- Qo'l tirnoqlari yerning o'z o'qi atrofida aylanish tezligida o'sadi. - Odam organizmining eng qattiq qismi tishlarni qoplab turuvchi emal.
-Odamning ko'zi birvarakayiga 10 million xil rang va tusni ko'ra olish xususiyatiga ega.
- O'rtacha odamning umri davomida boshidagi sochining umumiy uzunligi 725 kilometrni tashkil etadi
-Inson organizmida yashovchi bakteriyalarning umumiy og'irligi 2 kilogramm. - Inson og'iz bo'shlig'ida 40000 dan ortiq bakteriya yashaydi.
- Har daqiqada inson organizmida 300 mln. hujayra nobud bo'ladi.
- Ikkala qulog'ini birdan qimirlata oladigan kishilarning uchdan birigina bitta qulog'ini qimirlata oladi.
- Maktub yo'llayotib, tilingiz bilan ho'llaydigan har bitta marka uchun bir kaloriya quvvatning o'ndan bir bo'lagini sarf etasiz.
- Inson tanasidagi 80 foiz issiqlik bosh orqali chiqib ketadi.
- 60 yoshdan keyin aksariyat kishilar 50 foizgacha ta'm bilish sezgilaridan mahrum bo'lishadi.
- Bir kishining tanasida butun Yer sharida yashaydigan odamlar sonidan ko'p tirik organizmlar yashaydi.
- Umri davomida kishi ikkita katta hovuzni to'ldirsa bo'ladigan so'lak ajratar ekan.
- Sovuqqon odamlarning ta'sirchanlarga qaraganda chekishni tashlashlari osonroq.
- Odam soatiga o'rtacha 4 km. masofani bosib o'ta oladi.
- Aqlliroq insonlarning sochida mis va ruh moddalarining miqdori ko'proq bo'ladi.
- Inson a'zolaridan kiprik har yuz kunda yangilanib turadi. - Aksirishning tezligi 160, yo'talniki 96 km/soatga teng