Qalbim uzra dardli shamollar yeldi, Ko'nglimga azoblar bostirib keldi, Bugun armon azobidan yig'lagim keldi, Hayotimni boshidan boshlagim keldi! Sen bevafoga ishondim o'zi ne uchun? Ayanchli holimga dushmanlar kuldi, Senga boshqa to'qnashmas uchun, Hayotimni boshidan boshlagim keldi!
Do'stlarim ishonma desa birma-bir, Baribir bir senga ishongim keldi. Bugun seni unitdim lekin baribir, Hayotimni boshidan boshlagim keldi!
Hayotda chin sevilgan bevafo sensan, Bevafo sevgiga aldangan menman, Bugun afsuslarga to'lib ketganman, Hayotimni boshidan boshlagim keldi!
Bugun seni unitib kulib tursam ham, Sendan kechib o'zgani yori bo'lsam ham, Seni hayotimdan o'chirolsam ham, Hayotimni boshidan boshlagim keldi!
Hayotda boshqa aldanmaslig uchun, Bevafoga aslo ishonmaslig uchun, Haqiqiy sevgiga yetishish uchun, Hayotimni boshidan boshlagim keldi![/color]
OLLOXim o'zinga bosh eggan banda, Boshqalar nazlida eng chukli odam. OLLOXim ISLOM ila ulg'aygan tanda, Kibru riyo bo'lmas zarra bo'lsa ham. OLLOXim sen uchun boshin egamagan, Har kim? qarshisida yotganin ko'rdik. OLLOXim lag'zali roxatni deb-on, Oqibat alamlar totganing ko'rdik. OLLOXim QURONga bo'ysingan inson, Azizu mukarram yashadi o'ldi. OLLOXim eng so'ngi nafas bermush-on, Tug'ilgan sof fitrat unga yor bo'ldi. OLLOXim kaloming bilmagan banda, Oddiy sinovlarda yo'lidan qaytmush. OLLOXim unga ham o'lim kelganda, Otasin bolasin ismini aytmush. OLLOXim iloh yo'q sendan bo'lak deb, O'tganning hayoti bo'lmush mazmunli. OLLOXim eng so'ngi go'zal tilak deb, Umrini o'tkazmush g'amli mag'zunli. OLLOXim seni bir demayin o'tgan, O'ziga ilohlar yaratib olmush. OLLOXim tog'lar ham uchib yurgan-on, Ul bandang do'zoxda abadiy qolmush. OLLOXim bu ikki bandang xikmati, Butun bir qovumga o'xshaydi bugun. OLLOXim senga qo'l cho'zilgan payti, So'rayman hidoyat ber bizlar uchun.
Payg'ambarning vafotida bo'lmadingiz, Yig'ladilar ham baliqlar ham ustunlar, Shul sababdir bu dunyoda kulmadingiz, OLLOX Rozi Bo'lsin Sizdan TOBEYINLAR. XASAN BASRIY o'z qovumiga aylab xitob, ROBBingizga bermoqchisiz qanday javob, Sahobalar yo'lin tutgan eng so'ngi tob, OLLOX Rozi Bo'lsin Sizdan TOBEYINLAR. Qozi SHURAYX HALIFAni oddiy bilib, Xukum qilmush g'ayri dinga foyda qilib, Yaxud qaytmush mo'minlikka taslim bo'lib, OLLOX Rozi Bo'lsin Sizdan TOBEYINLAR. Bugun o'zin tarix ichra bilgan tengsiz, Dunyo sizni ustoz desa arzir hargiz, Siz sababli kashf etildi ilmu XADIS. OLLOX Rozi Bo'lsin Sizdan TOBEYINLAR. Tavhid ahli uchun eng xaq yo'l ko'rsatgan, NO'MON IBN SOBIT bo'lib din o'rgatgan, Siz-siz o'sha halaflarga nur taratgan, OLLOX Rozi Bo'lsin Sizdan TOBEYINLAR. Boshiga tosh bossalarda bo'lmay taslim, AXMAT IBN HAMMAL kabi buyuk mazlum, QURON OLLOX kalomi deb chekkan zulum, OLLOX Rozi Bo'lsin Sizdan TOBEYINLAR. ISLOM uchun musibatga berib bardosh, Sahobiylar baxtin o'ylab sajdadan bosh, Ko'tarmagan to balquncha sharqdan quyosh, OLLOX Rozi Bo'lsin Sizdan TOBEYINLAR. Ostonaga kiritmagan malaylarni, Nari surgan dunyo, dunyo chiroylarni, Tor kulbadan xaqir ko'rgan saroylarni, OLLOX Rozi Bo'lsin Sizdan TOBEYINLAR. Ashoblardan RASUL aytgan rivoyatlar, Muborakdir sizga nasib omonatlar, Omonatga qilmadingiz xiyonatlar, OLLOX Rozi Bo'lsin Sizdan TOBEYINLAR.
O'g'lim jigar go'sham qalbim sururi, Etibor berma ko'p g'amgin izlarga, Yaxshisi hayotning eng tezkor nuri, Namoz o'qib duo yubor bizlarga. Xaqqimga duo qil yig'lab hilvatda, Doim qatnashib yur ilmiy suxbatda, Dunyoning ishlari bitar albatta, Naqorat... Omon bo'lsin deyman hamisha boshing, Qadrla shiddatla o'tayotgan yoshing, O'zinga buyursin yuz kilo oshing, Naqorat... Unut tiriklarga tegishli qoida, O'zga qoidalar biz kelgan joyda, Yig'lab eslashingdan yo'q ekan foyda, Naqorat... Ramazon oyida ro'zengni tutib, Zakoting kerakli manzilga yetib, Qurbing yetsa Baytni ziyorat etib, Naqorat... Hayot qadriga yet tirik onlarda, Hali imkoniyat bordir jonlarda, Boshqa taom yo'qdir biz tamonlarda, Naqorat... Ayovsiz shamoldek yelmoqda fursat, Unda sen iymoniy qirrangni ko'rsat, Qasrlar qurishni bir zumga to'xtat, Naqorat... Yangi hayotimga keltirmagin dog', Biz yashar maskanlar o'zgacha chorbog', Qishda o'tin bo'lar yozda salqin bog', Naqorat... Farzanding talabin hargiz kulib ber, Ayolinga mayli dunyo olib ber, Lekin qabrliklar faqat bir so'z der, Naqorat... Bolam o'ynab kulgin qalbingni o'rab, Biroq bir holatni his etgin yurib, Uyaliy aloqeng o'chirib turib, Naqorat... Ishini o'ngla yordam kutgan xomushni, Bajargil yetimdan qolgan yumushni, Va lekin unutma asosiy ishni, Naqorat... Azaham o'tadi o'tar zavqli to'y, Tugaydi bir kuni jamiy hayol o'y, Boshqa ish faydasin bermas bilib qo'y, Namoz O'qib Duo Yubor Bizlarga...
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]