Дата: DUSHANBA, 2013.06.17, 13:59 | Сообщение # 177
Группа: Удаленные
Suratiga oshiq bo'ldim,go'zal bir qizni, Taqdir o'yin qilibdida,men xato qildim. Aytishardi Muhabbatning,ko'zlari ko'r deb, Men sevgan qiz suratdagi,sarob yo tushmi.!
Taqdir meni ustimdan ko'p,kuliblar keldi, Ayriliqning bag'riga xo'p,otiblar ketdi. Baxt ko'rmagan ko'zlarimda,g'amgin xotira, Yolg'iz yashash hudo bilan,menga ekanda.!
Izladim ko'p topolmadim,o'zimga bir juft, Men sevgiga mushtoq inson,yuraklarchi qulf. Men dunyoga erta keldim,balki keldim kech, Xato qilib men sevibman,ular sevmas xech.!
O'zga dunyo o'zga qarash,bular begona, Balki juftin topmaganlar,mendek pinxona. Kim yashaydi dardlarini,ichiga yutib, Ular ham jim yashaydilar,mendayin kuyib.
Ko'zlarimni yumib bir zum,ko'rgayman uni, Tushlarimga kirib chiqar,yolg'iz bir qizni. Ohu ko'zlar termulgancha,uzoq yo'llarga, Yig'lasa men nima qilay,tushdagi qizni.!
Hali hayot oldindadir,topgayman juftim, Sen yonimda bo'lmasangda,o'zing hayotim. Faqat jonim yig'lamagin,tushlarim sokin. Bir kun seni topganimda,bo'lasan yorim..!
Дата: SESHANBA, 2013.06.18, 00:40 | Сообщение # 178
Группа: Удаленные
Bir kuni! Man bu dunyoni tark etaman! O'shanda mani,qadrimni bilarsan balki! Bag'ritosh qiz..! Sani juda qattiq sevardim! Lekin sani,ko'nglingni hattoki quyosh ham isitolmadi! Bilmadim,sani yuraging toshdanmi yoki muzlab qolganmi hayronman bunga! Sanga qancha intildim,yuragingni eritishga harakat qildim! Toshdek qattiq yuragingni,parchalashga qancha urundim! Lekin san o'zgarmading! Afsus..! Tingla! -Bu mening sen uchun,eng so'nggi so'zlarim! Meni eng so'nggi dil izhorim,sen uchun atalgan! Bag'ritosh qiz..!
Sen go'zalsan yuzlari oyim, So'zlaringda kuylaydi torim. Nima uchun uzoqsan mendan, Javob bergin bag'ritosh yorim.!
Qiz bola ham shunday bo'larmi, Qachondir ko'nglingga,gullar o'narmi. So'zlarimga yuraging tez-tez urarmi, Xis qildingmi sevgini,bag'ritosh yorim.!
Qancha savdo ko'rdi bu boshim, So'zlaringdan ko'zimda yoshim. Zaharliging og'ritsa,beozor ko'nglim, Shunchalikka borasanmi,bag'ritosh yorim.!
O'xshamagin toshlarga-sovuq muzlarga, Qo'yib yubor g'uborlaring,uchsin shamolga. Ruxsat bergin bir kiray,nozik qalbingga, Seni hamon sevaman,bag'ritosh yorim.!
Tingla qushlar sayrog'i,qandayin ajib, Gullar atir sochadi,meni mast qilib. Shamol soching silasa bag'riga bosib, Kel labingdan bir o'pay,bag'ritosh yorim..!
Дата: SESHANBA, 2013.07.02, 00:45 | Сообщение # 181
Группа: Удаленные
Mehr so'ragandim tangrim, Menga ayriliq berding. Baxtlar tilagandim dilga, Dardlarni mehmon qilding. Ajib tuyg'u sevgi berding, Bahordagi guldek edim. Bir kundayoq xazon bo'ldim, Yonib turgan olov edim. Qarog'ingda kuldek bo'ldim,
Netay dardim boshimdadir. Yer bilan men bitta bo'ldim, Mehrga tashna ko'nglim. Saroblarga hamroh bo'ldim, Afsus yolg'iz kunim va tunim. Azoblarga qiynaldi ko'nglim, Bir so'rabon kelmaysan xolim. Senga qanday ishonayin ayt, Meni qiynab nima topding ayt...
Orzulari armon bo'lgan,yigitlar bormi, Sevgisiga yetolmagan,yuraklar bormi. Ota dardin-Ona baxtin,ko'rmagan yigit, Hayotning bu sinovidan,o'tganlar bormi.
Ko'zda yoshin ko'rsatmagan,orli yigitlar, Mard bo'lishar sinov kelsa,boshga yigitlar. Oila taftin-farzand axtin,bukmagan yigit, G'ururini yerga urmas,bir so'z yigitlar.
Do'st boshiga tashvish kelsa,tashlab ketmagan, Suygan qizin aldab yana,xo'rlab ketmagan. Tunlar ko'cha-ko'yda yurib,ichmagan yigit, Uyga yana kech kelmaydi,Musulmon bo'lgan.
Ko'zimda yosh bag'rim butun,yig'layman sekin, Men baxtimdan mamnun bugun,oshkora sevgim. Bu taqdirim-mening baxtim,yonimda borim, Yigit bo'lib tug'ildim men,shundandir baxtim...
Дата: YAKSHANBA, 2013.07.07, 01:06 | Сообщение # 184
Группа: Удаленные
Sevgi sarob yonimda-ku ushlolmayman, Kuni kelib tashlab ketar qucholmayman. Ishonganim shirin yolg'on o'zgani quchib, Xiyonatga bosh egaman yurakdan kechib...
Дата: CHORSHANBA, 2013.07.10, 01:30 | Сообщение # 186
Группа: Удаленные
Bugun xolim ayon balki dardim oshgandir, Yaqin bo'lgan yaqinlarim tushunmas dardim. O'tgan kunlar o'tdi ketti eslamay desam, Ertasiga eshik qoqar o'tgan kunlarim.
Xiyonatim oshkor bugun men sevgan qizga, Kechir deya aytolaman bugungi kunga. O'tgan kunim xiyonati ochilgan bugun, Lekin bugun men sevgan qiz o'tgan kun emas.
Nega meni tushunmaydi yangi kunimda, Axir u yo'q bo'lgan edi o'tgan kunimda. Bugun kirib yuragimni egallab olib, O'tgan kunim qiziqtirar nega bugunga.
Tushunmaydi rashk qiladi unutgandim men, O'tgan kunim eslamasdim u kelgan kundan. Axir nega tushunmaydi meni sevsa yor, O'tgan kunlar men u qizni tanishmasdimku.
Mani kechir iltimos man rostdan ham katta xatoga qo'l urdim.Necha yillar oldin kimnidir sevganim rost,lekin o'sha paytda sen yonimda emasdingku.Men seni hatto tanimas edim.Agar o'sha o'tgan kunimdagi hayotimga bir martagina kelib akajon man mana shu kunda siz bilan uchrashaman sevib qolaman sizni yaxshi ko'raman,ungacha xech kim bilan gaplashmang deganingda man gaplashmasdim.Lekin to'g'ri man xato qildim soddalik qildim bu mani xatoyim mani kechir ...
Дата: PAYSHANBA, 2013.07.25, 23:10 | Сообщение # 189
Группа: Удаленные
Bugun sevgilimning to'yi bo'lyapti, Ko'zlarida achchiq yosh yig'layapti. Ota-onang baxtli bo'l deb duo qilishgan, Yig'lamagin sevgilim to'ying bo'lyapti.
Oppoq libos yarashibdi go'zal kelinchak, Yangi uyda yoring bilan qurgin belanchak. Shirin shakar farzandlaring bo'lsin uyingda, Og'ilchangga ismim qo'ygin yodingda bo'lsam.
Yig'lamayman yurak bag'rim yulib olsa ham, Mayli baxtli bo'lgin jonim o'zga bo'lsa ham. Orzularim sarob bo'ldi men ham ketaman, Sensiz jonim bu hayotda - yashayolmayman...!
Afsus u paytlar endi qaytmaydi, Dilimda armonlar endi o'chmaydi. Ko'zlarim bir bora sizni ko'rmaydi, Dadajon men sizni juda sog'indim..!
Bilmadim taqdir bizni ayirdi nechun, Javoblar kam lekin savollar butun. Dunyoga dod solib yig'lasam bugun, Meni xech kim eshitmaydi yolg'izman be un.
Sado kelmas tog'lardan baqirsam yo rab, Menga yaqin insonlarni asra avaylab. Shukur qilib yashayman bariga lekin, Armonginam dadamni bir ko'rgim kelgan.
Sog'inaman tunlari tushimga kiring, Xech bo'lmasa osmonda yulduzdek uching. Iltimos dadajon sizni bir bora ko'ray, Men sizni judayam sog'indim netay..!
Дата: CHORSHANBA, 2013.08.07, 17:24 | Сообщение # 192
Группа: Удаленные
Uzoq o'ylab nelardandir,yozgim keladi, Hayollarim parishon o'zimni,topgim keladi. Qaylargadir uchib ketdi,men kutgan orzu, Balki taqdir sinar meni,chunki hayot bu.
Yoshim o'tib bormoqdadir,sochim oqargan, Yuzlarimda ajinlar-u,dardlar joy olgan. Ehhh...Hali bu dunyoda,nelar bo'lmagan, Shu kunlarga yetganimga,shukur qilaman.
Kecha dadam ekkan daraxt,gullarga to'ldi, Shuncha sabr toqat bilan,osmonga yetgan. Osmon bo'lgan bog'bon dadam,olamdan o'tdi, Tomiridan nihol o'nib,daraxt ham yerni quchdi.
Nihol o'sib katta bo'lar,tun-u kun uzun, Balki yillar o'tib borar,bildirmay mag'zun. Kecha o'zim yosh edimmi,qaribman bugun, Nabiralar bobom deya,bag'rimda gavjum.
Hayot buncha tez o'tmasa,hayron qolaman, Kecha qo'lga qalam olib,yozgandim she'rni. Mana bugun kechagiday,hayol parishon, O'tiribman o'sha she'rni,o'qib turibman.
Erta tongda quyosh yerni,o'padi mayin, Tun cho'kadi yorug'likka,yengildi sekin. Ko'zim ochib uyg'onsam,uxlab qolibman, O'ngimmi deb ko'rganlarim,tushimda ekan ...
Ona yaxshi bilarmish,keladi bolam, Uxlamayman-uxlasam uyg'onish gumon. Toliqqan yuragi qaltirar bir xol, Ona qo'lga qalam olib,yozarmish bir xat.
"Qachonlardir men seni,kutgandim uzoq, Hudo berdi bag'rimga,to'qqiz oy boqdim. Dunyoga keldinggu mehribon bolam, Seni tuqqan onangni,unutib ketting.
Qayerdasan-qaylardasan,bilsam qaniydi, Mayli kelma bolajonim,o'zim borardim. Seni bir bor bag'rimga,bossam roziman, Armonim qolmasdi qaydasan bolam".!
Ko'nglim sezar kelayapti,bolam Ollohim, Nega buncha shoshilmasang jonim olishga. Hayot uchun ko'p bo'ldimi,bitta jon senga, Shuncha sabr qildimku men,sabr qil sen ham.
Ana keldi-keldi axir,mehribon bolam, Jonim bolam kelaqol,yuz-ko'zing o'pay. Seni juda sog'indim,yolg'izim bolam, Biroz yonimda qolgin,sen bilan bo'lay.
Farzand ko'zin yoshlabdi,kech qoldimmi onajon, Kechiring men bag'ritosh,beshafqat bolangizni. Qo'ldagi xatni olib,o'qib o'ksib yig'labdi, Afsus ona ko'zin ochib,Ollohga jon beribdi.
Sendan roziman deya,ona jonin beribdi, Ollohdan bolasini asrashini so'rabdi. Farzandi yig'lar zor-zor,ayriliqqa dunyo tor, Ey hudo onalarni,farzandiga qilma zor...