To’y davrasi,do’stlar oqlar ishonchimni..
Ammo mening yuragimdan chiqmas unim..
Afsus..Otam ko’rolmadi quvonchimni…!
Onam hursand,ko’zlarida yosh shashqator..
Umidlari,amallarga oshgan bu dam…
Mehmonlarim..bunda bisyor..qator,qator..
Yetishmaydi..ko’ngil uchun bitta odam..!
Tabrik,maqtov..bera olmas uning o’rnin..
Uksik dilim..bosa olmas,oshna-yu do’st..
Tahsin aytar ko’kda oy ham bugun to’lin..!
Bo’lsa hamki,dunyolarim bekam-u.ko’st..!
Qarindoshlar..Mening uchun bitar tabrik..
Davra to’lin..to’y vaqti ham tugab bitar..
Otam hayot bo’lganida..bir damchalik…!
Hatto bitta "so’kib qo’ysa”menga yetar…!
Shunda balki,to’larmidi yarim ko’nglim..
Ho’rligim ham kelmas edi,bu onlarim..!
Exx otajon..!Yonimda-ku opam,singlim..
Lek ko’nglimda darz ketmoqda,bu jonlarim..!
Ko’zlarimda yoshlarim ham qilar jilva..!
Yonimdagi yorim ham-chi,boqar hayron..
Raqqosa ham to’lg’onadi qilib ishva..
Bu go’zal ham tushunmaydi,meni bu on..!
To’y ham tugar..chimildiqqa shoshar bu jon..
Bahtli onim..bitta kulsam bo’lmasmidi..
Qani edi..otam bo’lsa hayot bir on..!!
Xonadonim..quvonchlarga to’lmasmidi..!
Erta tongda..yo’l boshlayman mozorlarga..
Otamdan men duo uchun,qilib ehson..!
Ko’ngil yana..mubtalodir ozorlarga..
Qani meni,tushunarmi bitta inson..!?
Otajoooon,deb qichqirishga yetmas ovoz..!
Yigirma yil..ayriliqqa bo’ldim ko’nib…!
Lekin bitta,qabr kutib turar holos…!!
Qabr uzra,ko’karibdi bir gul unib…!
Yoo Rabbim..deb ko’zlarimga yoshlar kelar..!
Marhum otam dunyo uchun qolmadi-ya..!
Balki to’yim.otam ro’hi bu dam bilar…
Balkim..gullar,otam tortiq qilgan hadya..!
Duo qilib..Otamdan men oldim izn…
Qo’llarim-la qabrlarin qo’ydim silab..
Otajonim..joylaringiz bo’lsin jannat..!
Yaratgandan so’radim men shu on tilab..!
Shu damda kelyapdi mening ho’rligim..
Yana ketmoqdaman manzillar tomon..
Ortimda..kuzatib nochor sho’rligim…!
Erkin-chun baht tilab qolmoqda hamon..!!!
Muallif:EL_SHAFEY (ERKINBEK SAMANDAROV)