Дата: DUSHANBA, 2012.04.30, 09:00 | Сообщение # 429
Группа: Удаленные
Qiyosi yo'q uning mehri bir daryo, O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek. Boshqa millatlarni bilmadim, ammo, Dunyoda bolam deb yashaydi O'zbek! O'nta bo'lsa o'rni boshqa uningchun, O'g'lim otashimdan yaralgan uchqun. Qizim parilardan chehrasi gulgun, Qoshlari qalam deb yashaydi O'zbek! Bir qo'lda belanchak, bir qo'lda Qur'on, Bir yelkada ketmon, birida iymon. Barchaga barobar oftobsimon, Yashnasin olam deb yashaydi O'zbek! Bobolari qaysi yigitlardan kam, Momolari hushro'y yuzdan oshsa ham. Zurryodlari bo'lsa bitta uyga jam, To'shak yetmay to'nin to'shaydi O'zbek! Ehtirom etganga ehromlari bor, Kekkayganga bo'yin egmaydi zinhor. Beshik to'la jajji islomlari bor, Tosh o'tmas qo'rg'onga o'xshaydi O'zbek! Qiyosin topdingmi aytgin Muhammad? O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek. Yomon sher yozsang ham betingdan o'pib, Kam bo'lma bolam deb yashaydi O'zbek!
Дата: DUSHANBA, 2012.04.30, 09:00 | Сообщение # 430
Группа: Удаленные
Vatan nima, vatan bu, Jonday aziz bir tuyg'u, Qayda bo'lsang ham ko'ngling, Vatanda yashar mangu! Vatan nima, vatan bu, Sen yaproqsan, ildiz u, Sen osmonsan yulduz u, Daryo bo'lsang, ildiz u! Vatan nima, vatan bu, Sajdagohday maskan bu, Har tuyg'udan baland u, Joningga jon dilband bu! Bir bor o'ylaganmisan, Qalbing qiyganmisan, Dildan so'raganmisan, Vatan nima, VATAN-bu! Onam ko'zidagi dard, Otam so'zidagi shart. Vatan nima, vatan-bu, Bolam dilidagi shaxd!!! SMS&MMS KUTAMAN! Albatta javob qaytadi! SMS&MMS jo'natganlarga esa katta rahmat!
Дата: PAYSHANBA, 2012.05.31, 10:05 | Сообщение # 433
Группа: Удаленные
Tinch edi hamma yoq, tinch edi har yon, Titradi go‘yoki yer bilan osmon. Boshimga xastalik tushdi nogahon, Meni olib keting o‘z diyorimga.
Issiq jon, deydilar, jon bo‘lsa bo‘lar, Payt kelsa chechak ham sarg‘ayar, so‘lar. Kim bilgay paymonang qay yerda to‘lar, Meni olib keting o‘z diyorimga.
Ginam bor bu yurtning na havosidan, Mehribon doktorning na davosidan. Qaytarmang xastani muddaosidan, Meni olib keting o‘z diyorimga.
Sha’nimga g‘ayurlar bir so‘z demasin, Har kim o‘zi tortar umr kemasin. Hech kimni mushtoqlik dardi yemasin, Meni olib keting o‘z diyorimga.
Talpingan diyorim, u - O’zbekiston! Sehrini aytishga bormi hech imkon! Yo‘q, o‘zga yurtlarda berolmasman jon, Meni olib keting o‘z diyorimga.
Дата: CHORSHANBA, 2012.08.15, 01:46 | Сообщение # 435
Группа: Удаленные
O`tgan kuning - o`tgan kundir, O`z boshingga yetgan kun, Qodiriyni bergan zamin, Qodiriyni sotgan kun. Qo`lin bog`lab, Dilin dog`lab, Yetaklashib ketgan kun, Voh bolam! deb aytolmagan Dudug`imsan, Vatanim.
Men dunyoni nima qildim, O'zing yorug' jahonim, O'zim xoqon, O'zim sulton, Sen taxti Sulaymonim, Yolg'izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O'zing mening ulug'lardan Ulug'imsan, Vatanim
Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga. Singlim deymi, Onam deymi, Hamdardu hamxonam deymi, Oftobdan ham o'zing mehri - Ilig'imsan, Vatanim.
Sen Mashrabsan, Xalqda tumor, Balxda dorga osilgan, Navoiysan, shoh yonida Faqirini duo qilgan. Yassaviysan, meniki deb, Ko'ringanni da'vo qilgan, Ming bir yog'i ochilmagan Qo'rig'imsan, Vatanim.
