Birdan Nigora cho’chib tushdi…hozir..dediyu.. apil tapil yuzini yuvib..eshik oyangidan qaradi.. Eshik ortida esa Barno jilmayib turardi.. Eshikni ochishi bilan Barno sevinch bilan Nigorani bag’riga bosib salomlarshdi.. -O’rtoqjon tinchlikni kallai saharlab meni sog’inganmisan deyman..jilmayib so’radi Nigora. -Iya kecha nimaga kelishganimizni unutdingmi dugooon..hayron bo’lib so’radi Barno -Haa esladim ..!Tanishing tog’risida nimadir deganding shekkili..dedi Nigora -Namidir emish..Hammasini gaplashib olish uchun uni oldiga bormoqchiman seni ham olib ketish uchun keldim o’rtoq…dedi Barno. -Tug’risi oyog’im tortmayroq turibdida o’rtoq,nimagadir shu ishga ko’nglim chopmayapdi..dedi Nigora.. -Jinnimisan..Bu imkoniyat hayotingda bir marta beriladi..agar undan foydalanmasang..bir umr mana shunaqa biring ikki bo’lmay o’tib ketasan..deb jahl aralash yuzini burib oldi Barno.. -Hazillashdimu o’rtoq..shunga shunchami biroz kutib tur..hozir kiyinib chiqaman..deb Nigora ichkari honaga kirib ketdi.. -Bo’laqolgin tezroq..ko’chada biror joydan nonushta qilib olarmiz dedi Barno..
***
Ko’p qavatli uylar ichidan nihoyat ikki dugona qadrdon tanishni uyini topib olishdi.. Ikkinchi qavatga ko’tarilib..Turkiya mebeli asosida yasalgan hashamkor eshik qo’ng’irog’ini Barno bosdi..Ichkaridan qadam tovushlari eshitilib eshik sekin ochildi.. Ro’parada esa o’rta yoshlardagi..sochiga ozroq oq oralagan..Ko’zlari allaqanday yonib turuvchi.. Oq sariqdan kelgan bir ayol qarshilab turardi.. -O’zimmi Leyla opajonimdan orgilay..Qalesiz..?hursand holda Barno huddi eski qadrdonlardek ko’risha ketdi.. -Barnoxon singlim o’zingizmisiz..?ko’zlarimga ishonmayman…hursand holatda so’rasha ketdi Leyla.. Ichkariga kiringlar degan mulozamatdan so’ng..ikki dugona ichkari honaga kirib..yumshoq kresloga o’tirishdi.. Uzundan uzoq so’rashishdan so’ng esa nihoyat Barno ishdan so’z ochdi.. -Opajon bizni kelishimizdan maqsad..hozir mani ahvolimni bilasiz..Erim bilan ajrashganimdan so’ng juda ham qiynalib qoldim..Bu o’rtog’imni ismi Nigora…3 yil bo’ldi..befarzand bo’lgani uchun eri bilan ajrashishga majbur bo’lib qolganiga..Biz sizga tayanib biror ish masalasida yordam berasiz degan umid bilan eshigingizga tashrif buyurdik..dedi Barno -Hmmm..shunday deng Barnoxon..nimasini aytasiz..hozir haqiqatdan ham qiynalgan ayollar juda ko’p..yashashni o’zi bo’lmayapdi..ko’rib turibsizku..deb so’z boshladi Leyla Nigoraga sinchkov nazar bilan tikilarkan.. -Mabodo haqiqatdan ham ishlash niyatlaring bo’lsa meni chet elda hamkorlarim bor..ular bilan birgalikda ishlashingiz mumkun..Doimiy oylik maosh bilan tinch ishlaysizlar..U yerda oladigan maoshga bu yerda ko’p narsalar qilsa bo’ladi..ishlab kelayotganlar yomon bo’layotgani yo’q..Faqat sabr bo’lsa bo’ldi..dedi Leyla -Bu tomonidan havotir olmang opajon..dugonam ikkimiz tog’ni ursa talqon qiladigan qizlarmiz..?buyog’ini qiyib yuboramiz..dedi xazil aralash Barno.. -Siz nima deysiz singlim dedi Leyla -Nima ham derdim opajon..manga ayni damda ish zarur..ortiq bunday nochor yashashga sabrim yetmaydi..mayuslanib dedi Nigora. -Unday bo’ladigan bo’lsa sizlar 1 haftani ichida hujjatlarni taxt qilib qo’yinglar..omadingiz bor ekan 2 haftadan keyin..yaqin tanishimni fabrikasiga 20 ta qiz jo’natayotgan edim..sizlar ham ulgarsangiz ushbu reys ga ilinishingiz mumkun..deb gapni yakunladi Leyla.. -Albatta harakat qilamiz opajon..axir siz bizning bugundan boshlab qondosh opamsizku..deb hushomad qila ketdi Barno..
Biroz vaqtdan keyin esa ikkovlon ko’chada ketib borar ekan..bir biriga orzu havaslarini aytib to’ymas edi…
Faqat bitta masala Barno niku ota onasiyam o’tib ketgan 1 ta akasi rossiya taraflarga ketgani bo’yicha o’sha yerda uy joylik bo’lib ketgan..bir o’zi yashar edi.. Lekin Nigora-chi..?Uning onasi o’limidan keyin birdan bir suyangani akasi bor edi..Uni roziligisiz chetga chiqib bo’lmasligini Nigora yahshi anglar edi..
Barno bilan hayrlashgandan so’ng Nigora Akasi bilan maslahatlashishga qaror qildi…
* * * Onasini xonadoniga kirib kelarkan Nigorani ko’ngli allanechuk bo’lib ketdi..Rahmatli onasi ularni otasidan keyin aynan shu yerda katta qilgan edi..Onasi o’tirgan supaga qarab..yuragi bo’shashib xo’rligi kelib ketdi…ichkari uydan yangasi chiqib kelguncha ko’zidagi yoshini apil tapil artib..so’rashdi..
-Yanga akam uydamilar..?dedi Nigora.. -Ha xammomda edilar hozir chiqib qoladilar javob berdi yangasi.. Shu payt akasi xammomdan chiqib singlisi tomonga kela boshladi.. -Iya meni malikam g’arib kulbamizga tashrif buyuribdiku..Deb akasi jilmayib quchog’ ochib kela boshladi.. -Akajon yahshimisiz..Nigora shunday deb Akasini quchog’iga otirlarkan..ko’ngli bo’shashib..ko’zidan beixtiyor yosh quyulib kela boshladi.. -Bo’ldi..bo’ldi..nima bo’ldi o’zimni aqilli singlimga..yig’lama..singlisini ko’zidagi yoshni artar ekan..Sanjarni ko’zida yosh g’iltillardi…chunki bu holat unga onasi hayotlik paytidagi ba’zi onlarni eslatardiki..har gal singlisini ko’rganda xo’rligi kelar edi…
Akasini quchog;idan chiqar ekan Nigora so’z bo’shladi.. -Aka..qisqasi men ishlash uchun chet elga bormoqchiman.. -Nimalar deyapsan shu yerda ish kammi..dedi Sanjar -Akajon tushuning bu yerda odamlarni gap so’zi jonimdan to’ydirib yubordi..zora chet elda 2-3 yil ishlab o’zimga kelib olsam dedi Nigora.. -Hech yoqqa bormaysan..!esingni yig’..Begona joylar senga vatan bo’la olmaydi..singlim..dedi baqira ketdi Sanjar.. -Nima uchun meni tushunmaysiz..aka sizni oldingizdan bir og’iz o’tdim..meni bu yo’ldan toxtatib qololmaysiz..deb Nigora jahl bilan baqira ketdi.. -Unaqada ketsang..onam ham Men ham Sendan also rozi bo’lmaymiz..deb gapga nuqta qo’ydi Sanjar.. -Ketaman… Nigora indamay o’rnidan turdiyu…eshik tomonga burilib uydan chiqib ketdi… Sanjar boshini changallagancha holsiz..devorga suyanib qoldi…
Ko’cha eshigini qattiq yopar ekan Nigorani yuragidan nimadir uzilgandek bo’ldi…