CHORSHANBA, 2025.06.25, 04:48
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Модератор форума: AnDiJoNLiK_BeZoRi  
Sasha.B - Ijodidan Tuxfa...
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2014.11.07, 08:56 | Сообщение # 251
Группа: Удаленные






Bu Dunyo Sevgilim O'tdir Olovdir,
Yonmoqlik Osondir Kuymoqlik Oson.
Yuragingni Ezmagin O'ylama Aslo,
Sen Uchun Yashayman Seniki Tanho.!
Прикрепления: 8204474.jpg (21.5 Kb)
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2014.11.07, 08:58 | Сообщение # 252
Группа: Удаленные






Buncha ko'p sog'inmoq jonni og'ritar,
Yurakdan yurakni sog'inch bezdirar.
Tun-u kun sog'inma joningdan to'yma,
Kuni kelib sog'inchni nafrat egallar.!
Прикрепления: 6605689.jpg (23.1 Kb)
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2014.11.07, 08:59 | Сообщение # 253
Группа: Удаленные






Bir muddat to'xtagin xolimga qara,
Qara sensiz qo'yilmoqda umrimga nuqta.
Bergin sado yashamoqqa topayin sabab,
Sensiz xolim xarob nechun,sevgi bu azob.!
Прикрепления: 6072947.jpg (28.0 Kb)
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2014.11.21, 18:36 | Сообщение # 254
Группа: Удаленные






Ota Onang Poylari Sajdagoh Bo’lsin,
Baxt Omad Yo’lingda Hamroxing Bo’lsin.
Ikki So’z Ollohim Qo’lla Bizlarni,
Maqsadiga Yetishtir Biz Yigitlarni.

Yuraklarda Muhabbat Or-Nomus Bo’lsin,
Har Ishda Ko'ksi Tik Bardoshli Bo’lsin.
Osmondek G’ururli Er Yigit Qilgin,
Bir Maqsad Yo’lida Yelkadosh Bo’lgin.

Oilasiga Vafoli Ko’zi To’q Bo’lsin,
Padariga Yelkadosh Kuch Quvvat Bo’lsin.
Farishtadek Onasiga Oyoq Qo’l Bo’lsin,
Sadoqatla Vatanining Xizmatin Qilsin.

Olloh Ishonganim Bir O’zingdursan,
Haq Yo’lda Tayanchim Haq So’zimdursan.
Boshimda Panohim Parvardigorim,
Yigitlarni Maqsadla Yo’lla Hudoyim.!
Прикрепления: 8250716.jpg (36.6 Kb)
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2014.11.21, 18:38 | Сообщение # 255
Группа: Удаленные






Mensiz baxtlimisan jonim ayt,
Topoldingmi mendan ortiq baxt.
Yuragingda yashar bitta dard,
Afsus qilma hayot beshafqat.

Yuragingda bormi orzu baxt,
Tilarmisan go'zal pok niyat.
Hayolingda balki toju taxt,
Afsus qilma hayot beshafqat.

Hayolimda oq qushsan yorim,
Lek hayotda bag'ritosh zolim.
Endi qaytma so'rama xolim,
O'z baxtidan kechgan sevgilim.

Ketavergim qaytma xech mayli,
Sendan kechdim bevafo layli.
Sen ishongan do'stlaring qani,
Yolg'iz qolding xazon kuz fasli.

Bu dunyodan olmagin qasding,
Yashayapsan asli shu baxting.
Xato qilma bo'lsin bu sabog',
Ishonsang gar kelar chin yoring.

Mensiz baxtlimisan jonim ayt,
Afsus qilma hayot beshafqat..!
Прикрепления: 8947460.jpg (9.4 Kb)
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2014.11.21, 18:43 | Сообщение # 256
Группа: Удаленные






Sen uchun olgayman qo'limga qalam,
Baxtimni sevgimni qilayin malham.
Jonim yuragingda qolmasin alam,
Seni tashlab ketmagayman,kecholmayman ham..!
Прикрепления: 2389976.jpg (39.1 Kb)
 
александр8888Дата: YAKSHANBA, 2014.11.30, 17:59 | Сообщение # 257
Группа: Удаленные






Ayrilgim kelmaydi nechun negadir,
Bu tun juda uzoq bo'ldi sog'inchimdandir.
Qaniydi yoningga bir zum bo'lsaydim,
Seni shirin tabassuming ko'rib qaytsaydim..!
Прикрепления: 0864623.jpg (21.5 Kb)
 
александр8888Дата: YAKSHANBA, 2014.11.30, 18:01 | Сообщение # 258
Группа: Удаленные






Yurakda dard bir menikimas,
Sizda bor qalb bir siznikimas.
Ortimizga qoldiraylik o'tmish yillarni,
O'tgan kunlar biz uchun emas..!
Прикрепления: 9278413.jpg (18.3 Kb)
 
александр8888Дата: YAKSHANBA, 2014.11.30, 18:02 | Сообщение # 259
Группа: Удаленные






Bu oqshom biz uchun yulduz porlaydi,
Ikki dil sevgini mushtoq chorlaydi.
Gunohkor ko'ngillar cho'lg'onib har yon,
Yurakni yurakka payvand aylaydi..!
Прикрепления: 2715362.jpg (37.0 Kb)
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2014.12.10, 00:26 | Сообщение # 260
Группа: Удаленные






Orzuying nimadur aytgin go'zalim,
Erishdingmi baxtingga go'zal malagim.
Qanchalar baxtlisan bugun men bildim,
Mening baxtim sen ekan men yoring bo'ldim..!
Прикрепления: 7799765.jpg (36.9 Kb)
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2014.12.10, 00:29 | Сообщение # 261
Группа: Удаленные






Har lahza hayolim siz tomon ketar,
Sog'inch baxt shodligim intizor kutar.
Aylansa bu kunlar necha ming yillar,
Sizga zor yuragim baxt ila siylar.

Olis olis bu yo'llar ayirar bizni,
Ortib borar tobora sog'inchning xissi.
Sizga baxtlar ulashib baxtimni qo'shib,
Biz yashaylik doimo Baxtlarga to'lib.

Sizni ko'rsam yuragim quvonchga to'lar,
Ko'zlarim yuzlarim siz uchun kular.
Sevgi degan tuyg'uga to'ladi dillar,
Azizim siz tanho menikidirsiz.

Qo'llarim qo'lizda kettik qay tomon,
Siz aytasiz go'zalim kettik baxt tomon.
Yuragimda quvonchla cheksiz shodligim,
Ko'zlarimda ko'rarman sizni azizim..!

Filizchikdan Maksim Uchun Maxsus Tayyorlandi ..!
Прикрепления: 3275413.jpg (47.2 Kb)
 
александр8888Дата: SHANBA, 2014.12.13, 19:59 | Сообщение # 262
Группа: Удаленные






Ming qilsayam yurak oshkora,
Aytib qo'yar sirlarimizni.
Mast emasman bo'lmang ovvora,
Rostgo'ylikka o'rgating tillaringizni..!
Прикрепления: 8033149.jpg (23.8 Kb)
 
александр8888Дата: SHANBA, 2014.12.13, 20:02 | Сообщение # 263
Группа: Удаленные






Menda yurak yo'qmi ayt,
Dilga ko'mak ham kerak.
Sovutibsan o'zingdan,
Isitishing ham kerak.

Qancha zorlar yig'ladim,
Ishqingda ming toblandim.
Seni xech unutmadim,
Meni jodugar gulim.

O'tdi juda ko'p yillar,
Qarshi bo'ldi tikanlar.
Yuragimni tildilar,
Chidadim sensiz kunlar.

Jodulabsan o'zingga,
Shirin so'z-u ko'zingga.
Ayrilmaymiz biz deya,
Yana ketarsan nega.

Sen meni sevasanmi,
Yo qo'g'irchoq bilasanmi.
Senga bo'ldim bog'langan,
Kechgim kelmas hali ham.

Anglab yetdim oxiri,
Jodulabsan sen meni.
O'chmas tirnab qalbimni,
Qancha qiynaysan meni.

Kechgim kelmas netayin,
Issiq sovuq kun sayin.
Yondiradi jonimni,
Ojiz qoldim men endi..!
Прикрепления: 0332311.jpg (46.4 Kb)
 
александр8888Дата: DUSHANBA, 2014.12.15, 17:35 | Сообщение # 264
Группа: Удаленные






Sendan nima istadimki,
Sen menga nima berding.
Ko'ksimga pichoq sanchib,
Yuragim pora qilding.

Baxti butun men edim,
Xuddi olov cho'g' edim.
Bir senga ishongandim,
Sen meni nima qilding.

Boshim baland yurardim,
Xandon otib kulardim.
Senla baxtli bo'lardim,
Meni aytgin ne qilding.

Qani o'sha mard g'urur,
Aldab kettingku qurg'ur.
Mehribon eding butkul,
Muhabbatim ko'zing ko'r.

Sabr bilan yashadim,
Seni aniq unutdim.
Endi sendek qizlarni,
Aldash yo'liga o'tdim.

Sodda bo'lsam nariga,
Afirist qizlar bariga.
Aldayman deb aldanib,
Qolmang yana bizlarga.

Esli hushli bo'ling siz,
Balki o'zgararmiz biz.
Babnik deb o'ylamangiz,
Biz ham o'zbek yigitimiz.

Yuragingiz pok bo'lsin,
Boshda do'ppi gul bo'lsin.
Lablarda kulgu bilan,
Yashang orzu baxt bilan.

Sizda yo'qmi orzu havas,
Yomon qizga sovchi kelmas.
Bu gapimni qo'shnim bilmas,
Bilsa qizi uydan chiqmas.

Seni kim deb atayin,
Bevafosan kun sayin.
Men oshiq bir betayin,
Seni sevdim qandayin..!
Прикрепления: 1867829.jpg (32.7 Kb)
 
александр8888Дата: DUSHANBA, 2014.12.15, 17:43 | Сообщение # 265
Группа: Удаленные






Sevgi boyni gado qilur,
Har ishga mubtalo qilur.
Gar yetmasa yor vasliga,
Jonu tanda isyon qilur.

Sevgi bilmas to'siqni xech,
Xoh shoh bo'lsin xohi gado.
Osiy banda sevib qolsa,
Ming sinovga tayyor turur.

Chin sevgiga erishgan kim,
Kimlar tutgan yor qo'lidan.
Aytolmaydi hatto oy ham,
Mayus boqar sevgan ko'zim.

Sevgi balki yasharmikan jonimizda,
Yoki qonmi qaynab oqar tanimizda.
Necha ming ming insonlarning hayolidan,
Panoh topgan bir mo'jiza yonimizda.

Ishongaydir unga kimlar ko'ngil qo'yib,
Foydalanar kimdir unga asir qilib.
Og'riganda dod solishib jondan to'yib,
Shundahamki sevaverar o'zdan kechib.

Bu dunyoni asli bir kam taqdir deymiz,
Qorami oq asli har kim inson deymiz.
Muhabbatga asir bo'lma do'stim deymiz,
O'zimizchi allaqachon ey voh sevganmiz..!
Прикрепления: 0688009.jpg (31.1 Kb)
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2014.12.24, 17:58 | Сообщение # 266
Группа: Удаленные






Muhabbat...Qonunidan chiqmasman aslo,
Senga ko'ngil qo'yib,kechib ketmasman xatto.
Bir jonimni ming olovga tutmasman ammo,
Seni sevgan mening o'zim tonmasman aslo.

Armon emas ko'ngil berdim qoshu ko'zingga,
Har bir aytgan shirin so'zu sofdil mehringga.
Men uchun sen farishtasan qanot jonimda,
Uchgim kelar bilmaysanda sening tomonga.

Olisdasan olis olis manziling olis,
Qo'lim cho'zsam chumoliman bu dunyo cheksiz.
Yo'llaringda sarson bo'lgan Majnuning sensiz,
Ko'rgim kelar sog'inchimning poyoni olis.

O'tar kunim bemanoyu unsiz dilkashsiz,
Qani kelsa jonim olgan o'sha go'zal qiz.
Men uzoqda har bir kecha hayol suraman,
U ham meni hayol qilar buni sezaman.

