Ajoyib savol! Ya'ni insonlar internetda bir-birlari sevib qolishi mumkinmi? Hozirda ushbu savol ko'p joylarda yangramoqda. Savol berilayotganda uning oxangiga e'tibor bering! Virtual sevgi bormi? Negadir menga bu savol oxangida, ha degan javobni kutayotgandek kayfiyatni sezaman. Bundan ma'lum bo'ladiki, sevgiga ishonadiganlarning ko'pchiligi virtual sevgiga ham ishonadi. Bu savolga har kim o'z tushunchasi doirasida javob bermoqda. Ba'zilar aytadiki: "Sevgi joy tanlamaydi". To'g'ri, joy tanlamaydi, ammo internet "joy"ga to'g'ri kelarmikin? Bu virtual sevgiga ishonmas ekan deb o'ylamang. Keling birgalikda taxlil qilib ko'ramiz! Inson sevib qolishi uchun nargi inson haqida ruxiy, jismoniy, ma'naviy, oilaviy va hatto axloqiy taraflari haqida ham tasavvur bo'lishi kerak. Internetda uning gaplarini yozuvlarda ko'rasiz. Fikrlashi va dunyoqarashini anglab olasiz. O'zi va oilasi haqida tanishasiz. Rasmini ko'rib baxo berasiz. Sizga yoqib qoladi (bu hali sevgi emas). Yana va yana gaplashgingiz keladi. Sog'inasiz, kutasiz. Online bo'lganda xursad bo'lib ketasiz. O'zizcha o'ylaysiz, sog'inyapman, talpinyapman sevib qoldimmikin? Ammo o'ylamaysizki, u umuman boshqacha inson bo'lib chiqishi mumkin. Rasm o'ziniki emas, yozgan narsalari esa u inson xushmuomila bo'lgani sababli sizga mehrli bo'lib tuyulgandir. Yozayotgan har bir inson o'zini, qarshisidagi insonga mukammal qilib ko'rsatishga harakat qiladi. Natijada xaqiqatdan yiroq bo'lgan taassurotlar paydo bo'ladi. Kun sayin uni o'z tasavvurida ideallashtirib boraveradi. Oqibatda nuqsonlar ham ko'rinmay qoladi. Kelgan xatlarni aql ko'zi bilan emas qalb ko'zi bilan ko'ra boshlagach esa xis tuyg'ular ta'sirida uning xabarlari rang-barang tuslarga kiradi. Xayolot ummonida butunlay o'zgacha tasvirlar namoyon bo'ladi. Insonning qalbida shunchalik tug'yon urayotgan xislar sevgidan boshqa narsa emas, deyishingiz shubxasiz. Ammo yuqorida aytib o'tganimizdek, u inson umuman boshqacha olam bo'lib chiqsachi? Qalbda juda katta to'qnashuv ro'y beradi... U boshqa olam bo'lsa, demak siz tasavvur qilgan sevgi dunyoyingiz xayolot olamidagi oxiri yo'qlik bo'lgan tuyg'u holos bo'lib qoladi. Sizning tasavvuringizdagi maxbubingiz real xayotda mavjud emas bo'lib chiqadi. Faqat hayoldagina mavjud bo'lgan sevgini xaqiqiy sevgi deyolmaymiz. Sevgida ikkala inson ham real hayotda mavjud bo'lishi shart. Menimcha endi o'zingiz xulosa chiqarib bo'ldingiz. Ma'lum bo'ldiki, virtual sevgi xaqiqiy sevgi bo'lolmas ekan. Xaqiqiy sevgi bo'lishi uchun baribir real hayotga murojat qilishga majbur ekanmiz. Internetda tanishib, keyin hayotda tanishib sevsa bu sevgi bo'ladi. Faqat internetda o'tirib olib bir- birini sevib qolish hayoldan o'zga narsa emas. Demak virtual hayot sevgiga bir vosita va boshlang'ich tanishuv bo'lishi mumkin ekan. Xaqiqiy sevgi esa faqat va faqat real hayotda bo'ladi. Virtual suhbatdagi, yuqorida aytilgan qalb kechinmalari, sog'inish, talpinish, kutish bu real hayotimizdagi tuyg'ularimizni qalbda junbushga kelishidir. Bu holatni faqatgina hayoliy xis deb tushunish va bu holatga imkon qadar tushmaslikka harakat qilishimiz lozim. Har doim, har nafasda bu shunchaki virtual olam ekanini, real hayot umuman boshqa ekanini hamisha yodda tutishimiz lozim bo'ladi. Bu tajribada o'rgangan narsalarimizni kelajak avlodlarga ham o'rgatishimiz judayam zarur xisoblanadi. Toki biz qilgan xatolarga ular yo'l qo'ymasin. Virtual suhbatga kirishib real hayotni u bilan almashtirib qo'ymasinlar. Internet olami insonlarning uzog'ini yaqin qilib, muloqot imkoniyatini beradigan juda qulay eng so'ngi kashfiyot ekanini unutmaylik. U bizlar uchun real hayotimizni o'rnini bosishga emas, balki real hayotimizga yordamchi bo'lishga xizmat qilsin! Internet olami, bizning millat uchun, vatanimiz uchun va kelajagimiz uchun faqat va faqat yaxshiliklar olib kelsin. U sababli yetadigan har qanday moddiy va ma'naviy zararlardan hammamizni avvalo Alloh saqlasin, o'zimiz ham judayam extiyot bo'lib kerakli choralarni vaqtida amalga oshirib boraylik!
Meni ko'nglimdagi gaplarni aytibsiz internetda hech qachon real hayotdagidek sevgi bo'lmaydi baribir real hayot yaxshi.Chunki internetda uning ichki dunyosini bilmaysiz.Hayotda Chiroy emas ko'ngil muhimroq.
E xullas xammani fikri xar xil!wu vertual sevgiga iwongalani özi balkim kimidir net ta sevar 4unki xamma özidan keb 4iqb fikrlidi tak wto öwa gap VERTUAL SEVGI YÖ!
Vertualgayam realgayam sevgiga iwonmiman. Pewonada yozilgan yor bilan ota ona aytganlari bilan baxtli buladi odamzod. Xamma uz yorini kutsa yaxwi bulardi. Chunki qayerdadur kimdur biz uchun yaratilgan!
Menda bo'lgan voqea bu. Hayotda kopchilik yigitlarni sevgisini tinglaganman. Ularga nisbatan hech bir tuyg'u uyg'onmagan qalbimda. Bo'sh vaqtlarimda mailda bulardim. Shunda bir yigit bilan tanishib qolganman. Ochig'i netdagi xabarlarga shunchaki javob qaytarardim. U yerdagilarni kimligi bilan ham qiziqmas edim. Lekin ular orasidan 1yigit etiborimni tortib qoldi. U boshqalardan umuman ajralib turardi suzlari bilan. (balki bu menimchadir). Xullas 6oy netda gaplashdik. Kegin telefonda suhbatlar boshlandi. Shu yigitga qadar tel.da uzoq gaplashmasdim, yoqtirmasdim ham. Dugonalarimni ustidan kulib yurardim 3,4soatlab vaqtingni nega shunga sarflaysan deb, arziydimi uzi deb quyardim. U bilan ilk suhbatim tungi 2lardan utib ketdi. 4oylarcha tel.da, netda gaplashib turdik. U hech ham menga shirin suz aytmagan. Juda g'ururi baland, oriyatli edi. Uzi haqida esa deyarli hech bir malumotni aytmasdi. Netda 1og'iz suraganimda utmishiyu kelajagigacha aytib beradigan yigitlarni bilganim uchunmi uning bu tarafi ham menga sirli tuyulardi. 5oylardan sung 2,3kun u mendan uzini op qochayotganini sezib qoldim. Surasam indamasdi, aytmasdi. Bir kuni tusatdan tel qilib voqting qalay ozgina gaplashib utiraylik, siqilib ketdim dedi. U bilan 2soatlarcha gaplashdik ushanda. U menga sevgan qizi borligini 4oylardan beri uchrashib yurganini, endi esa u qiz turmushga chiqayotganini, u bilan bo'lgan hammasini aytib berdi. Men esa jim tingladim. Usha paytda shunday ahvolga tushdimki. Ishongim kelmasdi. Chunki bu vaqt oraligida u men bilan ham gaplashib yurgan edi. U hammasini aytdi. Uning 1-rost gaplari sevgan qizidan boshlandi. 5oy davomida aytmagan uqish joyini, oilasini... hammasini aytdi. Sevgani uchun kup harakat qilganini, uni juda ham qattiq sevishini, u esa boshqaniki bulayotganini aytib berdi. Unga dalda bulgan, yupatgan bulsamda lekin uzim undan batar ahvolda edim. Xullas shunaqa. U o'zini vadasida turdi. O'sha qizga oxirgi marta tel qilib undan ilinj kutdi. Bo'lmagach boshqa umuman tel qilmadi. Men hali ham u bilan tel.da gaplashib turaman. Tan olaman unga befarq emasdim. Rashk tuyg'usi umuman menga begona edi unga qadar. Doim meni sevib, ardoqlagan 1og'iz shirin suzim uchun hamma narsaga tayyor kursdoshim ham ataylab qizlarni gapga solganda meni rashk qilsin uchin qilgan harakatlari besamar ketardi. Uni esa netda menga xabar bermasdan o'tirganini kursam rashkim kelardi. Netdagi qizlardan qizg'anardim hatto. Lekin bu voqeadan so'ng hammasini yuragimni tubiga ko'mdim. Butunlayga. Uyimizdan sovchilarni keti uzilmay qolgan bir paytda, men hammasini usha bilan taqqoslab kuraverib, rad javobini berayotganimdan uzimdan xafa bulib ketaman. Bilaman hammasi yaqinda tugaydi. Chunki yaqinda unashtirilaman. Ungacha u bilan hech bulmaganda 1-marta vo oxirgi bora uchrashish nasib qilarmikan...
Hayotda wunaqa bugandirki vertualni sevgi dgan termin vujudga kelgan netda taniwib hayotda kuruwib seviwib ketganlar xam k6p 1dan hozir bir kuriwda sevib qoliw dgan narsa y6q y6q bup ketgan xam 2dan kimdir telda taniwib sevib qoladi kimdir birga 6qib yurgan kursdowini sevib qoladi yana kimdir uzoq qarindowini sevadi sevgi har kimga har xil bulib keladi bunga t6gri qaraw kerak kino xam hayotdan olinadi diyiwadiku vertual sevgi ham hayotdan olinadi
sevgini yigiwtirib olloxni roziligini olgan muximroq chunki biz vaqtinchalik yawetgan dunyoyimizda ja kop mexr beriw keremas uwa mexrni oxirat un bergan maqulro!
Севги-певги. Севги хаммага хар хил, турли вактларда келади. У интернетми, томни устими, яйловдами, тогдами, боғдами, бозордами, ёки умуман бошка жойдами севадиганлар севишиб турмуш куриб бахтли оилалардан бири булиб яшаяпти. А так омад тилайман бахтли булишсин.
Bulaqa sevgiga eriwiw qiyin man bir qiz blan net orqali taniwib 3yil gaplawdim uni sevib qoldim deb uylardim lekin u bilan kuriiwiwga qurqardim uni kurgach manga u yoqmasa yoki man unga yoqmasam derdim keyin bu sevgi emas wunchaki urganib qolganimni angladim chunki man sevgimni hayotda topdib hozir juda bahtliman u qiz ham uz bahtini uzini wahridan topgan deb umid qilaman ! Balki uzimda unga bulgan intiliw yuqligi dababmi hullas wunaqa gaplar .....
bulaqa sevgiga eriwiw qiyin man bir qiz blan net orqali taniwib 3yil gaplawdim uni sevib qoldim deb uyladim lekin u bilan kuriiwiwga qurqardim uni kurgach manga u yoqmasa yoki man unga yoqmasam derdim keyin bu sevgi emas wunchaki urganib qolganimni angladim chunki man sevgimni hayotda topdib hozir juda bahtliman u qiz ham ux bahtini uzini wahridan topgan deb umid qilaman !
man masalan normalniy bolaman,har tarafdan bor xudoga wukur,ham aql,ham chiroy,lekin harakterim nervniy.netda ajoyib,soda,vafodor,hech kimga oxwamagan qiz, bosa taniwib,uylanardim
hammaga sevgi har hil keladi. Birovi telfonda gaplashib sevib qolsa birovi uchrashib kurib sevadi yana boshqasi kurmasdanam sevarkan. Enetdan sevishib chet ellaga ketishvottiyam. Lekin netda turishi yolgon uydurma gapla bilan yozishadi. Rost gapiridiganla kam
mani bitta dostim bor,u bitta qiz bilan odnokda taniwgan.biram zor,ajoyib,oliyjanob,samimiy qiz.bir birini sevib,turmuw quriwgan.bir kuni dostim sevganidan suravoti.ne odnokka kirmayapsan deb savol bersa,u quyidagicha javob berdi.man waxzodamni qidirayotgan edim va uni topdim deb.menga bu sayt endi keragi yo dib,uni ochirvordim
Pumpy uziz uchun javob berin netda tanishib sevishib oila qurganlarni xozi bahtiyor yashayotganlarni kupini kuryapman Bor busayam sanoqlilarda, xa yoqtirib urganib qoladi lekin u sevgiga aylanishi un uje vertualda xarakat bumidi, yo telda gaplashish kurishish vertualga kiradimi?
net da taniwib oila kurganlar ham bor!birok netda taniwganda rostdan he4 kim uzi hakidegi malumotni batafsil yozmedi,ikir,4ikiriga4a!hi4 kim man yomonman dimediku?!bazilarga wu netda taniwiw yokadi.taniwuv saytlariyam kupayib ketyapti hozir,bijiyapti odamlar bn!!
virtual sevgi --- bormi ? Xa bor agar yoq bolganda "virtual sevgi" iborasi qaydan keladi Misol ovqat qilas a Ow degan qaydan kelgan guruch savzi piyoz gowt yog' wularni jamlanmasidan ovqatga osh degan nom berilgan virtul sevgi xam wu yaqin kelajakda xech kim ko'chada avtobusda yo astanofkada taniwmidi wu netda taniwib keyin toy qiliwadi bu ketiwda Xudo asrasin