|
Men ketaman bir kun nolasiz, Ammo ko'zim kulib o'laman. Bir xaqiqat yo'lida yotgan, G'ijim qog'oz kabi uchaman.
Men ketaman yolg'onni quchib, Xaqiqatni qaylardan izlay. Yolg'on dunyo o'tkinchi dunyo, Rost gapirdimmi ayt o'zing dunyo.
Men ketaman bo'gzimda yurak, Charchab xorib to'xtaydi yurak. Bir dardim bor xaqiqat halak, Rost gapiring hudo deganlar.
Men ketaman xaqiqat izlab, Balki bordir yolg'onsiz hayot. Xaqiqatni ayting insonlar, Hudo ko'rib turibdiku,undan qo'rqinglar.
Xaqiqatni so'radim bir kun, Menga yaqin tanish insondan. Rost gapirdim deydiyu ammo, Xaqiqatni yashirdi go'yo.
Qancha savol javoblar qildim, Yolg'on emas xaqiqat dedim. Afsus yo'qdir unda xaqiqat, Rost gapichi xaqiqat emas.
Xaqiqatni ko'rsatish oson, Unda faqat pok yurak kerak. Qani sizda qoldimi yurak, Xaqiqatni aytib ko'ring siz.!
Sasha.B - Hayotiy Ijodidan.!
|