
gunohimizga ikrorlik hissi ichida eshikka qarab
yugurgan bo‘lardik. Xanzala (R.A) shunday
qilgan edi darvoke. Chunki u Payg‘ambarni
(S.A.V) Hazrat Ali va Hazrat Oysha ta’rif etgan
shaklda bilar edi. Shunday deb bilar edi chunki
uni shundayligini ko‘rgan va shu shaklda
tasavvuriga muhrlab ko‘ygan edi. «Men bir
gunoh ish qildim», deb qarshisiga chiqib holini
bayon etgan Abu Yosar ham uni shunday deb
bilar edi. Agar biz Rasulullohni (S.A.V.) tanib,
sahobalari ta’riflagani kabi tasavvur
qilolganimizda edi, o‘ylaymanki nafaqat unga
balki o‘zimizga bo‘lgan qarashimiz ham
butunlay o‘zgargan bo‘lardi. Yashagan
hayotimiz ham aynan shuning natijasida
boshqacha ko‘rinish olgan bo‘lardi...
Qani edi, Payg‘ambar bizning uyimizga ham
kelsa.
 
Umida_0509Дата: MUBORAK JUMA, 2013.11.08, 23:57 | Сообщение # 235
Группа: Удаленные
Сообщений: 31070





qoyil to'gri yo'lga bowlidigan so'zlar
 
_markof_Дата: MUBORAK JUMA, 2014.01.03, 04:36 | Сообщение # 236
Tajribali
Группа: FAOL
Сообщений: 574
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: OFLAYN
qoil
 
NIGORIMДата: PAYSHANBA, 2014.02.20, 19:50 | Сообщение # 237
Группа: Удаленные
Сообщений: 34





OSIYA ONAMIZNI JANNATGA BIRINCHI KIRUVCHILAR QATORIGA QOSHDI
 
→•ZVERI•←Дата: SESHANBA, 2014.03.11, 01:31 | Сообщение # 238
Группа: Удаленные





Assalamu alikum v/r v/b man yana
qaydim...

Добавлено (2014.03.11, 01:31)
---------------------------------------------
Assalamu alikum v/r v/b man yana
qaydim...

 
_nevedimka_Дата: MUBORAK JUMA, 2014.03.14, 19:56 | Сообщение # 239
Группа: Удаленные





XOTIMA O’RNIDA

Payg‘ambarlik va elchilik vazifasi kelmasidan oldin ham top-toza bir hayot kechirgan, har so‘zi to‘g‘ri, har ishi hikmatli, har xatti-harakati mard va asil bo‘lgan buyuklar buyugi, taqvodorlar imomi, hidoyatning eng katta yo‘lboshchisi Muhammad Mustafo (Ollohning saloti va salomlari bo‘lsin) haqlarida hozirlashga harakat qilganimiz kitobga shu yerda nuqta qo‘yamiz.
Kitobni boshlayotganda Payg‘ambarimizni sha’nlariga loyiq shaklda tanita olish bir insonning qo‘lidan kelmasligini bildirgan edik. Masalan, hazrati Abu Bakrning (Olloh undan rozi bo‘lsin) sevgisi, hurmati va tuyg‘ularini, Abu Jahlning kin va nafratini so‘z bilan ifodalay bilish imkonsiz ekanini aytgan edik. Hozir ham ayni shu qanoatdamiz. Ushbu qilgan ishimiz dengizdan bir hovuch suv olishday gap. Oltmish uch yillik hayotni olti jildda* faqat shunchalik bayon eta olamiz.
Kitob hozirlanayotganida eng ishonchli manbalarga suyanganimizni aytib qo‘yishim kerak. Tez-tez va juda ko‘p manba ko‘rsatish imkoni bor edi, lekin bu yo‘l o‘quvchini zeriktirib qo‘yadi degan tushuncha bizni bu yo‘ldan qaytardi.
Bu kitobni yozishga kirishayotganimizda odamlar bilmagan, farqiga bormagan haqiqatlarni ko‘zlar o‘ngiga tizib qo‘yish da’vosi bo‘lmadi bizda. Maqsadimiz ertaga shafoatiga erishish saodatini kutganimiz Janobimizni boshqacha uslub bilan o‘quvchiga tanitish, yana ham ko‘proq sevdirish, imonli ko‘ngillardagi muhabbatni yana ham biroz orttira olish edi. Bu borada ertaga ilohiy huzurda guvoh bo‘ladigan va «Ollohim, men bu kitobni o‘qidim, habibi adibingni yana ham qattiq sevadigan bo‘ldim», deydigan mo‘minlarga Janobi Mavlo dunyo va oxirat saodatini bersin. Bizni yaxshilik bilan eslaydigan din qardoshlarimizga xilma-xil yaxshilik va saodat eshiklarini ochishini, ko‘rinar-ko‘rinmas qazolardan, kuch yetmas balolardan saqlashini Ulug‘ Mavlodan tilayman.
Ollohumma solli ala sayyidina va nabiyyina Muhammadin va sallim.

Tarjima Ollohning marhamati bilan 2005 yil no‘yabrning 24-kuni shanba tongida itmomiga yetdi.

Saodat asri 4 kitob
 
™RaY_blizko_AD_TeMbollE™Дата: CHORSHANBA, 2014.04.09, 16:29 | Сообщение # 240
Faol
Группа: FAOL
Сообщений: 122
Награды: 1
Репутация: 2
Статус: OFLAYN
yahshi faqat tushunmadim
 
  • Страница 10 из 10
  • «
  • 1
  • 2
  • 8
  • 9
  • 10
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz