 Mana, bugun yana bir tanishimni tavallud ayyomi. Lekin… lekin u xursand emas. Men qiziqib undan nega xomushligini so’raganimda u shunday javob qildi: -Bilasanmi, negadir hamma tug’ilgan kunini orziqib kutadi, shu kuni juda xursand bo’ladi. Ammo o’ylamaydiki bugun hayotining yana bir yili o’tdi. Hayoti o’tib, tugab boryaptiku… Ha, uning so’zlarida ham jon bor. U to’g’ri gapirayotgandir, balki. Mana, masalan, o’zim ham tug’ilgan kunimni intiq bo’lib kutaman. O’sha kuni hamma yaqinlarim kelishini, sovg’alarga ko’milishni istayman, juda ham xursand bo’laman shu kuni. Biroq, o’ylamabman umrim o’tyapti-ku… Ha, umr o’tgan, o’tmoqda, o’tadi ham. Lekin, bundan tashvishga tushish kerak emas-ku... Chunki, kishi yashayapti, u kimgadir kerak, kim uchundir nafi tegyapti... Shunaqada, u nega o’tgan umridan nolishi kerak?! Umrida hech bo’lmaganda kimgadir kerak bo’libdi-ku, hech bo’lmaganda kimgadir yordami tegibdi-ku! Ha, hech qachon umrim o’tyapti deb kuyinmang. Aksincha, shu o’ylarni o’ylaguncha kimgadir nafim tegsin, deb harakat qiling. Shunda o’tgan umringizga achinmaysiz.
|