Дата: YAKSHANBA, 2015.01.18, 23:15 | Сообщение # 276
Группа: Удаленные
Senda yurak yo'q bo'lsa, O'rniga ol menikini ham. Xech narsaga zor bo'lmasang, Endi zor bo'l so'zlarimga. Go'zal bo'lsang o'zingga boq, Kun kelganda sen ham qariysan. Men ko'rmoqchi bo'lgan yuzingni, Vaqti kelsa izlab topmiysan. Men zor bo'lgan barcha narsaga, Vaqti kelsa bo'lasan sen ham zor. Bu qarg'ishmas bu tilak emas, Bu shunchaki yurak so'zlarim. Bu shunchaki dil og'riqlarim..!
Дата: MUBORAK JUMA, 2015.01.23, 02:16 | Сообщение # 278
Группа: Удаленные
Sen borsan yuragim,sokin kechalar, Shivirlaydi jim-jitlik,mag'zun ko'chalar. Oy bo'lsang men bo'lay,yoningda yulduz, Sensiz yo'lim yorishmaydi,bo'lsa ham kunduz.
Sen borsan quvonchim,shodligim o'zing, Tub tubiga joylar meni,bu qora ko'zing. Quchog'ingda ochilar,ming nafis guling, Iforingdan mast bo'lmoqda,bu oshiq yoring.
Sen borsan har kunimda,umid uyg'onar, Sensizlikda jonimga,qayg'u-dard kelar. Ojiz ko'nglim bir seni,tanho sog'inar, Suratingga boqib quchib-quchib ovunar.
Sen borsan borliging,menga bir baxtdir, Sen farishta bo'lsang agar,yo'lim aniqdir. Bizni bir qilgan balki,yolg'iz ollohdir, Ne bo'lsaham baxtliman,chunki bu Taqdir..!
Дата: SESHANBA, 2015.02.17, 02:32 | Сообщение # 280
Группа: Удаленные
Biz qilgan bu orzular bo'ldimi sarob, Qasding bormidi taqdir berdingku azob. Endi qaytib kelmaydi ushbu kungacha, Sevgilimga baxt tilayman endi bu kecha.
Kulib turgan ko'zlarimni g'amlar yengmasin, Sizni pinhon sevganimni xech kim bilmasin. Adashgan bu o'tmishdagi armonim ko'mib, Sevgilimga baxt tilayman endi bu kecha.
Tomchilaydi derazamning ortida yomg'ir, Mening esa qo'llarimda tig'li qalamdir. Yog'avergin tinmayin mag'zun kechada, Men baxt tilab xat yozaman unga tonggacha.
Taqdir ekan o'zga yorga nasib aylading, Bizdek oshiq dilni bag'ritosh deb saylading. Yuragimni ming bo'lakka parchalab yana, Sevgilimga baxt tilayman endi bu kecha..!
Дата: YAKSHANBA, 2015.03.01, 01:05 | Сообщение # 281
Группа: Удаленные
Ketmagin dunyoni g'amga to'ldirib, Mayus boqqan ko'zlarimni yoshga cho'ktirib. Dilimda g'am qayg'u bilan yana o'ldirib, Boshga balo bo'lma sevgi endi sevdirib.
Ketmagin men yolg'iz sensiz qolaman, Dardimni sendan o'zga kimga aytaman. Yuragim har lahza urib turganda, Sening sog'inchingda qonlar yutaman.
Ketmagin bir jonim ishqqa kuydurib, Parishon xolimni yana zor qilib. Ko'zlaring tubiga sevgim cho'ktirib, Meni o'ldirmagin sen sensiz qoldirib.
Ketmagin yolvorsam qolarmiding ayt, Iltimos bu yo'ldan endi jonim qayt. Xatolarim kechirgin bo'lsam aybdor, Seni borliging uchun yashayapman qayt.
Ketmagin kelsang seni baxting bo'laman, Senga sevgi inom etgan axting bo'laman. Yurakdagi gulg'unchangga mehrim beraman, Sensiz agar xazon bo'lgan yaproq bo'laman.!
Дата: PAYSHANBA, 2015.04.09, 11:47 | Сообщение # 289
Группа: Удаленные
Ming bor qo'lga qalam olib sindiradurman, Ishqdan bezgan yuragimni kuydiradurman. Ey voh netay o'z o'zimni o'ldiradurman, Sensiz yashash azob bo'ldi ko'nikolmayman.!
Taqdir boshga bir sinovni chorlamas afsus, Balo kelsa kelar ekan qo'shshalab so'zsiz. Kuydi yurak yondi yurak yolg'izlik cheksiz, Lekin seni yuragingda men yo'qman essiz.!
Shoir qo'li xuddi xazon yaproqqa o'xshar, Yuzlarining ajinlari sahroni bo'ylar. Baxtlilari bir tomonda dardlari menda, Eh men netay yozolmasam baxtim sherimda..!
Ilhom qochdi hayol surib o'tiribman jim, Endi meni kim eslaydi aytinglarchi kim. Men bir oddiy shoirmanda notanish kimsa, Mendan bo'lak o'qimaydi sherim xech kimsa.!
Дата: PAYSHANBA, 2015.04.09, 11:50 | Сообщение # 290
Группа: Удаленные
Seni qattiq xafa qildim bilmayin kechir, Yuragingga ozor berdim tillarim o'tkir. Bu tilimni kesib olgin roziman mayli, Bugun bahor bizga qaytdi,sen ham qayt endi.
Intizorman yana o'sha qora ko'zingga, Seni aytgan har bir shirin totli so'zingga. Ollohimdan so'ray yana qaytargin menga, Bahor qaytdi qaytgin endi meni yonimga.
Yuragimga eshik ochding tortqilab sekin, Jonginamni tub tubiga kel o'zing berkin. Topolmadim muhabbatim shivirla bugun, Jonim bahor keldi bugun zorimsan qaytgin.
Ishq olovi yondiradi qalbim kuydirib, Sen kelmasang yuragimni ketgin o'ldirib. Yolg'izimsan yolg'izligim eslatding menga, Intizorman yana sening oydek yuzingga..!
Дата: PAYSHANBA, 2015.04.09, 11:54 | Сообщение # 291
Группа: Удаленные
Armon ko'zlarimga bog'ich boyladi, Ishq o'ti qalbimni pinhon dog'ladi. Yuragim oshkora o'rtanib ey voh, Faqat seni poyingga mag'rur tiz cho'kdi.
Bu kecha sokindur avvalgilardan, Yomg'ir yuvgay bag'rimni g'am-u hasratdan. Bir tomonda yig'laydi Zuhro Laylilar, Yo'l chetidan jim ketar Tohir Majnunlar.
Derazang ortida qoldim termulib, Sen menga boqarsan ko'z yoshing to'kib. Yig'lamagin choram yo'q qaytmoqqa senga, Meni kechir armonman endi qalbingga..!
Salom... Bugun yana seni esladim,hayolimdan ketmayapti shirin so'zlaring seni menga bog'lab turgan xotiralar har bir kunim har bir tunim,qulog'imda jaranglagan shirin so'zlaring hattoki erta tongda uxlab qolganimda ismimni aytib sen uyg'otayotgandek bo'lasan.Ko'zlarimni ochaman lekin seni yo'qligingni ko'rib yuragim ichikib seni soginib ketadi. Bu xatni senga yozishimdan oldin juda ko'p o'yladim,yozsammi yozmasammi.Balki endi seni hayoting baxtlarga to'lgandir.Balki endi farzandlidirsan oilang bag'rida meni butunlay unutgandirsan.Lekin xaqiqiy chin sevgi unutilmas ekan,chunki seni unutolmadim.Balki so'zlaring rostdir.Men bu yerda yolg'izman,har gal sen bilan gaplashib yolg'izligimni xis qilmagandirman.Lekin seni baribir sog'inyapman.Kechalari ko'zlarimga uyqu kelmaganida,sen yodimga tushasan.Seni shirin ovozingni eshitganday bo'lib ketaman.Shunga seni qanday qilib yuqotib qo'yganimni o'ylab yuragim eziladi.Afsus o'rtamizdagi masofa olislikdan bir birimizni ayirdi.Balki men senga sen esa menga yaqin bo'lganingda biz birga bo'larmidik.Ammo taqdirga yozilgan joydan qochib qutilolmas ekansan inson. Mayli endi sen o'zga insnonni sevikli yori butun jahonisan. Endi seni sevaman deyolmayman,senga xatlar yozolmayman. Bugun mana shu xatni yozar ekanman. Senga bir gapni aytgim keldi. Seni juda sog'indim... Seni bir bora bo'lsayam shirin ovozingni eshitish uchun seni bir umr kutishgayam roziman. Meni deb hayotingni buzma men ham bir kun oila quraman. Lekin seni ovozingni yana bir bor eshitishni juda xohlayman. Gulim qayerda bo'lsanggam doimo sog' salomat bo'lgin. Oilang bag'rida baxtlarga to'lgin. Biz bir kun uchrasharmiz. Balki osmonlarda kim biladi 100 yillardan keyin uchrashib qolarmiz. Sen xozir baxtli bo'lsang men sen uchun chin ko'ngildan baxtliman. So'zim oxiri keldi Gulim...Seni xech qachon unutmayman,ovozingni juda sog'indim. Xozir Rossiyadaman.Kuz oxirida uyga qaytaman.Baxtli bo'l Gulim...
Дата: CHORSHANBA, 2015.08.12, 01:40 | Сообщение # 294
Группа: Удаленные
Yuragimga rad javobin berolmayapman, Seni yana sog'inishdan tonolmayapman. O'ksik jonim har lahzada eslasa seni, Xotirangla yashab yana.. kecholmayapman...Gulim...