Qamoqxona Boshlig'i: Maxbus 21-chi.! Tabriklayman ertaga ozodlikka chiqasiz,o'zizni yaxshi tutasiz degan umiddaman yana qamoqqa qaytishni sizga maslahat bermayman,chiqishga tayyorlaning.! Maxbus: Hammasi uchun katta raxmat boshliq.! Sizdan qarzdorman bu yaxshiligizni unutmayman.! -Ey hudo o'zingga shukur,bu kunlarni necha yillardan beri kutaman.!
Men maxbus 21-chi qasddan qilinmagan jinoyat tufayli,bir odamni aybini o'z bo'ynimga olib 7-yilga qamoq jazosiga tortildim.Qamoqxonada o'zimni yaxshi tutganim uchun meni jazoyimni 4-yilga kamaytirishdi.Mana bugun qamoq jazosi vaqti tugab ozodlikka chiqyapman.Sizlarga onamni ko'z yoshlarini o'rtaga qo'yib vada beramanki bu qamoqqa endi qaytib kelmayman.! Bu voqea bundan 3-yil oldin bo'lib o'tgandi.! -Yarim kechasi,sevgan qizim bilan do'stlarim uyushtirgan bazmga bordik.O'yin kulgu diskotekalardan keyin,ko'p ichib yuboribman.Soat kechki 12-ga yaqinlashganda onam mendan xavotir olmasinlar deb uyga qaytishga harakat qildim.! Do'stlarim hali erta-ku yigitchilikda o'ynab kulib qol deb ichkilik tutaverishdi.Shu bilan soat 12-yarimda uyga qaytish uchun sevgan qizimni olib mashinaga o'tirdim.Yonimdagi qizim meni mast bo'lib qolganimni ko'rib,qo'limdan kalitni tortib oldi va men haydab boraman deb turib oldi.Yo'q o'zim yaxshi haydayman desam ham baribir rulga o'tirib oldi.Yo'lda ketyapmiz,ko'p ichib yuborganimdan qizim bilan gaplashib turib uxlab qolibman.Qizim uxlayotganimdan foydalanib qo'llari bilan yuzimni silardi,buni sezardim uni juda qattiq sevardim.! Shu payt mashina qattiq silkinib ketti,qizim baqirib yuborganicha mashinani to'xtatib,qo'rquv aralash yig'lab yuzini qo'llari bilan berkitib oldi.! Uyqum buzulib mastligim ham tarqab ketti,qizimga qarasam baqirganicha nimadandir qo'rqib yig'lab o'tiribdi.! Nima bo'ldi,nega yig'layapsan gapir deb,derazaga qarasam derazani yuzidan qip-qizil qon oqib yotibdi.Ko'zlarim katta-katta ochilib yuragim orqaga tortib ketti,hayot ko'zimga qorong'udek ko'rinib o'zimni duzaxda yonganday xis qildim.! Juda qattiq qo'rqqanimdan qizimga qarab baqirdim -"nima qilding kimni urding,mashina haydashni bilardingku??? -ey hudo endi nima qilaman,gapirsangchi" deb baqirdim.! Qizim -odam urvordim ko'rmay qoldim deya manga baqirib yig'lardi juda qo'rqqan edi.! Mashinadan tushdik,qizim urib yuborgan odam mashinadan 10-metr uzoqda yotardi manimcha ayol kishi.! Qizim manga qarab endi nima qilamiz-endi nima qilamiz deya qo'llari qaltirab menga qarardi.! Qizimga aytdim -"Manga qara san xech narsa ko'rmading,xech narsani bilmaysan.Anavi bekatni ko'ryapsanmi,o'sha yerga bor xozir aftobus keladi,o'sha aftobusga o'tirasanda uyingga yetib olasan.! Mani o'ylama birov so'rasa mani umuman tanimaysan tushundingmi.! Qizim hamma gaplarimni tushunib yugurganicha ketti -u ketgandan tez yordam va militsiya