PAYSHANBA, 2025.06.26, 09:37
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Модератор форума: AnDiJoNLiK_BeZoRi  
♥ ♥ ♥ ღ★♡♡vatan sheri ♡♡ ღ★♥ ♥ ♥
MUSILMONДата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 06:10 | Сообщение # 26
Группа: Удаленные





Yolg‘izlikning rutubatli ko‘chalarida,
Ne-ne oltin fasllarim o‘tdi junjikib.
She’riyatning tund qorong‘u ko‘chalarida
Yiroq-yiroq yulduzlarga boqdim entikib.
 
MUSILMONДата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 06:10 | Сообщение # 27
Группа: Удаленные





Ig‘vo, hasad, fitna bilan to‘lgan bu hayot,
Har onimda mingta etdi bir hasratimni.
Xira tuman orasida butkul koinot,
G‘ira-shira ilg‘ar edim mamlakatimni.
 
MUSILMONДата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 06:10 | Сообщение # 28
Группа: Удаленные





Eslar edim Buxoriyni, Yassaviyni ham,
Ha, ha, ayri tushmagandi xotirotimdan,
Faqat ular chalinardi ko‘zimga mubham,
Lekin sira ketmas edi xayolotimdan.
 
MUSILMONДата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 06:10 | Сообщение # 29
Группа: Удаленные





Ham Temurbek, ham Ulug‘bek, Alisher, Bobur,
Sizlar tuzgan ul saltanat - Saltanat bo‘ldi.
Ulug‘ tarix Turkistonga cho‘ng guvoh erur,
Davlat edik, davlat edik, u davlat bo‘ldi!
 
MUSILMONДата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 06:10 | Сообщение # 30
Группа: Удаленные





O’zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi chinakam,
Ushbu kunni, ayting-chi, qay birimiz kutmadik.
Zarur bo‘lgan chog‘da goh dor tagida turib ham,
Qay birimiz tarixning sinovidan o‘tmadik.
Dong‘il safarga chiqdi endi hur O’zbekiston,
Kimgadir oyoqosti, kimga u osmon bo‘ldi.
Shukrkim, o‘z-o‘zini tanidi keksa jahon,
Ya’ni o‘zbek Davlatin jumlai jahon bildi.
 
MUSILMONДата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 06:11 | Сообщение # 31
Группа: Удаленные





Ne-ne kamsituvlarni ko‘rgan shu boshim bilan,
Ona xalqim, qoshingda tizza bukib turibman.
O’zbekcha gapirganda, bir chuqum oshim bilan
Sadaqai baxting deb borim to‘kib turibman.
 
MUSILMONДата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 06:11 | Сообщение # 32
Группа: Удаленные





Garchi doim ungandir gulchechaklar bog‘imda,
Temur va Navoiyni eslaymiz takror-takror.
Men-ku uzoq yasharman, lekin ketar chog‘imda
Tepamda egilajak o‘z tug‘im - bayrog‘im bor!
 
MUSILMONДата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 06:11 | Сообщение # 33
Группа: Удаленные





Nasib etmish bu kunlar, taralsin yangroq unlar,
Do‘stlar bilar yonma-yon qutlaylik bu ayyomni.
Iloyo, boshimizga kelmasin qaro kunlar,
O’zbegim, deb ko‘taring, do‘stlarim, oltin jomni.
 
MUSILMONДата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 06:11 | Сообщение # 34
Группа: Удаленные





Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon,
O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim…
 
MUSILMONДата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 06:11 | Сообщение # 35
Группа: Удаленные





Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri –
Ilig`imsan, Vatanim.
 
MUSILMONДата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 06:11 | Сообщение # 36
Группа: Удаленные





Sen Mashrabsan,
Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko`ringan da’vo qilgan,
Ming bir yog`i ochilmagan
Qo`rig`imsan, Vatanim.
 
MUSILMONДата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 06:12 | Сообщение # 37
Группа: Удаленные





Sen Ho`jandsan,
Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon
Cho`lig`imsan, Vatanim.
 
