Interpol xalqaro qidiruviga berilgan avtomobil o‘zbek bojxonachilari tomonidan aniqlandi. Bu haqda "Podrobno” nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mashina Latviyadan Tojikistonga ketayotgan temir yo‘l sostavi vagonlaridan birida bo‘lgan. O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi nazorat chog‘ida u topib olingan.
Vagonda bo‘lgan bir nechta qimmatbaho chet el avtomobillari haqida hujjatlarda hech qanday ma’lumot yo‘qligi tekshiruvchilarda shubha uyg‘otadi. Interpol Markaziy byurosi bazasi ma’lumotlariga ko‘ra, vagondagi mashinalardan biri — BMW X6 yo‘ltanlamas avtomobili shu yilning oktabr oyida Germaniyada o‘g‘rilab ketilgan va xalqaro qidiruvga berilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, shunga o‘xshash holatlar shu yil boshida va may oyida ham sodir bo‘lgan. O‘sha paytlarda ham Germaniyadan o‘g‘irlab olib ketilayotgan mashinalar Tojikistonga boradigan poyezddan topilgan.Interpol xalqaro qidiruviga berilgan avtomobil o‘zbek bojxonachilari tomonidan aniqlandi. Bu haqda "Podrobno” nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mashina Latviyadan Tojikistonga ketayotgan temir yo‘l sostavi vagonlaridan birida bo‘lgan. O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi nazorat chog‘ida u topib olingan.
Vagonda bo‘lgan bir nechta qimmatbaho chet el avtomobillari haqida hujjatlarda hech qanday ma’lumot yo‘qligi tekshiruvchilarda shubha uyg‘otadi. Interpol Markaziy byurosi bazasi ma’lumotlariga ko‘ra, vagondagi mashinalardan biri — BMW X6 yo‘ltanlamas avtomobili shu yilning oktabr oyida Germaniyada o‘g‘rilab ketilgan va xalqaro qidiruvga berilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, shunga o‘xshash holatlar shu yil boshida va may oyida ham sodir bo‘lgan. O‘sha paytlarda ham Germaniyadan o‘g‘irlab olib ketilayotgan mashinalar Tojikistonga boradigan poyezddan topilgan.