Дата: MUBORAK JUMA, 2013.09.20, 02:39 | Сообщение # 79
Группа: Удаленные
Men ishongan va mengaham ishongan bir qiz bor edi u bilan qattu sevishardik ammo uni uyidagilari bizaga qarshi bo'lishdi hatto mani surishtirib o'tirmadiham uni otasi bunga sabab biza oddiy oyla ula esa bo'y edila bahtni pul bilan sotib ololmasdiku eng alam qigan joyi man bezdenik edimde shumidi mani aybim xa endichi mana mandaham mashina narmalni uy joy OLLOHga shukur obro etibor hammasi boru mana lekin ul bilan birga armonham borde 3yil dan beri qiziqaman u bahtlimikin yoki yo'q nima bo'lsaham man uchun birinchi o'rinda u bahtli bo'lsagina bo'ldi u mani hayotidan o'chirganmikin yoki yo'q, ha mayli bizagaham bordir eslik hushlik vofoli yor kutamiza kelishini ul go'zal dildor kun kelib yetishkaylar dillar humor bedor tunlar u ko'zlarga bo'lib intizor... iya ohiri sher bo'p ketadi shekiligu
Дата: YAKSHANBA, 2014.11.09, 16:33 | Сообщение # 81
Группа: Удаленные
Сообщений: 1084
Bir vaqtlar butun tuyg’ular va tushunchalar yashaydigan bir orol bor ekan. Shodlik, Qayg ’u, Bilim va boshqalar… Sevgi ham uyerda ekan. Bir kuni orol suvga ko ’milayotganligi haqida xabar kelibdi. Shuning uchun hamma orolni tark etish maqsadida qayiqlarlarini tayyorlay boshlabdi. Sevgi orolda qolgan eng so’ngi tuyg’u ekan. Chunki u mumkin bo’lgan eng so’ngi onga qadar kutmoqchi bo’libdi. Orol butunlay suvga botib ketar chog’ida boshqa chorasi qolmaganligi uchun Sevgi - yordamga chaqira boshlabdi. Boylik juda katta birkemada ekan. "Boylik, meni yoningga olasanmi?” – deb so’rabdi Sevgi. "Yo’q” – debdi Boylik, "Ololmayman, kemamda juda ko’p oltin va kumushlar bor. Senga joy qolmadi” Sevgi juda chiroyli bir yelkanli qayiqdagi Kibrdan yordam so ’rabdi: " Kibr, iltimos, menga yordam ber!” "Senga yordam bera olmayman, Sevgi, shalabbo bo’lib yotibsan va yelkanlarimni bulg’ashing mumkin”. Qayg’u ham shu yaqinlarda ekan. Sevgi unga yuzlanibdi: "Qayg’u sen bilan ketay…” " Uff…Sevgi, shu qadar yomonmanki, yolg’iz qolmoqchiman” debdi Qayg’u. Shodlik ham Sevgining yonidan o’tibdi, ammo shu qadar shod-xurram ekanki, Sevgining chaqirganini eshitmabdi ham …Shunda Sevgi kimningdir ovozini eshitibdi: "Kel Sevgi! Seni yonimga olaman”. Gapirgan Sevgidan ancha yoshi ulug’ kishi ekan. Sevgi o’zini shu qadar omadli va baxtli his etbdi- ki, uni o’z yoniga olgan kishining kim ekanligini so’rash yodidan ko’tarilibdi. Yangi bir quruqlik parchasiga yetganlarida, Sevgini qutqargan kishi o’z yo’lida davom etibdi… Undan qanchalar qarzdor bo’lib qolganligini sezgan Sevgi, Bilimdan so’rabdi: "Menga yordam bergan kim edi ?” "U Vaqt edi”, - deb javob beribdi. Bilim "Vaqt-mi? U nega menga yordam berdi?” Bilim jilmayibdi:"Chunki faqat Vaqtgina sening naqadar buyuk ekanligingni tushunib, qadringni bila oladi …