Venesuela yetakchisi Nikolas Maduroning aytishicha, uning farzandlari joniga qasd qilishga urinishgan. Bu haqda Pravda.ru sayti xabar bermoqda.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, "nafrat va murosasizlikka to‘la juda kichik bir to‘da” uning bolalariga suiqasd uyushtirishga harakat qilgan. Karakasda aholi hukumatga qarshi chiqishlar qilib, tartibsizliklar ro‘y berib turgan paytda Maduroning bu da’vosi g‘alati, deya ta’kidlanadi xabarda.
Shuningdek, mamlakat rahbari mazkur jinoyatchilarning shaxsi aniqlanganligi, hozirda ular bilan prokuratura shug‘ullanayotganligini ham aytgan. Ayni paytda mazkur voqea yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda va prezident oilasiga nisbatan uyushtirilgan suiqasd ortida aynan kim turganligi aniqlashtirilmoqda.
Maduro avval ham bir necha bor o‘zini kimlardir o‘ldirmoqchi ekanligi haqida e’lon qilgan. U goh kolumbiyalik killerlar, goh salvadorlik terrorchilar, goh AQSh davlat kotibi tomonidan yollangan qotillar joniga qasd qilishga urinayotganligini aytgan.
Yaqinda Venesuela prezidenti OAVdagi shov-shuvlarga qarshi kurash boshlaganligi haqida ham xabar bergandik.