xayrli kech dostlarim men manabu mavzuni joylagan edim lekin chiqmadi shuni kim tushuntirib bera oladi.Farishtadek yana bir chaqaloq dunyo yuzini ko’rdi. Onasini qiynab qo’yishdan qo’rqqan shekilli, u vrachlar yordamisiz tug’ildi. Oradan bir kun o’tib, bu chaqaloq o’zini shahar chekkasidagi tashlandiq sovuq yerda ko’rdi. Onasi: - Bolajonim, oppog’im, o’g’lim. Dunyoga bevaqt keldingda. Hozir zamon judayam o’zgarib ketgan. Men sen bilan qayerga ham sig’ardim. Ota-onam ko’rsa seni ham meni ham o’ldirishadi. Mening esa hamma hayotim oldinda. Sen meni kechir. Sen faqatgina uxlaysan xolos. Shirin uyquga ketasan. Mendek gunohkor onangni kechir. Endi uxla. Chaqaloq: - Farishtam onam qayerga ketdi? Farishta: -Bilmadim, lekin sen o’ylama hozir qaytib keladi. Chaqaloq: - Farishtam senga nima bo’ldi? Nega ovozing bunaqa? Yig’layapsanmi? Oyijonimga tezroq ayt kelsin. Bu yer juda sovuq ekan sovqotib ketyapman. Farishta: - Yo’q toychoq, men yig’lamayapman senga shunaqa tuyulgan shekilli. Men hozir onagni olib kelaman. Sen faqat uxlab qolma, balandroq yig’la. Yig’la toychoq, yig’la. Chaqaloq: - Farishtam axir onajonim uxla dedilar. Uxlashim kerak. Bu orada esa shu joyga yaqinroqdagi uylarning birida navbatdagi janjal. - Azizam, xafa bo’lmagin axir tirnoqqa zor faqat biz emasku. Bu dunyoda qanchalab oilalar farzand asrab olib, baxtu kamolini ko’rmoqda. Biz ham asrab olamiz faqatgina baxtimga sog’ bo’lsang bo’ldi. -Azizim, keling, negadir tashqariga chiqqim kelyapti. Yuring. Meni kimdir chaqiryapti. -Senga nima bo’lyapti, soatga qara. Qayoqqa? - Tezroq, tezroq boraylik. Bilmadim qayoqqa lek yuragim guppilab uryapti, qayoqqadir borishim kerak. Meni tushuning. Yuring. -Faqat sen uchun, mayli yuraqol. Uydan yosh oila chiqib yo’lak bo’ylab tez yura boshlashdi. - Azizam negadir, sen o’zingni ovora qilyapsan, qayoqqa ketyatganingni ham bilmayapsanku. -Azizim xuddi kimdir qo’limdan tortib ketayotgandek.......... - Menga va’da ber ertaga hech ish qilmasdan uyda dam olasan. Tamom. Men vrachingga ham telefon qilib gaplashib qo’yaman. -Jim kimningdir yig’i ovozi eshitilyapti. - Ha o’sha tomondan chaqaloq ovozi eshitilyapti. Farishta: - Toychoq qani bor ovozing bilan baqir. Yig’la oppog’im yig’la. Chaqaloq: - Farishtam, qayoqqa ketib qolding. Men sovqotib ketdim. Judayam sovuq ekan. Seni rosa chqirdim. Onamni topdingmi? Farishta: - Yig’la balandroq yig’la onang kelyapti. U judayam yaqin qoldi. Ayol: -Ey "Xudo" yim bu chaqaloqku, kim qo’yib ketti ekan. Judayam muzlabdi. Tezroq uyga olib kiraylik. Tezroq. -Azizam ohlarimiz “Xudo” ga yetib boribdi. Chaqaloq: - Farishtam onamning ovozi o’zgaribdimi? Farishta: -Yo’q begunoh farishtaginam, bu sening haqiqiy onangning ovozi.... |