 Assalamu alaykum. Ey hayot,ishlaring g'alat,goh kuldirasan,goh yig'latasan,baribir go'zalsan. Kasb-kori chevar bo'lmish ayol bilan suhbatimiz yakunida shu fikrlar qalbimda ham shirin,ham ma'yus tuyg'ular uyg'otdi. Va shu suhbatni siz aziz birodarlarimga ham ilindim. O'qib,o'zingiz uchun xulosalar chiqarsangiz,ajab emas. Ayol oltmishlarga kirgan bo'lsada,yosh ko'rinardi. Yuzida yakkam-dukkam ajin,hayotning achchiq sinovlaridan o'tmaganday go'yo. Yoshamol ayolga havas bilan boqib,so'zlarini tingladim. -Hayotxon,dard ko'p,dardman yo'q,-so'z boshladi ayol,-arang kun kechiryapmiz. Dadamizning ishxonasi past rentabelli korxona. Oz maosh oladi,o'shani ham koshki vaqtida berishsa. Ikki o'g'lim tog'ni ursa,talqon qiladigan,uylanadigan yoshda,tuzuk-turuq ish yo'q,ozgina gektar olganmiz,shuni tatalab yurishibdi. Xudoyim ham bir kun bandasining boshiga sinovlar solaverarkan. O'ylab o'yimga yetolmayman. Chevarman,bir ikkita mijozim bor,lekin odamlarning ko'nglini topish qiyinlashib ketyapti-da. Urflar ham tinmay o'zgaradi... Ipni ipga ulayverib charchadim. Jonimdan to'yib ketdim! " Ayolning so'nggi gapidan kulgim keldi. Kasbim tilshunos emasmi,har bir so'zning ma'nosini bilgim keladi. "Jonimdan to'ydim" iborasi kulgimni qistatgani sababi ham shunda. Fransuz olimlari jon berayotgan yuzga yaqin odam ustida tajriba o'tkazishibdi. Qarangki, odam o'lganidan keyin 2-7 gramm yengil bo'lib qolarkan. Demak,jonimizning og'irligi bor-yo'g'i 2 gramm ekan-da. Naqadar kulguli,oh bechoragina jon,u sendan to'ydimikan yoki sen undan? 2 gramm,xa atigi 2 gramm bo'la turib,70-90 kilolik jismga-hayot berasan,bu ham yetmaganday jismning muammolari,tashvishlari,cheksiz xohish-istaklari yuki,alamlari,nolishlari bari sening zimmangda! O'zing to'ymadingmikan bulardan? ! Ayolga ma'yus boqaman-u, sen haqingda o'ylayman, Jon. Eri borligini,uning sog'-salomatligini,oz esa-da,rizqi kelib turganini ko'rmayotgani,farzandlari-navriqon o'g'lonlari bo'y yetib,yonlariga kirib qolishganiga shukr qilolmayotgan egangdan sen to'ymadingmikan? Eh bechora jon,naqadar sabrlisan,jismning nodonligiga ham,noshukrligiga ham chidaysanda endi. Sening borligingni,shu og'ir jismimizga hayot bag'ishlab turganligingni axir bir kun tushunib qolarmiz. Kun kelib sen uchun ham ozuqa-shukr,sabr,poklik,quvonch hissi zarurligini anglasak,ajab emas. Balki o'shanda sen bechoraga g'azab,alam,g'iybat,xasad singari zaharlarni ravo ko'rishni bas qilarmikinmiz. Sendan to'ydilar,lekin sen bizlardan to'yma,jon. Bizdan to'yib tashlab ketsang, 70-90 kilolik jismlar quruq bir mayyitga aylanamiz qolamiz. O'y olib ketib qoldi shekilli,ayolning murojaatidan hushimga keldim. - Hayotxon o'qib-netib qo'yasizmi,zora ishlarim yurishsa,-dedi u. -Opajon,-dedim iloji boricha ko'nglini ko'taradigan ohangda,-boya Allohdan nolidingiz,shu to'g'rimikin? Yaratgan Egangizni sizni qiynayotganlikda aybladingiz. Keling,bir mulohaza qilib ko'raylik,bir buyum yuviladi,tozasini esa yuvishga hojat yo'q. Hayot odamzod uchun ulug' maktab,poklanish,yuvilib tozalanish joyi ekan. Sizni balki,o'zgalar qo'li va tili bilan poklayotgandur. Odamlardan xafa bo'lyapsiz,balki Alloh ular orqali sizni xafa bo'lish illatidan,kibren tozalayotgandur. Eringizga oz rizq berib,sizdagi noshukrlik g'uborini yuvayotgandur, " Joningizdan to'ydirib" , joningiz qadriga yetishlikni o'rgatayotgandur,opajon. Kelayotgan mijozlaringizning injiqligidan nolishdan ko'ra,ularning borligiga,ya'ni rizqingiz uzilmaganiga shukr qilib shodlaning. Ishlashingiz va yashashingiz uchun imkon berayotgan 2 grammlik joningiz va uning egasi Allohga rahmat,deng... Ayol ketdi. U bilan uchrashuv men uchun ulug' maktab bo'ldi. Ey,jonim,sendan roziman. Bir paytlar senga shodlik o'rniga g'azab zahrini berganimni,shukr o'rniga isyon qilganimni kechir. Sen mendan,bizlardan to'yma,to'ysang,o'likmiz o'lik ! ! ! Biz gumroh, noshukr bo'lsak-da,sen sabrda tur. Vaqti soati kelib,o'zimizda sen-jonning borligini eslab,qadringga yetib qolarmiz. ( Salomatlik taqvimi,2008 yil. Hayotxon Qurbonova )
Ushbu maqoladan so'ng xulosani o'zingizga qoldiraman. Bu borada ko'plab fikr mulohazalar,hadislardan keltirish mumkin. Keyingi safar bu mavzu haqda yanayam aniqroq,kengroq fikrlashamiz. Nima bo'lganda ham Unutmang,Hayot Rohat maskani emas. Unda har turli vaziyatlarga duch kelamiz. Faqatgina Shukr Sabr Toqat tilab qolaman. Hayot berib qo'yilganini o'zi Katta Baxt...
E'tibor uchun Tashakkur
_IROSH_ WWW.SHERLAR.UZ
|