Дата: YAKSHANBA, 2013.10.27, 02:45 | Сообщение # 226
Группа: Удаленные
Siz qorong'ulikdan qo'rqmaysiz - Siz undagi bo'shliqdan qo'rqasiz... Siz balandlikdan qo'rqmaysiz - Siz yiqilishdan qo'rqasiz... Siz atrofingizdagi odamlardan qo'rqmaysiz - Siz teskari qarab ketishlaridan qo'rqasiz... Siz sevishdan qo'rqmaysiz - Sizni Sevgingizni rad qilishlaridan qo'rqasiz... Siz qo'rqmaysiz yana bir marta urunib ko'rishdan - Siz shunchaki,sizga yana og'riqli bo'lishidan qo'rqasiz...
Дата: DUSHANBA, 2013.10.28, 01:48 | Сообщение # 227
Группа: Удаленные
Bevafo deb atashdilar tushunmay meni, Baxtginamni yig'latdilar xo'rlashib kimni. Mayli ketsang olib ketgin yurak dardimni, Faqat aslo qoldirmagin menga o'tmishni...
Дата: DUSHANBA, 2013.10.28, 12:04 | Сообщение # 228
Группа: Удаленные
Qorong'u tun og'ushida,o'yga cho'mib uxladim, Tushimda uyimizga,tuman odamlar ko'rdim. Hovlida turar tobut,qizg'ish parda o'ralgan, Uyimizning atrofida,odamlar ko'p yig'ilgan.
Ko'zim tushdi opamga,qo'llari osmon quchar, Yonida singlim yana,onamlar faryod solar. Tomog'imda qurib suv,bir dam yo'talib qoldim, Orqamga o'girilsam,xassakashdir bir akam.
Yoniga borib asta,so'zlay desam tilim yo'q, Nolam ichimga qaytib,gapirishga xolim yo'q. Uy ichiga bo'yladim,ne bo'lganin bilolmay, Oyog'im tortmay qoldi,ichkariga kirolmay.
Qo'l uzatib ushladim,eshikning bir chetini, Tortilib uyga kirdim,tinchlatib yuragimni. Uy ichida odamlar,tinmay duolar o'qir, O'rtadagi xonada,odamlar gavjum turar.
Qo'llarimda qaltiroq,xaqiqatdan qo'rqaman, Ne bo'lganin tushunib,ichkariga kiraman. Uyning bitta chetida,yuzida parda bilan, Dadajonim jim yotar,oq kapanga o'ralgan.
Qaltirardi lablarim,tillarimda sado yo'q, Qo'llarimni tekkazsam,dadam yuzlari sovuq. Bag'rimga bosib olib,dodlar solib yig'ladim, Osmonlarga baqirib,tushimdan uyg'onib kettim.!
Qarasam tushim ekan,hudoga shukur qildim, Bir qultum suvni ichib,yana joyimga yotdim. Qo'rqaman uyqum kelmas,bexosiyat tushni deb, G'aflat bosib uxlabman,tongda ishga kech qolib.
Ertalab soat yetti,tushimga dadam kirdi, Yana o'sha uyimiz,lek xotirjam tinch edi. Uyda Onam-opam bor,yana akam va men bor, O'tiribmiz gaplashib,kulishib chaq-chaqlashib.
Oilaviy suhbatdan,charchab juda xoribman, Tushda ham bo'lar ekan,ko'z ilinib uxlabman. Shu payt eshik ochilib,xovliqib dadam keldi, Ichkariga kirmasdan,Bolam uyg'on tur dedi.
Xovliqib shosha-pisha,o'rnimdan turib kettim, Alahsirab seskanib,atrofga nazar soldim. Buncha uzun tun bo'ldi,bu soat nechchi bo'ldi, Soatga ko'z tashlasam,soat yettidan oshdi.
Voy hudo ishga yana,kech qoladigan bo'libman, Agar dadam uyg'otmasa,aniq ishdan ketibman. Ishga bordim bosh garang,uyqu yaxshi bo'lmagan, Negadir ko'nglim g'ashdek,axvolim yomon bo'lgan.
