CHORSHANBA, 2025.06.25, 12:10
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Модератор форума: AnDiJoNLiK_BeZoRi  
Sasha.B - Ijodidan Tuxfa...
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2013.08.28, 02:20 | Сообщение # 201
Группа: Удаленные






Ko'zlarimga boqing do'stlarim,
Unda mungli dardni ko'rasiz.
Yuzlarimga boqing do'stlarim,
G'amla to'lgan dog'ni ko'rasiz.

Yosh boshimni silang do'stlarim,
Qo'llarizda oqargan sochim ko'rasiz.
Faqat meni xolimni so'rmang,
Ko'zlarizda qayg'uli yoshni ko'rasiz.

Hayotdan nolima demang do'stlarim,
Hayot nolishimga bardosh berolmas.
Kimlardan kaming bor demang do'stlarim,
Armonning izlari qalbimdan o'chmas.

Kimlarni yig'latgan dunyo sinovi,
Barchani boshida bor o'lim azobi.
Tavba qildim tangrimga yolvorib so'rab,
Gunohimni kechirgin kechir ollohim.
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2013.08.28, 09:34 | Сообщение # 202
Группа: Удаленные






Boylikka ko'z suzib uzoq ketibman,
Otamni - Onamni yolg'izlatibman.
O'zga yurtda shox bo'lib bir zum,
Asli o'zim kimligimni unutvoribman.

Boyligim ko'p emas o'zimga yetar,
Ko'zlari yo'limda Onam zor kutar.
Omon bo'lgin bolam deb Dadam ovutar,
Netay Ota-Onamni ko'zim sog'inar.

Tunlarimda uyqu yo'q mana xozir ham,
Tushlarimga kiradi rahmatli dadam.
Eh Otajon armonim ko'rolmaganim,
Dadajonim sog'indim sizni sog'indim.

Qayg'ular keladi boshimni silab,
Yolg'izlik beradi qo'limga qalam.
Yozsam yozaveraman dardlarim sanab,
Lekin mag'zun yuragimga topmadim malham.

Oqib turar ko'zlarimdan alamli ko'z yosh,
Bu yolg'izlikmas yuragimda yig'laydi bardosh.
Qiynaldim bilmaydi buni xech kimsa,
Dardimni yashirib yuribman qalbga.

Bir kun dardga chalindim axvolim yomon,
Xech kim so'rab kelmadi yolg'izman shu on.
Ey hudo o'lib qolsam jonsiz bu tanam,
Kim yerga ko'madi yo'qdir yaqinim.

Ko'zlarim ochilmas qaltirar tanam,
Tunlari derazamda yonar bir shag'am.
Darddan forig' bo'lolmay sovub ketyapman,
Derazamdan qo'l cho'zdi yorug' bir odam.

Tanamda issiqlik sezdim bir lahza,
Ko'zim ochsam turardi dadam qarshimda.
Tushmi bu bilolmay termulib qoldim,
Shu zaxoti qo'rqibon xushdan ayrildim.

Erta tong uyg'onib esladim barin,
Derazam oldida so'ngan shag'amim.
Ketaman uyimga tinch yotolmayin,
Shoshildim Onamni ko'rgani bugun.

Boylik Yordam bermas ekan yolg'izligimda,
Yoki bag'rim isitmadi sovuq bo'lganda.
Xolimni xech so'rab kelmas odamlar,
Meni tubanlikka boshlabdi xissiz qog'ozlar.

Unutmang do'stlarim pul kelib ketar,
Ko'zlarimiz-qo'llarimiz hali ko'p ko'rar.
Sog'-Omonsiz tubanlikka bosmangiz qadam,
Uzoqlarda meni kutar mehribon Onam...
Прикрепления: 9016835.jpg (19.6 Kb)
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2013.08.30, 16:14 | Сообщение # 203
Группа: Удаленные





Yosh boshimda mubtalo bag'ir,
Men ham yashay yordam ber axir.
Yigirmaga kirmasimdan ayriliq berib,
Olib qo'yding yaqinlarim ko'zim yoshlatib:'( ..!
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2013.08.30, 19:52 | Сообщение # 204
Группа: Удаленные





Kelib ketar ekan,kecha va kunduz,
Uchar ekan osmonda,qo'l yetmas yulduz.
Yulduzlarga tilaklarim aytib charchadim,
Senla qo'shib sevgiga ham - ishonmay qo'ydim...
 