MUSILMONДата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 06:12 | Сообщение # 38
Группа: Удаленные





Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Qurdistonda,
Boburing – Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig` deb
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to`qson olti
Urug`imsan, Vatanim…
 
MUSILMONДата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 06:12 | Сообщение # 39
Группа: Удаленные





O`g`lim desang osmonlarga
G`irot bo`lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Navkar bo`lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug`beging quchgayman,
G`ichir-g`ichir tishimdagi
So`lig`imsan, Vatanim…
 
MUSILMONДата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 06:12 | Сообщение # 40
Группа: Удаленные





O`tgan kuning – o`tgan kundir,
O`z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo`lin bog`lab,
Dilin dog`lab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan
Dudug`imsan, Vatanim.
 
MUSILMONДата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 06:18 | Сообщение # 41
Группа: Удаленные





Yoningda qon yig`lagan bir
Shoiringga qarab qo`y,
Gar Qo`qonga yo`ling tushsa,
Detdomlarni so`rab qo`y.
Hech bo`lmasa Usmon hokin
Keltirmoqqa yarab qo`y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug`imsan, Vatanim…
 
MUSILMONДата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 06:18 | Сообщение # 42
Группа: Удаленные





Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
O`glim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo`ynimdagi iftixorim,
Bo`ynimdagi tumorim,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, VATANIM !
 
MUSILMONДата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 06:18 | Сообщение # 43
Группа: Удаленные





Sen agar bug‘doy boshoq bo‘lsang somoningman, Vatan,
Toabad boshing omon bo‘lsin, tovoningman, Vatan.
 
MUSILMONДата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 06:18 | Сообщение # 44
Группа: Удаленные





Barcha yaxshi, barcha oqil, barcha dono, faylasuf,
Qimtinib bir chekkada yurgan yomoningman, Vatan.
 
MUSILMONДата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 06:19 | Сообщение # 45
Группа: Удаленные





Chor taraf zulmat, tuman, uvlaydi ming -minglab shoqol,
To sahar gulxan yoqib chiqqan cho‘poningman, Vatan.
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 23:03 | Сообщение # 46
Группа: Удаленные





Qiyosi yo'q uning mehri bir
daryo,
O'xshasa o'ziga o'xshaydi
O'zbek.
Boshqa millatlarni
bilmadim, ammo,
Dunyoda bolam deb
yashaydi O'zbek!
O'nta bo'lsa o'rni boshqa
uningchun,
O'g'lim otashimdan
yaralgan uchqun.
Qizim parilardan chehrasi
gulgun,
Qoshlari qalam deb
yashaydi O'zbek!
Bir qo'lda belanchak, bir
qo'lda Qur'on,
Bir yelkada ketmon, birida
iymon.
Barchaga barobar
oftobsimon,
Yashnasin olam deb
yashaydi O'zbek!
Bobolari qaysi yigitlardan
kam,
Momolari hushro'y yuzdan
oshsa ham.
Zurryodlari bo'lsa bitta
uyga jam,
To'shak yetmay to'nin
to'shaydi O'zbek!
Ehtirom etganga ehromlari
bor,
Kekkayganga bo'yin
egmaydi zinhor.
Beshik to'la jajji islomlari
bor,
Tosh o'tmas qo'rg'onga
o'xshaydi O'zbek!
Qiyosin topdingmi aytgin
Muhammad?
O'xshasa o'ziga o'xshaydi
O'zbek.
Yomon sher yozsang ham
betingdan o'pib,
Kam bo'lma bolam deb
yashaydi O'zbek!
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:42 | Сообщение # 47
Группа: Удаленные





Tinch edi hamma yoq, tinch edi har yon,
Titradi go‘yoki yer bilan osmon.
Boshimga xastalik tushdi nogahon,
Meni olib keting o‘z diyorimga.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:43 | Сообщение # 48
Группа: Удаленные





Issiq jon, deydilar, jon bo‘lsa bo‘lar,
Payt kelsa chechak ham sarg‘ayar, so‘lar.
Kim bilgay paymonang qay yerda to‘lar,
Meni olib keting o‘z diyorimga.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:43 | Сообщение # 49
Группа: Удаленные





Ginam bor bu yurtning na havosidan,
Mehribon doktorning na davosidan.
Qaytarmang xastani muddaosidan,
Meni olib keting o‘z diyorimga
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:43 | Сообщение # 50
Группа: Удаленные





Sha’nimga g‘ayurlar bir so‘z demasin,
Har kim o‘zi tortar umr kemasin.
Hech kimni mushtoqlik dardi yemasin,
Meni olib keting o‘z diyorimga.
 
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz