«Yuragimdasan» — qo’shiq nomining o’ziyoq e’tiborni tortmoqda. Demak, qo’shiqni tinglasak aniq unga shaydo bo’lamiz chog’i. Rayhonning har bir taronasi hamda uning klipi juda yuqori sifat va did bilan tayyorlanishini barchamiz bilamiz. Bugungi suratga olingan klipga ham o’zgacha mehr bilan yondashilmoqda. Ishonamizki, klip fotolavhalari siz azizlarni befarq qoldirmaydi. Klipni Jasur Shametov suratga tushirdi. Klipda Yigitali ijro etgan rolga esa klip tayyor bo’lgach baho berishimiz mumkin bo’ladi. Endi esa navbat klipdan fotolavhalarga.