Yurtim seni ulug’lay bu dam, Jamolingni kuylay baralla.. Garchi oddiy inson bo’lsam ham.. Qurbon senga jonim har palla..!
Ajdodlarim ro’hin qadrlab, Nomusimni ekkum poyingga.. Yolg’iz kezgum necha adirlab, Yetmasin deb gard chiroyingga..!
Nechun buncha sening-chun yongum,? Nechun buncha sensan menga or..!? Nima uchun o’zlikdan tongum.. Chunki bunda otam qabri bor..!
O’shandan sen ona vatanim, Yuragimdan bo’libsan makon.. Fido uchun kamdir bu tanim.. Qurbonliklar qilganim zamon..!
Aziz vatan sening bag’ringda, Topoldim men aziz insonlar.. Ammo,lekin sening qadringga, Bitolmadim minglab dostonlar..!
Ammo qadring qilurman baland..!
Muallif:EL_SHaFeY
|