Дата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 12:50 | Сообщение # 4
Группа: Удаленные
Bilardim dunyoda borligingizni, Meningdek telbaga zorligingizni, Sevgim asir etdi borlig'ingizni, Men sizni Xudodan so'ragan edim... Yig'lardim ko'zimni qoralar qilib, Tig'lardim o'zimni poralar qilib, Tunlarda uxlamay nolalar qilib, Men sizni Xudodan so'ragan edim... Bilmadim, men sizni qanchalar kutdim, Aqiq lablarimda g'unchalar tutdim, Sizni ko'rgan ondan o'zni unutdim, Men sizni Xudodan so'ragan edim... Samoda charx urgan qushlardan emas, So'ngiga yetmagan tushlardan emas, Oshnolardan emas, heshlardan emas, Men sizni Xudodan so'ragan edim... Hijron damlarini bo'lmaydi cheki, Aslida baxt uchun yaralgan edim. Sizga bo'lgan sevgim shunday edi-ki, Men sizni Xudodan so'ragan edim ..!
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.01, 12:22 | Сообщение # 7
Группа: Удаленные
Men sizni sevardim, sevgim, ehtimol, Qalbimda butunlay so`nmagan hali. Sevgim endi sizga kelmasin malol Haddim yo`qdir sizni xafa qilgali. Goho chuchib, goho rashk qilib men Sevar edim so`zsiz, umidsiz. Har kishi sevsa ham, men kabi sevsin, Chin yurakdan samimiy, cheksiz. Qurib qoldi ko`zda yoshim, Yurak to`lsa yig`lolmayman. Hijronga etmas bardoshim, Shodlikka dil bog`lolmayman. Qafasdagi qushcha misol, Yoningga hech borolmayman Suvdek oqib ketdi visol, Tushimda ham ko`rolmayman. Olis yulduz bo`lding ko`kda, Yakin turib yetolmayman. Dardimni tangrimdan o`zga, Hech kimsaga aytolmayman. Ey bevafo, bu qilmishing, Ne deb atay bilolmayman. Hushim yo`qdir baxt tilashga, Baxtsizlik ham tilolmayman. MUHABBATdan kechib ketding, Men-chi bunday qilolmayman. Bir umrga armon bo`lgan MUHABBATdan ketolmayman. Ko`ngil yig`layotir yomg`irdek ezib, Yurakdan to’kilar dardlarim sizib, Halovatning sokin uylarin bo`zib, Ketgim kelar lekin bilmam qayoqqa!!! Xayol bo`lib hayotingdan ketmadim jonim, Quyosh bo`lib ko`zlaringga botmadim jonim, Hajring bilan zafarondir oy yuzim, Bu dunyoda sendan o`zgani topmadim.
Shamollar xazonlarni quvgan kabi Har dam hayollarim izlaydi seni Sokin tun bolishing quchganing kabi Bir lahza bag’ringda tutib tur meni Qaniydi kaftimni bosib yuzingga Dardlaring, g’amlaring ololsam qani, Zuhro ham Tohirni quchgani kabi Bir lahza bag’ringda tutib tur meni Nega yo’llarimiz bizlarning ayro, Nega qalb tushunmas sendan men judo Farishta duosiga tutilgan sado Bir lahza bag’ringda tutib tur meni Telbadek kunlarim tunlarga ulab, Shivirlar ostida erkamni kuylab, Orzuning, umidning boshidan silab… Bir lahza bag’ringda tutib tur meni Achchiq bo’lar ekan sog’inch so’rog’i Tark etmas dilimni taqdir tuzog’i… Subhidam yangrasa oshiqlar ohi Bir lahza bag’ringda tutib tur meni Manzilim yo’qotgan bir sayyoh kabi Jonim deyolmasman sendan o’zgani Doim so’roqlagan hislarim haqqi Bir lahza bag’ringda tutib tur meni