александр8888Дата: SHANBA, 2013.08.31, 23:22 | Сообщение # 205
Группа: Удаленные





Ko'nglim qoldi yig'lama,
Mani endi eslama.
Yolg'onchi deb baqirib,
O'zing jinniga solma.

Ayb hamma qizlada,
Mandan izlama yana.
Voy ko'ngillaringni ko'chasiga,
Baribir ko'nglim qoldida...
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2013.09.06, 09:32 | Сообщение # 206
Группа: Удаленные






Beg'uborim ko'zlaringni,ko'zlarimdan qizg'onaman,
O'tli nigoh yuzlaringni,armonlardan qizg'onaman.
Bir bora kel sen yonimga,qo'llaring ber qo'llarimga,
Dard alaming bir on unutib,ishon meni so'zlarimga.

Sevaman so'zlarim yolg'on emas,
Sevasan ko'zlaring meni aldamas.
Bilaman baxtimiz birga emas,
Bilasan qo'llaring qo'limda emas.

Bera olsang birgina imkon,
Menla birga baxtga yetmoqqa.
Jonim meni so'zimga ishon,
Sensiz kunim yildek o'tmoqda.

Sevaman sirlarim oshkora etib,
Sevasan baxtingni ichingga yutib.
Kutaman sendan umidvor bo'lib,
Ketasan ko'zlarim nega yoshlatib.

So'rayman sendan yana bir imkon,
Yuragimga botar sen urgan tikon.
Ishon senga beray bor hayotimni,
Kaftingda tut xor bo'lgan sevgimizni.

To'xtab borar bu yuragimdagi zarblar,
Qizil qonim tanamdan asta qurib borar.
Ko'zlaringsiz menga qorong'u bu olam,
Ketma jonim eshitgin meni ham nolam.

Kaftingda tut xor bu sevgimizni,
Xazon qilma guldek baxtimizni.
Yoshlatmagin bu qora ko'zlaringni,
Ketsang jonim faqat unutma meni...
Прикрепления: 7091904.jpg (48.6 Kb)
 
александр8888Дата: SHANBA, 2013.09.07, 01:25 | Сообщение # 207
Группа: Удаленные





Kulgichi bor yuzlaringni,begonadan qizg'onaman,
Qora qoshu ko'zlaringni,o'z ko'zimdan qizg'onaman.
Qo'llaringni tutgin qo'limga,yuragingni joyla ko'nglimga,
Unutmagin mendek yigitni,kaftingda tut muhabbatingni...
 
александр8888Дата: PAYSHANBA, 2013.09.12, 22:51 | Сообщение # 208
Группа: Удаленные





Ерталабдан смс овози билан уйгондим: " Uyg'ondizmi chаqаloq tug'ulgаn kuniz bilan tаbriklаymаn! " . Бугун 22 кирдим "Нахотки" ха 22 ёшдаман, бирдан савол тугилди "Шу ёшгача нима топтим, нима йукотдим" Уйлаб курсам шунча табрик ширин сузлар тушундимки йукотганим 22 йилу, топганларим якинларим, биродарларим сизларга рахмат азизларим !!!
 
александр8888Дата: DUSHANBA, 2013.09.16, 19:45 | Сообщение # 209
Группа: Удаленные





Muhabbatim xazon bo'ldi sinovlaringda,
Mag'rur ko'nglim sarson endi sahrolaringda.
O'tli yurak bardosh bermay azoblaringga,
Ko'nglimni qoldirding gul g'unchaginam.
Meni emas o'z nomusing ovvoraginam...
 
