Moxiraning ko’zlari qo’rquvdan kosasidan chiqib ketgudek bir ahvolda qolgan edi.Shuning uchun ham barcha harakatlari ayni vaqtdan g’azabdan aqldan ozgudek bo’lgan erkakka bir pul ekanligini oniy bir his bilan sezib turgan edi..SHuning uchun ham bo’lsa kerak lablaridan hech qanday so’z uchmadi.. Niyatbek esa borgan sari g’azab otiga minar ekan,tinimsiz sigaretani bostirib chekis asnosida Moxiraga qarab,asabiy ovozda so’radi: -Menga qara,ov manjalaqi,sen o’zi nima ishlar qilayotganingni anglayapsanmi? Moxira esa,indamasdan Niyatbekni ko’zlariga tik qarab turar edi, Negadir ayni damda uning ko’zlarida hech qanday qo’rquv yoki tushkunlik kayfiyatini topish mushkul edi..Niyatbek bunday bo’ladi deb o’ylamaganligi sababli,so’zdan to’xtab qoldi..Kutmagandi ochig’I bunday bo’lishini.. Lekin barbibir tashabbusni qo’ldan boy bergisi kelmayotgan edi..Shuning uchun ham Moxiraga o’zini holatini bildirmaslikka harakat qilib so’zida davom etdi.. -Sendan so’rayapman..Nima ishlar qilayotganingni bilsanmi? Moxira shu holatda javob berdi.. -Bilaman nima qilayotganimni,ho’sh shunga nima bo’libdi..Nima sen mening hayotimga ho’jayinmisan..?Yoki sendan nima qilishim kerakligini so’rab,hisobot berishim kerakmidi..? Qara-ya..savil..!! Moxira Niyatbekka ijirg’anib qaragancha qah qah otib kuldi.. Niyatbek Moxiraning aqlga sig’mas holatidan butkul hayratda edi..SHuning uchun ham jim bo’lib qoldi.. -Qani gapirngchi qaridosh..biz nima ishlar bilan ko’nglingizni qoldiribmiz..balki bu sir bilan bizni ham bohabar qilishga biroz takalluf qilarsiz-a?! -Oooo nahotki sen qilib yurgan ishlaringni koshki men bilmasam..yoki buni inkor etsanmi? -Nimani..? -Fohishaligingni..yohud ko’chada o’zingni bozorga solishingni..! -Iya qarindosh..?!Nahotki bilmasangiz..Bozorda savdo qiladigan odam shu narsani ham, bilmaydi deb o’ylamagan edim har holda..chunki bozorda bilsangiz yahshi tovargina haridorgir bo’ladi..Lekin ba’zida yomon tovarni ham zo’rma zo’raki o’tkazar ekan savdogarlar..! Niyatbekni fig’oni falakka chiqdi.. -Nimalar deyapsan ochiqroq gapir..! Moxira uning qizishganidan foydalanib gapida davom etdi.. -Vooyy bu,buni qarang-a,sevimli qarindoshimiz nahot o’sha yigitlar qurshovida bechora kelinlarini ko’rganlarida bir og’iz "bu ishing notug’ri "deb aytmadilar-a..!Balkim o’zlarining hirs bilan qaragan nigohlarini meni sezmadi deb o’yladilarmikan-a..! Moxira kulib yubordi.. Niyatbek ko’zlarini olib qochdi..Chunki haqiqatdan ham Moxirani bir necha kun avval bozorda bir yigit bilan qo’ltiqlashib o’tib ketayotganini ko’rgandek bo’lgan edi..Ammo o’shanda unda hech qaday bu ayolni to’xtatib bu gaplarni aytishga sabab ko’rmadim deb hisoblagan bo’lsa-da,uning ochiq sochiq kiyingan qomatini ko’rib,hatto "shu ayol men bilan bo’lsa qaniydi..!”degan fikr ham miyasidan o’tgan edi..Bu ayol naqadar makkor bo’lmasa,nahotki u hamma o’ylanio payqagan o’sha vaqtda..! Shu kabi o’ylar Niyatbekning fikriyatini butunlay to’zg’itib yubordi.. Ayniqsa ertalab uni ko’chada bir tanishi to’xtatib aytgan gaplari ham yodidan ko’tarilayozgan edi..O’sha tanishi ko’chada ko’rib qolib Niyatbekka "Haa Niyatbek bu yerda kerilishingni qara..!U yoqda bo’lsa sevimli jiyaningni hotinchasi ishrat qilib ekaklar qo’ynini to’ldirib yuribdi..Suf-ey sendek erkakka..!Bu yerda karillagandan ko’ra oz qarindoshlaringni yig’ib olsang yarashadi..”degan gaplaridan so’ng g’azab otiga mingan Niyatbek Opasining uyiga bostirib kirgan edi..Ammo Moxiraning bu gaplaridan so’ng undagi shasht batamom qayergadir g’oyib bo’lganini umuman sezmagan edi.. Moxira esa Niyatbekni o’ylanib qolganini ko’rib,o’qni aynan nishonga urganini fahmladi..So’ng esa makkorona ohangda,suzilgancha so’zida davom etdi.. -Ha nima bo’ldi,qarindosh..!Nima balo mening so’zlarim sizni bunchalar ta’sirlantiradi deb o’ylamagan edim..Balkim endi ikklamiz ham haqiqatni yuzaga olib chiqarmiz..qarshi bo’lmasangiz albatta..! Niyatbek esa Moxiraning oldi-da ojiz ahvolda qolgan edi..Haqiqatdan ham u butkul nohaq edi..Chunki Oftob ayninig yordam istab uning eshigiga bosh urgan vaqtlari,yordam berishga unamagan erkakdan yana nima ham kutish mumkun.. Moxira o’zini ko’rsatishga fursat yetganini anglab,o’rnidan turdi-da,stol ustida tugan konyakdan 2 ta skanni to’ldirib qo’ydi-da,bittasini Niyatbekni qo’liga tutkazdi..So’ng esa, -Qani oling qarindosh..!qo’ying bu hayotning tashvishlarini ,nima qilasiz buncha siqilib..Balki mening ham sizga aytadigan ba’zi bir haqiqatlari bordir..! -Yana qanaqa haqiqat..menimcha hammasini bilib bo’lgandekman..! -Yo’q qaridosh,yo’q..Siz haligini yo’lninig boshiga keldingiz..yo’l oxirini ko’rish uchun esa biroz yurish kerak-da..Buncha besabr bo’lmang..!Agar qarshi bo’lmasangiz sizga bu yo’lda biroz yo’ldoshlik qilishim mumkun..!Har holda sizdek erkak.mendek erini sog’inib qon yutgan ayolning ko’nglini olishingizga ishonaman..! Niyatbek ichida bu ayolning ustamonligiga tan berdi.Qo’liga Moxira tutkazgan qadahni olar ekan..Bitta ko’tarishda ichib yubordi.. -Iyaaa…jaa shoshqaloq ekansiz-ku qarindosh…Moxira konyakdan yuzi burishgancha qo’lini labiga tutib so’zlar ekan.. -SHuning uchun ham qarindosh..Mana fursati yetdi..Siz kutgan ayol sizning oldingizda..!Bundan ortiq baht bor ekanmi..erkak uchun..!yana ko’ngli tushgan ofatijon bilan-a! Moxira shu so’zlarni aytar ekan,ustiga kiyimlarni yecha boshladi.. Niyatbek esa o’sha damda bu ayolning durkunligiga mahliyo bo’lgancha o’zini nimlar qilayotganini anglamas..Aynan shu lahzalarda uning ongidan kim bilan nimlar qilayotgani emas,belki bu ayolning visoliga erishishdan o’zga hech vaqo yo’q edi.. Niyatbek Moxiraning og’ushida ko’nglini ovlar ekan,Oftob ayning kasalhonada o’lim bilan olishib yotganini bilmas ham edi hatto… Oradan tahminan 2 soatlar chamasi vaqt o’tdi..Bu orada Niyatbek bilan Moxiraning o’rtasidagi ishqiy munosabatlar yetarlicha davom etdi,,Niyatbek o’rnidan turib ketishga chog;lanib turgan vaqt esa,eshik qo’ng’irog’I asabiy jiringlab uni sergak torttirdi..Har qalay kimdir bu haqida bilib qoladigan bo’lsa,barchasi tamom bo’lishini bilmaydigan darajada ahmoq emas edi Niyatbek..SHuning uchun ham u egniga kiyimini yarim chala ilib,so’ng eshik tirqishidan tashqariga qaradi.. Nimagadir eshikning tirqishidan nargi tomonda qo’ng’roqni bosayotgan odam ko’zga tashlanmagani bois,Niyatbek eshikni sekin ochib,tashqariga nazar tashladi.. Shu vaqtda unga ikkita odam birdan tashlandi,uni yerga bosgancha,qo’lini orqaga qayirar ekan.Niyatbek ortiga qaradi..Uning ustida militsiya kiyimidagi ikkida uchastka noziri turar edi.. Bu vaqtda esa Moxira uy ichkarisidan tashqarida bo’layotgan shovqinni allaqachon eshitib ulgurgan edi..SHuning uchun ham u ,nimadir o’ylab topmasa o’zi ham sharmanda bo’lishi mumkun ekanligini o’ylar edi..SHunda u ustidagi kiyimlarini yirta boshladi..So’ng esa badaninin bir ikki joyini eshik qirrasiga urdi..Oqibatda esa uning tanasida ko’kargan joylar paydo bo’ldi.. Niyatbekni yerga bosgan uchastka noziri savol berdi.. -Bu uyda nimalar qilayapsan,menimcha sen bu yerda yashamas eding shekilli-a? Niyatbek lom lum deya olmadi..Uning egniga nomiga ilishga ulgurgan kiyimlari esa yerda yotar edi..SHuning o’zi ham uning bu yerda nimlar bilan shug;ullanayotganligini aytib turar edi.. Uchastka noziri Niyatbekni qo’lini orqasiga qayirgancha ichkariga olib kirdi..Shu vaqt ichkaridan Moxira sochlari to’zg’ib ketgan ahvolda,ustidagi kiyimining yarimi deyarli yirtilib ketgan,ochiq joylardan esa,ko’kargan joylari bilinib turgan holatda yugurib chiqdi.. So’ng esa,Uchastka noziri yoniga kelib,yig’lab yubordi.. Uchastka noziri esa nimlar bo’layotganiga tushundi chog;I boshini sarak sarak qilgancha Niyatbekka qaradi..Niyatbek esa boshini yerdan ko’tarlolmasdan turar edi.. -Akaa,,hayriyat yordamga kelib qoldingiz..Mana bu iflos meni uyimga bostirib kirib,meni zo’rladi..O’z kelinini zo’rladi.. Niyatbek esa Moxiraning bu so’zlarini eshitib,”Iflos”deya tishini ostidan ayta oldi holos..! Qolgan ishlarni esa Milinsiya hodimlari qilishdi.. Ozgina vaqt ichida Moxiraning yozib bergan arizasiga muofiq tarzda Niyatbekning bo’yniga "Odam zo’rlash”kabi og’ir jinoyat ilindi qoldi.. Qo’llariga kishanni taqib olib chiqishayotganda esa Moxiraning bilinear bilinmas "Jilmayganini”Niyatbekdan boshqalar ilg’ay olishmadi.. Vaholanki Niyatbek ichkariga kirib Mohiraga o’dag’aylayotgan vaqtda Dilshodbek qaytib chiqib ketgani orasida Milinsiya tel qilishga ulgurgan edi..Ayanan shu qo’ng’iroq sababli esa Bu manzilni uchastka nozirlari qiynalmasdan topib kelishgan,va bu vaqtlarning hammasi Niyatbekni taqdirini butunlay teskari tomonga aylanib ketishiga kifoya qilgan edi..
Ayni damda Oftob aya kasalhonada o’ziga kelgan,uyda nimlar bo’layotganidan butkul behabar holatda og’riqlar bilan olishib yotar edi.. Eshik ochilib honaga hamshira qiz nigoh tashladi.. -Xolajon,ahvolingiz yahshi bo’lib qoldimi..? Oftob aya hamshira qizga qaradi-da, -Yahshi bolam..ancha tuzuk bo’lib qoldim..deya oldi holos.. Hamshira qiz ham Oftob ayning tushkun holatini payqab ortiq bezovta qilgisi kelmadi.. -Mayli xolajon..!agar kerak bo’lsam chaqirarsiz..ungacha o’zingizni ortiqcha urintirmang..dedida eshikni sekin yopib ketdi.. Oftob ayaning ko’ngliga esa qil ham sig’mayotgan edi,shuning uchun ham bo’lsa kerak ko’nglida nuqul Rashidjonni o’ylar…o’zining aftoda holati ham bir pul edi ayni damda.. Ona o’gay yoki tuqqan bo’lgan taqdirda ham ona ekan-da,.Rashidjonga bunchalar mehr huv o’sha bundan ancha yillar ilgari Mehribonlik uyida boshlangan bo’lsada ,oradan mana necha yillar o’tib ham o’z kuchini yo’qotmagan aksincha yanada ko’payib,yuragining tub tubida ildiz otgan edi-ki,vallohu a’lam bu ildizlarni qo’porib tashlashga yillarning zalvorli bosimlari ancha kuchsiz edi..Holsiz holatida ham Oftob ayaning tilidan "Rashidjon o’g’limki diydoriga to’ymasdan bu dunyodan ayro qilmagin tangrim..!”degan holsiz jumlalar tushmas edi.. Doktor yigit oradan biroz vaqt o’tgach Oftob ayaning ahvolini tekshirish uchun kirib keldi.. SO’ng Oftob ayning peshonasiga qo’l yugurtirib tekshirar ekan,qo’li Oftob ayaning istimadan lov lov yonayotgan tanasiga tegdi-yu,ahvol yahshi emasligini,agar Oftob ayaning tinchlantirmasa uning ahvoli yomon holatga borishi mumkun ekanligini sezdi.. -Onajon,tinchlaning,yo’qsa ahvolingiz yana og’irlashadi.. Oftob aya doktor yigitni hira ko’zlari bilan ig’adi-da,so’ng qo’llarini mahkam ushlagancha titrab qaqshab dedi: -Doktor bolam..agar mumkun bo’lsa sizdan bir narsani iltimos qilaman..Mening yakkayu yagona o’g’lim bor..o’sha o’g’lim hozir Rossiyada ishlashga ketgan..O’tinib so’rayman sizdan unga habar bering..!Undan boshqa mening hech kimim yo’q..! Doktor yigit o’ylanib qoldi..u tushundiki bu ayolning o’g’liga habar bermasa hammasi chatoq bo’lishi mumkun ekanligini fikriyati aniq bilar edi..SHuning uchun ham ayolning tafsilotlarini diqqat bilan eshitdi.. Oftob aya ho’rsingancha o’g’lining tel raqamini kelini bilishligini,undan olib habar berishi kerakligini aytgani holatda,doktordan "hech kimga aytmayman "degan so’zlarini olgandan so’ng o’z oilasidagi holatni bayon qildi.. Doktor yigit Oftob ayning so’zlarini eshitar ekan butun badani qizishib dunyoda shunday jirkanch illatli odamlar borligidan hamda o’zi ham aynan shu insonlar orasida ekanligidan jirkanib ketdi..Oftob ayaga bu ishda yordam berishi to’g’risida qattiq va’da berib,so’ng honani tark etdi.. Ish vaqti yakunlangach mashinasiga o’tirar ekan,hafsala bilan Oftob aya bergan manzilga shoshib ketdi.. Moxira esa Niyatbekni tushurgan tuzog’iga oson ilinganidan hushnud holatda buni "yuvayotgan "mahali eshik qo’ng’irog’I chalindi.. Eshikni ochganida esa Haligi doktor yigit turar edi.. -Kechirasiz…bu Rashidjon yashaydigan uymi..?so’radi doktor.. -Xa,nimayidi…hafsalasiz lik bilan javob berdi Moxira.. -Bilasizmi men uning qadrdon do’sti edim..Undan biroz qarzim bor edi..o’sha qarzimni olib kelgan edim..Agar mumkun bo’lsa o’sha qarzimni sizga tashlab ketar edim..Faqat bu haqida unga tel orqali habar berishim juda zarur..! Doktor yigit Oftob ayaning so’zlarini diqqat bilan tinglagan vaqtida Moxiraning pulga o’chlaigini sezgan va bundan boshqa yo’l bilan tel raqamni ola olmasligini bilib turar edi.. Shuning uchun ham shunday yo’l tutishga qaror qilgan edi.. Moxiraning pul daragini eshitib og’zini tanobi qochib jilmayar ekan..Ichkaridan telini olib chiqdi.. Doktor yigit tel raqamni o’z teli hotirasiga o’tkazib qo’yar ekan.Indamasdan pastga tushib keta boshladi.. Moxira uning ortidan -Iya,pul qani..?tashlab ketmaysizmi..?deya so’radi.. Doktor yigit esa ortiga qaradi va -Iflos ekansan..!deya tushib ketdi.. Moxira esa hayron bo’lib,uning ortidan "chiroyli "so’zlar bilan maqtagancha qolar ekan..O”zini huddi yengilmas bir oniy bandadek his etar edi… Doktor yigit suhbat asnosida biroz vaqt bo’lsada Moxiraning o’zini tutishidan va gapirgan gaplarnidan uning kimligini darrov fahmladi..SHuning uchun ham ortiq u bilan suhbatlshishga undagi toqat yetishmadi.. Tashqariga chiqdi-yu qo’l telefoniga yozib olgan raqmini tera boshladi.. Telni Rashidjon ko’tardi.. -Assalomu alaykum..Kechirasiz bu Rashidjonning tel raqamimi…? -Xa,men Rashidman,uzr-u lekin men sizni tanimadim.. -Men sizni raqmingizni onangiz Oftob ayaning iltimoslariga binoan topdim.. Rashidjonning ko’ngli birdan nohushlikni sezdi..Yuragi tez tez urib,peshonasida terdan reza reza chiziqlar paydo bo’ldi..Shoshib pishib so’radi: -Nima gap o’zi..?Onam yahshimilar..?! Doktor yigit so’zida davom etdi.. -Onangiz og’ir kasallar sizni so’rayapdilar..Tezroq kelmasangiz bo’lmaydi..Shuning uchun ham sizga qo’ng’roq qilayapman..dedi.. Shunday dediyu telning hisobidagi mablag’ mamlakatlararo bo’lgan so’zlashuvning narhiga dosh bera olmasdan o’chdi.. Rashidjon butkul aqldan ozayozdi..Uning uchun bu mudhish havbat huddi kimdir boshiga gurzi bilan uzulgandek bo’lgan edi.. Rashid qo’lidagi ish qurolini bir chetga irg’itdiyu ish joyidan zudlik bilan ketishga shoshildi.. Ortidan Odil o’rtog’I ergashdi.. -Qayoqqa Rashid,tinchlikmi? Uning savoliga javob bergisi ham kelmay Rashid.. -Onamning mazalari yo’q ekan..Zudlik bilan O”zbekistonga qaytmasam bo’lmaydi o’rtoq dedi.. Odil Rashidning onasiga qanchalar mehribon ekanligini ohirigi vaqtlarda Rashid odamovi bo’lib hayol surishlari sababini tushunmay yurgani sabablimi Rashidning ayni damdagi holati yahshigina anglab turgani bois unga biror nima deya olmadi.. Rashid uyga yetib keldi.. Kiyimlarini alishtira turib teli yana jiringlay boshladi..Rashid trubkani ko’tardi.. Tel qilayotgan Soniya ekan.. Soniya Rashidning hol ahvolini so’ragandan so’ng,Rashid unga onasi bilan bog’liq habarni aytdi.. Soniya Rashidning ketishini eshitib aqldan ozayozdi..Chunki ma’lum vaqtlar davomida ikklasi ham do’stlik rishtasi sifatida atab kelayotgan hissiyotlar aynan muhabbat tuyg’usi ekanligini bilsada Rashid bu narsalar o’z oilasiga hiyonat deb hisoblagani bois ham do’stlik o’rnida qolib ketayotgan edi..Shuning uchun ham Soniyaning ayni damdagi holati Rashid uchun ham kundek ravshan edi.. Rashid o’sha kunning o’zidayoq aeraportga borib chipta oldi.. Uning belgilangan raysi 2 kundan so’ng edi..Bu vaqt oralig’ida esa barcha maosh pullarini to’liqligicha olib o’z yurtiga ravona bo’lishni rejalashtira boshladi.. Bu orada Bir oz o’ziga kelgandek bo’lgan Oftob ayaning ahvoli yanada og’irlasha boshladi..Uning ko’ksida paydo bo’lgan og’riqlar esa tobora miyasiga chiqib uning azoi badaniga tarqar huddi kimdir ko’ksidan yuragini yohud biror bir azoini yulib olayotgandek tuyular ekan,tinmay hansirab nafas olganidan ko’ksi ko’tarilib tushayotgan edi.. Uning bu halati ko’rgan do’ktor yigit esa jon jahdi bilan uning ahvolini yahshilashga harakat qilayotgan bo’lsada Oftob ayaning ancha yillar zarbidan keksayish kabi bedavo dardga yo’liqqan tanasi esa tobora holdan toyayotgan edi.. Oradan mana shunday azoblar bilan bir kun o’tdi hamki Moxiradan darak yo’q..Oftob ayani yo’qlamadi ham hatto..So’rashga aniqrog’I uning vaqti ham bo’lmadi..Odatdagi onasining yonida bo’layotgan maishatlar zo’rligidan butunlay o’zligini har qanday erkak quchog’iga arzimagan sariq chaqa evaziga alishayotgan ayoldan yana nima ham kutish mumkun.. Hayot esa naqadar beshavqat..Oftob ayaning shuncha vaqt davr davomida ko’rgan qiyinchiliklaridan so’ng ozroq bo’lsada halovat toparmikanman degan umidalari hamma hammasi puchga aylanayotgan edi..SHu boisdan ham Oftob ayaning o’y hayollari o’zi bilan andarmon bo’lgan bir vaqtda ham Rashidjonning taqdirni uni tana azoblaridan ham ko’proq tashvishga solar edi-ki,bu azoblar jahannam azoblaridan ham ko’proq va ortiqroqdek tuyula boshlagan edi.. Doktor zo’r berib dori ukollarga andarmon bo’lgan bir vaqtda Oftob ayaning uninig qo’llarini qattiq siqar ekan: -Doktor bolam..Senga mingdan ming rahmat..!Iltimos bolam Rashidjonnin kelishiga meni yetkazgin..Uni ko’rmasdan ketishim mumkun emas degan so’zlari quriq qaqshay boshlagan lablaridan bazur uchdi.. -Onajon unday demang..Siz hali ko’p yashaysiz..Barcha ko’rgan azoblaringiz hudo hohlasa ortda qoladi.. Ammo bunday tasallilar befoyda edi..Yurak urishi tezlashib ketgan Oftob ayaning tepasida bir pastda hamshiralar hozir bo’lishdi.. Ulandan har qanday asbob uskunlar ham o’z nafini bera qolmagan..Oftob ayaning butun tanasi jon talvasasida qaqshayotgan edi..Tomog’iga esa ayni vaqtda badbaht bandalar uchun oddiy bir ehtiyoj bo’lgan havo..toza havo yetishmas edi… Ko’kragi esa ko’tarilib tushar ekan..yurak urishi ham shunga monand urishdan sekinlasha boshlagan Oftob ayaning ohirgi labidan uchgan so’zlari "Bechora Rashidjonim”degan so’zlar bo’ldi holos..! Yillar davomida qanchadan qancha azoblarga chidam bergan bu sho’r peshonadan ohirgi tez zarralari teri yuzasiga qalqib chiqdi..! Qanchadan qancha o’limlarga shohid bo’lgan,diydasi allaqachonlar qotib ketgan doctor yigitning ham hatto ko’zlaridan ikki tomchi yosh dumalab tushdi.. O”ziga o’zi "Bechora ayol..!alal oqibat barcha azoblardan qutulib,ro’hi ozod bo’ldi..Yaratgan o’z panohiga bu bezovta ro’hni oldi”deb afsus bilan bosh chayqadi.. Oftob ayaning holidan bohabar bo’lgan hamshiralar hatto ko’zlaridan chiqayotgan yoshlarini ham to’xtata olishmadi.. Rashid oradan bir kun o’tib o’tirgan samolyoti yerga qo’nishi bilan kasalhonaga yetib keldi.. Ammo uning kutgan onasi..Ha o’sha mehribonlik uyidan mehr ila yetaklab chiqqan o’sha onasining mehribon qo’llari bo’sh holatda yotar edi.. Rashidning esa ayni damda alam bilan "Onajoo oo oo n "degan nidosidan bo’lak hech narsasi qolmagan edi.. Ayni vaqtda esa Rashidning ko’zlaridan quyulib kelayotgan achchiq ko’z yoshlarini to’xtatishga uni yupatishga biror kuch jurat qila olmasdi go’yo..!