Qaytmas bo’ldim,endi yurtimga.
Mayus boqar onamning ro’hi,
Qaytarolmay meni ortimga..!
Yot dindagi o’zga elatlar,
Yoron bo’lib,ezar yuragim..
Turfa yuzlar,turfa millatlar,
Bo’lar balkim endi tirgagim..!
Bunchalar ham qayg’urib mensiz,
Vafot etdi,munis onam ham..!
Rus o’lkasin burchida bu kez,
Nahot tugar mening nasibam..?!
Bo’ron turar,notinch nogahon,
Bekor vaqtlar tuyular asr..!
Yurakda-chi sog’inchlar yomon,
Bu yurakka yasaydi qabr..!
Siqilaman.. yetmaydi nafas,
Ochlik qiynar,ilinj "bo’lka”da.
Behud kezgum ,ajal nafasi..
Esib turgan,sovuq o’lkada..!
Bilmam nega bo’lganman shaydo?
Garchi sovuq,ko’rimsiz makon.
Mudrab yotgan,ro’himda daho..!
O’z aksimda bo’lar namoyon..!
Kechalarda oy nur sochgan dam,
Afsus..bilmam nima singari.
Boshim egib tashlayman qadam,
O’sha tanish mayhona sari..!
Kutar meni,bu dahshat maskan,
Bunda tunni ulab saharga.
Icharman may og’rilar bilan,
O’qiyman she’r fohishalarga..!
Ko’nglim aynir,ammo daf’atan,
Mudroq yurak,maylar ongimni..!
Lek bilaman mendek bevatan,
Uloqtirgan oyga tongimni..!
May tumani chulg’aganda men,
Faryod bilan ochaman ko’nglim:
-Men ham sizdek ojiz bandaman,
Mening ham yo’q,qaytarga yo’lim..!
Tashlab ketdim,ayo haloyiq..!!
O’z o’tmishim,o’zligimni ham..
Oliy jazo mengadir loyiq..!
Yurakka yo’q birorta malham..!
Lekin kimsa tinglamas so’zim,
Barcha qilar o’zin ermagin..
Kimga kerak mayhona ichra..?!
Hamma so’zlar o’zin "ertagin”
Bunchalar ham qayg’urib mensiz,
Vafot etdi,munis onam ham..!
Rus o’lkasin burchida bu kez,
Nahot tugar mening nasibam..?!
Muallif:EL_SHaFeY