александр8888Дата: DUSHANBA, 2013.09.16, 19:46 | Сообщение # 210
Группа: Удаленные





Qaro ko'zim mehribonim onam sog'inib,
Yozayapman ular uchun bitta go'zal sher.
Qilib turing uzoqlardan men uchun duo,
Halol ishlab yuribmanda sizga jonim fido..!
Onajon.! sizni judayam sog'indim,mansiz nimalar qilib yurgan ekansiza! Kecha tushimga dadam kirdilar.Dadam kelib bolam ertaga tug'ilgan kuning onang senga qo'ng'iroq qilib tabriklolmaydilar.Onangni dil so'zlarini pok niyat va duolarini olib qo'yish esingdan chiqmasin dedilar.! Keyin uyg'onib kettim Onajon erta indin mana tug'ilgan kunim ham yaqin qoldi,sizga albatta qo'ng'iroq qilaman.! Siz men uchun dunyodagi eng mehribon eng go'zal eng sahiy farishtamsiz!!! Sizni jonimdan ortiq sevaman Onajon!!!
 
александр8888Дата: DUSHANBA, 2013.09.16, 23:29 | Сообщение # 211
Группа: Удаленные





Yolg'onlarga ishonib,ko'nglimni ko'p og'rittim,
Boshim tashvishga qo'yib,vadabozga qo'l berdim.
Og'ir kunda yonimga,eslab hatto kelmadi,
Boyni qorni to'q ekanu,bizni nazarga ilmadi.

Qaytar dunyo qaytadi,hudo bor ko'rsatadi,
Seni ham bolang bordir,qiynalsa kim qo'l cho'zadi.
Ishonch asli dushman ekan,soddaligim boshimni yegani-yegan,
Kim qoldi o'zi yolg'on gapirmaydigan,shundan man qiynalaman.

Qo'rqing odamlar qo'rqing,mandan emas hudodan qo'rqing,
Bir inson gunohi o'ziga emas,butun bir urug'u aymog'iga yetar.
Bitta men emasman aldangan balki,yana kimlar bor ekan sodda yuraklar,
Eh bo'ldi yuragim tinchlan qiynalma qo'y,hudoga topshirdim jazosini ber...
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2013.09.18, 13:39 | Сообщение # 212
Группа: Удаленные





Ko'zimga g'am bo'lib,keldi orzular,
Tashvishlar boshimga,soldi g'avg'olar.
O'zimni yuqotib qo'ydim bir lahza,
Meni kechir sherikman endi qayg'uga...
 
александр8888Дата: SHANBA, 2013.09.21, 14:22 | Сообщение # 213
Группа: Удаленные






Yolg'izlikda zerikib qiynalgan kunim,
Qaniydi yonimda singlim bor bo'lsa.
Dadamni sog'inib yig'lagan kecham,
Dardkashim oy yuzim singlim bor bo'lsa.

Ichimga sig'mayin ketadi ruhim,
Qaltirab lablarim ko'zdan chiqsa yosh.
Bag'rini isitib bosadi quyosh,
Qaniydi u mening singlim bo'lsaydi.

Qaniydi yig'lamay yashasak xursand,
Quvonchli kunlarda yursak kulishib.
Kulgularing sog'indim farishta singlim,
Shu onda yonimga kelsang bo'lardi.

Chanqadim sahroning ayovsiz cho'g'i,
Ustimdan kuladi shum taqdir xuni.
O'ng yelkamda farishtam seni so'raydi,
Bir tomchi suv bilan kelsang qaniydi.

Sog'indim qo'llaring shirin tamini,
Yana qachon qilamiz shirguruchlarni.
Dumog'imda qolib ketti mazali bari,
Endi kim pishirar menga ovqatni.

Farishtam sen eding ketmagin singlim,
Ko'zlaring yoshlatib o'ksitma ko'nglim.
Bir bora meni ham aytganim qilgin,
Qaysarim Asalim Farishta Singlim.

