Tushayotgan hazonlar ingrar,
Uvvos slogan,kuzning g’amidan..
Ro’him..ajib kuylarni tinglar..!
Quriyotgan shoxlar ustidan,
Ketar qushlar,buzilib tinchi..
Xazon tushgan daraxt ostidan..
Eshitilar..kuzning o’tinchi..!
Derazadan boqaman horg’in,
Osmonlarni qoplar rutubat..
Bunda quyosh ro’yin yo’qotmish..
Zamin yuzin,yopar uqubat..!
Atrof qora..!qoplarnar zulmat..
Hastaxona,sukutga do’nar..
Yurak siqar..ko’zdan yosh chiqar..!
Ro’him aro ma’yuslik unar.!
Qanday axir,zulmatli kunduz.?!
Vaqtlarida nelar yashirin..?
Osmonda yo’q birorta yulduz..
Sirdosh bo’lmas hatto izg’irin..!
Yupanch izlab boqqum samoga,
Aza tutar ko’kda bulutlar..
Go’yo tashlab nazar fanoga..
Odamzotni qish ila qutlar..
Qanday aza..qanday qabohat..?!
Yurak siqar qonning sasiga,
Tanda yo’qdir chidam,na toqat,
Yolg’izlikning talvasasiga..!
Ingrayman ovoz chiqmaydi,
Ko’kragimda huddi tog’ qulab,
Bong uradi soat jarangdor,
Millarida umrim tortqilab..!
So’zlarim ham tugab boryapdi,
Ey ijodim sevgini tilan..!
Afsus..!so’nggi umid o’lyapdi..
Yakka qoldim alamim bilan..!
Muallif:EL_SHaFeY