Sen Ho'jandsan, Chingizlarga Darvozasin ochmagan, Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan, Muqannasan qorachig'i Olovlarga sachragan, Shiroqlarni ko'rgan cho'pon Cho'lig'imsan, Vatanim.
Kim Qashqarni qildi makon, Kim Enasoy tomonda, Jaloliddin - Qurdistonda, Boburing - Hindistonda, Bu qanday yuz qarolig' deb Yotarlar zimistonda, Tarqab ketgan to'qson olti Urug'imsan, Vatanim
O'g'lim desang osmonlarga G'irot bo'lib uchgayman, Chambil yurtda Alpomishga Navkar bo'lib tushgayman, Padarqushdan pana qilib Ulug'beging quchgayman, G'ichir-g'ichir tishimdagi So'lig'imsan, Vatanim
O'tgan kuning - o'tgan kundir, O'z boshingga yetgan kun, Qodiriyni bergan zamin, Qodiriyni sotgan kun. Qo'lin bog'lab, Dilin dog'lab, Yetaklashib ketgan kun, Voh bolam! deb aytolmagan Dudug'imsan, Vatanim.
Yoningda qon yig'lagan bir Shoiringga qarab qo'y, Gar Qo'qonga yo'ling tushsa, Detdomlarni so'rab qo'y. Hech bo'lmasa Usmon hokin Keltirmoqqa yarab qo'y, Olislarda qurib qolgan Qudug'imsan, Vatanim
Sen - shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, Ota desam, O'glim deb, Bosh egib turgan chinorim, Qo'ynimdagi iftixorim, Bo'ynimdagi tumorim, O'zing mening ulug'lardan Ulug'imsan, VATANIM!
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.11, 01:00 | Сообщение # 440
Группа: Удаленные
Тупроғи зар – шоҳона юртим, Халқи учун – кошона юртим. Улуғ мадҳинг кўйлагим келди, Ўтмишингга бўйлагим келди. Номи учмас достонларинг бор, Дунё бўйлаб сўйлагим келди. Азим юртсан – асл бўстонсан, Мустақил юрт – Ўзбекистонсан!
Номи улуғ, номи мунаввар, Руйи замин гўлбоғи ўзинг. Оллоҳ ўзи назар солган юрт, Илму урфон учоғи ўзинг. Даҳоларга макон бўлган юрт, Донишлардек улуғдир сўзинг. Жонларга жон – улуғ маконсан, Мустақил юрт – Ўзбекистонсан!
Ҳар жанглардан мардона ўтган, Туронини кафтида тутган. Темур номли буюк Жахонгир, Еру кўкни ларзага солди. Кўз кўрмаган бундай баҳодир, Шиддатидан ҳайратда қолди. Сеҳри бесёр – донғи жахонсан, Мустақил юрт – Ўзбекистонсан!
Буюк мунажжим - фан даҳоси, Элнинг ўлмас ёрқин сиймоси. Улуғбек само ўзра боқиб, Сенда юлдуз жадвалин тузди. Барчани лол қолдириб асар, Дунё бўйлаб кемадек сузди, Сенга фидо – жонларга жонсан, Мустақил юрт – Ўзбекистонсан!
Ҳар сўзлари жонлар даъвоси, Элимнинг энг зўр алломаси. Табобатнинг буюк ҳакими, Ибн Сино ҳам бағрингда ўсди. Оламни лол қолдириб у ҳам, “Тиб қонуни” асарин тузди. Меҳри дарё - бағри осмонсан, Мустақил юрт – Ўзбекистонсан!
Довруғингни таратган аждод, Темурбекдек буюк одамзод. Мирзо Бобур қиличин олиб, Хиндийгача забт этиб борди. Тожмаҳални битиб авлоди, Жахон ахлин юрагин ёрди. Халқинг учун - марду майдонсан, Мустақил юрт – Ўзбекистонсан!
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.11, 08:17 | Сообщение # 446
Группа: Удаленные
Tinchlikda o'tayotkan har bir fursatni. Qadriga yetaylik shukrona aytib. Beminnat noz-tuzi bu buyuk yurtni. Olqishlab kuylaylik yurakdan qalqib. Imkoniyat bo'sag'asi juda ko'p xalqni. Buguni-ertani hamisha porloq. Davlatlar nomidan oldik rag'batni, Sababki elimiz ahil va inoq.
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.11, 08:18 | Сообщение # 447
Группа: Удаленные
Dunyoda qutlovlar bor Biri biridan go‘zal, Dunyoda tabriklar bor Biri biridan ezgu. Va lekin bu olamda Topilmas hech bir mahal Ona-yurt qutlovidan Balandroq biror tuyg‘u. Shu mo‘’jaz hayotimni El-yurtga bog‘labman to, Bir ketmonchi o‘g‘liday Unga eshman, tirikman. Kahrabo tizimchaning Donasi kabi go‘yo Mustahkam shu qatorning Taqdiriga sherikman. Tong bilan jahon bo‘ylab Bir xabar qoqdi qanot, O’zbek yana o‘z so‘zin Ustuvor do‘ndiripti. Betimsol taloto‘pda Muzaffaru bosabot, O’zbek yana do‘ppisin Qiyalab qo‘ndiripti. Million yillik so‘z erur Paxta bizning lug‘atda, Jo‘yaklarda boshlangan Onalar to‘lg‘oq dardi. Mabodo o‘simlikka Zabon bitsa, albatta, Paxta navi eng avval O’zbekcha gapirardi. Odati nurin sochar Olamga har kun quyosh, Bag‘rida ne sirlar bor, Sig‘maydi tasavvurga! Shu bir chanoq paxta ham Zohirdan ma’sum, yuvosh Va lekin zahmatlari Sig‘mas ongga, shuurga. Dunyoda insonlar bor, Mayda bir armon sabab, Bir-birin yoqavayron, Tuproqqa qorishadi... Olamning egnin butlash . O’zbekka shudir matlab, Shu armon, deb cho‘ng xalqim Bir umr olishadi. Bizning uygan xirmonga Chambar qilsang chechakdan, Yulduzlar shabnam misol Bo‘ladi unga inju. Bolasi uyda qolgan Mushtipar kelinchakdan Xizrsifat cholgacha . Barchaning mehnati bu! Xalqim, sensan ellarga To‘kin dasturxon tuzgan, Ne’mating o‘zingga ham Barqaror bo‘lsin, deyman. Uygan bu xirmoning ham Quyoshga qo‘lin cho‘zgan Muhtasham haykalingga Poydevor bo‘lsin, deyman!
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.11, 20:43 | Сообщение # 450
Группа: Удаленные
Men dunyoni nima qildim, O`zing yorug` jahonim, O`zim xoqon, O`zim sulton, Sen taxti Sulaymonim, Yolg`izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O`zing mening ulug`lardan Ulug`imsan, Vatanim…
Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga. Singlim deymi, Onam deymi, Hamdardu hamxonam deymi, Oftobdan ham o`zing mehri - Ilig`imsan, Vatanim.
Sen Mashrabsan, Xalqda tumor, Balxda dorga osilgan, Navoiysan, shoh yonida Faqirini duo qilgan. Yassaviysan, meniki deb, Ko`ringan da'vo qilgan, Ming bir yog`i ochilmagan Qo`rig`imsan, Vatanim.
Sen Ho`jandsan, Chingizlarga Darvozasin ochmagan, Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan, Muqannasan qorachig`i Olovlarga sachragan, Shiroqlarni ko`rgan cho`pon Cho`lig`imsan, Vatanim.
Kim Qashqarni qildi makon, Kim Enasoy tomonda, Jaloliddin - Qurdistonda, Boburing - Hindistonda, Bu qanday yuz qarolig` deb Yotarlar zimistonda, Tarqab ketgan to`qson olti Urug`imsan, Vatanim…
O`g`lim desang osmonlarga G`irot bo`lib uchgayman, Chambil yurtda Alpomishga Navkar bo`lib tushgayman, Padarkushdan pana qilib Ulug`beging quchgayman, G`ichir-g`ichir tishimdagi So`lig`imsan, Vatanim…
O`tgan kuning - o`tgan kundir, O`z boshingga yetgan kun, Qodiriyni bergan zamin, Qodiriyni sotgan kun. Qo`lin bog`lab, Dilin dog`lab, Yetaklashib ketgan kun, Voh bolam! deb aytolmagan Dudug`imsan, Vatanim.
Yoningda qon yig`lagan bir Shoiringga qarab qo`y, Gar Qo`qonga yo`ling tushsa, Detdomlarni so`rab qo`y. Hech bo`lmasa Usmon hokin Keltirmoqqa yarab qo`y, Olislarda qurib qolgan Qudug`imsan, Vatanim…
Sen - shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, Ota desam, O`glim deb, Bosh egib turgan chinorim, Qo`ynimdagi iftixorim, Bo`ynimdagi tumorim, O`zing mening ulug`lardan Ulug`imsan, VATANIM !