12-avgust kuni poytaxtimizga joriy yilda olib kelinishi ko‘zda tutilgan 100 ta past polli Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobuslarining dastlabki 17 tasi keltirildi. Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda. Jadval bo‘yicha, avgust oyi so‘ngiga qadar yana 13 ta, sentabr—oktabr oylarida esa qolgan 70 ta avtobus olib kelinadi. Germaniyaning EvoBus GmbH mahsuloti bo‘lgan yangi avtobuslar yo‘lovchi transportining shahar yo‘nalishlarida foydalanishga topshiriladi. Eslatib o‘tamiz, avtobuslarning poytaxtga keltirilishi "Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda EvoBus GmbH o‘rtasidagi 14 million yevro (har biri 137,5 ming yevro bo‘lgan 100 ta avtobus va yana 250 ming yevro qiymatidagi qo‘shimcha qismlar va boshqa uskunalar) miqdoridagi shartnoma asosida amalga oshirilmoqda. O‘tgan yili ham Toshkent 100 ta Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobuslarini sotib olgan edi.