Faraz qiling siz 90 yoshdasiz. Siz o’z issiq o’rningizda yotibsiz, har lahzada siz bu dunyodan ko’z yumushingiz mumkin.
Keksayganda, insonlar hayot haqida ko’p va tez-tez o’ylanib qoladilar.
Ular bu haqida har kuni o’ylaydilar.
Kim bilan a’loqada bo’lganliklarini, kimni sevganliklarini va o’zlarini qayerlarda yaxshi his qilganlarini eslaydilar. Bundan tashqari hayot ularga bergan imkoniyatlar haqida va bu imkoniyatlarni ko’pini qo’rquv sabab amalga oshira olmaganliklarini xotiralaydilar.
Siz yotganingizda to’satdan oldingizda vaqt mashinasi paydo bo’ldi. Siz bu mashinaga o’tirdingiz. Endi siz 90 yoshda emassiz, o’zingiz xohlagan yoshdasi va ushbu postni o’qimoqdasiz.
Sizga ikkinchi imkoniyat berildi. Endi iszda oldin qila olmagan ishlaringizni bajarish imkoni bor.
Sizda hayotingizni o’zgartirishga, foydali va qiziqarli bo’lgan ishlarni bajarishga va keksalikda ular haqida shirin xotiralarni eslash imkoni yaratildi.
Bu elementar matematika: Agar biz bu hayotdan qachondir ketishimizni bilsak, bilingki qo’rquvni bahosi – 0 ga teng.
Bilingki qo’rquv sizning hisobingizdan yashaydi. Lekin hayotingizni o’zingiz ma’noli va ahamiyatli qila olasiz.
Agar bu hayotda yana nimanidir qila olsangiz – buni amalga oshiring.