Zamin film navbatdagi filmni taqdim etadi.Yaqindagina Sevara Soliyeva hamda Asqar Hikmat to'y qilishayotgani haqida mish-mish tarqalgan edi, ammo bu piar emas balki yangi Jahongir Ahmedov rejissyorligidagi "Tilim qursin" deb nomlangan filmdagi voqealardan biri emish.Bosh rollarda MTVA 2012 yilning eng yaxshi aktrisasi topilgan Sevara Soliyeva, Asqar Hikmatov, Shohida Uzoqova, Matyoqub Matchonov. Kartina albatta komediya janrida suratga olingan bo'lib, premyerasi tez kunlarda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Albatta saytimizda premyeradan reportaj bo'lib o'tadi, bizni kuzatishda davom eting, o'ylaymizki bu film ham barchangizga manzur keladi.