Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:45 | Сообщение # 57
Группа: Удаленные
Har qanday lashkarning ham O’z tug‘i, yalovi bor, Sen qaysi saltanatdan, Sen qaysi davlatdan kam. Qo‘rg‘onlar qatorida Bir qo‘rg‘onsan ustuvor, Vallamat, tug‘dor yurtim, Muhtasham Respublikam.
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:45 | Сообщение # 58
Группа: Удаленные
O’ylayman, ha, olamda Nisbiy erur ko‘p holat, Zamona g‘alviridan Har narsa o‘taverar. Tarix uchun va lekin Kim ham bergay kafolat, Yakka inson bir yo‘lchi: Kelaru ketaberar.
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:45 | Сообщение # 59
Группа: Удаленные
Qadim-qadim zamonda Yunonlik haykaltarosh, Bir san’at yaratibdi, Maqsadi - bir burda non. Haykal esa asrlar Sinoviga bermish dosh, Bugun uni ko‘klarga Ko‘tarar butkul jahon.
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:45 | Сообщение # 60
Группа: Удаленные
Ko‘zni kattaroq ochib Boqsang bu muammoga, Alam qilgulik qadar Kam yashar inson zoti, Faqatgina xalq sohib Bardavom bu dunyoga, Asragay har kas nomin Faqat xalqning hayoti.
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:45 | Сообщение # 61
Группа: Удаленные
Sanasang hodisot mo‘l O’zbekning tarixida, Har biriga bir noma Yoki doston bitgulik. Ne zotlar oqmagan bu Asrlar arig‘ida, Har biri bitta xalqning G‘ururiga yetgulik.
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:45 | Сообщение # 62
Группа: Удаленные
Barchaga ayon erur Men aytgan ushbu gaplar, To hanuz asablarni Ezg‘ilar bu shum o‘tmish. Moziyga o‘qtin-o‘qtin Sochsak hamki g‘azablar, Lekin ayting, o‘zbekning Qo‘lidan kim ham tutmish?
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:45 | Сообщение # 63
Группа: Удаленные
Bir kuni yovqur shoir Ya’ni Turdi Farg‘oniy, Bo‘ltak bo‘lgan bu xalqqa Birlash deb qildi xitob. Bejavob qolaberdi Uning dardli so‘rog‘i, O’sha-o‘sha zamin kar, O’sha-o‘sha gung oftob.
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:46 | Сообщение # 64
Группа: Удаленные
Bugun zimdan nazar sol Sen mana bu bayroqqa, Mayliga bir daqiqa Unutgin turfa kekni. Shu bayroq nomimizni Eltdi yiroq-yiroqqa, Shu bayroq birlashtirdi Parokanda o‘zbekni.
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:46 | Сообщение # 67
Группа: Удаленные
Vatan deb men bayon qildim, ayo do‘stlar, muxammasni, Vatanni kim ulug‘ bildi, aziz bildim men ul kasni. Vatan deb jo‘sh urar ersa ko‘targum boshima xasni, Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas. Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:47 | Сообщение # 69
Группа: Удаленные
Bobolar kechmishin hargiz faromush aylamang, do‘stlar, Haqiqat tongi otganda ani tush aylamang, do‘stlar, Agar kim e’tiqodsizdur, ani xush aylamang, do‘stlar, Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas. Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:47 | Сообщение # 70
Группа: Удаленные
Diyorim O’zbekistondur, ki andin iftixorim bor, Demakkim, hur adolatlig‘, davlati barqarorim bor, Onamdek mehribon, munis Vatan bor, g‘amguzorim bor, Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas. Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:48 | Сообщение # 75
Группа: Удаленные
Men bechora bir odamman, Ertangi kunim, Ne bo‘lishin bilmaydigan ojiz bandaman. Yeru osmon o‘rtasida topmagan qo‘nim, Botinimda botmon toshu zohir xandaman.