Sevgi qildi mani devona.
Nafratim ham bor dilda, ammo...
Nega seni sog'indim? yana!
*********
Men ko'nglimni uzgandim sendan.
Balki sevgandirman rost, jondan...!
Lekin, kechib ketgansan mendan!
Nega seni sog'indim? yana!
**********
Ketgansan-ku bag'rimni tilib.
Muxabbatim tig'siz o'ldirib.
So'zlaringni tinglagim kelib...
Nega seni sog'indim? yana!
**********
Xayol surib tunlari so'ngsiz,
Qiynaydi bir savol, javobsiz...
Naxot, yasholmaymanmi sensiz?
Nega seni sog'indim? yana!
**********
Unutaman, deyman unutdim.
Yetar deyman shuncha kun kutdim.
Baxt emas... g'am qo'lidan tutdim.
Nega seni sog'indim? yana!
**********
Qaytmasliging rost, ayon menga.
Nega yurak ishonmas bunga.
Xayolingla ovungum yana...!
Nega seni sog'indim? yana!
(MIRJALOL X)