Toshkentda Galaxy Gear "aqlli soati” paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda iLike.uz nashri.
Samsung kompaniyasi o‘zining Galaxy Gear’ini 2013-yil 4-sentabr kuni Berlin va Nyu-Yorkda boʻlib oʻtgan "Mobile Unpacked Event 2013 Episode 2” koʻrgazmasida Galaxy Note 3 va Galaxy Note 10.1 plansheti bilan birga rasman taqdim etgan edi. Toshkentda esa 1-oktabr kuni Samsung Galaxy Note 3 smartfoni va Galaxy Gear soati taqdimot marosimi bo‘lib o‘tgan edi.
Galaxy Gear’ni smartfon yoki planshetlar bilan birgalikda ishlatish mumkin. Galaxy S3 va S4, Galaxy Note 2 va Note 3, shuningdek Galaxy Tab (2014 edition) bilan ham mos tushadi.
Ekran: 1,63 dyuym, 320×200 piksel, Super AMOLED
Kamera: 1,9 megapiksel
Ranglari: 6 xil
Batareya quvvati: 25 soat
Operatsion tizim: Android
Smartfon yoki planshetlarda Galaxy Gear orqali ovozli qoʻngʻiroqlarni qabul qilish va javob berish mumkin. Soat S-voice dasturini ham ishlata oladi.
Galaxy Gear narxiga kelsak, MobInfo nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, poytaxtdagi Mercato savdo markazida joylashgan Samsung firma do‘konida qurilma 1 120 000 so‘mga sotilmoqda. "Fleshka” majmuasi savdo rastalarida esa uni taxminan 990 000 so‘mga xarid qilish mumkin.