chaqirdim.! Militsiya ichkanimni bilib bo'ynimga hamma jinoyatni qo'ydi.! Birozdan so'ng doktorlarni bergan ma'lumotiga ko'ra urib ketilgan odam,keksa yoshlardagi ayol ekanligi aniqlandi u og'riqqa chodilmay o'lib qolibdi.! Bu gaplarni eshitib juda qattiq qo'rqib kettim,ayolni o'lib yotgan tanasini oldiga borib yuzidagi pardani olib ne ko'z bilan ko'rayki u ayol mani yakkayu-yagona onajonim ekan.! Onamni ko'rib dunyolarga sig'may baqirib-baqirib yig'lab yubordim,onajonim mani kechirishlarini so'radim.! O'shanda uyga kech qolmasam onajonim mani izlab ko'chaga chiqmasmidi deb o'ksinib yig'ladim.! Shu kuni mani qamoqxonaga olib kelishdi.! Kechalari ko'zimga uyqu yo'q yig'lab chiqardim bu beshafqat dunyoga yashagim kelmay o'zimni o'ldirgim kelardi.! Uxlasam tushlarimga onajonim kirib -"O'g'lim mani kechir,mani deb shu kunlarga tushib qolding.! O'zingni extiyot qil hali hammasi yaxshi bo'ladi" deb ketardilar.! Uxlasam ham ko'zlarimda yosh bilan uxlardim,sevgan qizim mani ko'rgani 2-marta qamoqxonaga keldi,shu bilan boshqa mani ko'rgani kelmadi.U qizga bo'lgan nafratim kundan-kunga oshib bordi,onamni o'limi uchun undan qasos olish o'tida yondim.! Bir kun to'rt devordan qutulsam o'sha qizni topib o'ldiraman deb qasam ichdim.! Qamoqxonada o'zimni yaxshi tutib,jazo muddatim tugashini kutdim.Mana o'sha kuni ham keldi,mehribon onajonimni bezovta ruhini tinchlantirish maqsadida qizni qidirishni boshladim.! Eng yaqin do'stimni oldiga bordim mani chiqqanimni ko'rib juda xursand bo'ldi.Do'stim bilan qizni qidirib topdik,qizaloq hayotdan xursand baxtli o'ynab-kulib boshqasi bilan yurardi.! Yuragimda g'azab-yelkamda shayton,qo'yib bersa xozir borib o'ldirgim keldi lekin do'stim qaytarib qoldi.! Kech tushdi qizni orqasidan kuzatib yurdim,diskatekadan uyiga qarab yolg'iz yo'lga chiqdi.! Xech kim yo'qligidan foydalanib orqasiddan izma-iz ketaverdim.U orqasiga qarab qo'yardi nimanidir sezganday qadami tezlashardi.! Men ham undan uzoqlashmasdim chorraxaga yetib keldi,svetaforni yashil chirog'i yonib yo'ldagi mashinalar yura boshladi,qiz yo'lni keyingi betiga o'tolmay qoldi.! Qizdan 10-metr uzoqlikda turib ismini aytib chaqirdim,qiz orqasiga qaradi lekin meni tanimadi.! Qiz: "Kimsiz? Meni qayerdan taniysiz? Sizni ko'rmayapman yorug'likka chiqing?" dedi.! Men yorug'likka chiqarkanman unga qarab -"Man sani ajalingman,mani esladingmi.! Onamni qotili bugun san jinoyating uchun jazoyingni tortasan" dedim.! Qiz meni ko'rib qo'rqqanicha baqirib -"Yo'q-yo'q kerakmas mani kechiring" deya orqaga qarab yura boshladi.! Shu payt to'xta yurma,deyishimni bilaman uni mashina urib ketdi.! Qizni o'lganini ko'rib yuragim tinchlandi..! Xech narsa bo'lmaganday orqamga qaytayotib mashinani egasiga qarasam,qizni bag'riga bosgancha yig'lardi..! Qizni urib ketgan mashinani egasi qizning otasi ekan..!