Bugun juma kunidir,ishlar ham tugab qoldi, Uyda nima gap ekan,bilmadim ancha bo'ldi. Qo'ng'iroq qilib sekin,bir amallab bog'landim, Alo deya gap boshlab,so'zimga urg'u berdim.
Qo'ng'iroqni birinchi,opam oldilar sekin, Opam bilan so'rashdimu,akam oldilar keyin. Akam ham jim ne deyishni,bilmayin to'xtab qoldi, Mana onam bilan gaplash,deya go'shakni berdi.
Alo salom oyijon,sog'-salomatmisiz, Uydagilar aka-opalarim,hammangiz yaxshimisiz. Dadam qaley sog'ayib,oyoqqa turdilarmi, Nima gap nega jimsiz,oyijon gapirmaysiz.
Onam nima deyishni,bilmayin to'xtab qoldi, Biroz gaplarimdan so'ng,onam menga gap ochdi. Bolam o'zing qo'lga ol,bardam bo'l buyog'iga, Dadangni berib qo'ydik,o'g'lim bandalikda.
O'zingni extiyot qilgin,har xolda uzoqdasan, Ko'p o'ylab siqilmagin,bizlar bor yolg'izmassan. Bolam nega jimsan gapir,alo-alo bolam der, Men bu yoqda qotib qoldim,ko'zlarim tinmay yig'lar..!
Дата: DUSHANBA, 2013.10.28, 18:22 | Сообщение # 229
Группа: Удаленные
Seni Topdim Deganda,Nega Yana Yo'qotdim, Bahor Gulga To'lganda,Men Xazonga Aylandim. Ochilmayin Ko'ngillar,Sevganini Rad Etar, Senga Atalgan So'zlar,Javobsiz Ortga Qaytar.
Muhabbatim Poyingda,Muzlab Qordek To'kilar, Yuragimni Qo'ynida,Atir Gullar Qovjirar. Yaqin Eding Sen Menga,Uzoqlashding Ne Uchun, Juda Go'zal Eding Sen,Lek Sarobga Aylanding.
Sen Ketding Kun-Tunlarim,Almashmayin Qoldilar, Bahor Yomg'irlari Ham,Sovuq Qorga Ko'mdilar. Muzlayapman Eh Afsus,Qolmadi Endi Kuchim, Oppoq Qorga Burkabon,Ketdingku Sen Ey Gulim..!
Дата: DUSHANBA, 2013.11.04, 16:52 | Сообщение # 232
Группа: Удаленные
Eslagim kelmaydi o'tgan kunlarim, Qancha azob ko'rgan edim yoshlik damlarim. Qaniydi barisi shirin tush bo'lsa. Meni barcha qayg'ularim bir sarob bo'lsa..!
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.11.08, 12:45 | Сообщение # 233
Группа: Удаленные
Sarsonman... Bugun men yo'ldan adashdim.! Seni izlab tonglarni,tunga almashdim.! Ketgansan... Topmadim sendan hatto iz.! Qanday ketib yashayapsan,mensiz sevgisiz.!
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.11.08, 18:13 | Сообщение # 234
Группа: Удаленные
Otam mening tog'imdir,Onam gulzorim, Osmondagi Quyoshimu,To'lin oyginam. Tunda issiq panohim,tongda jannatim, Mehr to'la Ota-Onam,uyin sog'indim.
Qaytgim kelar o'sha yosh,bola chog'imga, G'am-u hasratsiz o'tgan,jannat bog'imga. Yana quchib erkalagan,dadam yoniga, Qaytgim kelar tush bo'lsaydi,Otam uyiga.
Siz yo'qsiz keng bag'rim,xuvillab qoldi, Yolg'izligim yana meni,yolg'iz qoldirdi. Alamimdan ichib-chekib,dardga ko'mildim, Qani meni tergab turar,Otam sog'indim.
Ko'z yoshlari daryo bo'lgan,Opam netadi, Uzoqlarda sarson yurgan,Akam kuyadi. Bir boshida ming balolar.Onam ko'nmaydi, Eslab-eslab o'tirgan bir,o'gliz yig'laydi.
Kuzataman ko'cha ko'yda,baxtli oilalar, Ularga xavas bilan,ko'zim termular. Farzandlarim kuni kelib,sizni so'rashar, Ularni quchib yana,ko'zim yoshlanar.
Mehringizga to'yolmayin,qoldim mo'ltirab, Ko'zlarimda achchiq yoshla,keldim uy taraf. Tushlarimga bolam kel deb,turardiz qarab, Eshik oldida xech kim,siz yo'qsiz Otam.
Xuvillagan uyimizga keldim Otajon, Sizni qo'msab rasmingizni,quchdim Otajon. Hovlimizda o'sha ketmon,bolta arralar, Hamma narsa eslatadi,sizni Otajon.
Siz ekkan daraxtlardan,nihol o'nibdi, Bahor chog'i jannat uyiz,gulga to'libdi. Onajonim boshginamga,omon bo'lsinlar, Barchamizni duo qilib,mingga kirsinlar.
Mana keldim Otajon,sizni yonizga, Oz bo'lsada o'rgandim,duo qilishni. Ko'rgan kechirganingiz savobga bo'lsin, Otajonim joyingiz ilohim jannatda bo'lsin!
Yig'lamayman ko'z yoshlarim,sizni og'ritar. Tunlarida yostig'im namlanib ketar, Yolg'izman deb yo'q boshqa,gapirmay deyman. Netay taqdirim shundaymi,hamma tark etar.
Hayot o'zi beshafqatdir,nolimayman xech, Baxtlar kelib eshigimni,taqqillatmas xech. Hudo menga atagani bordir,erta kech, O'rganyapman Otajonim halol mehnatim.!
Дата: CHORSHANBA, 2013.11.27, 20:39 | Сообщение # 235
Группа: Удаленные
Sen uchun unutilish balki osondir.! Ammo men uchun hammasi xuddi kechagidek esimda.! Men seni unutolmadim.! Yuragim tun-u kun seni so'raydi.! Lekin sen meni unutgansan.! Kundan kunga ezilib - siqilib borayotgan yuragimga.! Endi nima deb javob berishni ham bilmay qoldim.! Endi qaytmaysanmi.! Meni boshqa eslamaysanmi.!? Bu savollar meni,sen ketgan kuningdan beri qiynab keladi.! Har lahza - har onda.! Bo'g'zimga nafasim tiqilib.! Tillarimda unsiz ovozla,o'ksik xislarim sado beradi.! Ko'zlarimda esa alam va qayg'u soya solib,meni butkul yolg'izlikka mahkum qilayotganday.! Men taqdirimdan qo'rqmayman.! Seni kutaman.! Olg'a intilishdan qo'rqmayman.! O'ylagan maqsadimga albatta yetaman.! Seni topaman..!
Дата: CHORSHANBA, 2013.12.04, 00:22 | Сообщение # 236
Группа: Удаленные
Qo'rqaman bir kuni unsiz o'lishdan, Urib turgan jonimni ruxsiz qolishidan. Xozir men yer ustida yuribman sakrab, Erta indin yer ostida yotarman muzlab.
Qo'rqaman dunyoda nomsiz o'lishdan, Bag'rimga gul emas tikon bosishidan. Eh kecha men kim edim o'zimga-o'zim, Mana endi toparman jonimga to'zin.
Dunyo tashvishlarini yukladim qop-qop, Molu davlat to'pladim bo'g'zimgacha ko'p. Boshimni ko'tarsam osmonga baland, Dushmanim ham yonimda bo'ldiku hamdard.
O'zligimni unutmadim o'zgani sevdim, Meni emas mansabimni sevibdi yorim. Vaqt kelganda obru meni tark etganida, O'zga inson yelkasiga bosh qo'ydi zolim.
Ishonmayman insonlarga o'zimdan bo'lak, Dardkashlarim qolmaganday tuyular har vaqt. Ota-Onam jannat boshim omon bo'lsinlar, Meni aslo yolg'iz tashlab qo'ymagan ular.
Qo'rqaman yolg'izlikla birga o'lishdan, Yolg'izlik men uchun eng katta jazo. Bu dunyoda dushmanim ko'p do'stlar bilaman, Yaqinlarim yonimda lek ko'zlari ko'rman.
Qo'rqaman azobli dardli o'lishdan, Yuragimga faryod solar dardlarim mahkum. Dilimdagin aytaolmam o'zgaga xech ham, Shukur qilib yashayapman boriga men ham.!
Дата: CHORSHANBA, 2013.12.11, 01:38 | Сообщение # 237
Группа: Удаленные
Muhabbat Qissasi.! - Ayro Taqdirlar.!
Gulim... Meni Kechir.! Seni Xech Unutolmadim.! O'z Hayotimdan Voz Kechdimu.! -Lekin Sendan Kecholmadim.!
Taqdir Yo'llarimiz Ayro Bo'lsada.! -Seni Sevishdan O'zimni Tiyolmadim.! Bu Qismatimning Yakuni Ayon Bo'lsada.! -Senga Intilishdan O'zga Yo'l Topolmadim.!
Meni Kechir... Bu Qalbimdagi So'zlarni.! -Sirligicha Qoldirib! -Senga So'zlamadim.! Tun-u Kun G'amga Cho'mib,Endi Bildimki.! -Men Seni Judayam Ko'p Sog'inyapman.!
O'sha Baxtsiz! -Noshukur Yuragimni.! Senla Baxtli Ekanligini Ketganingda Angladim.! Seni Qayerga Yo'l Olganingni Bilmadimu.! -Lekin Men Albatta Ortingdan Izlab Boraman.! Gulim...
Yigit bilan Qiz.! Ular bir-birini jonidan ortiq sevishardi.! Kunlarni tunga ulab,o'rtasidagi masofa uzoq bo'lsada,bir-birlariga yonma-yon o'tirgandek xis qilishardi.! Ularning hayoti baxt va orzu-niyatlarga to'la,sevgidan mast bo'lib yashashardi.! Garchi yigit qizni ko'rmagan bo'lsada,qizning shirin ovozi uni mahliyo qilib,hayollarini yettinchi osmonga ko'targandek tuyulardi.! Qiz ham sevgan yigitidan olis bo'lsada,uning ko'ngil dardlarini-oq ko'ngil shirin so'zlarini hurmat qilib sevardi.! Ha ularning tanishuvi oddiy bir internet aloqasi va qo'ng'iroq ovozi bilan boshlangandi.! Kunlardan bir kun yigit yolg'izlikdan zerikib oilasidan uzoqda o'z hayoti haqida o'ylab o'tirganda.! Telefonining ovozi hayolini buzadi.! Sms kelibdi begona raqam.! Yigitning esa telefonida puli ham yo'q kim ekanligiga qiziqardi va unga qo'ng'iroq qilishini so'rab sms yozardi.! Biroz vaqtdan keyin javob keladi.! Bu sms ularning birinchi tanishuv kuni bo'ladi.! Uzoq masofalar shu kundan boshlab qiz va yigitni bir biriga yaqinlashtiradi.! Ular har kuni telefonda gaplashar smslashar edi.! Ko'p o'tmay yigit hayot qiyinchiliklarini unutadi,qishning sovuq shamollari yuzidagi g'amni uchirib ketib muloyim kulgu baxsh etadi.! Yigit qizga kundan kunga bog'lanib uni sevib borardi.! Zora qizni ko'rmasada uning uchun shunchalar go'zal shunchalar latofatli deb bilardi.! Qiz ham juda yigitning mehrini xis qilib sovuq qishning shamollarida yigit bag'rida isinayotgandek uning taftini xis qilib yashardi.! Lekin bu sevgi qissasi uzoqqa cho'zilmadi.! Baholanki yigit bilan qiz bir biridan olis bo'lsada ular baxt sari intilishgan birga bo'lishga axd qilishgandi.! Ammo bu orzu niyatlari amalga oshmadi.! Ularning taqdir yo'llari bu hayotda kesishmasligini bilgan qiz yigitning sevgisini kundan kunga rad qilib borar.! Qiz yigitni o'zidan uzoqlashtirishga urinardi.! Yigit esa hammasini tushunar va qizni ko'ngliga quloq solardi.! Qiz yig'lamasdi ammo uning yuragidagi ko'z yoshlari yigitga telefon ovozidagi so'zlaridan qulogiga eshitilib turar edi.! Ular tez orada ajrashib telefonda gaplashmay ketishadi.! Bu hayotning sinovlari yana bir ikki yoshni toptap tashlaydi.! Sevgiga qadam qo'ygan ikki yosh,oradagi masofa uzoqligini yuraklarining yaqinligi uchun xis qilishmas va bir-birlarini sevishardi.! Lekin bu tuyg'ularni o'zga insonlar xis qilisholmadi.! Qizning Ota-Onasi bunga qarshilik qilishadi.! Seni uzoq joyga kelin qilmaymiz deb so'zlarida qat'iy turib olishadi.! Qiz qancha harakat qilmasin yolvorishlaru iltimoslari Ota-Onasining so'zlarini o'zgartirolmaydi.! Mana shu asnoda kunlar oylar o'tib boradi.! Yigitning esa bu vaqtda oilaviy tashvishlari qiynab qo'yadi.! Kunda telefoniga razm solib qo'yar,bir marta bo'lsayam qo'ng'iroq qilarmikan deb o'ziga-o'zi savol berib qo'yardi.! Lekin endi kech bo'lgan qiz uni unutgandi.! Ota-Onasining so'zlariga qarshilik qilolmaydigan qiz o'z ibo-hayosini yuqotmaydi.! U oilada yakkayu yagona qiz ekanligini va Ota-Onasi baribir sevganiga berishmasligini takror va takror yigitga qaytarardi.! Yigit esa chekinmas edi.! Afsuski ayriliq va Ota-Ona so'zi sevgidan ustun keldi.! Qiz boshqa qo'liga telefon apparatini olmadi.! U yigitni unutdi.! Yigit esa hali ham uni kutar va u ketgan yo'llardan borishga harakat qilardi.!
Дата: YAKSHANBA, 2013.12.29, 01:17 | Сообщение # 242
Группа: Удаленные
Sen meni menchalik xech sevolmaysan, Men uzoqda sen esa mensiz baxtlisan. Biroz qattiq gapirsam rashk qilma deysan, Gar rask qilsam sen menga chiday olmaysan.
Bo'lma oshiq senga shirin so'z gapirganga, Qizlar sevar qulog'idan qulfin ochganda. Aldanib qolmagin shirin so'zlarga, Men rask qilsam sen menga chiday olmaysan.
Дата: MUBORAK JUMA, 2014.09.05, 09:02 | Сообщение # 243
Группа: Удаленные
Yetmadim yetolmadim qo'l cho'zib tutolmadim, Sen soyamga o'xshaysan bag'rimga bosolmadim. Qanchalar armon bo'lding qalbimga tikonmiding, Sevgan gulim senmasmi xazonlarga yor qilding.
Chorlagaysan o'zingga vafo bormi so'zingga, Qaysi gunohim uchun azob berarsan menga. Yuragim dardga to'ldi ko'z yoshim daryo bo'ldi, Kechirmayman ket endi muhabbat senla o'ldi.
Buncha qiynading hayot qilgin birgina savob, Unutgim kelar ammo yurak bermaydi javob. Sensiz yashagim kelar bag'rimni alam tilar, Bu bevafo go'zallar qachon ko'zlari to'yar.
O'zimdan kechsammikan o'zgani sevsammikan, Yuragimni sug'urib o'zgaga tutsammikan. Ozorlarni ko'p bergan o'tmishimni tark etib, Ochilmagan g'unchaga pok mehrim bersammikan.
Kechiksangda kelsayding yolg'iz meni desayding, G'uncha gulim kech kelsada vafoli yor bo'lsayding. Yetmadim yetolmadim qo'l cho'zib tutolmadim, Vafoli yor qo'lidan shirin choy icholmadim..!
