CHORSHANBA, 2025.06.25, 04:17
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 12 из 12
  • «
  • 1
  • 2
  • 10
  • 11
  • 12
Модератор форума: AnDiJoNLiK_BeZoRi  
Sasha.B - Ijodidan Tuxfa...
александр8888Дата: YAKSHANBA, 2015.01.18, 23:15 | Сообщение # 276
Группа: Удаленные






Senda yurak yo'q bo'lsa,
O'rniga ol menikini ham.
Xech narsaga zor bo'lmasang,
Endi zor bo'l so'zlarimga.
Go'zal bo'lsang o'zingga boq,
Kun kelganda sen ham qariysan.
Men ko'rmoqchi bo'lgan yuzingni,
Vaqti kelsa izlab topmiysan.
Men zor bo'lgan barcha narsaga,
Vaqti kelsa bo'lasan sen ham zor.
Bu qarg'ishmas bu tilak emas,
Bu shunchaki yurak so'zlarim.
Bu shunchaki dil og'riqlarim..!
Прикрепления: 9565242.jpg (14.0 Kb)
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2015.01.23, 02:13 | Сообщение # 277
Группа: Удаленные






G'uncha labing rangidan dog'lari gulim,
Osib o'ldirsang mayli sochlari so'lim.
Seni shunday telbalarcha sevaman bilgin,
Yuragimni yarmidirsan mening sevgilim..!
Прикрепления: 0865815.jpg (25.3 Kb)
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2015.01.23, 02:16 | Сообщение # 278
Группа: Удаленные






Sen borsan yuragim,sokin kechalar,
Shivirlaydi jim-jitlik,mag'zun ko'chalar.
Oy bo'lsang men bo'lay,yoningda yulduz,
Sensiz yo'lim yorishmaydi,bo'lsa ham kunduz.

Sen borsan quvonchim,shodligim o'zing,
Tub tubiga joylar meni,bu qora ko'zing.
Quchog'ingda ochilar,ming nafis guling,
Iforingdan mast bo'lmoqda,bu oshiq yoring.

Sen borsan har kunimda,umid uyg'onar,
Sensizlikda jonimga,qayg'u-dard kelar.
Ojiz ko'nglim bir seni,tanho sog'inar,
Suratingga boqib quchib-quchib ovunar.

Sen borsan borliging,menga bir baxtdir,
Sen farishta bo'lsang agar,yo'lim aniqdir.
Bizni bir qilgan balki,yolg'iz ollohdir,
Ne bo'lsaham baxtliman,chunki bu Taqdir..!
Прикрепления: 7418682.jpg (13.0 Kb)
 
александр8888Дата: DUSHANBA, 2015.01.26, 02:01 | Сообщение # 279
Группа: Удаленные






Ikki qarich qorindan tushib,
Ikki metr yerga kiramiz.
Hayot bergan Onamiz bo'lsa,
Qaytib olar Ona yerimiz.

Biz dunyoga kelsak yig'labon,
So'ng ketamiz xalqni yig'latib.
Oq farishta oq sutin ichib,
Qora tuproq bag'rin quchamiz.

Kelar chog'i keldik nur bilan,
Qalbga quvonch cheksiz baxt ila.
Ketsak mayli xassa tayanib,
Shukur aylab keksayib qarib.

Ming bor shukur Yaratganimga,
Ming bor shukur Onajonimga.
Orzu niyat baxtla o'stirgan,
Ming bor raxmat Otajonimga.

Inson bo'lish qiyin emasdir,
Yaxshi yashash og'ir kechmasdir.
Kim yo'lida to'gri yursayu,
Kimdir bilmay egri ketadur.

Savob ishni boshini tutdim,
Kimga yomon yo yaxshi bo'ldim.
Ming raxmatni minggin eshitib,
Ota-Onam duosin oldim.

Bu hayotda o'rnini topgan,
Zor bo'lmaydi baxt-u shodlikka.
Ey do'stlarim shuruk qilingiz,
Inson bo'lib kelganimizga.

Ikki dunyo orasidamiz,
Ikkisiga navbat boramiz.
Sinov uchun yerda bo'lsakda,
Javobiga birga boramiz..!
Прикрепления: 9617656.jpeg (27.6 Kb)
 
александр8888Дата: SESHANBA, 2015.02.17, 02:32 | Сообщение # 280
Группа: Удаленные






Biz qilgan bu orzular bo'ldimi sarob,
Qasding bormidi taqdir berdingku azob.
Endi qaytib kelmaydi ushbu kungacha,
Sevgilimga baxt tilayman endi bu kecha.

Kulib turgan ko'zlarimni g'amlar yengmasin,
Sizni pinhon sevganimni xech kim bilmasin.
Adashgan bu o'tmishdagi armonim ko'mib,
Sevgilimga baxt tilayman endi bu kecha.

Tomchilaydi derazamning ortida yomg'ir,
Mening esa qo'llarimda tig'li qalamdir.
Yog'avergin tinmayin mag'zun kechada,
Men baxt tilab xat yozaman unga tonggacha.

Taqdir ekan o'zga yorga nasib aylading,
Bizdek oshiq dilni bag'ritosh deb saylading.
Yuragimni ming bo'lakka parchalab yana,
Sevgilimga baxt tilayman endi bu kecha..!
Прикрепления: 0535688.jpg (25.1 Kb)
 
александр8888Дата: YAKSHANBA, 2015.03.01, 01:05 | Сообщение # 281
Группа: Удаленные






Ketmagin dunyoni g'amga to'ldirib,
Mayus boqqan ko'zlarimni yoshga cho'ktirib.
Dilimda g'am qayg'u bilan yana o'ldirib,
Boshga balo bo'lma sevgi endi sevdirib.

Ketmagin men yolg'iz sensiz qolaman,
Dardimni sendan o'zga kimga aytaman.
Yuragim har lahza urib turganda,
Sening sog'inchingda qonlar yutaman.

Ketmagin bir jonim ishqqa kuydurib,
Parishon xolimni yana zor qilib.
Ko'zlaring tubiga sevgim cho'ktirib,
Meni o'ldirmagin sen sensiz qoldirib.

Ketmagin yolvorsam qolarmiding ayt,
Iltimos bu yo'ldan endi jonim qayt.
Xatolarim kechirgin bo'lsam aybdor,
Seni borliging uchun yashayapman qayt.

Ketmagin kelsang seni baxting bo'laman,
Senga sevgi inom etgan axting bo'laman.
Yurakdagi gulg'unchangga mehrim beraman,
Sensiz agar xazon bo'lgan yaproq bo'laman.!
Прикрепления: 4921506.jpg (40.2 Kb)
 
александр8888Дата: DUSHANBA, 2015.03.02, 18:38 | Сообщение # 282
Группа: Удаленные





She'rlarim Sizlarga Yoqdi Degan Umiddaman.! Yana Bir Bor Hammaga Raxmat.!
Hurmat Bilan: Sasha.B
Ma'lumot Uchun: Tel: +99 890 722 15 38
(+7) 968 454 19 41
Odnoklassnika.ru/ Sasha.B - Ijodidan She'rlar..!
Vkontakte.com/WWW.SHERLAR.UZ

Ismlardagi Buyurtmalarni Tekshirish..!
Прикрепления: 0474764.jpg (36.8 Kb)
 
александр8888Дата: SHANBA, 2015.03.07, 15:45 | Сообщение # 283
Группа: Удаленные






Ey yurak ayt baxtlimisan,
Sen bir so'zli axdlimisan.
Qo'rqma mendan dardlimisan,
Qaytma yo'ldan,baxtliman deb ayt.

Ko'zlaringda yosh ko'rdim bugun,
Bir qalamqosh ko'nglingda bugun.
Yana nechun,nechun yig'laysan,
Sen baxtlisan,baxtliman deb ayt.

Go'zal qizni sevgan yuraging,
Bardosh bersin endi tillaring.
Qo'rqma sevdim,jonim deyishga,
Uni baxtli,taxtli qilishga.

Bo'lib turar urush janjallar,
Axir sevgi sinovla kelar.
Barisini qo'ygin ertaga,
Bugun xursand,baxtliman deb ayt.

Do'stlaringga dardingni sochma,
Do'stlaringdan dushman orttirma.
Seni sevging o'zing tanlagan,
Do'stlaringmas sevdirib qo'ygan.