Har bir kunim o'tar bo'lsa sening oxingda,
Orom olsam qani edi ko'ngil bog'ingda.
Bir dardimga chora topmay yigit chog'imda,
Oshiq Shahzod olar bo'ldi alam qog'ozdan..!
Прикрепления: 0126330.jpg (24.5 Kb)
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2014.12.24, 18:01 | Сообщение # 267
Группа: Удаленные






Muhabbatim xazon bo'ldi,
Orzularim armon bo'ldi.
Sensiz yurak sarson bo'ldi,
Sening dardingda sening ishqingda.

Kuz yomg'iri yuvar yuzim,
Xazon bo'lar qo'lda gulim.
Yoring bo'lib yoningda o'zim,
Yurgim keladi ko'rgim keladi.

Soyam kabi yaqin o'zing,
Malham bo'lar jonga so'zing.
Nega buncha mayus ko'zing,
G'am chekma yorim,qiynama jonim.

Xazon bo'lar qo'lda gulim,
So'nib borar yongan shamim.
Ayriliqdan kuyar dilim,
Titroqda tanam qo'limda qalam.

Nega buncha qiynar hayot,
Bizning ertak tugar bevaqt.
Bu yakundan jonim qat-qat,
Vayron bo'ladi yurak ko'nmaydi.

Sensiz yashash menga og'ir,
Bu hayotdan bezdim butkul.
Xijron dog'i bag'rim tugul,
So'zimda yorim ayirdi zolim.

Bu qiynoqqa bardoshim yo'q,
Na dardkashim hamrohim yo'q.
Baxtli bo'lgin qil ko'ngling to'q,
Hamdarddir alam qo'limda qalam.

Mayli ko'ndim taqdir ekan,
Sevishgandik ayro yo'ldan.
O'rtamizga qora tikan,
Buzdi yo'limiz,ayro endi biz.

Men yugurdim buyurgan kim,
Hayol surib qoldim bir zum.
Men tutmagan qo'lingga bugun,
Uzuk taqdilar,yor-yor aytdilar.

Baxtli bo'lgin baxting ko'ray,
Sen yig'lama darding olay.
Ko'z yoshingni artib qo'yay,
Vafoli yorim,baxtli bo'l jonim..!
Прикрепления: 5634409.jpg (21.0 Kb)
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2014.12.24, 18:02 | Сообщение # 268
Группа: Удаленные






Hayot shunday sinovli ekan,
Yurakda baxt-g'am ham ko'p ekan.
Jonginangdan aziz insoning,
Tashlab ketsa alam qilarkan..!
Прикрепления: 9164399.jpg (20.0 Kb)
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2015.01.02, 23:51 | Сообщение # 269
Группа: Удаленные






Erta turgan oyning qizi,
Suv sepgan u boyning qizi.
Opa singlim gudek yuzi,
Biling sizlar o'zbek qizi.

Yuzingizdan taralar nur,
Siz farishta bo'lingiz xur.
Yigit yoring bersa xuzur,
Bil sevganing o'zbek qizi.

Bamilosi yuzingiz gul,
So'zingizda kuylar bulbul.
Atirlariz guldan xushbo'y,
Siz bahorsiz o'zbek qizi.

Har tarafda ochilgan gul,
Sizni sevar necha ming dil.
Men uchun sen bir bora kul,
Ko'nglim senda o'zbek qizi.

Olis bo'lsak talpinamiz,
Mehringizga biz to'ymaymiz.
Qaynoq qalbla erkalaymiz,
Sevimlisiz o'zbek qizi.

Farzand bo'lib keldik sizga,
Quvonch bo'lib keldik ko'zga.
Umr yo'ldosh bo'ling bizga,
Jannatiysiz o'zbek qizi.

Issiq nonning hidi keladi,
Pari onam tongda turadi.
Yoshlikdagi kulcha nonlarni,
Faqat o'zbek ona qiladi.

Kim sizdayin kiyinar ayting,
Yomon yo'ldan jon qizlar qayting.
Atlas ko'ylak sizga yarashar,
O'zligingiz unutmang siz o'zbek qizi.

Ana bizdan o'rnak oldi,chet el qizlari,
Peshonasi yuzi yopiq,paranjilari.
Olloh kechir tor shim kiygan,erka qizlarni,
Hali esli kelin bo'lar,o'zbek qizlari.

Bardoshlisiz sabrlisiz,
Sizlar bizga qadrlisiz.
Shahzodbekni sherlarida,
Siz tanhosiz o'zbek qizi.

Tarif bersam so'zlarim ko'p,
O'zbegimda go'zallar ko'p.
Tilaklarim sizga juda ko'p,
O'zbegimning o'zbek qizi..!
Прикрепления: 4250406.jpg (63.4 Kb)
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2015.01.02, 23:53 | Сообщение # 270
Группа: Удаленные






Yuragim bir joyda to'xtab qolganday,
Aqlu xushim uyquda tush ko'rayotganday.
Bo'g'zimga suyak kelib botayotganday,
Ko'nglimni xech kimga ocholmayapman.
Bir satr sherni ham yozolmayapman.

To'lin oyning nurlari taralmay qoldi,
Erta tongda quyosh chiqib isitmay botdi.
Kechalari yostiqqa bosh qo'yganim bilan,
Ko'nglimni xech kimga ocholmayapman.
Bitta sherni eplab yana yozolmayapman.

Qish kelganda parcha parcha qorga aylandim,
Bahor chog'i gullab turgan bog'da yayradim.
Yozda issiq saratonda kuyib sarg'ayib,
Kuzning tilsiz xazoniga aylanib qoldim.
Sherimni ham yozolmayin o'ylanib toldim.

Bir kunim har kuni aylanayotgandek,
Soat millari ham yurmay qolgandek.
O'tkir tig'li qalam ila yozay desam sher,
Ko'nglimni qog'ozga ham yozolmayapman.
Oq qog'ozni yaralab sher bitolmayapman.

G'aflat vujudimni qamrab olganmi,
Hayotim men uchun yo tugaganmi.
Manosiz kunlarim sanab o'tsamda,
Ko'nglimni xech kimga ocholmayapman.
Mazmunli baxt to'la sher yozolmayapman..!
Прикрепления: 7352247.jpg (55.6 Kb)
 
александр8888Дата: SHANBA, 2015.01.03, 23:40 | Сообщение # 271
Группа: Удаленные






Ko'zimda quvonch dilimda alam,
Men yig'lamayman yig'laydi nolam.
Bunga hali yetarmikan,bardoshim kuchim,
Birisiga baxt beraman,boshqasiga dard.

Yonimda yorim axtli qarorim,
Biz birga baxtli,bo'lamiz jonim.
Ortimizda turar u,baxt tilab bizga,
Yuragida g'am alam,dard qo'shib dardiga.

Biz kulamiz u yig'lar,ko'zlarida yosh,
Biz baxtlimiz u esa,qalbida bir g'ash.
Yuragimni qiynaydi so'nggi so'zlari,
Siz baxtsiz bo'lasiz,men esa baxtli.

Sen kuyunma xolimga,bu mening so'zim,
Men yashayman bariga,ko'nib go'zalim.
Mayli baxtsiz bo'layin yig'lama jonim,
Sen baxtli bo'l mening,shudir qarorim.

Yig'lama men kuyov sevgan gulimga,
Men uni sevaman,sen esa dilda.
Yigit so'zdan qaytolmayman,kechirgin meni,
Boshqa bir so'z aytolmayman,sevdim sizlarni.

Chin muhabbat berildi,menga ikki bor,
Birinchisi gulimdir ikkinchisi sen.
O'rtangizda qolib yondi,orsiz yuragim,
Kechir meni kechirolsang,yolg'iz go'zalim.

Bugun baxtim kechasi alam kechasi,
Sen yig'laysan baxt tilab,qalbim parchasi.
Chiday olsam qaniydi bu ko'rgilikka,
Baxt kechasi ko'zim kular,yuragim yig'lar..!
Прикрепления: 5651195.jpg (41.8 Kb)
 
александр8888Дата: SHANBA, 2015.01.03, 23:42 | Сообщение # 272
Группа: Удаленные





Sensiz kunim o'tmay qolganday.
Ko'ksimda jon to'xtab qolganday.
Gulga to'lgan edi bu bag'rim.
Bahor ketib kuz ham qaytganday.!
 
