"Barselona" klubi superyulduzi Lionel Messi jamoani tark etuvchi Xosep Gvardiola sharafiga kubokni yutishga ahd qilganini bildirdi.
"Pep aytganidek, bu juda muhim o`yin, ahir bu final, bu finalning so`nggida esa sovrin turibdi. Bundan tashqari bu o`yin Gvardiolaning so`nggi o`yini bo`lgani bilan ham muhim, biz u uchun g`alaba qozonamiz".
"Biz Chempionlar ligasi finaliga yaqin turgan edik, endi bo`lsa kelasi mavsumni yaxshi kayfiyatda boshlash uchun sovrin qo`lga kiritishimiz kerak".