Дата: PAYSHANBA, 2012.12.27, 13:50 | Сообщение # 26
Группа: Удаленные
Boyazid Bistomiy hazratlari jinnixona yonidan o‘tayotganlarida, bir tabibning havonchada dori maydalayotganini ko‘rib: -Behad gunohkorman, - debdilar, - shu kasalimga qarshi doring bormi? -Tabib boshini ko‘tarib ulgurmasdan, jinnixona panjarasidan qarab turgan bir xasta javob beribdi. -Tavbaning tomiri bilan istig‘forning yaprog‘ini aralashtir. Qalb havonchasida tavhid to‘qmog‘i bilan tuyib maydala. Insof elagidan o‘tkaz, ko‘z yosh bilan yo‘g‘ir, ishq tandirida pishir va bomdod bilan shom orasida ko‘proq tanovvul qil. Ko‘rasan xastaligingdan asar ham qolmaydi. Bistomiy hazratlarining ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib debdilar: -Yo, Robbim! Bu dunyo xastaxonasida ne tabiblaring bor!!!
Дата: PAYSHANBA, 2012.12.27, 15:05 | Сообщение # 27
Группа: Удаленные
Сообщений: 24407
Bani isroilda bir aka uka bo'lishgan ekan. Uka judayam ibodatga qattiq berilgan ertayu kech toat ibodatda. Aka ichkilikka ruju qo'ygan har kuni may ichib mast bo'lib yotar edi. Shunda ey aka uyalmaysizmi Xudodan, qo'rqmaysizmi Xudodan tashlang buni, man sizni qilayotgan ishizdan juda uyalyapman. Ey uka men bilan Ollohni qo'y men o'zim bilaman Ollohga muxabbatim qanchaligini men o'zim har kuni Ollohdan shu narsadan judo qilishini so'rayman eplolmayapman uka dashnom beraverma! Uka ibodatga berilganligidan o'zini ancha baland olardi qalbini shaytoni vasvasi, takkabur, kibr havo egalladi. Kibr havo egalagandan keyin iymonga darz ketdi. Bir kuni o'tirib man shu akami diliga ozor berib, ichkiligini gapirib tashlab kelgandim. Man nima qildim, ibodatku qilib nima ma'no topyapman, man ham borib akam bilan o'tirib mayxo'rlik qilmaymanmi? Mayishat qilmaymanmi? Bo'ldi, yig'ishirdim namozni ham, ibodatni ham. Borib akam bilan quy manga ham demanda mayxo'rlikni, ulfatchilikni boshlab yuboraman deb, akasi tomonga qarab yo'l oldi! Akasi may ichib turib birdan, qalbi erib ketdi: yo Rabbiy mendan necha yosh kichkina ukam ibodatda bo'lsa, bu narsalarni qilmasa, men yoshim katta bo'lib turib haliyam aqlimni taniyolmay kundan kun sog'lig'im ketib, ibodat qilmay bu omonat dunyodan shu may bilan o'tib ketamanmi? - TAVBA qildim Olloh. Meni isyonlarimi kechirgin. Hozir ukamni oldiga boramanda ukajonim meni kechir Olloh kechirsin. Ukam endi menga ibodatni o'rgatadi. Men TAVBA qildim, men tashladim bu ishlarni deyman deb tayyorlanib, ukasi tomon yo'l oldi! Qarangki taqdir taqazo ikkalovlari yo'lda vafot etdi! Olloh Taolo farishtalariga aytdi: ikkovini niyatiga yarasha, nima niyatda vafot qilishgan bo'lsa, niyatiga qarab Jannat va Do'zaxga olib bor. Akani niyati ibodat, tavba u Jannatga. Ukani niyati mayxo'rlik qilib maishat qilish aka bilan Olloh harom qigan narsani tanavul qilish niyatda dunyodan o'tdi, uni niyatiga qarab Do'zaxga! Xulosa: niyat holis bo'sin, niyat to'g'ri bo'sin!
Дата: PAYSHANBA, 2012.12.27, 15:19 | Сообщение # 28
Группа: Удаленные
Qaltis savollaga buyuk javoblar Imomi A’zamni uch dahriy savolga tutdi: -Alloh qachon tug’ilgan? -Qur’onda “U tug’magan va tug’ilmagan” deyiladi. - Xo’p, qachondan bor? - U zamondan oldin ham bor edi, hech bir narsa uning borligiga sabab bo’lmagan. - Misol bilan tushuntir? - Uchdan oldin ikki bor. Ikkidan oldin bir. Birdan oldin esa, hech narsa yoq. Birdan oldin hech qanqa son bo’lmaganidek, haqiqiy ma’noda BI bo’lgan Allohdan oldin hech narsa yo’qdir. - Alloh qayoqqa qarab turadi? - Qorong’u bir honada chiroq qayoqqa qaraydi? Hamma yoqqa. Xuddi shuningdek, yer va osmonlarning nuri bo’lmish Alloh ham hamma yoqqa qaraydi… Imomi A’zamning javoblaridan so’ng ular yana bittadan savol berishdi. Birinchisi: “Bizga Allohni ko’rsat”, dedi. Ikkinchisi: “Jahannamda olov bilan azob beriladi. Holbuki, jinlar olovdan yaratilgan. Olov olovdan ta’sirlanadimi?” deb so’radi. Uchinchisi: “Hamma narsa qazo va qadar bilan bo’ladi, deysan. Demak, har bir odam qiladigan ishlarini majburan qiladi. Shundaymi?” dedi. Shunda Imomi A’zam yerdan bir siqim tuproq olib ularning yuzlariga sochdilar. Ular qoziga shikoyat qilishdi. Qozining so’roviga Imomi A’zam: - Men uchta savolga bitta tuproq sochishim bilan bitta javob berdim. Bitinchi javob: tuproqdan uning ko’zi og’ridi. Ammo og’riqni ko’rolmadi. Bu bilan oddiygina ko’z og’rig’ini ko’rolmas ekan, Allohni ko’rishni da’vo qilmasa ham bo’lishini tushuntirdim. Ikkinchi javob: o’zi tuproqdan yaratilishiga qaramay, tuproqdan ozor ko’rdi. Olovning olovdan ta’sirlanishini angladi. Uchinchisi esa, jabriya farqasidan edi. “Odamlar ishlarini majburan qiladi”, derdi. Insondagi juz’iy irodani unitardi. Ammo mening juz’iy irodamni unutmadi, “tuproqni majburan otdi”, demadi. Mendan shikoyat qilib o’zini yolg’onchiga chiqardi, - dedilar.
Дата: PAYSHANBA, 2012.12.27, 18:34 | Сообщение # 29
Группа: Удаленные
Сообщений: 24407
Тo‘rt shаm Bir xonada to‘rtta sham sokin yonardi. Xonada, shu qadar sokinlik hukm surar ediki, ular orasidagi shivirlashlar ham bemalol eshitilardi. Birinchi sham «Men – tinchlikman» debdi. «Afsus, hech kim meni doim yonib, atrofimga yorug‘lik sochib turishimga yordam bermayapti. Endi esa so‘nish arafasida turibman»… va u sokingina qorong‘ilikka ko‘milibdi… Ikkinchi sham «Men – Iymonman» debdi. «Ammo, endi kerak ekanligimga ishonmayman… yonib turishimning ham hech bir qiymati yo‘q»,derkan, yengil shabada unining yorug‘ligini ham so‘ndiribdi… Uchinchi sham juda xafa ko‘rinardi. «Men – Sevgiman, lekin atrofimga yorug‘lik sochishga kuchim qolmadi. Insonlar meni doim bir burchakka surib qo‘yishadi. O‘zlariga eng yaqin bo‘lganlarni ham sevmay qo‘ydilar...» deya sevgi shami ham so‘nibdi… Shu vaqt xonaga bir bola kiribdi. Uch shamning so‘nganini ko‘rib sababini so‘rabdi va afsuslanib yig‘labdi. Shunda, to‘rtinchi sham yumshoq, tinchlantiruvchi tovush bilan boladani yig‘lashdan to‘xtashini so‘rabdi. «Qo‘rqma, men atrofimga yorug‘lik sochib turar ekanman, boshqalar yangidan yonishadi va ular ham yoritishni davom ettirishadi, zero men UMIDMAN!». Ko‘zlari porlagan bola umid shamini olib boshqa shamlarni birma-bir yoqibdi… Ichingizda umid shamini also so‘ndirmang! Boshqa so‘nish atrofida bo‘lgan uch shamning ham davomli yoniq qolishi uchun harakat qiling…
Дата: PAYSHANBA, 2012.12.27, 18:44 | Сообщение # 32
Группа: Удаленные
Tamagir Qadim zamonda saxiyligi bilan nom chiqargan bir podshoh o‘zining kishilaridan biriga: — Men bir kishiga ming tanga bermoqchiman, sen nima maslahat berasan?—dedi. — Buncha ko‘p pulni bir kishiga berib bo‘lmaydi,— deb maslahat berdi u kishi. — Yarmisini bir kishiga bersam bo‘ladimi? — Ko‘plik qiladi. — Uchdan birini bersamchi? — Ko‘plik qiladi. — To‘rtdan biriga maslahat berasanmi? — Bu ham ko‘p. Shundan keyin podshohning u yaqin odami bir kishiga faqat yuz tanga berishga maslahat aytib: — Bir kishiga yuz tanga berish ko‘p bo‘lsa ham mayli, yuz tanga bera qoling,— dedi. Podshoh uning qarorini eshitib: — Qanday baxtsiz odam ekansan? Men bu ming tangani senga bermoqchi edim. Bergan maslahating soyasida ming tangadan o‘zingni mahrum qilding va meni saxovatdan man aylading,— dedi. U kishi podshohning so‘zini eshitib pushaymonlik o‘tida yondi: — Men xato ish qildim, mendan marhamatingizni darig‘ tutmang,— dedi. Podshoh uning yalinib-yolvorishiga iltifot qilmay: — Sen azob-uqubatga loyiq bo‘lgan, ehsonga qobil bo‘lmagan himmatsiz, pastkash odam ekansan. O’zingga ham, menga ham ziyon yetkazding. Mening ziyonim agar o‘sha ming tangani bir kishiga bersaydim, saxiylik bilan mashhur bo‘lardim, muruvvatim ovozasi boqiy qolardi. Shuncha puldan mahrum bo‘lish bilan sen ziyon tortding. Endi o‘z qaroring bo‘yicha senga yuz tanga beraman, mana ol, bundan keyin mening majlisimda aslo pastkashlik qilmagil,— dedi. U yaqin kishisiga yuz tanga berib, huzuridan chiqarib yubordi.
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.12.28, 12:06 | Сообщение # 33
Группа: Удаленные
Ibratli hikoyatlar Hech o'ylab ko'rdingizmi? Mol-davlatimiz ortdi,ammo huzur halovatimiz yo'qoldi. Qulayliklar ortdi,ammo vaqtimiz kamaydi. Dorilar ko'paydi, kasalliklar ozaymadi. Kech yotib, saharda charchoq bilan uyg'onamiz. Kam kitob o'qiymiz, ko'p televizor ko'ramiz. Ko'p gapiramiz-u, kam e'tibor beramiz. Pul topishni o'rgandik, sarfni eplolmadik. Oyga uchib qaytishni bilamiz,lekin qo'shnimiz holidan habar olish uchun ikki qadam bozmaymiz. Fazoda nima bo'layotganini bilamiz,lek ichki kechinmalarimizdan behabarmiz. Havoni tozalaymiz, lekin ruhlarimiz kir. Rejalar tuzamiz, natijalar ko'rinmaydi. Shoshilishni o'rgandik, sabrni esa yoddan chiqardik. Tanishlarimiz ko'p, do'stlarimiz kam. Yutuqlarimiz ko'p, quvochlarimiz kam. Ko'p narsani bilamiz, amalimiz kam. Doimo labimizda kulgu,lek ko'z yoshimiz kam. Va nihoyat: umrga yillar qo'shdik, ammo ba yillarga hayot bahsh qilolmadik...
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 06:48 | Сообщение # 34
Группа: Удаленные
Bosh sahifa Ibratli hikoyatlar Otaning himmati. Qalb mamlakati. 3 dirhamlik jannat savdosi Hikmatlar sandig'i Ilm ko‘tarilmasidan uni o‘rganinglar. Ilm olimlarning vafoti tufayli ko‘tariladi. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Alloh yo‘lida shahid bo‘lgan kishilar (Qiyomat kunida) olimlarga berilgan karomat-darajalarni ko‘rib: «Koshki bizni ham Alloh olim qilib tiriltirsa», deb orzu qiladilar. Zero, hech kim olim bo‘lib tug‘ilmaydi. Ilm o‘rganish, ta’lim olish bilan egallanadi. Abdulloh ibn Mas’ud Otaning himmati. Qalb mamlakati. 3 dirhamlik jannat savdosi OTANING HIMMATI Imom A’zam rahmatullohi alayhning oldilariga bir odam o’g’lini o’qishga olib kelgan ekan. 20 yil o’tibdi hamki, u tolib deyarli hech nimani o’rganmabdi. Abu Hanifa tolibning otasini chaqirib aytgan ekanlar: - O’g’lingizni olib ketavering. Olim chiqmadi undan. Endi uni borib ishlating. Pul topsin. O’g’lidan juda katta narsani umid qilib yurgan otasi dunyoning o’sha paytdagi eng katta mujtahidiga shunday degan ekan: - Taqsir, hech bo’lmasa sizchalik bo’lmaydimi? Otaning himmatini ko’rib, Imomi A’zam aytgan ekanlar: - Sizning himmatingiz juda katta ekan. Endi tashlab ketavering. Inshaalloh o’g’lingiz olim bo’ladi. Foyda: Bolani qori, olim qiladigan narsa – otaning xolis himmatidir. Shuning uchun ota farzandi kamoli uchun Allohdan astoydil so’rashi kerak. QALB MAMLAKATI Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar: “Dunyoning eng buyuk podshoshi biron mamlakatga bostirib kirsa, avval o’sha davlatning eng kiborlarini xor qilib tashlaydi. Qalb ham juda keng bir mamlakat. Uning ham ichida Kibr, Baxillik, Harislik, Yomon gumon degan iflos kiborlari bor. Shu mamlakatga shohlarning Shohi kirib kelsa bormi, ularning hammasi yuvilib ketadi. Bas, qalbni ziynatlantirish uchun ko’p zikr qiling”. 3 DIRHAMGA JANNAT SAVDOSI Buyuk muhaddis Imom Abu Dovud dengizning qirg’og’ida o’tirsalar, uzoqdagi kemada ovozi baland insonning aksa urganini, so’ng “Alhamdulillah” deganini eshitibdilar. “Alhamdulillah” deyilgandan keyin “Yarhamukalloh” deyish vojib. Abu Dovud “Yarhamukalloh” demoqchi bo’lsalar, u odam eshitmaydi. Chunki hazratning ovozlari baland emas, aksa urgan odam esa uzoqda. “Alhamdulillah”ni eshitgan odamga “Yarhamukalloh” deyish vojib bo’lishi uchun ular bir joyda turgan bo’lishlari kerak. Shunda Imom Abu Dovud bir qayiqni 3 dirhamga kira qilib, kemaga borib, haligi aksa urgan odamga “Yarhamukalloh” deb qaytgan ekanlar. Abu Dovud aytadilar: “Shunga qulog’imga bir nido eshitildi: Ey Abu Dovud, 3 dirhamga jannatni sotib olding.”
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 10:15 | Сообщение # 36
Группа: Удаленные
QALB MAMLAKATI Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar: “Dunyoning eng buyuk podshoshi biron mamlakatga bostirib kirsa, avval o’sha davlatning eng kiborlarini xor qilib tashlaydi. Qalb ham juda keng bir mamlakat. Uning ham ichida Kibr, Baxillik, Harislik, Yomon gumon degan iflos kiborlari bor. Shu mamlakatga shohlarning Shohi kirib kelsa bormi, ularning hammasi yuvilib ketadi. Bas, qalbni ziynatlantirish uchun ko’p zikr qiling”.
Дата: SESHANBA, 2013.01.01, 11:34 | Сообщение # 39
Группа: Удаленные
Men ham siz kabi bir odamman. Bilmadim, balki Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, bajara olgan xizmatni menga ham taklif qilarsiz. Vaholanki, Alloh taolo Muhammadni, alayhissalom, butun olamlardan afzal qildi va uni balo-ofatlardan asradi. Men esa tobeman. O‘z bilganimcha harakat qilishga haqqim yo‘q. To‘g‘ri harakat qilsam, menga ergashing. To‘g‘ri yo‘ldan chiqsam, meni to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘ying. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, vafot etayotganlarida ummatlaridan hech kimda bir cho‘p zarrasi qadar ham haqlari qolmagan edi. Mening esa vaqt-vaqti bilan paydo bo‘ladigan bir shaytonim bor. U kelganida mendan uzoqroq turingki, nogahon sizni urib qo‘ymayin yoxud soch-soqolingizni tortmayin. Ey insonlar! Siz qay zamon tugashi sizga noma’lum bir umr ichida kun va tunlaringizni o‘tkazmoqdasiz. Agar qo‘lingizdan kelsa, bu hayotingizni solih amallar bilan o‘tkazing. Buni ham faqat Alloh taoloning yordami bilan amalga oshira olasiz. Ajalingiz sizdan ishlash fursatini olib qo‘ymasdan turib, imkoniyatlaringizni ishga solib, xayrli amallarga shoshiling. Zero, ajallarini unutgan, amallarini boshqalarga tashlagan kimsalar ham bordir. Zinhor ular kabi bo‘lmang. Tezroq bo‘ling, Haflatda qolmang. Chunki orqangizdan sizga yetishmoq uchun tez kelayotgan ajalingiz bor. O‘limdan qo‘rqing, otalardan, o'g'illardan, aka-ukalardan ibrat oling. Yashayotgan kishilarga emas, o‘lganidan so‘ng ular ortda qoldirayotgan go‘zal narsalarga havas qiling.
qalam nega yozmaydi? 1500 ga yaqin kitob yozgan hindistonlik buyuk olim Ashraf Ali Tahonaviy “Bayonul Qur’on” deb nomlangan tafsirni yozayotgan paytlari ayollari u kishiga ish buyuribdi: “qafasdagi qushga donini berib, so’ng madrasaga keting”. (Shunday buyuk zotlarga ham ayollari ish buyurarkan) Hazrat “Bayonul-Qur’on”ning xayolida ayollarining gapini esdan chiqarib, madrasaga ketaveribdilar. Shu zotning shogirdlaridan Shafe’ Usmoniy aytadi: “Agar bir odamning 1500 ta kitob yozishiga kimki shubha qiladigan bo’lsa, unga ikki gunohkor ko’zim bilan ko’rganimni aytib beray: “Men Tahonaviyning qalamini qo’li tegmagan holda kitobning ustida aylanib yotganini ko’rganman”. O’sha kuni tafsirni davom erttirmoqchi bo’lgan olimning qalami qimirlamabdi. Xarchand urinib, uni yurgizishga harakat qilmasin, qalam turgan joyida turaveribdi. Shunda Yaratganga “Yo, Allohim, men har doim yozishga o’tirganimda qalam o’zi yozishni boshlardi, mendan nima gunoh sodir bo’ldiki, bugun qalamim yozmayapti” deb nola qilibdilar. Shunda qush esga tushib, qalamni tashlagancha, uyga yugurib ketibdilar. Uyga borib, qushga don berib kelganlaridan so’nggina qalam qimirlagan ekan. Qalam yozishni boshlagan joy esa “Niso” surasidagi “Ayollaringiz bilan yaxshi muomalada bo’linglar!” degan oyat ekan.
Olimni mot qilgan "ajnabiy" Muhammad Taqiy Usmoniy hikoya qiladi: “Bir kuni xonamda o’tirsam sochlari va kiyinishi butkul g’arbona bo’lgan bir yigit oldimga kirdi. Unda iymonning miltirab turgan chirog’i ham ko’rinmasdi. Yigit savol berdi: - Hazrat, mening ishim katta bank sohasida hisob-kitobdan iborat. Men buni Angliyada o’qib o’rganganman. Shu ishning mohiyatini bilasizmi? - Bilaman, Hindistonda men bilgan 3 ta shu sohaning zabardasti bo’lsa, to’rtinchisi sen ekansan.” - Mening daromadim shahar hokiminikidan ham ko’pligini bilasizmi? - Bilaman. - Shu ishimda xotirjam ishlab yurgandim. Bir odam menga bu ishdan keladigan daromad harom dedi. Shunga avval sizdan anig’ini so’rab bilib olayin, deb keldim. Bu ishim haqida nima deysiz? - Sening ishingda ikkita harom amal bor: qimor va sudxo’rlik. Lekin, bir odam haromdan pul topyapti. Bilgan hunari shu. Vaqtiki, bu ishning haromligini bilgach, unga boshqa ish topish farz bo’ladi. Boshqa halol ishni esa xuddi ochdan o’layotgan kishi yegulik izlagandek izlaydi. Lekin o’sha ishni topilguncha harom ishini tashlamay turadi. Toki shayton senga halol ishni qidirib och qolding, degan vasvasani solmasin. Bu ulug’larning gapidir. - Hazrat, men sizdan qanday ish topish kerakligini so’ramadim. Bu ishim halolmi harommi? Birgina so’zni so’radim. - Ishing haromdir. - Buni kim harom qilgan? Sizmi yo xudomi? - Alloh harom qilgan. - Alloh harom qilgan bo’lsa, avval halolning eshigini ochib, so’ng harom qiladi. Va’da beramanki, o’lgunimga qadar eski ishimga qaytmayman. Mening ko’zimni ochgan edi bu voqea. Bir odam “La ilaha illalloh, Muhammadur Rosululloh” dedimi, surati qandayligidan qat’i nazar bizning ehtiromimizga loyiq ekan. Mening dastlabki gumonim qanday ediyu, uning ancha-muncha olimga xos bo’lmagan tavakkuli qanday edi! Shu yigit hozir Amerikaning eng boy musulmonlaridan...”
Go‘zal hiyla Angliyalik mustamlakachilar Hindiston musulmonlarini qatag’on qilarkan, Dehlidan Amritsargacha bo’lgan nechta daraxt bo’lsa, shuncha qori va olimning boshini ilgan ekan. Musulmon rahbarlaridan, buyuk olim “Hujjatul Islom” Qosimun Nonutviyni ham qatl uchun hibsga kelganlarida u zot Masjidi Chattada masjidni supurib yurgan ekan. Buyuk olimning juldur kiyimlarda masjid supurayotganini ko’rgan askarlar, u kishidan “Qosim qayerda?” deb so’rashibdi. Qosimun Nonutviy hikoya qiladilar: “Men umrimda yolg’on gapirgan emasman. O’limga ro’para kelib turgan vaqtimda ham yolg’on gapirmadim. Ular mendan “Qosim qayerda?” deb o’zimni so’rashdi. Shunda men bildirmay, biroz orqaga tisarilib: “Bir pas oldin shu yerda edi” – dedim. Shunda ular Qosim shu atrofda bo’lsa kerak, deb tarqalishdanda men ham qochib ketishga ulgurganman”.
Namozda nega xushu‘imiz yo‘q? Rasululloh s.a.v. aytadilar: “Musulmon kishining nazari biron xushsurat odamga tushsa-yu, Alloh uchun nigohini pastga qaratsa, Alloh taolo unga ibodatning lazzatini nasib qiladi”. Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy aytadi: “Shogirdlarim ibtidoda zikrdan maza qilganlarini, asta-sekin bu mazaning yo’qolib qolganini aytishdi. Buning sababi esa ularning badnazarlik bilan begona ayollarga ko’zi tushib qolganidir. Badnazarlikning yana bir ofatlaridan biri rizqning kesilishidir. Muttasil shu dardga yo’liqqan odamning xonadonida baraka qolmaydi.
Shayton jannatdan quvilib, Allohdan odam farzandlarini gumroh qilishlik uchun ruxsat olarkan, o’ngidan, chapidan, orqasidan, oldidan kelaman deb va’da qilgan-u, lekin pastki tarafdan kelaman deb va’da qilmagan. Shuning uchun Alloh taolo “nomahramdan yuzingizni pastga qarating” deydi”.
Қор ёғмоқда...Тилакларимиз, орзуларимиз, ибодатларимиз каби оппоқ! Хайрли ишларимиздан сўнг олажак дуоларимиз каби оқ! Қор ёғмоқда майдалаб...Яшаб ўтган умримиз онларини эслатиб...Ҳаммадан қолган дунё сизу биздан ҳам қолиши, насиб этса, икки метрлик оппоқ мато энг сўнгги чиройли либосингиз бўлишини англатиб, ер устини қоплар оппоқ учқунлар... Оппоқ қор. Эртага йўллар музлайди. Эригунича қуёш нурларини кўриши керак. Қалбларимиз музламасин, илоҳим. Ҳозирги ҳаётнинг ноёб ҳиси – меҳрни, унинг нурларини излаб хуноб бўламиз ахир. Қор – мўъжиза. Табиат ва инсониятга ёғилаётган раҳматлар...Қор бу - ижод. Қор бу - илҳом. Мусиқачи энг чиройли куйларини қор ёққанда битган бўлса керак. Энг романтик онлардаги севги изҳорлари ҳам айнан қор парчалари замин томон интилганида билдирган бўлса, не ажаб? Қаламкашнинг энг ҳаётий асарлари шундай оппоқ онларда битилган бўлса-чи? Ёғавер, оппоқ қор. Зора, қалбимиздаги чиркинликларни, руҳимизни чарчатган ғамларни эрта-индин тупроққа эриб сингиб кетгандек йўқотсанг. Сени соғиндиқ, оппоқ қор...Кўзимизни қувнатиб, дилимизни яйратиб, ёғавер. Унга маҳлиё бўлиб, оппоқ орзуларингиз оғушига ғарқ бўлинг. Эҳ, қанчалар ажойиб! Бу туш ҳам, рўё ҳам. Бироқ, ёлғони ҳам йўқ...Қор ёғмоқда. Умр ўткинчилигига ишора қилиб...Яхши яшаш, кўпроқ эзгулик қилишга унсиз имлаётгандек. Бешик ва қабр, бозор ва мозор ўртасидаги масофа жуда, жудаям яқин эканлигига табиий мисол бўлиб... Қор ёғмоқда...
Qizaloqning duosi Domla Hindistoniy hikoya qiladilar: “Yoshligimda Qur’on tahsil olayotgan paytim edi. Takror qilib o‘tirardim. Menga yaqin joyda, hovuzning bo‘yida yosh bolalar savatda uyda yopilgan non sotishardi. Asr vaqtida hammasi savatini bo‘shatib, uylariga ketishardi. Qarasam, bir qizaloq uyiga ketmay, hovuzning bo‘yida yig‘lab o‘tiribdi. Oldiga borib yig‘lagani sababini so‘radim. “Sotilgan nonning tangalari solingan hamyonni o‘ynab o‘tirib hovuzga tushirib yubordim. Endi o‘gay onam meni o‘ldiradi. Qanday boraman uyga?…” – deb yig‘lardi qizaloq. Men hovuzning qizaloq ko‘rsatgan joyiga sho‘ng‘ib, hamyonni balchiqlar orasidan qidira boshladim. Nafasim yetmagan payt suv ustiga chiqaman, so‘ng yana suv ostiga kiraman. Oxir hamyonni topib, olib chiqdim. Yuvib, tozalab qizaloqqa berdim. Uning xursandligi intihosiz edi. So‘ng men unga ta’lim berdim: “Senga hamyoningni topib berganim uchun qiblaga qarab, qo‘lingni ochgin-da, meni duo qil. Men aytib turaman, sen o‘shani qaytarib duo qilasan: Allohim, bandangning menga qilgan bu yaxshiligi sababidan, unga ilm bergin, uni bokamol qilgin, umrini uzoq qilgin!” Qizaloq meni duo qilgancha, o‘ynoqlab uyi tomon yo‘l oldi. Yetimni xursand qilganim uchun mening ham dilim rosa yayradi. Hozirgi holatimni o‘sha yetimning duosidan deb bilaman. 50 dan ortiq ustozlarni ko‘rdim. Hammasi mendan rozi bo‘lib, haqimga duo qilishdi…” Qizaloqning duosi mustajob bo‘lgan edi: Hoji Domla Hindistoniy ilmda yuksak kamolotga erishdilar. Yurtimizning zabardast ulamolariga ustozlik qildilar. Alloh umrilarini ham uzun qildi. 96 (hijriyda 100) yoshlarida vafot etdilar…
Hadisi sharifda keladiki, Alloh taolo mo‘min bandaning hisobini qiyomat kunida yashirib qiladi. Banda Yaratgan huzuriga kelarkan, Alloh uning gunohlarini jadvalma-jadval ko‘rsatib, shu gunohlarni qilgan eding-a, deb hisob so‘raydi. Shunda banda o‘zining do‘zaxga mahkum bo‘lganini, har tomondan jahannam olovi qurshaganini his qiladi. Shunda Alloh taolo: “Ey bandam, dunyoda shuncha gunohingni yashirgan edim, iymoning hurmatidan bu yerda ham yashirib, nomai a’moilingni hasanalarga to‘ldirib, seni jannatga kiritaman” deydi. Alloh taolo aytadi: “Men shunday zotmanki, ularning gunohlarini yaxshilikka almashtiraman”. Parvardigorimiz qiyomat kunida ham mo‘min bandani qilgan gunohlari uchun sharmanda qilmas ekan… Tahonaviy aytadilar: “Ey do‘stim, sen shunday Xudoni tashlab qaerga ketyapsan?”
shraf Ali Tahonaviy aytadilar: “Musulmonning xotinidek ayolni dunyoda topolmaysiz. Uning kabi vafodorni olamda yo‘q. Buning isboti shuki, u erning xizmati bilan birga uning ota-onasi, aka-ukasining ham xizmatini qilib, duosini olaveradi. Vaholanki erning ota-onasiga xizmat qilish unga vojib emas. Uzoq qarindoshingiz kelsa ham uni ham ochiq chehra bilan kutib olaveradi. Siz yillab musofirlikda yursangiz ham sizni kutib yuraveradi. Vaholanki, ayolning ruxsatisiz 4 oydan oshiq muddatga musofir bo‘lish mumkin emas. Kechasi soat 2 da kelsangiz ham, eshikni ochib, sizga ovqat ham qilib beraveradi… Shuncha xizmatlariga yarasha bu ayollarning tillari shirin bo‘lganida edi… Jiddiysini qo‘ying, og‘zilaridan chiqqan hazil duo ham qabul bo‘lib ketardi. Adashib duo qilsalar ham Alloh qabul qilaverardi…” “16-17 ga kirgan yoshgina qiz “O‘zingizni bag‘ishladingizmi?” degan birgina so‘zga vafodorlik qilib, o‘z xonadoni, ota-onasi, yaqinlarini tashlab, seniki bo‘lib o‘tiribdi. Lekin sen badbaxt “La ilaha illalloh” deding-u, Xudoniki bo‘lmading…”
BADXULQ AYOL – MENING MARTABAM
Buyuk tasavvuf shayxlaridan Mirzo Mazhari Joni-Jononning ayoli juda badjahl, yomon xotin bo‘lgan ekan. Shunday bo‘lsa-da, shayx har kuni bomdoddan keyin, shogirdlaridan birini ayoli oldiga jo‘natib, hol-ahvolini so‘rattirar ekan. Ahvol so‘ragani borgan shogirdlarini ayol so‘kib, “dunyoda mening erimdan boshqasi qurib qolibdimi, shungayam shogird bo‘lasanlarmi?”, deb vaysib berarkan. Uning bunday muomalasini shayxga aytishga ular istihola qilisharkan. Bir kuni shayx ayolining oldiga bir badaviysifat shogirdini jo‘natibdi. U esa ayolning bunday muomalasini ko‘rib, yugurgancha, shayxning oldiga kirib, shunday debdi: — Ustoz, bunday ayol bilan qanday yashaysiz, meniyam, sizniyam boplab so‘kib berdi. Taloq qilib yubormaysizmi uni? — Meni kim deb bilasan? — Siz ustozsiz, buyuk ilm sohibisiz. — Mening erishgan barcha ilmim, martabam, shu xotinimdan. Uning bu azoblariga sabr qilganimdandir. Agar men bir kun uning holini so‘ramasam, martabamdan tushib qolaman. Endi qanday qilib, meni shu darajaga olib chiqqan xotinimni taloq qilay…
TANGANING IKKINCHI TOMONI
Abu Hurayra r.a. aytgan ekanlar: “Sen xotining xunuk bo‘lgani uchun kuyinma, bir kun senga go‘zal farzandni tug‘ib beradi – xursand bo‘lasan”.
* * *
Inglizlarning bir maqoli bor: “Buzuq soat ham kuniga 2 marta to‘g‘ri gapiradi.”
Alloh ko‘rib turibdi Hazrati Umar, roziyallohu anhu, xalifalik davrida sutga suv qo‘shishdek yomon odatni qat’iy taqiqladilar. Shahar osoyishtaligini nazorat qilish uchun bir kecha Madina ko‘chalarida kezib yurgan xalifa charchab, bir uy yaqinidagi tosh ustiga o‘tirdi. Kutilmaganda uy ichida ona bilan qizi o‘rtasidagi shu gaplarni eshitib qoldi: — Qani, qizim, turgin-da, sutlarga bir oz suv qo‘shib yubor! — Xalifa sutga suv qo‘shishni taqiqlaganini bilmaysizmi, onajon! — Bilaman. — Axir xalifa taqiqlagan ishni qanday bajaraman? — E-e, qo‘shaversang-chi, Umar seni ko‘rib turgani yo‘q! — Umar ko‘rmasa ko‘rmas, ammo Alloh ko‘rib turibdi-ku... Hazrati Umar shundan so‘ng uyga qaytdilar. O‘g'illari Osimni imon-e’tiqodli, go‘zal axloqli bu faqir qizga uylantirdilar.
Payg‘ambarni yig‘latgan oyat Abdullohdan, roziyalllohu anhu: Janobi Payg‘ambarimiz: — Menga Qur’on o‘qib berasanmi? — dedilar. — Yo Rasulalloh! Qur’on Sizga nozil bo‘lgan bo‘lsa-yu men o‘qib beraymi? — dedim. — Men uni boshqa birovdan eshitishni xohlayman, — dedilar Faxri koinot. Shundan so‘ng “Niso” surasini o‘qiy boshladim va: “Har bir ummatdan (o‘z payg‘ambarini) guvoh sifatida keltirganimizda va sizni (ey, Muhammad), ularga guvoh qilib keltirganimizda (ularning holi) ne kechur?!” oyatiga yetganimda: — Bas, yetar, — dedilar. Qarasam, Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, yig‘layotgan ekanlar.