Senga qilsin havas va hasad,
Kimdir baxt tilaydi,kimlar esa dard.
Sen haddingdan oshmagin faqat,
Sen hammadan baxtlisan,baxtliman deb ayt.

Ey yuragim qiynama meni,
Men ham sevib yashayman endi.
Unutaman qayg'u dard azoblarini,
Sen baxtlisan,baxtliman deb ayt..!
Прикрепления: 7065820.jpg (20.3 Kb)
 
александр8888Дата: PAYSHANBA, 2015.03.12, 00:54 | Сообщение # 284
Группа: Удаленные






Ichkilikka oshno bo'ldim,
Mastu alast gumron o'ldim.
Men telbaman ishqingda yor,
Sensizlikda sarson bo'ldim.

Ketganingga qancha bo'ldi,
Eslolmayman yillar o'tdi.
Sen ketdinggu oshno bo'ldim,
Ichkilikka oshiq o'ldim.

Gulim deya to'lg'onaman,
Endi sensiz men yonaman.
Aroq o'lgir ichgin deydi,
Uni unut kelgin deydi.

Oh qanchalar sog'inaman,
Sensizlikda to'lg'onaman.
Yig'layolmay qizg'onaman,
Ichkilikka dard yoraman.

Boshim egik uyat o'ldi,
Xorazmga ketgim keldi.
Seni bir bor ko'rgim keldi,
Aroq o'lgur yo'ldan urdi.

Sherlarimdan yig'lama yor,
Senga hali bir so'zim bor.
Men ichsamda sharoblarni,
Sevgim doim azoblarmi.

Ko'rish gunoh bo'lsa aytgin,
Sevish gunoh bo'lsa aytgin.
Endi o'zga yoridirsan,
Menga qaytgin menga qaytgin.

Ichgan edim kechir meni,
Xaqiqatla yozdim buni.
Sevgimizga ko'zlar tegdi,
Farzandingni ko'rgim keldi.

Yig'lamoqqa ko'zda yosh yo'q,
Sen baxtlisan bil ko'nglim to'q.
Endi menga ko'ngling ham yo'q,
Ichganimni kechir jonim,
Seni sevsam netay Gulim..!
Прикрепления: 8661763.jpg (27.1 Kb)
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2015.03.25, 01:27 | Сообщение # 285
Группа: Удаленные





Dunyo telba ayladi,bag'ru jonimni,
Men senga begona,sen menga emas.
Sog'inib yashayman,dilda borimni,
Men uni kutaman,u meni kutmas...!
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2015.03.25, 01:28 | Сообщение # 286
Группа: Удаленные





Bilmadim oshiqman shaxlo ko'zingga,
Yor bo'lgim keladi faqat o'zingga.
Nechun yo'qlamaysan bir bora meni,
O'zga inson kirdimi seni ko'nglingga..!
 
александр8888Дата: PAYSHANBA, 2015.04.09, 11:44 | Сообщение # 287
Группа: Удаленные






Charchadim dunyoning tashvishlaridan,
Qo'l siltab bariga,ketgim keladi.
Toliqqan yuragim xovuchlab yana,
Ajal changalidan qochgim keladi.

Charchadim xolim yo'q,qadam tashlashga,
Hali qiladigan ishlarim ko'pdir.
Majburman yuragim urib turguncha,
Jonimni olmoqqa ajalim yo'qdir.

Charchadim sevishga sevilishga ham,
Bugun baxtli bo'lsam,ertachi baxtsiz.
Yuragimga qoyilman cho'lg'aganda g'am,
Yashayapti men bilan,sevgisiz dardsiz.

Charchadim o'limni sog'inganim yo'q,
Hali yosh xolimda,qayga boraman.
Bir zum orom olsam,bo'lar ko'nglim to'q,
Keyin yorug' yuzla,davron suraman..!
Прикрепления: 3451013.jpg (35.2 Kb)
 
александр8888Дата: PAYSHANBA, 2015.04.09, 11:46 | Сообщение # 288
Группа: Удаленные






Yonaman ishqingda o't bo'lib,
Uchaman osmonda qush bo'lib.
Yana xazonlarday sarg'ayib kuyib,
O'laman sevgiga qo'sh bo'lib.

Sevaman men sensiz adoman,
Ko'yingda bir oshiq gadoman.
Netay devonayu abgorman,
Yorim diydoringga yana mushtoqman.

Kuydi dil yondi dil do'zaxda,
Bir jonim ming bitta tuzoqda.
Hali kurtak yozmagan tuproqda,
Tomirman qonim oqar payvandda.

Sevgi sen bunchalar go'zalsan,
Gohida shirin tush gohi nafratsan.
Yuragimda ochilgan g'aroyib gulsan,
Meni lol aylagan ko'rinmas xissan.

Bosh egar qarshingda shoxu-gadolar,
Meni sinovlaring ming ko'yga solar.
Gar sevsam keng dunyo go'zal ko'rinar,
Senla yetti osmonni kezganday bo'lar.!
Прикрепления: 5261677.jpg (21.4 Kb)
 
александр8888Дата: PAYSHANBA, 2015.04.09, 11:47 | Сообщение # 289
Группа: Удаленные






Ming bor qo'lga qalam olib sindiradurman,
Ishqdan bezgan yuragimni kuydiradurman.
Ey voh netay o'z o'zimni o'ldiradurman,
Sensiz yashash azob bo'ldi ko'nikolmayman.!

Taqdir boshga bir sinovni chorlamas afsus,
Balo kelsa kelar ekan qo'shshalab so'zsiz.
Kuydi yurak yondi yurak yolg'izlik cheksiz,
Lekin seni yuragingda men yo'qman essiz.!

Shoir qo'li xuddi xazon yaproqqa o'xshar,
Yuzlarining ajinlari sahroni bo'ylar.
Baxtlilari bir tomonda dardlari menda,
Eh men netay yozolmasam baxtim sherimda..!

Ilhom qochdi hayol surib o'tiribman jim,
Endi meni kim eslaydi aytinglarchi kim.
Men bir oddiy shoirmanda notanish kimsa,
Mendan bo'lak o'qimaydi sherim xech kimsa.!
Прикрепления: 5310859.jpg (35.7 Kb)
 
александр8888Дата: PAYSHANBA, 2015.04.09, 11:50 | Сообщение # 290
Группа: Удаленные






Seni qattiq xafa qildim bilmayin kechir,
Yuragingga ozor berdim tillarim o'tkir.
Bu tilimni kesib olgin roziman mayli,
Bugun bahor bizga qaytdi,sen ham qayt endi.

Intizorman yana o'sha qora ko'zingga,
Seni aytgan har bir shirin totli so'zingga.
Ollohimdan so'ray yana qaytargin menga,
Bahor qaytdi qaytgin endi meni yonimga.

Yuragimga eshik ochding tortqilab sekin,
Jonginamni tub tubiga kel o'zing berkin.
Topolmadim muhabbatim shivirla bugun,
Jonim bahor keldi bugun zorimsan qaytgin.

Ishq olovi yondiradi qalbim kuydirib,
Sen kelmasang yuragimni ketgin o'ldirib.
Yolg'izimsan yolg'izligim eslatding menga,
Intizorman yana sening oydek yuzingga..!
Прикрепления: 1180458.jpg (36.8 Kb)
 
александр8888Дата: PAYSHANBA, 2015.04.09, 11:54 | Сообщение # 291
Группа: Удаленные






Armon ko'zlarimga bog'ich boyladi,
Ishq o'ti qalbimni pinhon dog'ladi.
Yuragim oshkora o'rtanib ey voh,
Faqat seni poyingga mag'rur tiz cho'kdi.

Bu kecha sokindur avvalgilardan,
Yomg'ir yuvgay bag'rimni g'am-u hasratdan.
Bir tomonda yig'laydi Zuhro Laylilar,
Yo'l chetidan jim ketar Tohir Majnunlar.

Derazang ortida qoldim termulib,
Sen menga boqarsan ko'z yoshing to'kib.
Yig'lamagin choram yo'q qaytmoqqa senga,
Meni kechir armonman endi qalbingga..!
Прикрепления: 3691049.jpg (40.4 Kb)
 
александр8888Дата: SHANBA, 2015.04.18, 18:25 | Сообщение # 292
Группа: Удаленные





Alvido yor sog'inchlarim buzlab ketdi,
Armonlarim ko'zlarini yoshlab ketdi.
Alvido deb yuragini mushtlab ketdi,
Alvido yor ayrilmoqlik chora bo'ldi.

Ushalmagan orzularni kechiraman,
Muhabbatni yuragimdan o'chiraman.
Alvido deb yo'l chetidan jim ketaman,
Alvido yor baxtli bo'lsang men baxtliman..!
 
александр8888Дата: SHANBA, 2015.05.23, 17:22 | Сообщение # 293
Группа: Удаленные





Gulimga..!

Salom... Bugun yana seni esladim,hayolimdan ketmayapti shirin so'zlaring seni menga bog'lab turgan xotiralar har bir kunim har bir tunim,qulog'imda jaranglagan shirin so'zlaring hattoki erta tongda uxlab qolganimda ismimni aytib sen uyg'otayotgandek bo'lasan.Ko'zlarimni ochaman lekin seni yo'qligingni ko'rib yuragim ichikib seni soginib ketadi. Bu xatni senga yozishimdan oldin juda ko'p o'yladim,yozsammi yozmasammi.Balki endi seni hayoting baxtlarga to'lgandir.Balki endi farzandlidirsan oilang bag'rida meni butunlay unutgandirsan.Lekin xaqiqiy chin sevgi unutilmas ekan,chunki seni unutolmadim.Balki so'zlaring rostdir.Men bu yerda yolg'izman,har gal sen bilan gaplashib yolg'izligimni xis qilmagandirman.Lekin seni baribir sog'inyapman.Kechalari ko'zlarimga uyqu kelmaganida,sen yodimga tushasan.Seni shirin ovozingni eshitganday bo'lib ketaman.Shunga seni qanday qilib yuqotib qo'yganimni o'ylab yuragim eziladi.Afsus o'rtamizdagi masofa olislikdan bir birimizni ayirdi.Balki men senga sen esa menga yaqin bo'lganingda biz birga bo'larmidik.Ammo taqdirga yozilgan joydan qochib qutilolmas ekansan inson. Mayli endi sen o'zga insnonni sevikli yori butun jahonisan. Endi seni sevaman deyolmayman,senga xatlar yozolmayman. Bugun mana shu xatni yozar ekanman. Senga bir gapni aytgim keldi. Seni juda sog'indim... Seni bir bora bo'lsayam shirin ovozingni eshitish uchun seni bir umr kutishgayam roziman. Meni deb hayotingni buzma men ham bir kun oila quraman. Lekin seni ovozingni yana bir bor eshitishni juda xohlayman. Gulim qayerda bo'lsanggam doimo sog' salomat bo'lgin. Oilang bag'rida baxtlarga to'lgin. Biz bir kun uchrasharmiz. Balki osmonlarda kim biladi 100 yillardan keyin uchrashib qolarmiz. Sen xozir baxtli bo'lsang men sen uchun chin ko'ngildan baxtliman. So'zim oxiri keldi Gulim...Seni xech qachon unutmayman,ovozingni juda sog'indim. Xozir Rossiyadaman.Kuz oxirida uyga qaytaman.Baxtli bo'l Gulim...

Rus:7-9684541941 Uzb:+998907221538

Прикрепления: 3485636.jpg (9.3 Kb)
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2015.08.12, 01:40 | Сообщение # 294
Группа: Удаленные





Yuragimga rad javobin berolmayapman,
Seni yana sog'inishdan tonolmayapman.
O'ksik jonim har lahzada eslasa seni,
Xotirangla yashab yana.. kecholmayapman...Gulim...
 
QodirbekДата: CHORSHANBA, 2015.08.19, 22:14 | Сообщение # 295
Группа: Удаленные





Ижод килишдан тухтаманг. Яхши ижодингиз бор экан. Битта маслахат Факат севги мухаббатдан ёзманг. Устозлар шеърларини купрок укинг. Омаааад!!!!
 
александр8888Дата: SHANBA, 2016.01.09, 12:23 | Сообщение # 296
Группа: Удаленные





Katta raxmat !
 
  • Страница 12 из 12
  • «
  • 1
  • 2
  • 10
  • 11
  • 12
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz