Birinchi muhabbat Nima o'zi u? Yuragimizni otash qilib yondirgan, o't bo'lib kuydirgan hislar -- tuyg'ular. Birinchi marta yoqtirib qolganimizda ichimizda nimadir chirt uzilgandek bo'ladi go'yo. U hoh havas bo'lsin, hoh shunchaki yoqtirish, biz buni birinchi muhabbat deb ataymiz. Bu tuyg'u ko'pincha biz hali muhabbatning tub ma'nosini anglab etmasimizdan oldin qalbimizga joylashadi. MUHABBAT -- bu bir bir-birini tushunish, ishonch, mehr kabi tuyg'ular birlashuvidir. Bir shoir aytgan ekan, "Sen meni mendan ko'proq sevganing uchun emas, meni o'zimdan ham ortiqroq tushunganing uchun sevaman", - deb. Agar orada men sanab o'tgan tuyg'ular bo'lmasa, bunday munosabatlarni muhabbat deyish mushkul. Katta gulxanni hosil qilganda birinchi navbatda tez va oson yonadigan o'tindan foydalanamiz. Keyin esa uzoq va sekin yonadigan o'tin tashlaymiz. Agar sekin yonadigan o'tin bo'lmaganida olovimiz bir zumda o'chib kulga aylanib qolgan bo'lardi. Sevgi ham shunday, faqatgina ko'ngil tuyg'ularidan iborat bo'lgan sevgi abadiy emas. Ya'ni sevgida ishonch, bir-birini tushunish kabi tuyg'ular bo'lmasa, u lov etib yonib, tez so'ngan olovga o'xshaydi. Hali aytganimdek, biz muhabbat nimaligini bilmasdan turib sevib qolamiz va buni "birinchi muhabbatim" deb ataymiz. Bilasizmi nimaga ko'p hollarda birinchi sevgimizga yeta olmaymiz, chunki u paytda bir-birini tushunish degan tushuncha bo'lmaydi. U shunday beg'ubor damlarki, o'zimizni yettinchi osmonda uchib yurgandek his qilamiz. Yerdaligimizni esa unutib qo'yamiz. Ertakdagi Shaxzoda va Malikalardek tutamiz o'zimizni. Biroq hayot ertak emas. Hayolot ertagimiz ham bir kun tugaydi va shu joyidan muhabbat sinovlari boshlanadi. Bu paytda sinovlarni yengishga ojizlik qilamiz.
Sevgi ikkinchi marta kelishi mumkinmi?
Ha, kelishi mumkin. Buni ikkinchimas haqiqiy muhabbat deb atasak to'g'ri bo'lardi manincha. Bu davrga kelib biz ancha ulg'aygan, hayotga jiddiy boqadigan yoshga kelganmiz. Aynan shu davrda hayotimizda qandaydir inson paydo bo'ladi -- bizni tushunadigan va biz tushunadigan. To'g'ri, bunda oldingidek yurakning hapqirib urishi, hayajonlanishlar bo'lmasa-da, biz o'zimizni baxtli his qilamiz. Chunki dardimizni oladigan, mehrini beminnat taqdim eta oladigan, bizga g'amxo'rlik qiladigan inson bor. Bunday munosabatlar aksar hollarda nikohga olib boradi.
Sevgi ko'p marta kelishi mumkinmi?
Ha! Faqat buni sevgi emas yoqtirish deb nomlasak to'g'ri bo'ladi. Ko'ngil -- bu kapalak. To o'z gulini topganuncha, u guldan bu gulgan qo'nib yuraveradi. O'z gulini topgach esa abadga shu yerdan qo'nim topadi. Ba'zida esa gulini topolmasdan, taqdirga tan berib duch kelgan gulni o'ziga makon aylaydi. Bu - sevgi qissalaridagi eng ayanchli holat. Axir o'zing suymagan gulni hidlaganingda uning ifori yo yoqadi yoki yo'q.
So'ngso'z o'rnida shuni aytmoqchimanki, agar sevgilingiz bilan orangizda o'zaro ishonch bo'lsa, bir-biringizni yaxshi tushuna olsangiz, sevgingiz abadiydir. Yana shuni qo'shimcha qilishim kerak, juftliklar bir-birini qo'llab-quvvatlab, kuch bera olishi eng muhim masala. Qiyinchilik qaddingizni bukkanda, suyanadigan insoningiz borligi naqadar yaxshi, shunday emasmi?!
