Дата: YAKSHANBA, 2013.01.06, 02:19 | Сообщение # 51
Группа: Удаленные
Endi. Qizlar soy bôyida yurmaydikan dardi. Alamni bizlar yute kimlar yutsin Nilu qizam kechalari chiqmaydikan bu alamga bizlar ichmay kimlar ichsin Gulmir bilan bog'da yursam Nargiz kept Dilnoz kôrib Shahnozan boshlab kept ishonganim Gunorayam tashlab Shoxistayam Zilol bilan kelgan ekan Sayorayam sevishimni bilmaydika ket bu alamga bizlar ichmay kimlar ichsin Malikaga 10 kun bôldi. Tegib ket Manzuraga ôtkan xafta zakaz kept Oyxon bilan Ulduz kecha man tashlab ket bu alamga bizlar ichmay kimlar ichsin!!!
Дата: PAYSHANBA, 2013.01.17, 12:04 | Сообщение # 57
Группа: Удаленные
Сообщений: 55
Ҳа! Ҳаёт ажойиб,вақт эса елдир, Умр ўткинчидир, беқадр - ўкинч?! Кўнглим сен ўзингни қувончга тўлдир, Тан ичра руҳим ҳам булар шунда тинч. Шавкатжон Саломов
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.18, 03:00 | Сообщение # 59
Группа: Удаленные
Bir Kuni Manga Etiwdi.U Sani Sevadi,Man Jovob Berdim Manam Uni Sevaman,Bir Kun Etiwdi Endi U O'zgani Sevadi,Man Jovob Berdim Noiloj Omadini bersin,Bir Kuni Manga Etiwdi Uni Nikox To'yi,Man Jovob Berdim Baxtli Bo'sin.Bir Kun Manga Etiwdi U Farzandli Bo'ldi Ismini Sening Noming b.n Atadi,Man Jovob Berdim Umri Blan Bergan Bo'sin,Bir Kuni Manga Etiwdi U Olamdan O'tdi,Man Hursandman Didim Wunda U Xayron Bo'lib nega Deb So'radi, Man Jovob Berdim Man Har Kuni O'ldim U Esa Bir Marta O'ldi
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.18, 16:24 | Сообщение # 60
Группа: Удаленные
do'stim ketti yiroqqa uni kutib zor qoldim, sog'inib har kuni telefonga yuzlandim, kelaqolsaydi tezroq malxam bo'lib yurakka, kelsa qo'yvormasman hech ham, taqtir uchrashtirgan keng dunyoga.. kelaqolgin Zilola yo'llaringni yoritay seni baxtli qilish uchun neki bo'lsa bajaray, adashtirmay yo'llardan hech to'ydirmay hayotdan, nurli osmon bag'rida yulduzlarni sanayli, shu yulduzlar misol cheksiz orzularga birga yetaylik.. www.dj.farruh.uz
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.18, 21:13 | Сообщение # 61
Группа: Удаленные
kimla nima desa etaman mayli telma majnun edim u esa layli uni qizg'onardim har bir begona ko'zdan u esa qo'rqardi odamla gap so'zidan, gaplashardik ko'p uchrashardik kam uyatdan qizarardi ozgina erkalasam malikam edi u man uni shahzodasi afsus qarshi chiqdi unga ota-onasi..
Hijron azobida tunlarim ötdi Mana sizsiz ham kunlarim ötdi Söngi söz aytmoqning fursati yetdi Balki xayrlawmoq payti kelgandir Endi öylamoqdan ayting ne foyda Baxt qasrin topibsiz boy yigit joyda Men sizni kutaman osmonda oyda Balki xayrlawmoq payti kelgandir Köngil saroyimga kelsa özga yor Qabul qilmoqga dilim etar or Hali yuragimda sönmas iwqing bor Balki xayrlawmoq payti kelgandir Ismingiz tilimda aylanib qoldi Jismingiz közimga boylanib qoldi Betöxtov yuragim waylanib qoldi Balki xayrlawmoq payti kelgandir Lekin unutmadim közlaringizni Özgaga atalgan yuzlaringizni Hali ham qumsayman sözlaringizni Balki xayrlawmoq payti kelgandir Közim ham urgandi körmagan sayin Aldagan yurakning jazosi tayin Istamayman buni lekin qaytayin Balki xayrlawmoq payti kelgandir Uzatsam tutmoqqa yetmadi qöling Bormoqqa oriyat tösati yölim Wu zahot bir sözga waylandi tilim Balki xayrlawmoq payti kelgandir.
Дата: PAYSHANBA, 2013.02.28, 20:18 | Сообщение # 64
Группа: Удаленные
Osmon ham bir nafas zaminga tushdi, Atirgul ko’ziga yosh keldi lim- lim. Qirda baxtdan yonib ketdi lolalar, Sen qachon baxtiyor bo’lasan, ko’nglim.? Yo’llarga tomchilab to’kilar yurak, Armon vujudimda oqadi sim- sim. Baribir to’lmas-ku bu kemtik bag’ir. Sen qachon baxtiyor bo’lasan, ko’nglim.? Axir, ko’rganlarim bari tush edi, O, seni Xudoning yo’lida suydim. Aslida biri kam edingmi, dunyo?! Men bugun baxtni ham so’ramay qo’ydim
Эй тақдир, яна қай синовларинг бор? Бу айбсиз бандангга азоб на даркор? Меҳру-муҳаббатга ҳамроҳ қил такрор, Ёрга фидо бўлган ёлғиз жувонни.
Балқсин кўзда қувонч,юзда оройиш, Қалқон бер, илонлар санчолмасин ниш, Ўтсин куни бахтли, туни осойиш, Кўнгли дарё бўлган ёлғиз жувонни.
Шавкатжон Саломов Мен ҳам тирик жонман, тан ичра руҳим, Дўстлар кўп, ғаним ҳам йўқ эмас албат. Шодлигим,қувончим, бор ғам-андуҳим, Менман ўз дилдорин қидирган Шавкат.
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.03.08, 11:45 | Сообщение # 68
Группа: Удаленные
Hayot achchiq b6lsa aybdor sizmas. Mayli bugun omad kulmasa kulmas. Magrur bowingizni egmang sir ham. Q6ying owa sizni sevmasa sevmas! 6t q6yin kuydirib bergan rasmiga. Sizdayin owiqni bilmasa bilmas. Unga baxtli b6lib k6rsatib q6ying. Qoying 6wa sizni sevmasa sevmas! Siz baxtsiz emassiz uni yod etib. U ham bir inson k6kdagi oymas. Unga sevib sevilmoqni 6rgatib q6ying. Mayli 6wa sizni sevmasa sevmas!.!
Дата: SESHANBA, 2013.03.26, 16:21 | Сообщение # 69
Группа: Удаленные
Yurak sanchib tez urarga o’tdi birdan Halovatdan asar ham qolmadi do’stlar. Alangladim yon-atrofga havotirdan, Ibodatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ming haqqini yutib qo’ydi musulmonlar, Qorinlari ko’proq to’ydi musulmonlar, Riyokorlik to’nin kiydi musulmonlar, Itoatdan asar ham qolmadi do’stlar. Tirik murda to’ldi, ammo tobut yo’qdir, Gunoxlardan asraguvchi sovut yo’qdir, Avom tugul peshvolarni subut yo’qdir, Sadoqatdan asar ham qolmadi do’stlar. Tilda bolu, qilgan ishi g’irt zaxardir. Munofiqlik bir emas ming kech sahardir, Kim ko’p yolg’on desa, o’sha savdogardir. Tijoratdan asar ham qolmadi do’stlar. Bir birlarin g’ajib yetmish hatoyi deb, Nom olmishlar bulbul honish sadoyi deb, Tajvidlarin to’g’irlarlar xudoyi deb, Tilovatdan asar ham qolmadi do’stlar. Hammasiga ko’niking siz, qonlar yutmang. Foyda yo'qdir rivoyat deb kitob titmang, Namozxonin qizlaridan hayo kutmang, Hijolatdan asar ham qolmadi do'stlar. Lafz izlamang bir taloq ming taloq bo'ldi, Topgan-tutgan fatvolari gunoh bo'ldi, Tamaki-yu, nos tupurish muboh bo'ldi, Karohatdan asar ham qolmadi do'stlar. Allohni bir degan inson qilsa riyo, Oyat-hadis turushinda bo'lsa ro'yo, Saharlarda bulbul zikr qilar ammo, Tarovatdan asar ham qolmadi do'stlar. Jamoatlar firqalarga bo’lindilar, Dum patlari ko’k tovuqdek yulindilar, Vujudla bir qalban qatl qilindilar, Muhabbatdan asar ham qolmadi do’stlar. Bu ummatning faqiri gar bir lof ursa, Tog’lar qular bu kibrga qarshi tursa, Fir’avnni hayron aylar qasr qursa, Sahovatdan asar ham qolmadi do’stlar. Hech biri “ne bo’lar” demas qiyomatda, Hiyonatlar ho’p ko’paymish omonatda, Pora halol hisoblangan bu ummatda, Diyonatdan asar ham qolmadi do’stlar. Er deganlar ertayu-kech uyda uxlar, Ayolidan na hijolat, na qalb tig’lar, Qiz juvonin axvoliga maymun yig’lar, Balog’atdan asar ham qolmadi do’stlar. Qulab kulga aylandi-ku hiyvalari, Chorvasida qo’ydan kichik tevalari, Don eksalar dondan kichik mevalari, Barokatdan asar ham qolmadi do’stlar. Birontasi kechar bilmas molu jondan, Alloh uchun boshqarmas xonadondan, Munofiqni ajratolmam musulmondan, Farosatdan asar ham qolmadi do’stlar. Bir tarafni aylaydilar karvon bozor, Bir tomonda masjid bo’lar qadim mozor, Pirga qo’lin berarlaru, Xudo bezor, Murruvatdan asar ham qolmadi do’stlar. Mo’min bo’lib maqsadlari kayf bo’ldi, Saxobalar siyratlari xayf bo’ldi, Olimlarga bu diyorlar toif bo’ldi, Muhammaddan asar ham qolmadi do’stlar. Gapirsalar shariatdan kulgim kelar, Ming turlanish yuzlarini yulgim kelar, Kas jonlarin olar qotil bilgim kelar, Dalolatdan asar ham qolmadi do’stlar. Birisida botirlik bor, farosat yoq, Birisida qo’rqoqlik bor, jasorat yoq. Muhammadiy ummatiga ko’p qilmang do’q. Shijoatdan asar ham qolmadi do’stlar. Gapirdik ko’p amallardan ketdi hayot, Uzoqlarga qochib ketmish bizdan najot. Qiyomatda yig’lab turar bo’lsak hayxot. Shafoatdan asar ham qolmadi do’stlar. Do’stimizni qatl etdilar, sharxlolmadik, Mo’minlikning qiymatini narxlolmadik, Xarom birla halol ko’rsak, farqlolmadik, Nadomatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ming yaxshidan afzal o’tmish yomonlarim, Xov, qaylarga qochdingiz o’ng tomonlarim, Kitoblarga jilo bo’lgan zamonlarim, Hilofatdan asar ham qolmadi do’stlar. Qayga boqmang g’anim o’tliq, yov g’olibdir, Mo’min degan to’rt tarafga ho’p nolibdir, Hamma birdek gumroxlikni tan olibdir. Xikoyatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ey g’or nafsim hotirjamsan, tinmay uxla. O’tmish o’tdi, sen moziyni shiftga mixla. Ali Usmon davirlarin eslab yig’la, Matonatdan asar ham qolmadi do’stlar. Savdo demish qutlug’ yo’lda berarlar jon, Lek bomdodga ochilmas ko’z, topib imkon. Topib bering Alloh deyar bitta inson. Layoqatdan asar ham qolmadi do’stlar. Yoddan ketmish bu dunyoning xisoboti, Xaddan ziyod moddiy bo’ldi inson zoti, Yigirma birinchi asr kashfiyoti, Rivoyatdan asar ham qolmadi do’stlar. Manga alam Chingizlarni so’ljaytirgan, Botularning o’ng yo’lini so’lg’aytirgan, Termiziyni, Buxoriyni ulg’aytirgan, Saltanatdan asar ham qolmadi do’stlar. Dinim deya, yanoqlari namlar qani? Odamlarni uxlatmagan g’amlar qani? Har qishlog’i olim bergan damlar qani? Ul shavkatdan asar ham qolmadi do’stlar. Xofizlardan tanga yiqqn shoirlar ko’p, Pishmay turib suvin siqan shoirlar ko’p, To’rt qatorni she’r deb chiqqan shoirlar ko’p, She’riyatdan asar ham qolmadi do’stlar. Arab sori safar qilmang, ming yuviqsiz, Din nomidan nom topurlar haloyiqsiz, Mazxabiga yurmasangiz munofiqsiz, Risolatdan asar ham qolmadi do’stlar. Bashar o’g’li muammoga ho’p yo’liqmish, Bunda nafsi ulush qilgan dardni yig’mish, Lek har tizim manfaatdan kelib chiqmish, Adolatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ko’ring bunda tabiblikka da’volarni, O’ylab chiqib turlik tuman balolarni, So’ngra e’lon qilarlar ming davolarni, Tabobatdan asar ham qolmadi do’stlar. Hamma bilar, yolg’onchi so’z zaxar, maydir, Uni mo’min o’z do’stiga ichirmaydir, Taqvodori va’da bersa, bajarmaydir, Omonatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ilmlisi ko’p kulodir otib handa, O’zgalarning axvoloti parokanda, Haq so’zga joy qolmagan bu gul makonda, Hidoyatdan asar ham qolmadi do’stlar, Suvlari ters oqqan kunlar halak bo’ldi, Sxobalar hodisoti ermak bo’ldi, Valiylarni ko’rgan damlar ertak bo’ldi, Karomatdan asar ham qolmadi do’stlar. Aytishardi jannat asli erur Vatan, Ul manzilga to yetguncha yo’lllar tikan, Ko’rdim mano bu dunyo xo’p sotqin ekan, Bu rohatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ey Hayrulloh hayr seni tark etmasdan, Xudo uchun ish qilib qol jon ketmasdan, Qara telba dunyo seni qaritmasdan, Farog’atdan asar ham qolmadi do’stlar. Hayrullo Hamidov