CHORSHANBA, 2025.06.25, 11:09
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Главная | Регистрация | Вход
Приветствую Вас MEXMON | RSS
SOG'INCH
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:13 | Сообщение # 376
Группа: Удаленные
She’rlarimda ilhomim, qo’shig’imda torimsiz, Yo’llarimga ko’z tikkan, yolg’iz intizorimsiz, Ajralmasim – qadrdon, umrim bo’yi borimsiz Taqdirimga ming shukr – baxtim bilib yaratgan…
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:14 | Сообщение # 377
Группа: Удаленные
Urushi olamga taralgan yurak, Shaklini yo’qotib, buralgan yurak, Bedor kechalardan nur olgan yurak Qatra mehrlardan yaralgan yurak, Seni ko’rsaydi…
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:14 | Сообщение # 378
Группа: Удаленные
Har kuni yod etib, qalbing shod etib, O’zi-chi, dod etib, ham faryod etib, Labga kulgu, lekin dil barbod etib So’ngsiz xijronlardan ezilgan yurak… Zumga tinsaydi…
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:14 | Сообщение # 379
Группа: Удаленные
Ko’ngil iliqlikka moyil bir damda, Orzular tugamas ekan odamda. Hikmatni qidirib har bir qadamda Olam havaslarga burkangan yurak. Yo’lin topsaydi…
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:14 | Сообщение # 380
Группа: Удаленные
Chap tomonim senga ko’proq intizor, Rasmingga termulish qilmayapti kor. Har tongda duodan bo’lib umidvor. Mitti umidlarga o’rangan yurak Ilinj istaydi…
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:15 | Сообщение # 381
Группа: Удаленные
Choklari sitilgan… Ko’rkam zohiri, Mengayam ayonmas ko’ksimning siri… Ko’z tikib, intiqib, yig’lab oxiri, O’zi ham sog’inchga aylangan yurak… Visol qo’msaydi…
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:15 | Сообщение # 382
Группа: Удаленные
Bilmam, nima, Sen tomonga xayolimni buradi, “topib ber -, deb – quvonchimni”, Ahvolingni so’radi.
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:15 | Сообщение # 383
Группа: Удаленные
Bilmam, nima, Xislarimni uyg’otishni boshladi, Kunim nursiz, Tunlarimni bedor qilib Tashladi.
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:16 | Сообщение # 384
Группа: Удаленные
O’sha narsa Bir zumgina Nigohingni tutsaydi, O’yim bilan O’zimniyam birga olib ketsaydi…
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:16 | Сообщение # 385
Группа: Удаленные
Bilmam, nima, g’ijimlaydi Chap tarafim tinmasdan. Qaysar juda, Tinch qo’ymaydi, zorimgayam Ko’nmasdan…
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:16 | Сообщение # 386
Группа: Удаленные
Bilmam, nima, Orzu, havas, niyatlarni to’ldirar, Yuzimga dam g’am soladi, Dam beg’ubor kuldirar
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:16 | Сообщение # 387
Группа: Удаленные
Bilmam, nima, bir umrga Mehrlaring qistaydi, Shu davrda seni faqat, Xursand ko’rmoq istaydi,
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:17 | Сообщение # 388
Группа: Удаленные
Bilmam, nima, Undamoqda she’r yozishga qalbimni. Nima qilay, Kerak so’zni Topolmasam - aybimmi?
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:17 | Сообщение # 389
Группа: Удаленные
Bilmam, nima, Xijronga yov – Visolga-chi, mushtarak. Zir yugurar, Lek joyidan, Siljimaydi bu yurak…
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:18 | Сообщение # 390
Группа: Удаленные
Bilmam, nima, Yolvormoqda, Poylarimga cho’kib zor, So’ng jimgina, Sen tarafga, Ko’z tikadi, Intizor…
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:18 | Сообщение # 391
Группа: Удаленные
Iltimos, Otirmay xayol pinjida, Mehmon bo’lib ketgin, mayliga, zumga. Boshim – osmon, qilsang qadam ranjida Ko’ksimda asragan shinam joyimga
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:18 | Сообщение # 392
Группа: Удаленные
Iltimos, Ko’z tashla, nigohim tolgan, Quvonch ham, yupanch ham yolg’iz firoqdir. Intiqish tanamni zabt etib olgan - Qalbimning hududi senga mushtoqdir…
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:19 | Сообщение # 393
Группа: Удаленные
Iltimos, rozi bo’l, mensiz kechirgan, Xijron azobining ozu ko’piga. Kel birga boraylik qolish-chun abad, Senga ko’rsatmagan dilim tubiga
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:19 | Сообщение # 394
Группа: Удаленные
Iltimos… ichingda bog’lanib qolgan Turli tugunlarni yechib kel, gulim. Qo’l siltab bariga, Bor-buding tashlab, Mening yuragimga ko’chib kel, gulim…
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:19 | Сообщение # 395
Группа: Удаленные
Бул кеча бўзлаб неча, соғиниб ёр изладим, Топмайин кўз гавҳаримни, оҳ чекиб, зор изладим. Хаста дил, пайваста дил бунча ҳам дийдорталаб, Оразин кўрмоқ илинжда, қанча гулзор изладим Қон ютиб, жондин ўтиб, юз тутиб ағёрима, Бу фано дунёда кечмас дўсту вафодор изладим. Бесадо, айтмай видо кетмагайман бенаво, Изтиробим басталовчи най ила тор изладим. Тонг қадар, азон қадар кўрмайин гул юзлигим, Таркидунё этгали тор, кимсасиз ғор изладим. Танг ҳолим, зангранг ҳолим англагувчи оз экан, Мен каби қалбида дарз, умри афгор изладим. Хўб безиб, дунё кезиб, боргали тақдир томон, Йўлга ҳамроҳ, қўлга хасса, белга зуннор изладим Уриб фарёд, бўлган барбод кўнглим ҳеч масъуд эмас, Не ажаб, йўқ меҳрибоним, гарчи минг бор изладим.
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:19 | Сообщение # 396
Группа: Удаленные
Titroq lablarimda nomingni aytib, Dunyoni unitib Sizga talpindim. Xar kun ko'rmasamda ko'zlarim yonib, Yurak yuragimdan Sizni sog'indim.
Agent777 Дата: SESHANBA, 2012.05.22, 17:57 | Сообщение # 397
Yangi
Группа: FAOL
Сообщений: 7
Статус: OFLAYN
Afsus bugun chiqmadi quyow,Hatto bulut t6kmoqda k6z yow.Bunga qanday beraman bardow,Seni juda sog'inib ketdim.Kecha havo mayin ediku,Uchrawuvimiz tayin ediku.Bugun menga qiyin b6ldiku,Seni juda sog'inib ketdim.Tezroq kelgin kelmasang b6lmas,Sen kelmasang k6nglim ham t6lmas.Oramiz ham bepayon ch6lmas,Seni juda sog'inib ketdim.Mayli bugun chidab 6taman, Dardlarimni ichga yutaman.Ammo tongda yana kutaman,SENI JUDA SOG'INIB KETDIM.
_Komow_ Дата: CHORSHANBA, 2012.05.23, 13:48 | Сообщение # 398
Группа: Удаленные
Zõr
_MAFIYA_ Дата: CHORSHANBA, 2012.05.30, 22:24 | Сообщение # 399
Группа: Удаленные
SEVGILIM SEN MENI AYLADING ADO NEGA BUNCHA QILDING JONIMGA JAFO SENDAN KUTGAN EDIM OZGINA VAFO VAFO QILMADING SEN QILDINGKU ADO SEVGILIM SEN MENGA AZOB BERARSAN BU AZOBLARING QACHON TUGAR BILMASMAN SENI SEVGAN YURAKNI SENSIZ NETARMAN SEVGILIM QAYTISHING XANUZ KUTARMAN
Karen_uz Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 13:19 | Сообщение # 400
Группа: Удаленные
Bo’ysiz gul og’ushlasang, Tikanli gul ushlasang, She’rim shunda hushlasang Meni eslarmikansan?
2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz