Дата: SESHANBA, 2013.01.08, 05:11 | Сообщение # 451
Группа: Удаленные
Bolalikning ko'chalari ko'zdan o'tar, umr - karvon to'xtamaydi mangu ketar, yuragimga zangor sog'inch tig'day botar, Bolaligim sen ham meni sog'indingmi? Maysa gilam yalangoyoq chopar edim, ko'k dalada ko'kka qarab yotar edim, yalpizlarning bo'ylaridan o'par edim, Yalpizginam sen ham meni sog'ingmi? Bolalikning ko'chalari tor emasdi, g'am- tashvishga murg'ak qalbim zor emasdi, yosh bu jonim o'kinchlardan xor emasdi, xoy sho'xligim sen ham meni sog'indingmi? Endi o'sha osmon to'la ko'zlar qani? Qirda qolgan yalangoyoq izlar qani? Qo'l ushlashib yugurishgan qizlar qani? Ey tengdoshim sen ham meni sog'indingmi? Zoru hayron tentirayman toshlar aro, ko'zlarimda qalqib turgan yoshlar aro, senga yetib borolmayman tushlar aro, bolaligim sen ham meni sog'indingmi?
Дата: SESHANBA, 2013.01.08, 05:12 | Сообщение # 452
Группа: Удаленные
Eh ko'zimga to'ldi yosh, Yig'lolmasam netayin? Visolingga qalamqosh, Yetolmasam netayin? Shuncha sevib bir seni, Aytolmadim netayin? Bugun ko'zda yoshingni, Artolmadim netayin? Ko'zlarimga boqolmay, Deding to'yim bo'lyabdi, Otam meni eshitmay, Bir yigitga beryabdi... Qanidi kar bo'lib qolsam, So'zlaringni eshitmay qolsamm, Eh qanidi mening jonginam, Shu so'zlarin eshitmay o'lsam! Ammo afsus netayin, Bari azal taqdir ekan, Faqatgina Allohim, Barcha ishga qodir ekan! Sen deb yashab dunyoda, Yetishganim alam bo'ldi, Zor qalbimni qon yig'latib, Shu alamni ko'ngli to'ldi, O'ylab qoldim ne qilay? Ko'zda yoshing artaymi? Yo yurakdan sevganim, Sen ekaning aytaymi? Yoki sendan voz kechib, Bu shashdimdan qaytaymi? Shu ko'changdan bir ketib, Qaytmas bo'lib ketaymi? Savollarga ko'milgan, Yurak bag'rim yig'laydi, Ko'z yosh to'kib yig'lardimu, Ammo to'g'ri kelmaydi. Ko'z yoshlaring artaman, Artmasam ham bo'lmaydi! Chin sevgimni aytaman, Yo'qsa ko'nglim to'lmaydi!
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.11, 21:21 | Сообщение # 453
Группа: Удаленные
Sizni soginaman yulduzga qarab Siz xam yulduzlarga qarab turganday Sizni soginaman osmonga qarab Oyga tikilaman xabar kutganday
Shamollar menga gox sirli gap aytar Tushuna olmasdan qolaman yonib Soginchimni olib ortiga qaytar Balki ortar sizni azobga qorib
Soginib ketaman yomgirlar yog`ib Yaralganda dilda mungli bir qo`shiq Balki o`sha kuy siz tomon jo`shib Aks sado berar dilingiz jo`shib
Sizdan hech narsa etmayman talab Xatto xayol bilan bermayman ozor Sizga faqat ezgu niyatlar tilab Balki arzimasman qilishga bedor Balki sizning xam ushbu kechada Jumbushga kelgandur yurak toringiz Siz xam adashib ko`ngil ko`chada Unutgandursiz yo`g`u boringiz Soginchimni yana yashirib dilga OLLOXdan so`rarman yagona ilinj Toki tirikmiz bo`lmaylik birga Bizni bog`lab tursin AZOBLI SOGINCH
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.11, 23:30 | Сообщение # 454
Группа: Удаленные
Nima Boldi? Sog'indingmi? Sog'inmayman degandinku.... Nima Böldi? Örgandingmi? G'urur ila ketgandinku... Nima böldi közlaringga? Yig'lab-yig'lab töydingmi sen? Sendan köngil uzganmda, Endi köngil qöydingmi sen? Mana endi zor bölasan, Sevdim faqat sözlarmda... Kel deganda rahming kelmay, Yig'lab turgan közlarmga... Qaytar dunyo ekan mana, Men aytaman öshal sözni... Xatto nazarimga ilmay, Yig'lab turgan qaro közni... Men shundayin bag'ritoshman, Shiorim shu: "QAYTAR DUNYO!" Men örgandm endi jonim, Sensiz yashashni ham hatto!!!♥♥♥
Дата: PAYSHANBA, 2013.02.28, 20:25 | Сообщение # 456
Группа: Удаленные
Kuzim k6lib yig'laydi, qalbim.Muhabbat yuliga sig'maydi dilim.Iwq degan bir balo tirnaydiqalbim. Ne qilay guzalim senisog'indim. Uzim xam 6xwamayqoldim uzimga. Dustim xamaldadi boqib kuzimga, aybimbulsa aytin yuzimga. Ne qilayguzalim seni sog'indim. Men senizor kutdim xato qiyofangniunitayozdim xar qadam tovuwgaqulog'im tutdim. Sen esakelmasan xamon. Xar birutkin4ini sen deb uylardim kuz/im yul qarab tolib ketdi/. Samoga4uzilgan titroq qularim samodamulaq qolib ketd
Дата: DUSHANBA, 2013.03.04, 00:03 | Сообщение # 457
Группа: Удаленные
Bilardim dunyoda borligingizni, Meningdek telbaga zorligingizni, Sevgim asir etdi borlig'ingizni, Men sizni Xudodan so'ragan edim... Yig'lardim ko'zimni qoralar qilib, Tig'lardim o'zimni poralar qilib, Tunlarda uxlamay nolalar qilib, Men sizni Xudodan so'ragan edim... Bilmadim, men sizni qanchalar kutdim, Aqiq lablarimda g'unchalar tutdim, Sizni ko'rgan ondan o'zni unutdim, Men sizni Xudodan so'ragan edim... Samoda charx urgan qushlardan emas, So'ngiga yetmagan tushlardan emas, Oshnolardan emas, heshlardan emas, Men sizni Xudodan so'ragan edim... Hijron damlarini bo'lmaydi cheki, Aslida baxt uchun yaralgan edim. Sizga bo'lgan sevgim shunday edi-ki, Men sizni Xudodan so'ragan edim ..!
Дата: PAYSHANBA, 2013.03.07, 05:36 | Сообщение # 460
Группа: Удаленные
Bilardim dunyoda borligingizni, Meningdek telbaga zorligingizni, Sevgim asir etdi borlig'ingizni, Men sizni Xudodan so'ragan edim... Yig'lardim ko'zimni qoralar qilib, Tig'lardim o'zimni poralar qilib, Tunlarda uxlamay nolalar qilib, Men sizni Xudodan so'ragan edim... Bilmadim, men sizni qanchalar kutdim, Aqiq lablarimda g'unchalar tutdim, Sizni ko'rgan ondan o'zni unutdim, Men sizni Xudodan so'ragan edim... Samoda charx urgan qushlardan emas, So'ngiga yetmagan tushlardan emas, Oshnolardan emas, heshlardan emas, Men sizni Xudodan so'ragan edim... Hijron damlarini bo'lmaydi cheki, Aslida baxt uchun yaralgan edim. Sizga bo'lgan sevgim shunday edi-ki, Men sizni Xudodan so'ragan edim ..!
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.03.08, 11:25 | Сообщение # 461
Группа: Удаленные
Quyoshsiz yashashga o’rganib qoldim, Ko’nikdi oyga ham shamstalab ko’zim. Sizga baht tiladim,siz esa- menga, Toqatlar tiladim o’zimga o’zim. Tasbeh ayta-ayta charchadi sog’inch, Sajdaga bosh qo’ydi toliqqan yurak. Shu dam azrouldek jon oldi hijron, Endi arvoh kabi kezadi tilak. Lekin men tirikman,xavotir olmang, Umid uzganim yo’q hayot gulimdan. Sizsiz yashamoqni o’rgandim,demak, Sizni sevmay yashash kelar qo’limdan.
Дата: PAYSHANBA, 2014.04.24, 22:08 | Сообщение # 462
Группа: Удаленные
Sog`inch sochlari oqarib ketgan Ishonchning ko`ksiga toshlar yig`laydi Ishonchning qo`llari endi kesilgan Baxtimning boshini gumon silaydi Ruhimning yagona yopingan to`ni Vujudimni kuydirar ayovsiz gulxan Alanga, o`t chatnar, qolgan tanimni Azoblar anovmas, o`zga bir sitam Qo`llarim yetmagan olis yulduzlar Ko`ksimga bosh qo`yib aylarmish fig`on Tushim deb suvlarga aytilgan so`zlar Axir hammasi ham emaku yolg`on! Nahot quyosh umri shunchalar qisqa Nahotki, oyning yarmi ham zulmat Yo Rab! Bugun vafo dorga osilsa Sevgiga go`rgov qilar xiyonat Sevinchning suvrati sarg`ayib ketgan Kiprikka osilib yoshlar yig`laydi Tirnog`im ostida zindonband shayton Ruhimga hukmdor bo`lmoq istaydi