Yig'latma bag'ri qon akang qiynalar,
Ko'zlarimdan tomchilar alamli yoshlar.
Boshimni silaguvchi qora ko'zligim,
Sansiz nima qilaman yolg'izman singlim.!

Sani yaxshi ko'raman singiljon doim sog' salomat bo'l xech qayerga qo'yib yubormaymizsani mitti farishtacham smile
Прикрепления: 9734474.jpg (37.0 Kb)
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2013.09.27, 13:51 | Сообщение # 214
Группа: Удаленные






Ketar bo'lsam bir kun dunyodan,
Qabrimga gul ekib qo'yinglar.
Yonar bo'lsam do'zax olovidan,
Gulimga suv sepib qo'yinglar.

Eslab turing yomon bo'lsam ham,
Yaxshi odam edi,deb aldab qo'ying.
Yillar o'tib men sho'rlikni,unutsangiz ham,
Uzoqlardan qabrimga ko'z tashlab qo'ying.

Yozib qo'ying qabrimning marmar toshiga,
Dunyoning men bilmagan go'zal so'zlarin.
Bezak bering gullardan qora toshimga,
Men ko'rmagan osmondagi yulduzni chizing.

Yomonligim ko'rsatmang qiynoqda ruhim,
Azoblarga dosh bermay yonayoturman.
Onajonim yig'latib yolg'iz qoldirdim,
Endi bundan afsuslanib arosatdaman.

Dunyoning ko'p ekan sinovi bisyor,
Tug'ildimu qadam tashlab yura olmadim.
Yorug' dunyo ko'zlarimga,tezda bo'ldi tor,
Qora ko'zim ko'r ekan,quyosh ko'rmadim.

Yig'layverib qon qildim onam bag'rini,
Ko'z yoshlarga cho'ktirib dunyoga keldim.
Meni kimlar kutgan edi,sog'lom va kuchli,
Afsus taqdir xaziliga aylanib qoldim.

Nogironlik boshimga g'avg'olar solib,
Chidolmayin baqirarman so'zsiz tillarim.
O'tiribman aravada aqldan ozib.
Hatto eshitilmas ekana unsiz faryodim.

Hayol surib o'tiraman,boshqa ishim yo'q,
Tug'ilganda men qayerdan kelgandim o'zi.
Nega ko'zim oyoqlarim,tilim menda yo'q,
Ruhim kelmay qoldi jannat,uyida balki.

Kechir meni taqdirginam,bu kunim uchun,
Sizni ham ko'p qiynadimda farishta onam.
Ko'z yoshlarga cho'ktirib yana ketarman,
Meni joyim bu yer emas keldi ajalim.

Oyijon qabrimga gul olib keling,
Uni doim hidlasam sizni eslayman.
Bag'ringiz ifori gullarda qolgan,
Men gullarni bag'rimga bosib o'pgayman...
Прикрепления: 2551459.jpg (25.1 Kb)
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2013.09.27, 17:57 | Сообщение # 215
Группа: Удаленные






Men ajalman yarim tundagi,
Chalg'isiga suyangan qora zolimman.
Men ajalman o'tli ko'zlarim,
O'ljasini poylagan beshafqat dilman.

Men ajalman o'zim bilmayin,
Sevgilimga xoyinman ko'nglin tirnagan.
Men ajalman so'zim bilmayin,
Ko'zlarini yoshlagan dardsiz kesakman.

Men ajalman yuragim yo'qdir,
Urib turar ko'ksimda qichqirgan tillar.
Men ajalman gunohim ko'pdir,
Ko'zlarida marjon yoshla go'zallik yig'lar.

Men ajalman qiyofam inson,
Go'zallikka berkingan qora bulutman.
Men ajalman yelkamda g'urur,
Farishtam yo'q endi Shaytonga qulman.

Men ajalman jonni olguvchi,
Men olovman o'tga solguvchi.
Men bir so'zman dilda qolguvchi,
Men sevgiman sensiz o'lguvchi.

