
Agar muntazam ravishda olam haqida
biror yangi va g'aroyib narsalarni bilishga
harakat qilsangiz, unda quyidagi qiziqarli
faktlar aynan siz uchun.
Bu yerda siz koinot, inson anatomiyasi,
hayvonlar va sayyoramizdagi hayot haqida
qiziqarli narsalarni bilib olasiz.
1. Ko'pi bilan 10 kishi muloqot qiladigan
500 dan ortiq til mavjud.
2. 2022 yili bo'lib o'tadigan futbol
bo'yicha jahon chempionatining finali hali
mavjud bo'lmagan Lusail shahrida
o'tkaziladi.
3. NASAning vertikal yig'ilgan binosi shu
darajada kattaki, uning ichida ob-havo
sharoitlarini, jumladan yomg'ir bulutlarini
ham kuzatish mumkin.
4. Shaxmatda ehtimoliy partiyalar soni biz
ko'rayotgan Koinotdagi atomlardan ham
ko'proq.
5. Aleksandr Makedonskiy 22 yoshida
dunyoning yarmini bosib olgan.
6. Kun davomida Hindistonning Mumbay
shahri havosidan nafas olish 2,5 quti
sigareta chekish bilan barobar.
7. Siz bu gapni o'qiyotgan paytingizda 25
000 000 ta hujayra nobud bo'lishga
ulgurdi. Biroq bugun tanangiz 300
milliarddan ziyod yangi hujayralarni ishlab
chiqadi.
8. Yer yuzidagi chumolilarning birgalikdagi
og'irligi sayyoramizda yashovchi
odamlarning birgalikdagi og'irligiga teng.
9. Har bir kishini kuniga zarur bo'lgan
2720 kaloriya bilan ta'minlash uchun Yer
yuzida yetarlicha mahsulot ishlab
chiqarilmoqda.
10. Ko'k kitning yuragi “Volkswagen
Beetle” avtomobilining o'lchamiga teng,
uning aortasi esa shu darajada kattaki,
undan hatto odam ham emaklab o'tishi
mumkin.
11. Inson miyasidagi qon tomirlarining
uzunligi 160 000 km dan ortiq bo'lib, u
Yer yuzasini to'rt marta aylantirib o'tishga
yetadi.
12. Oyoq kaftida 250 000 ta ter
chiqaruvchi bez joylashgan.
13. Siz bir chashka qahvani tovush
energiyasi bilan isitishingiz mumkin,
buning uchun unga 8 yil, 7 oy va 6 kun
davomida qichqirishingiz kerak bo'ladi.
14. Agar ko'zlardagi gavhar olib tashlansa,
ultrabinafsha nurlarni ko'rish mumkin.
15. Agar qutb ayig'ining jigarini yesangiz,
A vitamini ko'pligidan nobud bo'lishingiz
mumkin.
16. Axborotga ishlov berish uchun inson
miyasiga qariyb 80 millisoniya vaqt talab
etiladi. Bu biroz o'tmishda yashashimizni
anglatadi.
17. Har bir inson quloqlarini qimirlata
olish qobiliyati bilan tug'iladi. Agar
o'zingizdagi bu qobiliyatni kashf
etmasangiz, unda quloq qimirlashi uchun
javob beruvchi mushak nobud bo'ladi.
|