Дата: YAKSHANBA, 2014.09.07, 01:11 | Сообщение # 245
Группа: Удаленные
Huvillagan bag’rimni qanday to’ldiray, Bu sog’inchli azobimni qanday qondiray. Izlab qoldi ko’zlarim diydoringizni, Otajonim endi sizni qaylardan topay.
Mayus ko’zim ko’zlarizga to’ymayin qoldi, Shirin so’zim tillarimdan chiqmayin qoldi. Go’dak kabi murg’ak jonim tashlab kettizmi, Otajonim endi sizni qaylardan topay.
Ey do’stlarim Ota nomi buyuk so’z ekan, Kimda Ota bo’lsa uning baxti but ekan. Menda endi ushalmagan tilak shu ekan, Otajonim endi sizni qaylardan topay.
Besh farzandning suyangani tog’i edingiz, Guldek nozik nabiralar bog’i edingiz. To’yimgacha yana besh yil kutmay kettingiz, Otajonim endi sizni qaylardan topay.
Huvillagan yuragimni qanday to’ldiray, Bu armonli sog’inchimni qanday qondiray. Qabringizni bugun borib ziyorat qilay, Otajonim sizga huzur-xalovat so’ray..!
Дата: DUSHANBA, 2014.10.27, 13:34 | Сообщение # 249
Группа: Удаленные
Xotiramdan o'chmaydi o'sha qora ko'zlari, Qulog'imda jaranglar uning shirin so'zlari. Unutolmay qiynaldim muhabbatning soyasin, Ko'ksim tilib ketdi gulim endi yo'qdir chorasi.
Sevgiga qo'lim berdim uni qo'lin tutmadim, Sevaman deb aytdimu lek yoniga bormadim. Ilojim qancha edi masofa uzoq endi, Uni sevdimu ammo ayriliq yaqin keldi.
Misli ikki gul edik ajratolmasdi xech kim, Men uni sevar edim uzib ketdilar gulim. Netay yolg'iz qiynaldim sevgilim mendan olis, Unutolmay esladim sevarman gulim xanuz.
Hali senga so'zim ko'p yurakda qolgan o'zing, Tomirimda oqqan qonga kuch berar sening so'zing. Eslayman tunlarimiz shirin suhbatlarimiz, Uzun soching tolasiga bog'lardik yuragimiz.
Sensiz hayol parishon sherlarim tugab qoldi, Bahordagi gul edim kuz fasli xazon qildi. Qaniydi bir kun qaytsang Laylim Majnuning bo'lsam, Sen bilan uzoqlarga bir umr qochib ketsam.!
Дата: MUBORAK JUMA, 2014.11.07, 08:54 | Сообщение # 250
Группа: Удаленные
Men seni sog’indim,sog’indim juda, Yuragimni qiynar g’amlar behuda. Bahor gullari ham tark etdi ko’nglim, Gulim meni tark etdi og’riydi jonim.
Xazonlar sen bilan meni qalbimda, Yig’layapti sevgimiz tunlar tushimda. Ko’rgim kelar yonimda bahor chog'ida, Afsus armon bo’ldi bizga shabnam ko’zingda.
Bizni baxtlar quvladi uzoq va yaqin, Ko’zlarimiz tutashmadi bejo va mag’zun. Bir bor qo’ling tutolmadim kechirgin gulim, Orzularim armon mening baxtli sevgilim.
Seni also unutmadim unutolmadim, Birinchi bor chin sevgimdan kecha olmadim. Mayli baxtlar senla bo’lsin birga hamnafas, Meni esa tark etmadi yolg’izlik ketmas.
Hasta jonim urar bo’ldi sog’inib seni, Gunohim ne bilolmadim yolg’iz o’zimni. Azob berib qiynadimmi g’uncha gulimni, Meni kechir kechirolsang mendek tikanni.
Bedor tunlar qani edi tushimga kirsang, Bir borgina boldek shirin so’zing eshitsam. Sog’inganman bilmaysanda qanchalar seni, Sen baxtlisan mayli gulim unutgin meni..!