Mayli qalbim, alam armonlarga
to'lsa!
Qani endi, umrimga bir to'fon
kelib...
O'chmas sevging, yuragimdan olib
ketsa!
Senga bo'lgan tuyg'ularim ketsa
uchib!
Siyrating ham nigohimdan, abad
o'chsa!
Yashar edim, sendan ayrilmoqdan
cho'chib,
Ko'rganlarim qani endi bir tush
bo'lsa!
Har o'tgan kun, ming-ming
yildek, maxzun, uzun!
Yoshlar tark etmasa ko'zlar, qanday
kulsin!
Bir istagim, sening umring baxtga
to'lsin!
Afsus,alam qolarkanda,sevgi ketsa!
Boru-yo'g'im, tanlaganim
senmasmiding?
Seni qanday sevishimni
bilmamiding?
Ayt men bilan, jonim, baxtli
bo'lmasmiding?
Umidvorman, bag'rim zum senga
qonsa!
Taqdirimda bor ekanda, dard
armonlar!
Bo'lsa edi bu dardlarga oh!
darmonlar!
O'tar ketar deyman har tong,
bunday kunlar!
Netay ko'zlar, yo'llaringni hamon
kutsa!
(DADDY1992)