Men hayolman aldab ketgani,
Men bir sharob tamom etgani.
Men armonman orzu qilganim,
Men sevgimni izlab topsaydim...

Sasha.B & Gulnora opa -yordamida tuzildi.!
Прикрепления: 5101853.jpg (10.9 Kb)
 
александр8888Дата: YAKSHANBA, 2013.10.06, 03:08 | Сообщение # 216
Группа: Удаленные





To'lin oy kechada senla yursaydim,
Uzoqdamas men senga yaqin bo'lsaydim.
Ilk bora hayajonla qo'lingni ushlab,
Men seni sevaman deya olsaydim...
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2013.10.09, 15:57 | Сообщение # 217
Группа: Удаленные





Kurashamiz nima uchun jonimizni talashamiz,
Bu Bevafo dunyoda kimlargadur zor yashaymiz.
Men ham ojiz bandaman zorman mehri go'yoga,
Beshafqat bu taqdirchi olib qo'yar topganda.
 
александр8888Дата: PAYSHANBA, 2013.10.10, 01:10 | Сообщение # 218
Группа: Удаленные





Ko'zimda yosh dardu alam boshim egdi,
Osmonlardan yog'ar yomg'ir tinmay tomchilab.
Mening dardim bir mendamas osmondayam bor,
Yig'layotgan faqat menmas osmon ham yig'lar.

Yer-u osmon faryod urib dodlar soladi,
Meni esa yuragimni o'tlar yoqadi.
Yolg'izgina mehribonim farishta singlim,
Nega buncha erta ketding yorug' dunyodan.

Haliyam eshitiladi sani shirin so'zlaring,
Qulog'imda jaranglar sho'x shodon kulgularing.
Mehr ila boqar ko'zing oq ko'ngil eding,
Sani endi topganimda yana yolg'iz qoldirding.

O'tinaman yolvoraman yig'layman tunlar,
Sani so'rab osmonlardan izlayman yuzing.
Afsus hudo olib qo'ydi mitti farishtam,
U dunyoda joying bo'lsin jannatiy singlim.
 
александр8888Дата: PAYSHANBA, 2013.10.10, 17:45 | Сообщение # 219
Группа: Удаленные





Yurakdagi sog'inchdan,
Dildagi ishonch yaxshi.
Qancha uzoq bo'lsang ham,
Meni sevganing yaxshi...
 
александр8888Дата: PAYSHANBA, 2013.10.17, 00:54 | Сообщение # 220
Группа: Удаленные





Jonimni qilaymi ayt senga tortiq,
Yoki butun hayotimni beraymi senga.
Osmondek g'ururim yerla bir bo'lib,
Poyingga tiz cho'ksam ishonasanmi !!!
 
александр8888Дата: PAYSHANBA, 2013.10.17, 02:14 | Сообщение # 221
Группа: Удаленные






Ichimga sig'mayin dardim yig'lasa,
Tunlari ko'zimga uyqu kelmasa.
Ko'r bo'lib ko'zlarim endi ko'rmasa,
Menga achinguvchi inson bormikan.

Yashayapman g'amlarim yelkamga ortib,
Siqilgan yuragim dardlarga sotib.
Ko'nglimga sig'dirmay alamni quvib,
Yig'lasam ko'zimdan yosh chiqarmikan.

Yonimda do'stlarim bo'lsa ham ammo,
O'zimni ko'rarman dushmandek go'yo.
Yaqinlarim yonimda lek bir muammo,
Yolg'izman hali ham g'amlar do'stmikan.

Tashlab ketgan go'dakdek uvol yuragim,
Sinovli o'tmoqda har bir kunlarim.
Charchadim telbadek kulib yig'lasam,
Tavba deya odamlar ko'z tashlarmikan.

Hayollarim parishon o'ylovlarim ko'p,
Ishonchim yengildi yolg'onlarga xo'p.
Soddalik qilibman juda juda ko'p,
Bu dunyoda ishonchli inson bormikan.

Yoshligim qolmadi men ham yigitman,
Bevafo dunyoda oddiy mehmonman.
Kimlarga men muhtoju kimga kerakman,
Meni xozir unutishgan eslaguvchi bormikan?.

Yuzimga g'am aralash soat 2-dan oshdi,
Yarim tunu ko'zimga oq va qora bir bo'ldi.
Yuragim urar duk duk eshitilar tovushi,
Abadiy yor bo'lguvchi bir suluv qiz bormikan.

Tanam muzlab bormoqda yurakka qildi alam,
Chidolmayin yozdim mana qo'limda singan qalam.
Men ham ojiz bandaman she'rlarimda dardlarim,
Bir muddat vaqt ajratib o'qiguvchi bormikan..!
Прикрепления: 9485308.jpg (44.1 Kb)
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2013.10.18, 15:25 | Сообщение # 222
Группа: Удаленные






Ayrilmoq azobdir yaqin insondan,
Kechmoqlik gunohdir aybsiz yurakdan.
Muhabbat bir menga bo'lmadi sodiq,
O'zgaga ko'nglimni qilmasman tortiq.

G'ururim yig'laydi ko'nmay shartlarga,
Ko'zlarim zor bo'lar bitta mehrga.
Tiz cho'kib dod solar aqlim telbadek,
Armonga beribman qo'limni guldek.

Unutish qaniydi oson bo'lsaydi,
Yoshligim shu kundan ortga qaytsaydi.
Yuragim xech kimni sevmagan chog'da,
Taqdir yo'llarimizdan ayro qilsaydi..!
Прикрепления: 0330058.jpg (43.4 Kb)
 
александр8888Дата: SESHANBA, 2013.10.22, 20:37 | Сообщение # 223
Группа: Удаленные





Kimgadir akaman kimgadir uka,
Jonli qo'g'irchoqman yorug' dunyoda.
Kimlargadir mehr berdim quvonchim bilan,
Dardlarimni yashirdim zor ko'nglim bilan.

Kimgadir o'zimda yo'q quvonchni berdim,
G'amgin ko'zlarimdagi kulgudan kechdim.
Yana kimdir ber dedi dardga to'la yuragim,
Faqat undan kechmadim dard meniki do'stlarim.
 
александр8888Дата: PAYSHANBA, 2013.10.24, 15:54 | Сообщение # 224
Группа: Удаленные





Kun keladi bir gap bilan yer bo'laman,
Sen ketarsan menchi sekin jim o'laman.
Bu hayotda men hammaga yaxshilik qilib,
Bir shaytonning so'zi bilan yomon bo'laman.!
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2013.10.25, 22:09 | Сообщение # 225
Группа: Удаленные






Yuragimda o'zga xis,alamla kuyar bugun,
Ko'z yoshlarim o'rniga,yomg'irlar yog'ar quyun.
Yarim ko'nglim ko'rmayin,baxt quvonchni neligin,
Sevganim yor bo'lmoqda,do'stim kuyovdir bugun.

Xazon barglar qo'ynidaman,qurib ado bo'lyotgan,
Xuddi suvsiz sahrodaman,tomchi suvga intilgan.
Tomirimda oqmay qoldi,qora qonim to'xtabon,
Chin sevgim armon bo'ldi,menga vafo qilmagan.

Ko'zlarimni yumib ochsam,qaniydi so'nggi bora,
O'sha kunlar qaytsaydi,sevgilim menla yana.
Shunday bo'lishin bilsam,aslo sevib qolmasdim,
Bevafoga ko'nglimni ham,bor hayotim bermasdim.

Yordam bergin ollohim,sendir o'zing panohim,
Sodda dilman gunohim,pok qalbimdami aybim.
Kulgulari shirin shirin,ko'zlarida sir yashirin,
Go'zalsan oy uyalgan,afsus endi bevafosan.!
Прикрепления: 3949339.jpg (16.4 Kb)
 
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz