Sizni sevib!
Sizni sevib o'tib ketdi essiz yoshlik.
Umrim bekor shamollarga sovurdimmu.
Yuragingiz qattiq ekan misli toshdek.
Qalbni nogoh ishq o'tiga qovurdimmu.
Bu dunyoda faqat sizni sevgan edim.
Armon bo'ldi menga shirin so'zlaringiz.
Hayotimning manosi siz degan edim.
Men oshiqni ko'rolmadi ko'zlaringiz.
Vaslingizga erishdilar endi kimlar.
Qay nigohlar to'yib boqar husningizga.
Ozoringiz bugun nega pinhon imlar.
Bir umrga begonasiz endi bizga.