александр8888Дата: SESHANBA, 2015.01.13, 20:48 | Сообщение # 273
Группа: Удаленные






Ko'nglimga quloq solib,
Yor tanlashda adashdim.
Dildan sevgini haydab,
Yolg'iz qolib adashdim.

Ko'nglimning ko'zlari ko'r,
Sevishmoqqa hali g'o'r.
O'rganib bo'lgan qurg'ur,
Sevilib sevishishga,
Ishonib aldanishga.

Bunchalar qiyin ekan,
Dunyoning bu ishlari.
Sevgi zaxarli tikan,
Bitmas dil og'riqlari.

Gul kabi yashnar edim,
Uni ko'rgan chog'imda.
Shirin so'zla erkalardim,
Hatto tunlar tushimda.

Bahor ketib kuz keldi,
Ko'ngilga armon keldi.
Tanishgandik kuz fasli,
Xayrlashdik shu kuni.

Endi tunlar tushimda,
Ko'rgim kelmas uni xech.
Netay sevib bo'lganman,
Unut bo'ldi endi kech.

Nafratim ortsa qancha,
Sevaman uni shuncha.
Mayli ko'nib sevayin,
Xazon bo'lib o'lguncha.

Yana sevgim keladi,
Dardimni kim biladi.
Men bahor atirguli,
Aldanib sevdim kuzni..!
Прикрепления: 7966713.jpg (33.1 Kb)
 
александр8888Дата: SESHANBA, 2015.01.13, 20:50 | Сообщение # 274
Группа: Удаленные






Yorimni baxtini ko'rolmadilar,
Ikki dilni o'z xoliga qo'yolmadilar.
Sevgilimni men sevgandek sevolmadilar,
Afsus meni yuragiga sig'dirmadilar.

Endi yorim yig'lar begona uyda,
Bugun baxtim olib boraman to'yga.
Baxtli bo'lgin yorim mani shirin tilagim,
Yig'lamagin qiynar meni ko'zing yoshlari.

Soyga o'xshar uning uzun sochlari,
Yuragimga qadalgan kamon qoshlari.
Bag'ritoshlar ayirdi biz ikkimizni,
Endi meni qiynar bo'ldi ko'zing yoshlari.

Baxtimni berolmadim,
Baxtli bo'l aytolmadim.
Kechir meni sevgilim,
To'yingga borolmadim.

G'ururim yo'l bermadi,
Yuragim qiynar mani.
Sevgilim qo'y yig'lama,
Ko'z yoshing artolmadim.

Soyga o'xshar uning uzun sochlari,
Yuragimga qadalgan kamon qoshlari.
Bag'ritoshlar ayirdi biz ikkimizni,
Endi meni qiynar bo'ldi ko'zing yoshlari.

Tomchilar kuz yomg'iri,
Bizning sevgi xazonmi.
Bir menga dard kammidi,
Yor darding ololmadim.

Baxtimni yuvib ketdi,
Axtimni buzib ketdi.
Sevgi bir kelib ketdi,
Ko'z yoshing artolmadim.

Soyga o'xshar uning uzun sochlari,
Yuragimga qadalgan kamon qoshlari.
Bag'ritoshlar ayirdi biz ikkimizni,
Endi meni qiynar bo'ldi ko'zing yoshlari..!
Прикрепления: 0984318.jpg (40.2 Kb)
 
александр8888Дата: YAKSHANBA, 2015.01.18, 23:03 | Сообщение # 275
Группа: Удаленные






Kimdir seni kutadi,meni xech kim kutmasin,
Kimdir zor zor yig'laydi,meni xech kuldirmasin.
Kimdir bormi eshik ortida,taqqillatib qochdi yuragim,
Kimdir ochib kirmaydi,yurak ochiq yo'q keragim..!
Прикрепления: 3290968.gif (49.6 Kb)
 
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz