Jonli efir paytida yoki efirdan oldin juda ko'p
kutilmagan va qiziqarli voqealar bo'lib turadi.
Shu xaqida bizning radio boshlovchilar biz bilan
bo'lishishadi.
Leyla(NRT radiosida musiqa muxarriri)

Radio olamida o'z ish faoliyatini olib
boruvchi har bir hodimning hayotida qiziqarli voqealar bo'lishi aniq.
Menda ham bunday holat bo'lgan, endi bu boshqalar uchun kulgulimi yoki
yo'q men uchun bir g'ayri oddiy voqea edi. Kunlardan bir kuni yonimga
bir ayol keldi, men u bilan ancha suhbatlashdim, u menga efirda yana
qanday loyihalar olib chiqishimni va tinglovchilarga qanday
eshittirishlar yoqishini aytdi. Uni diqqatlik bilan tingladim, efir
vaqtim yaqinlashayotganligi uchun u ayyol bilan ko'p gaplasha
olmasligimni aytganimni bilaman, u hech gapini tugatmas edi, gapini
bo'lishga harakat qilsam ham baribir gapiraverardi-gapiraverardi. Ohiri
sumkasidan bir hovuch tangalarni olib, "men bir san'atkordan bir
paytlari 50 tanga qarz bo'lib qolgan edim, iltimos buni unga berib
qo'ysangiz" deya meni ta'jublantirdi, avvaliga hazillshayapti deb
o'yladim qarasam jahili chiqqandek o'zini tutdi va menga har hil gaplar
bilan taqib qila boshladi, ochig'i o'shanda judayam qo'rqib ketgandim,
qochdim. Efirim tugadi, uyga ketadigan vaqtim bo'lgandi, bilsamki u
ayyol hamon meni kutib turgan ekan, yahshiyamki hamkasblarim bor ularni
yordami bilan uyga eson-omon yetib bordim .Mana shunaqa.
Boburho'ja Tillaxodjaev.(Navruz radiosi boshlovchisi)

Bundan to'rt yil avval bizning radioda
unutilmas voqea yuz bergan. Xali xamon eslasam kulgim keladi. Otabek
Tojiboev bilan maxorat dasturini olib borar edik. Bu dasturda
tinglovchilar qo'ng'iroq qilib bor maxoratini isbotlashi kerak edi.
Misol uchun she'r yoki qo'shiq kuylab berish mumkin edi. Bir kuni bir
yigit qo'ng'iroq qilib Cho'lponni she'rini o'qishni boshladi. Muxlislar
bir daqiqa davomida maxoratlarini namoyon etishlari kerak bo'lgan
bo'lsa xam bu yigit salkami yetti daqiqa chiroyli bo'lgan she'rni
undanda xam chiroyli qilib o'qib berdiki asti qo'yaverasiz.
Intonatsiyasi umuman to'g'ri kelmasdi, o'qishga qiynalsada u yana davom
etardi. Vaqt chegaralanganligi uchun endi raxmat deb xech to'xtamas
edi. Men xattoki efirda qaxva damlab bemalol ichib kelgan bo'lsamda u
xaligacha she'rni o'qiverardi. Uni o'qishidan shunday vaziyat bo'ldiki
kulgimiz kelganidan Otabek bilan ikkilamiz xam gapira olmay mikrofoni
o'chirib qo'yib rosa kulganmiz. U yigit shunaqangi she'rni o'qirdiki eshitgan odam rosa kulgisi
kelardi. Xayriyat she'rni o'qib bo'lganidan keyin darrov xayr demasdan
ashula qo'yishimizga to'g'ri kelgan. Chunki nimadur deyishga xattoki
tilimiz aylanmagan. Bu voqea endi xech esimdan chiqmasa kerak.
(Amaliya O'zbegim taronasi radiosi boshlovchisi)

Buxoroda bitiruchilar kuniga bag'ishlangan
konsert dasturida juda kulguli voqea yuz bergandi. Uzingiz tushunasiz
uzok yo'l, borguncha charchab qolasiz. Xamma xonandalar va
boshlovchilar konsertda kiyadigan kiyimlarini olishgan edi. Biz konsert
boshlanishiga yetib keldik, oldinda kiyinib o'zimizga qarab va
tekstlarimizni takrorlab olish uchun 30 daqiqa vaqt bor edi. Shunday
qilib saxnaga chiqishimga 10 daqiqa qolganida koridorda ketayotib
qoqilib, tufligimni poshmasi sinib qoldi. Shunaqa voximaga tushgan
edimki…. Biron bir qizning tufligi menga loyiq kelmas edi, nima
qilishni bilmay ko'p o'ylamay, ikkinchi tufligimni poshmasini xam
sindirganman. Keyin zo'rga cho'loqlanib saxnaga chiqib, shu mavzuda
xazil qilishni boshladim, xamma chiqishimdan kulib yuborgan. Qo'limdagi
tekst umuman mavzuga mos emas edi. Men vaziyatdan chiqib ketish uchun
qiynalib gapirishga xarakat qildim. «Go'zallik uchun qurbonlik talab
qiladi» shu ma'nodaki erkak rul'da bo'lganini poshmali ayyol tushinadi.
Biroq keyingi boshlovchilar bizni gaplarimiz xar xil mavzuda bo'lib
qolmasligi uchun p'yesa o'tgan sari ularni aqliga yetib saxnada
o'zlaricha shunga mos saxnani olib borishdi. Juda qiziq bo'lgan edi.
Xar xolda ssenariy bo'yicha ishlamaslik goxida qiziqroq bo'lishiga amin
bo'ldim.
Sardor Raximxon

Xozirda radio boshlovchi bo'lmasamda
taxminan yetti sakkiz yil oldin radioda o'z ish faoliyatimni olib
borganman. Qiziqarli kutilmagan voqealar juda ko'p bo'lgan. Misol uchun
bulardan mikrofoni yoqish esimdan chiqib o'zimga o'zim gapirib
o'tirganman. Keyingisi esa bir kuni efir paytimda kompyuter o'chib
qolganida qo'shiq qo'yishim kerak edi o'shanda qiynalib nima qilishni
bilmay tinmasdan gapirishimga to'g'ri kelgan. Yana biri
san'atkorlar bilan suxbat jarayonida ularga yoqmaydigan savollar berib
qo'ganman. Uni ustiga raqibini ismini aytib muro'jjat qilgan paytlarim
xam bo'lgan. Darrov uni yuzidan jaxli chiqganini sezib qolganman. Shu
vaziyatni sezib, o'zim xijolat bo'lganman. Xullas qiziqarli voqealar
ko'p bo'lgan. Eng qizig'i esa yoz paytlari efir xonasida konditsioner
ishlamay qolgan. Xavo dim bo'lgan, nafasim qaytib juda issib, terlab
ketganman. Noilojdan baribir xech kim ko'rmaydiku deb ustki
kiyimlarimni yechib efirni olib borishimga to'g'ri kelgan. Menga bu
xolat qanchalik qiyinchilik tug'dirgan bo'lsada tinglovchilar uchun
efir olib bordim. O'sha kunlarni eslasam yaxshiyamki o'sha paytda meni
xech kim ko'rmadi, bo'lmasa meni ustimdan rosa kulishgan bo'lar edida(Kuladi).
|