Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:54 | Сообщение # 107
Группа: Удаленные
Men dunyoni nima qildim, O`zing yorug` jahonim, O`zim xoqon, O`zim sulton, Sen taxti Sulaymonim, Yolg`izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O`zing mening ulug`lardan Ulug`imsan, Vatanim…
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:54 | Сообщение # 109
Группа: Удаленные
Sen Mashrabsan, Xalqda tumor, Balxda dorga osilgan, Navoiysan, shoh yonida Faqirini duo qilgan. Yassaviysan, meniki deb, Ko`ringan da’vo qilgan, Ming bir yog`i ochilmagan Qo`rig`imsan, Vatanim.
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:54 | Сообщение # 111
Группа: Удаленные
Kim Qashqarni qildi makon, Kim Enasoy tomonda, Jaloliddin – Qurdistonda, Boburing – Hindistonda, Bu qanday yuz qarolig` deb Yotarlar zimistonda, Tarqab ketgan to`qson olti Urug`imsan, Vatanim…
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:55 | Сообщение # 113
Группа: Удаленные
O`tgan kuning – o`tgan kundir, O`z boshingga yetgan kun, Qodiriyni bergan zamin, Qodiriyni sotgan kun. Qo`lin bog`lab, Dilin dog`lab, Yetaklashib ketgan kun, Voh bolam! deb aytolmagan Dudug`imsan, Vatanim.
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:55 | Сообщение # 114
Группа: Удаленные
Yoningda qon yig`lagan bir Shoiringga qarab qo`y, Gar Qo`qonga yo`ling tushsa, Detdomlarni so`rab qo`y. Hech bo`lmasa Usmon hokin Keltirmoqqa yarab qo`y, Olislarda qurib qolgan Qudug`imsan, Vatanim…
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:55 | Сообщение # 115
Группа: Удаленные
Sen – shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, Ota desam, O`glim deb, Bosh egib turgan chinorim, Qo`ynimdagi iftixorim, Bo`ynimdagi tumorim, O`zing mening ulug`lardan Ulug`imsan, VATANIM !
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:56 | Сообщение # 119
Группа: Удаленные
Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni, Ham oq yuvib-taragansan o`zing bizni. Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib, Kunimizga yaragansan o`zing bizni. Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:57 | Сообщение # 120
Группа: Удаленные
Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga, Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga. Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib, Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga. Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:57 | Сообщение # 121
Группа: Удаленные
Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi, Ko`zlariga ikki dunyo tor bo`ladi. Shodon daming ko`rolmagan yurtfurushlar Bir kun bir kaft qumlog`ingga zor bo`ladi. Yoningda turgaymiz seni, O`zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:57 | Сообщение # 122
Группа: Удаленные
Gul ko`ringan dashtingdagi giyoh-xasdir, Soddadilu ulug`vorlik senga xosdir. Sevamizki, cho`llaring ham bizga jannat, Tuprog`ing ham Makka misol muqaddasdir. Onadek ko`rgaymiz seni, O`zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!