Главная » 2013»Июнь»8 » Vladimir Putin va Lyudmila Putina ajrashishga qaror qilishdi
01:17
Vladimir Putin va Lyudmila Putina ajrashishga qaror qilishdi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin rafiqasi Lyumdila Putina bilan ajrashadigan bo‘ldi. Bu haqda ular "Rossiya 24” telekanali muxbiriga ma’lum qildilar. Ular birgalikda "Esmeralda” baletini ko‘rishganidan so‘ng qarorni e’lon qilishdi. Lyudmila Putinaning aytishiga qaraganda bu "zamonaviy ajralish” ekan. Davlat rahbari oxirgi paytlar rafiqasi bilan deyarli ko‘rishmayotganini tan oldi. "Bu bizning umumiy qarorimiz. Birgalikda kechirgan turmushimiz tugadi. Biz deyarli ko‘rishmayapmiz” dedi Putin. Shu bilan birga Vladimir Vladimirovich farzandlar bilan hammasi joyida ekanligini bildirdi. "Farzandlarimiz oliy ma’lumotli va ular Rossiyada yashaydilar. Aloqalarimiz yaxshi”. Lyudmila Putina ular prezident bilan oxiriga qadar "yaqin odamlar” bo‘lib qolishlarini bildidrdi. "Men Vladimir Vladimirovichdan minatdorman. U meni hamon qo‘llab-quvvatlamoqda” dedi u. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishiga qaraganda, ajralish hali rasmiylashtirilmadi. "Ular ajrashishlarini bildirishdi. Men hujjatlar qachon rasmiylashtirilishini bilmayman” dedi u. Vladimir Putin va Lyudmila Putina (qizlik familiyasi Shkrebneva) o‘ttiz yil birga yashashdi — 1983-yildan beri. Ularning ikki qizi bor — Mariya (1985 y.t.) va Katerina (1986 y.t.). Darhaqiqat, Putinlar oilasi so‘nggi paytda kam ko‘rishishdi. Joriy yilgi pasxa kechasiga Dmitriy Medvedev rafiqasi bilan keldi. Putin esa yolg‘iz tashrif buyurdi. Ular oxirgi marta 2012-yilning 7-may kuni, prezident qasamyodida birgalikda ommaviy joyda ko‘rinish berishgandi.