Barcha insonga tilagim, muhabbatimiz haqiqiy va abadiy bo'lsin!
ishq sevgi muhabbat yoki shunchaki hoyu xavas bu hammasi qaysi tomondan qarashga bo'g'liq agar siz muhabbat 1 marta bo'ladi deb o'ylasangiz va 1 marta sevib unga yetishaolmasangiz xech qachon 2-marta sevib qolmaysiz agar sevgi muhabbat ko'p marta bo'ladi deb o'zingizni ishontirsangiz albatta yana sevib qolasiz, hamma narsa ishonchga bog'liq axir hayot davom etmoqda va ikkinchi marta berilmaydi shunday ekan 1-muhabbatga aza tutib yashashdan nima foyda hayot qanchalar go'zal undan zavqlanib qol.
Ya'ni sevgida ishonch, bir-birini tushunish kabi tuyg'ular bo'lmasa, u lov etib yonib, tez so'ngan olovga o'xshaydi t6ri hayotimda xuddi wunday voqea böldiyu lekn endi uni muhabbatim edi d.b etolmiman. Bu wunchaki xoyu xavas bölganekan. Yaratganga wukrdi endi xaqiqiy baxtimni mani qadrlayoladigan mexrini beroladigan eng yaqin insonimmi topdim
manim4a sevgi keladi ketadi qorin esa hamiwa och. Hazil bolla. Öylawim4a yoninda sani sevadigan emas balki, sani tuwinadigan odam bögani yaxwi. Sani sevadigan odam öziga doim etibor istiydi, sani tuwinadigan odam esa sani i4indan nima ötvotganini biladi. Og'ir vaziyatlarda, baxtiyor va hafa kunlarinda sani tuwinadi va bu öz navbatida yawawni osonlawtiradi
sevgi muhabbat hayotda 1 marta bo'lganida uni 1-muhabbatim deb atashning nima keragi bor muhabbatim desa bo'lmaydimi raqam b-n belgilandimi demak uni oxiri yo'q 99-marta sevayotgan bo'lsangiz ham ishonavering bu xaqiqiy sevgi lekin 1-muhabbat b-n 2-muhabbatni solishtirib bo'lmaydi, shu gaplarimni yaxshilab o'ylab ko'ring.
45 Janob-prikol (BUGUN 18:00) YANA BIR GAP AGAR KAPTIVANI MINISHNI ILOJI BOLSA, NEXISIYADAN KECHADI ODAMZOT. padarka qvoradi nexsiyani qizlaram shuda. P.a.d.a.r.k.a (xazl) prikolda manga juda qiyin
YANA BIR GAP AGAR KAPTIVANI MINISHNI ILOJI BOLSA, NEXISIYADAN KECHADI ODAMZOT. padarka qvoradi nexsiyani qizlaram shuda. P.a.d.a.r.k.a (xazl) prikolda manga juda qiyin
40 Odil-oxran (BUGUN 16:51) sevgi keloradi 90yowga kirguncha asl sevgi soxta sevgi bu yoq gap xamasi xam owa o'rganiw yoqtiriw xalos
TOGRI OKAM FIKRIZ FAQAT BIR NARSA O'YLANTIRADI AGAR SHUNCHAKI YOQTIRISH , YOKI O'RGANIB QOLISH BOLSA NEGA BUNCHA AZOB BERADI?
BUGUNGI SEVGI SHUNAQAKI ODAMDAN KURASHNI SINOVLARDAN O'TISHNI TAQAZO ETADI. LEKIN BIZ YOSHLAR BUNGA TURIB BEROLMIMIZ VA OQIBATDA SEVGI KALENDARDEK RAQAMLARDAN TASHKIL ETA BOSHLIDI 1.2.3.4.5. . . . SEVGI UCHUN ENG KERAGI KURASHISH, AGAR MAN KIMIDUR SEVSAM U UCHUN KURASHAMAN MAYLI U SEVMASAYAM, MAYLI HAMA QARSHI CHIQSAYAM, MAN KURASHAVERAMAN.. OQIBATDA TO'YLAR MUBORAKDA OKAM!
HAVAS, O'RGANIB QOLISH BU GAPLAR QORQOQLARNI O'ZIGA O'ZI BERADIGAN TASALLISI. .